Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet35/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko`rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba'zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta'kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo`lgan ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e'tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.

Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joy xususida ikki xil qarash bor.

Birinchisi – «G‘arb nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning Qadimgi Eron hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo`lganligidir. E'tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya'ni mil. av. VI asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan.

Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog‘langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba'zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», ­ deyiladi.

«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g‘ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakat va najot» sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug‘d, «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi


Avestoda Axuramazda tomonidan berilgan «Barokot va najot» sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi deb, «dunyoda hech narsa uning chiroyiga teng kela olmas Eran-vej», keyin «odamlar va chorva podalariga mo`l» So`g‘d (Suqd), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «Baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Batxi (Baqtriya) zikr etiladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tug‘ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham ma'lumot beriladi. Aytilishicha, «Shunday mamlakatni, ko`p sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mo`l ko`llari bor, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya), Bava (So`g‘d hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubqasiz, «Keng qirg‘oqli kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg‘oqlarida joylashganlardir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, Zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazmni ayta olamiz.
Ko`p yillik bahs-munozaralardan so`ng pirovardida o`ttizdan ortiq xorijiy avestoshunos olimlar va o`zimizning tadqiqotchi olimlarimiz Zardo`shtning va “Avesto”ning vatani O`zbekiston, qadim Xorazm bo`lgan degan qat’iy bir fikrga kelganlar. Tadqiqotchi olimlarning bunday yakdillik bilan chiqargan xulosalarini BMT ning fan, maorif va madaniyat bo`limi – YuNESKO ham tasdiqlagan.
Shunday qilib, zardushtiylik Markaziy Osiyoda shakllanib, keyinchalik Eron va boshqa o`lkalarga tarqalgan.
Zardushtiylik ta'limoti. Zardushtiylik ta'limoti O`rta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo`lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e'tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta'limotdir. U behuda qon to`quvchi qurbonliklar, harbiy to`qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o`troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da'vat etadi.
Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo`riq yer ochib uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardusht o`z ta'limoti bilan insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o`rgatmoqchi bo`ladi. U o`z ta'limotini insonlarning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri hal bo`lajak, har bir inson o`lgandan so`ng o`zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha yoki abadiy rohat - jannatga, yoki yomon ishlari ko`p bo`lsa na xursandlik va na xafalik ko`rmaydigan arosat joy - misvongatuga tushadi, degan g‘oyaga asoslantirgan.
Zardushtiylik diniy e'tiqodida dualizm (ikki hudolik)ni emas, yakka hudolik (monoteizm)ni targ‘ib qilgan. Zardusht dunyo yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, hayot va o`lim, ezgulik va yovuzlik, issiqlik va sovuqlik va h.zo kabi kuchlar o`rtasida kechadigan kurash maydoni sifatida tasavvur qilinadi. Olamdagi barcha yahshilik, ezgulik, yorug‘lik kuchlarini Ahura Mazda yaratadi va boshqaradi. U o`zining 6 ta yordamchilari muqaddas ruhlar orqali insonlar, chorva, olov, yer, osmon, suv, o`simliklar dunyosiga homiylik qiladi. Anhra Manyu (Axriman) barcha yovuzlik va zulmat kuchlarining timsoli sifatida Jin, Shayton, Iblis, Alvasti, Jodugar, dev, ajdaho, ilon kabilarni yaratib ular yordamida odamlar qalbiga qo`rquv, dahshat solib, ularni o`ziga tobe qilishga urinadi.
Axuramazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga amal qilishni, yomon ishlarni bayon etib, ulardan saqlanishni buyuradi.

Zardushtiylok ta’limotiga ko`ra zardushtiylik iymoni uchta narsaga asoslahadi: Fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligi (Ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal. Har bir Zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab sig‘inishi shart bo`lgan.


Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to`rt unsur - suv, olov, yer va havo ulug‘lanadi.
Zardushtiylik dafn marosimi o`ziga xos bo`lib, o`lganlar bir necha past, baland «sukut minoralari» - daxmalarga solinadi, u yerda murdalarning go`shtlarini qushlaryeb, suyaklarini tozalaydi. Go`shtdan tozalangan suyaklar minora o`rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda «halol» bilan «harom»ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.
Zardushtiylikning xarakterli hususiyatlaridan biri ko`pgina axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan mavhum shaklda bayon etiladi. Kishilar tasavvuridagi yovuzlik va ezgulik kuchlari badiiy obrazli ifodalanadi, insoniy tus beriladi. Odamlar ikki qudrat o`rtasida hayot kechiradilar. Yahshilik va yomonlik kuchlari doimo bir-birlariga qarshi kurashadilar. Kishilar o`z amaliy ishlari bilan, axloqiy sifatlari bilan yovuz kuchlarga qarshi ezgu ruhlarga ko`maklashuvi lozim. Mifologik dunyoqarashga asoslangan Zardo`shtiylik ta'limotining markaziy muammosi odam Bilan olam o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik jarayonini tahliliga qaratilgan. Bu ta'limotga ko`ra, odam borlig‘i olam borlig‘i Bilan bevosita aloqador. Ushbu ta'limotga muvofiq butun olam borlig‘i tuproq, suv, xavo, olovdan iborat. Odam borlig‘i xam shu to`rt unsurdan iborat. Shuning uchun ushbu to`rt unsur muqaddas hisoblanadi. Odamzod tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim degan nuqtai nazar zardo`shtiylik ta'limotining eng muhim g‘oyalaridan biridir. Odam o`lgandan keyin uni muqaddas tuproqqa qaytarmoq uchun, avvalo, tanani go`shtdan ajratmoq lozim deb hisoblagan. Chunki, odam go`shti xarom bo`lganligi bois muqaddas tuproqni bulg‘ashi mumkin. Shuning chun ham murdaning go`shti suyagidan ajralib qolgandan so`ng suyagi maxsus moslamaga solib ko`milgan. Tabiatdan olingan odamzod tanasi yana o`ziga qaytarilgan. Zardushtiylik ta'limotda insonning barkamolligini belgilashda nafaqat tashqi qiyofasi, balki ma'naviy dunyosi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Avestoda bayon etilgan g‘oyalar, ya'ni olam ikki asos, ikki ibtidoning – yorug‘lik bilan zulmat, yaxshilik bilan yomonlikning to`xtovsiz kurashidan iborat degan g‘oya tasviriy san'atda keng in'ikos ettirildi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda er, o`simlik va b. hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Uning timsoli ikki oltin qanotini keng yoygan qush ustida ketayotgandek tasvirlanadi.

Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to`xtovsiz kurashadi, ammo uni engishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, er sathi esa, kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o`zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o`zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik, Ahuramazda hukmron bo`lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik, Anhramaynu hukmron bo`lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.

Dunyoni boshqarishda Axuramazda o`ziga hamda 6 ta buyuk fazilatga tayanadi: Bularning birinchisi – ezgu fikr, ikkinchisi – eng oliy haqiqat, uchinchisi – muqaddas e'tiqod, to`rtinchisi – hukmronlik xohishi, beshinchisi – yaxlitlik hamda oltinchisi – mangulikdir. Bunday yuksak, oliy tushunchalar inson tafakkurining yuqori darajasida shakllangan.

Biroq, zulmat kuchlarining timsoli sifatida Anhramaynu odamlarni o`ziga tobe qilishda jin, shayton, iblis, alvasti, jodugar, dev, ajdaho, ilon kabilar yordamidan foydalanadi. Qadimgi dunyo va o`rta asr tasviriy san'atida bu yovuz kuchlar juda yaqqol va imkoni qadar qo`rqinchli qilib tasvirlangan.

Ilohiylik hamma dinlarda ham ezgulik, yuksaklik, ulug‘vorlik, yorug‘lik tushunchalari bilan bog‘liq. Zardusht ta'limotida ham yaxshilik ilohiga olijanob fazilat va hislatlar qiyos berilgan. Avestodan olingan quyidagi parcha bunga dalildir: “Axuramazda dedi: mening nomim – So`rovchidir, ikkinchisi – Matlub, uchinchisi – Qudrat, to`rtinchisi – Haqiqat, beshinchisi – Barcha Eegulik, sakkizinchisi – Ta'limot, to`qqizinchisi – Men muallimman, o`ninchisi – Avliyodirman, o`n birinchisi – Muqaddasman men, o`n ikkinchisi – men Axuraman, o`z uchinchisi – Qudratlidirman, o`n to`rtinchisi – yovuz emasman, o`n beshinchisi – men Tolibdirman, o`n oltinchisi – barcha narsaning hisobchisi, o`n ettinchisi – har narsani ko`ruvchi, o`n sakkizinchisi – Asraguvchi o`zim, o`n to`qqizinchisi – yaratguvchi o`zim, yigirmanchisi – men Mazdaman”.

Zardushtiylikda eng yuksak qadriyat – tabiatdir, u ham, inson borlig‘i ham to`rt unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan, shuning uchun bular muqaddas hisoblangan. Olovga sig‘inish ustuvor bo`lgan bu dinda ibodatxonalar qurilib, ularda olov yoqadigan maxsus joy bo`lgan. Ekologik ongning sodda, lekin yuqori darajada rivojlanishi tufayli tabiatni asrash inson uchun muqaddas burch deb belgilangan. Shuningdek, havoni bulg‘ash, jasadlarni erga ko`mib tuproqni ifloslantirish, o`likni suvga oqizish yoki gulxanda yoqish kabilar gunoh hisoblangan.

Odamzod shu tuproqdan vujudga kelib, yana shu tuproqqa qaytadi. Odam go`shti harom hisoblangan, u muqaddas tuproqni bulg‘amasligi uchun go`shti suyagidan ajratilgan, maxsus ostadonlarga solib ko`milgan. Bu davrda ostadonlar san'ati rivojlangan. Ular maxsus joylarga bino etilib, ortiqcha bezak va tasvirlarsiz qurilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ostadonlar tasviri bundan dalolat beradi.

Barkamol insonni shakllantirish Avesto mazmunida markaziy o`rinni egallaydi. Inson erki, hayotining farovonligi, turmushining go`zal bo`lishi haqidagi g‘oyalar o`sha davr estetik madaniyatidan guvohlik beradi. Ushbu asarda aytilishicha, Axuramazdadan, “yer yuzidagi eng yaxshi joy qayerda?”, deb Zardusht savol so`raganida, u, “inson qayerdaki o`ziga uy tiklab, oilasi, chorvasi va itlari bilan to`q yashasa, uyida noz-ne'matlari muhayyo bo`lib, xotini va farzandlari farovon turmush kechirsa, uyida e'tiqodi sobit, olovi alangali bo`lsa, ana shunday go`sha ulug‘dir”, deb javob beradi.

Zardushtiylikning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ham – ezgulik va yovuzlik kuchlarini inson qiyofasidagi ruhlar timsolida badiiy obrazli tasvirlashidir. Ezgulik kuchlarining timsoli sifatida dehqon va chorvador obrazi tarannum etilgan. O`sha davr nuqtai nazaridan, turmush farovon bo`lishining asosiy omili – inson mehnati, dehqonchilik va chorvachilik bilan yaratilajak ne'matlar bo`lgani uchun ham mehnatning bu turi muqaddaslashtirilgan va bularning barchasi inson uchun edi.


Shunday qilib, Zardushtiylik dini jahon miqyosida eng qadimgi dinlardan biri hi soblanib, eramizdan avvalgi VII-VI asrlar O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlarining e'tiqod qiluvchi dinlari hisoblangan.
Eronshohlar davrida Eronda rasmiy davlat diniga aylangan. Biroq bu davrda uni ruhoniylar, zodagon hokimlar o`z manfaatlariga bo`ysundirganlar.
O`rta Osiyoni arablar islomlashtirgunlariga qadar, zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dinlari hisoblangan.
Hozirgi kunda zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar soni keskin kamayib ketgan. Ular Hindistonning Bombey, Gujarot shtatlarida (115.000ga yaqin) va Eronning ba'zi chekka viloyatlarida saqlanib qolganlar. Bombayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi institut faoliyat olib boradi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish