ko’rsatuvchi hodimlar. Ularni qoida bo’yicha, alohida boshqaruv operatsiyalariga
qarab tasniflanadi. Bunday hodimlarga kotiblar, mashinistlar, texniklar va
boshqalar kiradi. Texnik hodimlar tor va aniq kasbiy tayyorgarlikka ega, rahbarlar
va boshqaruv mutaxassislariga texnik yordamni ta’minlash, xususan, boshqaruv
qarorlarini qayta ishlash va amalga oshirish yordamida ta’minlashga chaqirilgan.
va bunday hodimlarni tanlash, tayyorlash va ishlatish tizimini tashkil etishga
100
Bevosita menejerning qo’l ostida bo’lgan odamlar soni boshqaruv me’yori
yoki nazorat sohasi deyiladi. Agar bevosita menejerning qo’l ostidagi odamlar soni
ko’p bo’lsa, u yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’ladi, bu son kichik bo’lsa,
menejerning boshqaruv me’yori pas bo’ladi. Tabiiyki qo’yilgan maqsadlarga
erishish uchun qancha kam menejer talab qilinsa, ular shuncha yuqori boshqaruv
me’yoriga ega bo’ladi.
Boshqaruv me’yorining shakllanishiga qator omillar ta’sir etadi. Ular orasida
boshqaruvchining individual psixologik qobiliyatlari kasb darajasi va hodimlar
madaniyati, ularni rag’batlantirish turlari va kasbiy faoliyati bor. Odatda yuqori
malakali hodimlar kichik malakali hodimlarga nisbatan kamroq boshqaruvga
muxtoj. Shuning uchun, deyarli olim bulgan tashkilot menejeri yuqori boshqaruv
me’yoriga ega bo’lishi mumkin.
Boshqaruv me’yori tashkilotdagi ierarxik darajalar soni bilan, ya’ni uni
vertikal tuzilmasi yuqori yoki tekisligi bilan aniqlanadi. Yuqori tuzilma past
boshqaruv me’yori va ko’p ierarxik darajalarga ega bo’ladi, tekkisi esa yuqori
boshqaruv me’yori va kam ierarxik darajalariga ega bo’ladi. Yuqori tuzilmalar
ko’p mablag’ talab qiladi, ish muomalasi va qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi,
majburiyat va mas’uliyat aniqligini qiyinlashtiradi. Har qanday ijtimoiy tashkilotda
rasmiy tuzilmalardan tashqari o’zaro munosabatlar tizimi mavjud. Ular norasmiy
guruhlarda shaxslararo darajada hodimlar o’rtasida paydo bo’luvchi o’zaro
aloqalar tarmog’idan iborat norasmiy tashkiliy tuzilma sifatida xarakterlanadi. Bu
ijtimoiy loyihalashtirish, rasmiy va norasmiy tuzilmalarning maqbul variantini
yaratish sohasining mutaxassislari bo’lgan ijtimoiy menejerlarining diqqat
markazidagi obyektdir.
Boshqaruv tuzilmasi shunday bo’g’inlarni o’z ichiga oladi: umumiy
boshqaruv tuzilmasi, aniq boshqaruv organlari tizimi, boshqaruv kadrlari va
boshqaruvning texnik vositalari. Bazaviy boshqaruv tuzilmasi - chiziqli funktsional
boshqaruv
kombi-natsiyasi
asosida
shakllanadi.
Boshqaruv
organlari
boshqaruvning eng asosiy elementi hisoblangan boshqaruv kadrlaridan
shakllanadi.
Boshqaruv tuzilmasining keyingi tarkibiy qismi - boshqaruv mehnati
samaradorligini oshirishni ta’minlovchi texnik boshqaruv vositalaridir.
Qisqa xulosalar
Ijtimoiy menejment tizimi elementlari, ularning ijtimoiy aloqadorligi.
Ijtimoiy menejment tizimining asosiy elementlari. Ijtimoiy menejmentning
tashkiliy tuzilmasi. Ijtimoiy menejment funktsiyalari. Ijtimoiy menejment kadrlari
va me’yorlari. Ijtimoiy menejment tizimini takomillashtirish yo’llari.
Do'stlaringiz bilan baham: