Ijtimoiy xayot va din


-Mavzu: Bugungi kunda diniy va dinlararo munosabatlar



Download 19,13 Mb.
bet93/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Bog'liq
ulotlari

17-Mavzu: Bugungi kunda diniy va dinlararo munosabatlar
Reja:

  1. O’rta Osiyo xalqlari madaniyatining islom bilan aloqadaorlikda rivojlanishi.

  2. O’rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida islomga munosabat va ma’naviyatni rivojlantirilishi.

  3. Taraqqiyotning hozirgi bosqichi va islom ma’naviyati rivojiga e’tiborni kuchayishi.


O’rta Osiyo xalqlari madaniyatining islom bilan aloqadorlikda rivojlanishi. O’rta Osiyo xalqlarining islomgacha bo’lgan davrda o’zlariga xos muayyan dinlari (buddaviylik, zardushtiylik) va madaniyatlari ancha rivojlangan bo’lib, islom dini bu xududga kiritilganidan so’ng bu xalqlar madaniyati yanada rivojlandi va boyidi. Biroq islomni Movaraunnahrga kiritilishi osonlikcha bo’lmay, bir qancha murakkab jarayonlarni yengib o’tishiga to’g’ri keldi.
Ma’lumki, islomning vujudga kelishi arab xalqlari tarixida, uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida katta sotsial o’zgarishlarga olib keldi. Markazlashgan arab davlati- Xalifalikning vujudga kelishi, tarqoq arab qabilalarini birlashtirish bilan o’rta asr arab madaniyati va adabiy arab tilining shakllanishiga imkon yaratgan edi. Bu madaniyat xalifalik tartibiga kirgan yuzlab xalqlar va elatlarga o’z ta’sirini o’tkazishga harakat qilgan edi.
Islom paydo bo’lganidan so’ng arab xalifaligi deb nom olgan davlat boshliqlari (choryorlar davrida) o’z qo’shinlari bilan juda ko’p mamlakatlarni bosib olib, katta imperiya tuzishga muvaffaq bo’lganlar.
O’rta Osiyo arab istilochilari tomonidan zabt etilishi VII-asr oxiri va VIII-asr boshlarida ummaviylar sulolasi hukmron bo’lgan 661-750-yillarda arablar harbiy yurishining ikkinchi bosqichiga to’g’ri keladi. Ya’ni VII-asr 70 yillarida Eron xududi bosib olinganidan so’ng O’rta Osiyo (Movarounnahr) yerlariga ham harbiy yurishni boshladilar. Mahalliy xalqlar arablarga qattiq qarshilik (xalq qo’zg’olonlari) ko’rsatishiga qaramasdan VIII-asr o’rtalarigacha bu xudud bosib olingan va asta-sekin, har xil yo’llar bilan islom dini targ’ibot qilindi.
O’rta Osiyo xalqlari hayotiga islom ta’limotining kiritilishi muayyan darajada ijobiy rol o’ynagan. Jumladan, arablar hukmronlik qilgan dastlabki asrlarda ilohiyot, fan, falsafada arab tili hukmron bo’lgan. Ammo keyinchalik mahalliy xalqlarning o’z tillarida ham madaniyat rivojlanib, unga islomning ta’siri kuchli bo’lgan.
O’rta Osiyo xalqlari madaniyati, ilohiyot va fanlarning rivojlanishiga islomning ta’siri kuchli bo’lgan. IX-XII va XIV-XV asrlardagi Uyg’onish davrida undan keyingi hayotda jahonga mashhur olim, mutafakkirlar, ilohiyot sohasining yirik namoyondalari yetishib chiqqanlar.
Oldingi bo’limlarda bayon qilganimizdek, VII-asrning ikkinchi yarmida islomda 3ta asosiy (xorijiylar, sunniylik, shialik) yo’nalishlar paydo bo’lgan. Ularning ichida barcha musulmonlarning 92,5 foizini tashkil etuvchi sunniylik bo’lib, O’rta Osiyo musulmonlarining aksariyati shu yo’nalishdagi 47 foizini tashkil etuvchi hanafiya mazhabiga e’tiqod qilgan va hozir ham amal qilmoqda.
O’rta Osiyo ilohiyotchi ulamolar sunniylikdagi mazhablar (ayniqsa hanafiya mazhabi), sufiylik tariqati hamda islom ilohiyotidagi oqimlar: Al-ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, mu’taziliylar, mutakallimlar haqida salmoqli asarlar yaratib, islom nazariyasi va amaliyotiga katta hissa qo’shganlar. Masalan, hadislarning jamlash bizning yurtdoshlarimizdan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) 600 000 dan ziyod Hadis to’plagan va uning 7275 tasini “ishonarli” deb 4 jildlik to’plamga kiritilgan: Sufiylik tariqati sohasida Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband tariqatlarini ko’rsatish mumkin. Burxoniddin Marg’inoniy Xidoya asarini yaratgan. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Mahalliy xalqlar madaniyatining islom bilan aloqadorlikda rivojlanishi xususida quyidagi xulosalar kelishi mumkin:
1. Islomning vujudga kelishi o’sha davrdagi arab xalqlari tarixida, ijtimoiy taraqqiyotida katta ijobiy burilish bilan bog’liq bo’lgan. Bunday burilish natijasida, birinchidan, urug’-qabilachilik tuzumi yemirilib yangi jamiyat tuzumiga o’tilgan; islom bu jamiyatning mafkurasi bo’lgan; ikkinchidan, markazlashgan arab davlati- xalifalik vujudga kelgan, uning davlat dini islom bo’lgan; uchinchidan, adabiy arab alifbosi, tili, adabiyot (folьklori) shakllana boshlagan; to’rtinchidan, xalifalik tarkibiga kirgan yuzlab qabila va elatlarga ta’sir etgan o’rta asr arab madaniyati vujudga kelgan; beshinchidan, ibtidoiy arablarga xos ayrim yaramas odatlar, chunonchi, oilada to’ng’ich bola qiz tug’ilsa, tiriklayin ko’mib yuborish odati taqiqlangan; oltinchidan ma’jusiylik diniga barham berilib, 360 ta fetish (sanam) ning 35926 tasi Ka’badan chiqarib tashlangan. Bu ishlarda mashhur davlat, jamoat va diniy arbob Muhammad ibn Abdulloh va uning safdoshlarining roli, obro’si, ta’siri katta bo’lgan.
2. O’rta Osiyoda arablar hukmronligi o’rnatilgan o’rta asrlarda ilm-fan kurtaklari, falsafada, ilohiyotda, hurfikrlilikda yagona arab tili qaror topgan edi. Biroq bu hol keyinchalik yerli xalqlarning o’z tillarida - forsiy, turkiy, so’ngroq o’zbek, turkman, boshqa tillarda shularga xos madaniyat rivojlangan. Bu madaniyatda islom ta’siri shubhasiz kuchli bo’lgan. Masalan, o’qitishni olaylik. O’lkada bolalarga yoshligidan ta’lim berish uchun ayrim dunyoviy ilmlar ham o’qitilgan. O’rta Osiyo mutafakkirlari, ma’rifatparvarlari va olimlarining deyarli hammasi oldin madrasalarda, diniy dorilfununlarda o’qishgan.
Garchi o’quv yurtlarida diniy manfaat, ehtiyojlar ko’zlangan bo’lsada, shular vositasida xat-savodlilik va ilmlilikka, ma’rifatga, madaniyatga ham yo’l ochilgan. Bu o’quv yurtlaridan savodli kishilar, hatto olimlar ham yetishib chiqqan. Demak, islom bu sohada ham muayyan ma’naviy qadriyatlar yaratib, ijobiy rol o’ynagan.
3. Arab istilochilari VIII asrda O’rta Osiyoni egallab olgach, oldin bu yerda uzluksiz sodir bo’lib turgan o’zaro urushlar to’xtatilib, o’lka yagona markazlashgan xalifalikka birlashtirilgan. Uning hukmron mafkurasi, davlat dini islom bo’lgan. Bu ham siyosiy, huquqiy, diniy jihatlarda yuz bergan ijobiy hodisa edi.
4. Islom madaniyati sohalarida eng yirigi, keng tarqalgani - me’morchilikka ham o’z ijobiy ta’sirini o’tkazgan. Garchi diniy me’morchilik obidalarini islom emas, ruhoniylar emas, balki binokor usta, mohir arxitektor, chapdast me’mor, oddiy quruvchilar barpo etgan bo’lsalar-da, madrasa, masjid, maqbara, xonaqoh, tak’yaxonalar din yo’lida, unga atab qurilgan, unga xizmat qilgan: diniy boshqarmalar, birlashmalar hisobiga tushgan mablag’larga, ruhoniylar tashabbusi, ishtiroki asosida bunyod etilgan. Ruhoniylar bu obidalarni saqlash, ta’mirlash, kengaytirish, bezashga ham hissa qo’shganlar. Demak, diniy obidalar aslo birgina islom tufayli, u orqali, uning mablag’lari, mollari hisobiga qurilmagan bo’lsa-da, ular din manfaatiga, ehtiyojlariga moslab qurilgan.
5. Islom bilan bog’liq bo’lgan amaliy san’at va yozuvlarning yuzaga kelishida, rivojlanishida ham bu dinning va din axllarining ijobiy roli, tutgan o’rni, yaratgan qadriyatlari bor. Garchi Qur’on oyatlari, diniy duo, rivoyatlarning yozuvlari islomni mustahkamlashga xizmat qilgan bo’lsa-da, kitoblarni dastxat qilish, chop etish, bezash, muqovalash san’ati ham, kalligrafiya, xattotlik, ya’ni husnixatning rivojlanishida ham islom qadriyatlarining roli bor.
6. Islomning folьklorga, qofiyali proza (nasr), poeziya (she’riyat) ga ijobiy ta’siri ham anchaginadir. Qur’on mualliflari, uning tafsirchilari, Hadis sharhlovchilari, ilohiyotchi, ulamo va mudarrislar ham yozma ijodda birgina dinni emas, yozma adabiyotni ham rivojlantirganlar.
Demak, adolat yuzasidan olganda, islomda musulmon ruhoniylari faoliyatida yuqorida qayd qilingan va shular singari qadriyatlar mavjud bo’lgan. Ular endi yanada boyitilmoqda.
Xulosa shuki, yuqoridagi g’oya, dalil, faktlardan islom anchagina moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratganligi bilinib turibdi. Bu uning ijobiy tomoni bo’lib, shu o’tgan davr ichida O’rta Osiyo xalqlari turmush tarziga, qadriyatlariga ijobiy ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Islomning insoniyat ma’naviy qadriyati taraqqiyotidagi rolini oshkora, odilona tan olamiz. CHunki uning roli ma’naviy qadriyat bilan hamohang, uning taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shgan. Barcha dinlar, jumladan, islom ham umuminsoniy madaniyatning unsuri, ya’ni uning qismlaridan biridir.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida O’rta Osiyo xalqlarining ma’rifatparvarlik, hurfikrlilik g’oyalari, ularning dinga va islomiy qadriyatlarga bo’lgan munosabati dastlab xalq og’zaki ijodida, so’ngra badiiy adabiyotda aks etgan.
XIX asrning 70-yillarida Turkiston boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish darajasidan ancha orqada edi. Yagona markazlashgan davlat emas edi. Turkiston 3 ta xonlikka: Qo’qon, Buxoro va Xiva xonliklariga bo’lingan edi. Ular o’rtasidagi nizolar mamlakatning iqtisodiy-madaniy hayotning rivojlanishiga katta salbiy ta’sir ko’rsatar edi. Bu ham o’z navbatida mehnatkashlar ommasi ongining o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonni chor Rossiyasi zabt etgan. CHorizmning Turkistonni ishg’ol etishi qisqa muddatli harbiy siyosiy harakat bo’lmay, qariyb chorak asrni o’z ichiga olgan va Turkiston xalqlari hayotida muayyan iz qoldirgan ziddiyatli tarixiy hodisadir. Istilo Qo’qon xonligining harbiy chegarasi hisoblangan. Oqmachit qal’asi (Qizil O’rda) ning 1853 yilda bosib olinishi bilan boshlangan. CHorizmning Turkistondagi istilochilik harakati 1876 yilda shu xonlik markazi - Qo’qonning taslim bo’lishi bilan tugallangan.
CHor hukumati Turkistonni egallab olgach, mahalliy xalqlarning ahvoli yanada og’irlashgan. CHorizm bu yerda harbiy-byurokratik mustamlakachilik tartibi o’rnatgan.
CHor istibod hukumati Turkistonni egallab olar ekan, unga birinchi navbatda xom ashyo manbai, o’z mamlakatining korxonalarida ishlab chiqarilgan mollarni xarid qilish bozori sifatida qaragan. Mahalliy zolimlar - xon, feodal, boy, sudxo’rlar tomonidan ayovsiz ezib kelinayotgan, son-sanoqsiz soliqlar og’irligidan qashshoqlashayotgan mehnatkashlar ommasi endilikda ikki tomonlama zulm ostida ezila boshlagan. Mehnatkash omma oddiy insoniy huquqlardan mahrum etilib, “xalqlar jallodi” - chorizm iskanjasida yashashga majbur bo’lgan.
O’lkani boshqarish uchun tayinlangan hamda cheksiz haq-huquqlarga ega bo’lgan chor general-gubernatori va uning to’ralari mahalliy ezuvchilarning vakillari bilan til topishib, xalqni ochiqdan-ochiq talay boshlagan. CHorizm siyosati mahalliy xalqlarni qoloqlikda, johillikda saqlab turishga qaratilgan edi. SHuning uchun ular o’lkada diniy taassubni avj oldirgan, xalq o’rtasida paydo bo’la boshlagan har qanday yangilikni bo’g’ishga intilar edilar. SHu bilan birga ular mahalliy xalqlarni ruslashtirish siyosatini ham olib borgan. Bu hodisalarning hammasi xalqlarni siyosiy, madaniy jihatdan nisbatan orqada qolishiga sabab bo’lgan.
SHunga qaramay, Turkistonni CHor Rossiyasi bosib olganidan so’ng ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda anchagina o’zgarishlar yuz bergan. O’lka iqtisodiyoti yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarila boshlagan. Turkistonda sekin-asta sanoat korxonalari qurila boshlagan. 1880-1890 yillarda 63 ta korxona qurilgan. SHundan 22 tasi paxta tozalash zavodlari edi. 1890-1900 yillar davomida 111 ta korxona, jumladan 52 ta paxta tozalash zavodi, 3 ta yog’-moy zavodi, 6 ta bosmaxona, mexanika ustaxonalari va boshqalar ochilgan. Bu hol o’z navbatida tovar ishlab chiqarishning, binobarin, savdo-sotiqning rivojlanishiga yordam bergan. Lekin Turkiston yarim mustamlaka o’lka sifatida faqat xom ashyo yetkazib berardi, markaz esa qayta ishlardi. Bu Turkiston iqtisodining tez sur’atlar bilan rivojlanishi uchun to’siqlik qilgan.
CHor Rossiyasi Turkistonni bosib olgandan so’nggi eng birinchi o’rindagi iqtisodiy siyosati paxtachilikni rivojlantirish edi. CHorizm paxta yetishtirish uchun qancha tadbirlar ishlab chiqqan. Agar 1890 yilda 1382 ming pud paxta yetishtirilgan bo’lsa, 1910 yilda 25488 ming pud, 1915 yilda esa 93918 ming pudga yetdi. CHorizm aholidan ko’plab soliqlar olardi, noqonuniy yo’llar bilan boshqa boyliklarni ham tortib olardi. U o’z hukmronligini mustahkamlash uchun o’lkaga rus dehqonlarini ham ko’chirib kelgan edi.
1900 yili Turkiston aholisining 4,15 foizi ko’chib kelganlar edi. Ular eng yaxshi yerlarning 2659 ming desyatinasini o’z qo’llariga olganlar. Ushbu o’zgarishlar natijasida o’lkani siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz bergan, jamiyatning sotsial tabaqalanishi keng tus olgan.
O’lkada tarix, arxeologiya, etnografiyaga oid muzeylar ochilgan. Ilmiy jamiyatlar tuzilgan. 1870 yilda Toshkentda kutubxona (hozirgi A.Navoiy nomidagi kutubxona) ochilgan. Yirik shaharlar – Farg’ona, Xiva, Andijon, Samarqand, Toshkentda bir qancha bosmaxona va litografiyalar ochilgan.
Navoiy, Fuzuliy, Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi shoirlarning she’riy to’plamlari nashr qilina boshlangan. O’zbek tilida gazeta chiqa boshlagan.
XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning choragida Xiva xonligida-132 ta, Buxoro amirligida-336 ta, Turkiston o’lkasida 348 ta madrasa bo’lgan.27 O’lkada bu paytga kelib mahalliy, diniy maktablar soni ham ortib borgan. 3 ta viloyatda (Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand) jami masjidlar 11964, imomlar 11680, maktablar 4632, undagi o’quvchilar 44783, madrasalar 277, undagi o’quvchilar 7935, eshonlar - 391 ta bo’lgan28. Bu shuni ko’rsatadiki, CHorizmning zulmiga qaramasdan islomga, uning qadriyatlariga munosabat xalqda so’nmagan.
Bu davrga kelib aholining savodxonlik darajasi Rossiya darajasida edi. CHor hukumati va mahalliy zolimlar o’z hokimiyatlarini mustahkamlash uchun diniy maktab, madrasa va ularda xizmat qilayotgan (mulla, eshon, shayx) lardan ham foydalanishga harakat qilardilar. Bu maktab, madrasalarga rahbar tayinlashda o’zlariga sodiq kishilarni qo’yishgan. Buni general Duxovskiyning Rossiya harbiy noziriga 1898 yil 8 avgustda yozgan xati ham tasdiqlaydi. U o’z xatida islom Turkistonda hukmronlik qilayotganlar (chorizm nazarda tutilyapti) uchun xavfli emasligi, ular bilan kelishib ishlash mumkinligi, mahalliy zolimlar hatto chorizmga to’la bo’ysungan holda ish olib borayotganlarini ta’kidlagan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda g’oyaviy-siyosiy kurash yanada kuchayib, uchta yo’nalish vujudga kelgan:
a) feodal-klerikal,
b) jadidlik,
v) demokratik yo’nalish.
Feodal-klerikal yo’nalish namoyandalari asosan hukmron sinflar - amaldor, boy, sudxo’rlar manfaatini himoya qilardilar. Yangilikka qarshi chiqardilar, patriarxal-feodal tuzumni, diniy mistikani targ’ib qilardilar.
Jadidlik (arab. jadid so’zidan olingan bo’lib, yangi degan ma’noni bildiradi). Bu yo’nalish namoyandalari diniy predmetlar bilan dunyoviy fanlarni qo’shib o’qitishni yoqlab chiqqanlar. Ular chorizm siyosatini qattiq qoralardilar, patriarxal-feodal tuzumni, teskarichi din ahllarini tanqid qilardilar; turmushni yaxshilashga, ta’limni o’zgartirishga harakat qilardilar. (Keyinchalik jadidlik yana bir nechta oqimlarga bo’linib ketgan).
Demokratik yo’nalishning ko’zga ko’ringan namoyandalari (ma’rifatparvar shoirlar) Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Avaz O’tar, Hamza, qozoq va qirg’iz oqinlari CH.Valixonov, Ibray Oltinsarin, Abay Qo’nonboev, Toktagul Satilg’anov, Togolok Moldo, Parpi Aliqulov va boshqalar O’rta Osiyo hurfikrliligi taraqqiyotida sezilarli iz qoldirganlar. Ular ijtimoiy hayotning turli masalalarini hal etishda bir-biridan farq qilsalar-da, lekin ular uchun umumiy xarakterli bo’lgan xususiyatlar mavjud edi.
Mamlakatda islom mafkurasi hukmronlik qilib turgan paytda ular o’lkaning iqtisodiy, ma’naviy, madaniy jihatdan qoloqligini tugatish, xalq ommasini iqtisodiy va ma’naviy zulmdan ozod etish, uni ma’rifatli qilish yo’llarini axtardilar. Ma’lumki, ular o’zlarining ijtimoiy-falsafiy qarashlarini, ilg’or g’oyalarini badiiy adabiyotda, poeziya janrida ifodaladilar. Bu ma’rifatparvarlar mehnatkashlar ahvolini yaxshilash, ilm-ma’rifat, adolatli tuzum o’rnatish, xalqlar do’stligi g’oyalarini targ’ib etish kabi masalalarga katta e’tibor berganlar.
Ular mamlakat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy qoloqligini, kishilar ongi, dunyoqarashi, xatti-harakatlari va bularning sababi kishilarning real ijodiy faoliyatlarida, tabiatan shunday bo’lishini ta’kidladilar. Buning sababchisi o’sha davrdagi feodal-klerikal hukmron mafkura ekanligini ham o’z qarashlarida ta’kidlashdi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish