T/r
|
Matematik qobiliyatlarni tadqiq etgan olimlar
|
Olimlar qarashlarida matematik qobiliyatlarning tavsiflanishi
|
1.
|
V.A.Krutetskiy
|
Matematik qobiliyat - matematikadan materiallarni umumlashtira olish qobiliyati, ketma-ketlikda, to‘g‘ri taqsimlangan mantiqiy mulohaza yuritish, mulohaza jarayonini qisqartirish, jamlangan tizimli fikr yuritish [1].
|
2.
|
D.Gilford
|
Matematik qobiliyat- aqliy faoliyatning usullari va xususiyatlarini aks ettiruvchi, bilish, xotira, samarali fikrlash va vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish
jarayoni [3].
|
3.
|
M.G.Davletshin
|
Matematik qobiliyat shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi [2 ].
|
4.
|
S.L.Rubinshteyn
|
Matematik qobiliyat -insonni ijtimoiy - tarixiy rivojlanish davomida paydo bo‘ladigan, ijtimoiy foydali faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qodir qila oladigan xususiyat [4].
|
5.
|
B.T.Teplov
|
Matematik qobiliyat- insonni boshqasidan ajratib turadigan individual-psixologik xususiyatlar bo‘lib, ushbu xususiyatlarni bilim, ko‘nikma va malakalarga ko‘chirib bo‘lmaydi” [5].
|
7.
|
A.N.Kolmogorov
|
Matematik qobiliyatning turli jihatlari turli kombinatsiyalarda uchraydi, va bu qobiliyatlar ko‘pincha juda erta namoyon bo‘lib, doimiy mashg‘ulotni talab qiladi [6].
|
8.
|
YE.S.Kanin
|
Matematik qobiliyat - inson faoliyatida individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganish va ijodiy matematikani rivojlantirishdan iborat[7].
|
Oshbu keltirilgan nazariy manbalarni inobotga olgan holda biz quyidagi fikir mulohazalarimizni bildirib o’tmoqchimiz.
Oliy ta’lim tizimiga abiturentlarni o‘qishga qabul qilish asosan yo‘nalishi bo‘yicha qobiliyati va qiziqishiga ko‘ra tanlab olinadi. Aslida esa, Davlat test markazi test savollari abiturentlarni tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha qobiliyatlarini aniqlash ehtimolligi juda past darajada. Misol uchun, Davlat test markazi test savollariga e’tibor beradigan bo‘lsak, matematikadan test savollari barcha matematika bloki bor ta’lim yo‘nalishlari uchun bir xil tuzilgan bo‘lib, abiturentlarning qobiliyatlarini to‘liq aniqlay olmaydi. Shuning uchun ham bitiruvchilar o‘z soxasi bo‘yicha ishlab ketishi ancha qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.
Taklif quyidagicha: “Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish” nomli mavzusida tadqiqot ishimda matematik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi komponentlardan foydalanib Davlat test markazidagi 45000 yaqin test savollarini rivojlantiruvchi komponentlarga ajratib chiqish kerakligini o‘rganib chiqdim. Psixologlarning fikriga ko‘ra, maktabda 1-4 sinf o‘quvchilarining asosan quyidagi qobiliyatlari shakllanadi: 1. “Matematik qobiliyat”, 2.”Adabiyotga bo‘lgan qobiliyat”, 3. “San’atga bo‘lgan qobiliyat”, 4. “Musiqaga bo‘lgan qobiliyat” va 5. “Konstruktiv qobiliyat” turlaridir. Shulardan aynan Matematik qobiliyatli o‘quvchilar quyidagi: matematika, fizika, iqtisod, biologiya, kimyo, geografiya va informatika kabi fanlariga qiziqish paydo bo‘la boshlaydi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi kasb egalari matematik qobiliyatli xisoblanadi matematiklar, iqtisodchilar, menejerlar, dasturchilar, texniklar, injenerlar, ixtirochilar, arxitektorlar, tibbiyot xodimlari, biolog va kimyogarlar. Bu esa matematik masalalarni tatqiq qilishda muhim axamiyat kasb etadi. Ma’lumki har bir masalaning o‘z maqsadi va vazifasi bor, bu esa o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Agar bu takliflar amalga oshirilsa, Oliy ta’lim tizimiga qabul qilingan abiturentlardan uchinchi renessans talabalarini aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu tajriba dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mavjud emas. Qisman AQShda bu harakatlar yo‘lga qo‘yilgan, jumladan intelektni aniqlovchi ilmiy tekshirish inistitutlarida mavjud xolos. O‘zbekistonda bu harakat birinchi bo‘lib boshlansa, ta’lim sohasida eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘ladi. Buning uchun Oliy ta’lim Vazirlik tasarrufidagi biror universitet, institut qoshida yoki Davlat test markazida maxsus matematik masalalarni tadqiq qilish markazi tashkil etilish kerak. Shuningdek matematika test savollarini qobiliyat komponentlariga ajratish bo‘yicha ilmiy grantlar tanlovi e’lon qilinishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |