Braxmanlik. Eramizdan avvalgi birinshi ming yilliklarga kelib oriylar Hindistonda o`zlarining knyazliklariga ega bo`ldilar. Vedalarning marosimlar haqidagi ko`rsatmalari ansha murakkablashdi. Shu davrga kelib aholi o`rtasida braxmanlarning nufuzi oshib ketdi. Ular oldingi ta’limotlarni isloh qilib, yangisha liniy qonun-qoidalarni ishlab shiqdilar va braxmanlik diniga asos soldilar.
Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. O`z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o`rganish, murakkab marosimlarni o`tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy tilni o`zgartirib bo`lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi brahmanlikning kelib chiqishiga sabab bo`lgan.
Oriylar ko`chmanchilikdan o`troq hyotga o`tib davlatdagi hukmron sinfga aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bo`lgan turli xalqlar bilan uchrashib, boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari –vedizm taraqqiy etdi. Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini, mavqeini ko`tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bo`ldi. Keyin o`zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanlikda ko`proq ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. Sutralar san'atning alohida ko`rinishi bo`lib, sanskrit tilida yozilgan. Unda ma'lum tabaqaga yuqori orin berilgan.
Braxmanlar o`zlarini kelib chiqishlarini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari bo`lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar) tabaqasi e'tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta'siri kuchliroq bo`lgan tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi sohalaradan ham habardor edilar.
Braxmanlik ta’limoti kastalar (ijt.tabaqalar)ga asoslangan, ya’ni jamiyatdagi insonlar o`zlarining kelib shiqishlari, mansablari va hunarlariga ko`ra turli tabaqalarga bo`linadilar. Braxmanlikda eng yuqori kasta braxmanlar. Ular xudoning tilidan yaratilgan bo`lib, xudolar nomidan gapirish huquqiga ega edilar. Ikkinshi kasta kshatriylar. Ular xudoning qo`lidan yaratilgan insonlar hisoblanib, podshohlar, knyazlar, jangshilar shular jumlasiga kiradi. Kastalarning yana biri vayshlar. Ular xudoning sonidan yaratilgan insonlar hisoblanib, savdogarlar va hunarmandlar shu kastaga mansubdirlar. Kastalarning eng quyi tabaqasi shudralardir. Ular xudoning oyog‘idan yaratilgan hisoblanib, oddiy xalq, dehqonlar shular jumlasiga mansub.
Braxmanlikning kastashilik asoslari mil. av. V asrlarda yashagan Hindistonning yarim afsonaviy hukmdori Manu qonunlarida mustahkamlangan.
Braxmanlikdagi ruhning ko`shib o`tish ta’limoti Hindistonning deyarli barsha din va falsafalariga ta’sir etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |