Ijtimoiy xayot va din


O’rta Osiyo mutafakkirlarning qarashlarida islomga munosabatlari va ma’naviyatni rivojlantirilishi



Download 19,13 Mb.
bet94/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
Bog'liq
ulotlari

O’rta Osiyo mutafakkirlarning qarashlarida islomga munosabatlari va ma’naviyatni rivojlantirilishi. Tarix, xususan, O’rta Osiyo xalqlari tarixi shuni ko’rsatadiki, diniy dunyoqarash aql-idrokka, har tomonlama bilimdonlikka, asoslangandagina shaxsiy e’tiqodga aylanadi, jamiyat rivoji uchun ijobiy omillardan biri bo’lib qoladi, axloqiy tarbiya vositasiga aylanadi. O’zbek xalqining buyuk va mashhur fan, davlat, jamiyat va din arboblarining jahon fani va madaniyati tarixida nihoyatda ulkan o’rin egallaganligining asosiy sabablaridan biri ham ana shundadir.
Ma’lumki, o’zbek xalqi o’zining bir necha asrlar davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy, g’oyaviy, axloqiy rivojlanishi tarixida uyg’onish davrining ikki bosqichini bosib o’tgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshband kabi ulamo, avliyolarni, Axmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Navoiy, Amir Temur, Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk fan va davlat arboblarini yetkazib bergan. Juda ko’p tarixiy dalillar va tahlillar asosida shu haqiqat isbotlanganki, XI-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida Uyg’onish davrining birinchi bosqichi deb e’tirof etilgan. Uning ikkinchi bosqichi esa Temur va temuriylar davrini qamrab olgan.
Haqiqatan ham Uyg’onish davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy, madaniy, ilmiy hayotning barcha jabhalarida o’sha davr uchun misli ko’rilmagan darajadagi ravnaq bo’lgan. Xo’sh, o’sha davrning mutafakkirlari nazarida din va ilm, din va davlat, din va axloq o’rtasidagi bog’liqlik qanday bo’lgan? Ma’lumki, o’sha davrning eng buyuk mutafakkirlari bo’lmish Forobiy, Beruniy, Ibn Sino ham adolatsizlik, zulm va zo’ravonlik tugatilgan, inson aql-idroki moddiy ehtiyojga mos keladigan adolatli va ma’rifatli jamiyat qurishni orzu qilibgina qolmasdan, unga erishish yo’llarini ham ko’rsatib berishga harakat qilganlar. Ular jamiyatning hamma tabaqalarining talab va ehtiyojlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan demokratik davlat tuzish haqida fikr yuritmaganlar va yurita olmasdilar ham. CHunki buning uchun ular suyanadigan hech qanday ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, g’oyaviy kuchlar ham, tarixiy tajriba ham vujudga kelmagan edi. SHuning uchun ham ular davlatni boshqarishning birdan-bir amalga oshirish mumkin bo’lgan shakli adolatli va ma’rifatli monarxiya (podsholik) deb bilganlar. Lekin ularning hammasi ham teokratiyani (din hukmronligiga bo’ysungan davlatni boshqarish usuli) inkor qilganlar. Masalan, Forobiy davlatni ikki toifaga ajratgan: fozil davlat va johil davlat, uningcha, fozil davlatni boshqaruvchi podsho din arbobi emas, balki 12 ta eng yuksak darajadagi insoniy fazilatlarga ega bo’lgan shaxs bo’lishi kerak. Uning ta’limoticha, din fozil davlatda fuqarolarning baxtga erishishi vositasi bo’lib xizmat qilishi kerak. SHuning uchun eng muhim narsa dinning qanday maqsadga xizmat qilishi, fozil jamiyatdagi fuqarolarning baxtli hayoti esa moddiy farovonlik va ma’naviy poklikdir.
Beruniy ham adolatli, ham ma’rifatli jamiyat va uning ideal boshqaruvchisi haqida fikr yuritib, uning asosiy vazifasi din ko’rsatmalarini fuqarolar qanday bajarayotganligini nazorat qilish emas, balki “yuqoridagilar va quyidagilar o’rtasida adolat va kuchlilar va kuchsizlar o’rtasida tinchlik o’rnatishdir” deb yozgan. Uning fikricha, adolatli shoh davlatni boshqarishda, ayniqsa, dunyoviy va diniy cheklanishlarni bartaraf qilishi kerak. CHunki bu hol xalqlar o’rtasida oqilona munosabatlarni o’rnatishga xalaqit beradi. Masalan, u o’zining “Hindiston” asarida afsuslanib bunday yozgan: “Hindlarda shunday toifalar borki, ularning fikricha, go’yo yer ularning yeri, odamlar faqat shu xalqning vakillari, podsholar faqat ularning hokimlari, din faqat ularning e’tiqodi, fan faqat ularda mavjud bo’lgan ilmlardir”.
Demak, bu buyuk mutafakkirlarning hammasi ham faqat teokratiyani inkor qilibgina qolmasdan, dinning davlat ishlariga aralashuvini ham inkor qilganlar va xulosa qilganlarki, e’tiqod, eng avvalo, shaxsiy ma’naviy, axloqiy omildir. Bu mutafakkirlar din va fan o’rtasidagi munosabat masalasiga ham katta e’tibor berganlar. Albatta bu masala o’sha davr uchun juda muhim bo’lgan. CHunki o’rta asr sharoitida ko’pchilik mutaassib ilohiyotchilar va xurofiy fikr namoyondalari fanni dinga qarama-qarshi qo’yganlar, inkor qilar va hatto ayrim hollarda inson va jamiyat uchun zararli deb baholadilar, hattoki bu haqda o’rta asrda “hujjat ul islom” (“Islom dalili”) degan faxrli unvon olgan ilohiyotchi, ulamo Abu Homid /azzoliy ham afsuslanib bunday deb yozgan edi: “Islomga zarar keltiruvchilarning bir guruhi bu islomning johil do’stlaridir. Ularning fikricha, musulmonchilikka har qanday fanni, shu jumladan, matematika, fizika, mantiq fanlarini inkor qilib erishish mumkin, ularning bu fikrini yaxshi bilgan, yaxshi xabardor bo’lgan va ularning mohiyatini anglab yetgan odamlar eshitgandan keyin, bu fanlarga emas, balki aksincha, islomning o’ziga ishonchi susayadi. Aslida islom bu fanlarga nisbatan hech qanday salbiy munosabatda emas, uni isbot qilish ma’nosida ham, inkor qilish ma’nosida ham.
Yirik islom ilohiyotchisi bo’lgan /azzoliyning yuqoridagi fikri fanlarga nisbatan islomning tarafdorligini ko’rsatibgina qolmasdan, aslida, o’sha davr sharoitida ularni himoya qilishdir. Ikkinchi tomondan, fanga nisbatan salbiy bo’lgan mutaassiblik va xurofotni qoralashdir, ularni islomga zarar keltiruvchilardir deb bilishdir.
Aytish mumkinki, xalqimiz ilmiy va madaniy taraqqiyot tarixida erishgan eng katta yutuqlaridan biri o’rta asrlardayoq buyuk allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Abdullo Xorazmiylar tomonidan fanlarni turkumlash manbaining ishlab chiqilishidir. Bu hol ma’rifatning eng muhim masalalaridan biri bo’lgan. CHunki bu masalani o’rtaga tashlash bir tomondan o’sha davrda ma’lum bo’lgan fanlar, ularning mazmuni, inson va jamiyat uchun ahamiyatini ko’rsatib bersa, ikkinchi tomondan din va fan, diniy bilimlar va dunyoviy bilimlar o’rtasidagi farqlar, bir-biriga bo’lgan munosabat, har birining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotdagi o’rni masalasini hal qilishga qaratilgan edi.
Bu mutafakkirlar fanlarni turkumlashda fanlarni diniy va dunyoviy fanlarga ajratgan holda ularni bir-biriga qarshi qo’ymaganlar, balki o’zaro munosabatda olib qaraganlar. Lekin shu bilan birga, ular bu fanlarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari, o’rganilish ob’ektlari, unga erishishda qo’llangan usullari jihatidan bir-biridan farq qilishlarini ham ta’kidlab o’tganlar.
SHu munosabat bilan o’rta asrlarda O’rta Osiyo xalqlari falsafiy fikri tarixida vujudga kelgan “ikki xil haqiqat” ta’limoti haqidagi bir ikki og’iz so’z. Bu ta’limotni arab faylasufi Ibn Rushd olg’a surgan edi. Bu ta’limot bo’yicha, haqiqatga erishishning ikki xil yo’li bo’lib, bu diniy va ilmiy yo’llardir. Diniy yo’li xudoni bilish yo’lidan iborat bo’lsa, ilmiy yo’li esa tabiat va moddiy olamni bilish orqali amalga oshiriladi. Xudoni bilish, vahy, payg’ambarlik, karomat va ayrim ilohiy mo’’jizalar yordami bilan amalga oshirilsa, ilmiy yo’li tajriba, tafakkur va mantiqiy fikrlash usuli bilan amalga oshiriladi.
Demak, inson o’zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlariga, ma’naviy va moddiy farog’atga erishish ob’ekti va usuli haqida gap ketyapti. Agar birinchisi diniy e’tiqod orqali, uning vositasida amalga oshirilsa, ikkinchisi dunyoviy bilimlarni egallash va ularni, ular orqali ijtimoiy hayot qonunlarini bilishni amalga oshiriladi. Demak, har ikkalasi insonning ma’naviy ehtiyojini qondirish, amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaganlar. Biri ikkinchisini inkor qilmasligi zarur deb bilganlar.
SHu bilan birga, ularning ushbu ta’limotidagi eng muhim tomon shundaki, ular bu ikki xil haqiqatga erishishda bir-birlaridan muayyan darajada mustaqil, bir-birlarining ishlariga aralashmaydilar. Demak, ular o’sha davr uchun ham, hozirgi davr uchun ham muhim bo’lgan g’oya fanning o’z mustaqil rivojlanish yo’liga ega ekanligini qayd qilganlar.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, IX-XII asrlarda o’rta Osiyoda din va diniy ta’limni maqsad deb emas, balki ilm va fanning barcha qirralarini egallashda, tashqi dunyo mohiyatini bilishda, insonlarning tabiatda tutgan o’rnini aniqlashda vosita deb bilganlar. SHuning uchun ham ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hayotda katta ravnaqqa erishilgan. Din va diniy e’tiqod insonning ruhiyati ehtiyojlarini qondirsa, ilm-fanlar insonning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan deb juda to’g’ri ta’kidlaganlar.
Amir Temur nomi va uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan O’rta Osiyodagi Uyg’onish davri ikkinchi bosqichining xususiyati ham bundan farq qilmaydi. Temur va temuriylar Movarounnahr va Xurosonda barpo qilgan ulkan markazlashgan feodal saltanati deyarli 150 yil davom etib, so’ng bo’linib ketgan. Hindistonda vujudga kelgan buyuk Boburiylar saltanati 200 yil davomida yuksak darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy ravnaqqa erishgan. Buning boisi shunda ediki, bu saltanatlarda davlatning siyosatida ham, olim va mutafakkirlarning dunyoqarashlarida ham insonning ma’naviy kamolotiga, el yurtning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga bir xil e’tibor berilgan.
Eng yaqin o’tmishimizdagi tariximizga murojaat qilsak ham shunday holatning guvohi bo’lamiz. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining yirik vakillari Behbudiy, Fitrat, Munavvar Qori, Avloniy va boshqalar islomning jamiyat ijtimoiy va ma’naviy hayotida juda katta o’rin egallashini ta’kidlaganlari holda diniy mahdudlikni, mutaassiblikni va aqidaparastlikni qattiq qoralaganlar. Ular asosiy e’tiborni islom qadriyatlarini xalqning ma’rifiy, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlarini qondirishda qanday ahamiyat kasb etishini aniqlashga qaratganlar. SHu bilan birga ular xalqni dunyoviy bilimlarni, shu jumladan jahon xalqlari erishgan dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etib, dastlab “Najot ilmu-urfonda” deb e’lon qilganlar.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov islom fundamentalizmi hamda aqidaparastligining tahdidi nimalardan iborat degan savolga, bu tahdid namoyon bo’lishini 7 qismga bo’lib, quyidagicha tavsiflagan: birinchidan, aqidaparastlik g’oyalarini tarqatish orqali musulmonlarda islohotchi davlatga ishonchni yo’qqa chiqarishda namoyon bo’layotir; ikkinchidan, “Fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga ko’r-ko’rona ergashuvchilar o’zgalar irodasining quli bo’lib qolishini anglashimiz lozim”29; uchinchidan, aqidaparast, fundamentalistlarning tahdididi mamlakat aholisi, ijtimoiy guruhlar orasida “haqiqiy” va soxta” dindorlik belgilariga qarab qarama-qarshilik, goho konflikt keltirib chiqarishlari namoyon bo’lmoqda; to’rtinchidan, bunday tahdid respublikamiz janubidagi qo’shni mamlakatlarda fuqarolar urushi to’xtamay, davom etib kelayotganligida namoyon bo’lmoqda; beshinchidan, bunday tahdid musulmon va nomusulmon mamlakatlar, ularning jamoatchiligi orasida ham mamlakatimiz to’g’risida ko’ngilni muzlatadigan tasavvur tug’dirishga urinishlardan namoyon bo’lmoqda; oltinchidan, xavfsizlikka tahdidning yana biri islom madaniyati bilan noislomiy (dunyoviy) madaniyat o’rtasida ziddiyatlarni shakllantirishda goh oshkora, goh yashirin tarzda namoyon bo’layotir; yettinchidan, so’nggi tahdid xalq ommasini, xususan dindorlarning ongida din hamma iqtisodiy, ijtimoiy va halqaro muammolar va ziddiyatlarni hal etishning hammabop (universal) vositasi degan asossiz fikrni qaror toptirishga urinishda namoyon bo’layotir.
Yuqorida bayon qilingan dalil, misol va fikr-mulohazalardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, xalqimizning ming yillar davom etgan tarixidagi davlatchilik siyosatida dinning jamiyat va inson ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi roli masalasiga yondoshilganda, asosan diniy mutaassiblik va aqidaparastlik emas, empirizm (tajriba), ratsionalizm (aql-idrokka muvofiqlik) va amaliyotga suyanish va yondoshish bosh mezon bo’lgan. Nisbatan adolat va insonparvarliklarga tayangan IX-XII asrlardagi saltanatlar ham turkiy elatlarni birlashtirib, markazlashgan davlat qurgani va millat qudratini oshirgan buyuk Temur va temuriylar saltanati ham, Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun, Akbarshoh, SHohjahonlarning turli din va mazhabdagi xalqlarni birlashtirib, oldingilarga nisbatan insonparvar davlatchilikni vujudga keltirgan saltanatlarning buyukligi va butun jahonni xayratga solganligining sababi ham shundadir.
Buyuk ajdodlarimiz hukmronlik qilgan O’rta Osiyo zaminida asrlar davomida ratsional (aql-idrokka asoslangan) diniy e’tiqod, hur va erkin fikrlash qadrlanganligini, O’zbekistonda fan va madaniyat, adabiyot va san’atning naqadar ravnaq topganini ko’rish mumkin.
Bugungi Respublikamiz mustaqilligi sharoitlarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar diniy fundamentalizm va ekstremizmning O’zbekiston musulmonlari e’tiqod qilib kelgan hanafiylik mazhabiga tamomila zid ekanligini to’g’ri anglab, bu fundamentalizmning tarixda ham, hozirgi kunda ham o’ta zararli ekanligini chuqur tushunib yetishlari lozim.
Buning oldini olishning birdan-bir yo’li ularga qarshi ma’rifat yo’lini kengaytirishdir. Buni amalga oshirish - ziyolilar, o’qimishli kishilar, talabalar, diniy uyushmalar va imom-xatiblarning muqaddas burchidir.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish