FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Mironova L.N. Rang haqidagi fan. Minsk, 1984 yil.
2. Frumkina R.M. Rang, ma'no, o'xshashlik. M., 1984 yil.
3 . J. Agoston «Rang nazariyasi va uning dizaynda qo‘llanilishi» M. «Mir» 1982 y
4. B. A. Shashlov “Rang va rangni qayta tiklash”, M. “Kitob”, 1986 y.
5. Janice Lindsey "Rang haqida hamma narsa" kitob klubi 36.6. 2012 yil
6.https://peskiadmin.ru/uz/cveta-i-ih-vliyanie-na-chelovecheskii-organizm-vliyanie-cveta-na-zdorove-i.html
O‘ZBEKISTONDA KADRLAR TAYYORLASHDAGI ILK QADAM YOXUD UCHINCHI RENESSANSNI UYG‘OTISH MATEMATIK QOBILIYATLI O’QUVCHILAR MISOLIDA
https://doi.org/10.5281/zenodo.6579936
Ibragimov Nodir Shapulatovich
p.f.f.d, Termiz davlat universiteti
Kattaxo’jaeva Jahonbibi Akramjon qizi
TerDU 3-kurs talabasi
Mamlakatimizda o‘quvchi matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ijtimoiy, psixologik, pedagogik va metodik shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki mamlakatimizning intellektual, ijodiy va ma’naviy salohiyatini tiklashda yoshlarning matematik tayyorgarligi alohida ahamiyat kasb etadi, bu nafaqat matematik bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishini, balki o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Umumta’lim maktablarida matematikani o‘qitish o‘quvchilarga yangi bilimlarning o‘zlashtirishiga yordamlashib, ijodiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi, kasbga yo‘naltirish va ta’limning keyingi bosqichini tanlashga imkoniyat yaratib beradi. Shuningdek, ularning qobiliyatlari va iqtidorini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Umumta’lim maktabida matematika o‘qitish vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar tomonidan matematikadan doimiy yangi bilimlar olinishini va ularda bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, tayanch o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarini shakllantirish;
ta’lim uzluksizligi va izchilligini, umumta’lim muassasalaridagi matematikadan o‘quv dasturlarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv dasturlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash;
o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida haqiqiy insoniy fazilatlarni tarbiyalash, sadoqatli, komil yetuk shaxsni shakllantirish;
matematika o‘qitish jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish;
o‘quvchilarning individual, matematik qobiliyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish;
o‘quvchilarning matematik bilimdonligini oshirish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashish. Shunday ekan, umumiy o‘rta ta’lim maqsad va vazifalarini amalga oshirish, o‘quvchilarda matematik qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib berish lozim.
O‘quvchilarda matematik qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsning hissiy, irodalilik jihatlarini, shuningdek, tavsifni rivojlantirish bilan bog‘liq. Qobiliyatlarni rivojlantirish muammolari faoliyatning turli ko‘rinishlariga qiziqishni rivojlantirish muammolari bilan chambarchas bog‘liq.
Psixolog olimlar ta’biricha, “qobiliyat- insonning shaxsiy salohiyati, imkoniyatlari bo‘lib, u bilimdan keskin farqlanadi, chunki bilim mutolaa natijasi hisoblanadi. Qobiliyat- shaxs psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat ko‘nikma, malakadan farq qiladi va inson tomonidan ko‘nikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi” [1]. Demak, har qanday qobiliyat shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Shu bois qobiliyat bironta xususiyatning o‘zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyatlar – kuzatuvchanlik, ya’ni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni ko‘ra bilish, ajrata olish ko‘nikmalari asosida shakllanadi.
Psixolog - olim M.G.Davletshin ta’kidlashicha, qobiliyat - shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Demak, psixolog - olim ta’biricha, qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda, yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni ma’lum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qo‘llash, bilan uyg‘unlikda olib borish va boshqalar orqali rivojlantirish yo‘llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste’dod va daholikda namoyon bo‘ladi [2].
Do'stlaringiz bilan baham: |