12.2.Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari
Innovatsiya muhitini yaratish texnologiyalari ikki bosqichni o’z ichiga oladi.
Birinchi bosqich-ob’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi, ya’ni iqtisodiy
o’zgarishlarni.
Ikkinchi bosqich - odamlarni fikrlash doirasini o’zgarti-rish, boshqarishning
innovatsion maqsadlarini belgilash kabi sub’ektiv o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.
Bu ikki bosqich o’zaro uzviy bog’liq va shu bilan birga nisbatan mustaqildir.
Innovatsion texnologiyalar juda tez sur’atlarda ishlab chiqilishi mumkin, lekin bu
ikki bosqichning amalga oshish muddatlari o’rtasidagi farqning ortib ketishi yangi
g’oyalarning talab qilinmay qolib ketishiga sabab bo’ladi. Bu muammoni baholash
shuni ko’rsatadiki, yangi g’oyalarning talab qilinmasdan qolib ketish darajasi juda
yuqori. Bu holat ayniqsa, Sobiq Ittifoq davlatlari va Rossiyada juda ayanchli
ahvolda. Fan va intellektual qobiliyatning himoyalanmaganligi siyosiy
boshqaruvchilarga noto’g’ri qarorlarini o’z vaqtida to’g’irlash imkonini bermaydi.
Bu esa qarorlarni qabul qilishda mas’uliyatsizlikni vujudga keltiradi va mansabdor
shaxslarning malakasiz va loqayd bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday holat bilimli
boshqaruvdan mahrum bo’lgan jamiyatga juda qimmatga tushishi mumkin, chunki
bunday jamiyat o’z maqsadiga turli inqirozlar va qonli to’qnashuvlar orqali
erishishi mumkin. Barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim, sog’liqni-saqlash va
ijtimoiy himoyaning uzoq muddatli dasturlariga ega. Bu dasturlar iqtisodiyotning
barcha sohalarini qamrab olgan: masalan, AQShning bir yillik ijtimoiy soha
xarajatlari trillion dollar atrofida. AQShda mingdan ortiq uzoq muddatli dasturlar
ishlab chiqarilgan. Bu dasturlarning bajarilishi ijtimoiy sohada katta o’zgarishlarga
sabab bo’ldi. 1979 yil Yaponiyada «jamiyat ravnaqining yapon modeli» ni qurish
uchun etti yillik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan.
Industrial davlatlarda rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha
yo’llanmalari bo’ycha mikro va makro darajada amalga oshiriladi. Masalan,
faqatgina Yevropa Ittifoqi davlatlarida energiyani tejashga qaratilgan 600 dan ortiq
dastur amal qilmoqda. Bu va boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarda resurslarni
tejash siyosati amalga oshirilmoqda. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda,
hukumat resurs tejashning hukukiy yoki ma’muriy usullaridan foydlanadi.
Mamlakatda resurslardan oqilona foydalanmaslikning sababi, davlat dasturi
emas, balki uni amalga oshirish mexanizmlarining byurokratlashganligi va
markazlashganligidir, ba’zi hollarda xo’jalik mexanizmining o’rniga ma’muriy
113
tartibga solish usullari qo’llanilgan. Markaziy boshqaruv organlarining noto’g’ri
rejalashtirishi natijasida yuzlab milliard so’m miqdoridagi moddiy-texnik, valyuta
va tabiiy resurslar noto’g’ri sarflangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |