120
14-MAVZU. MUNITSIPAL MENEJMENTNING KRIZISGA QARSHI
STRATEGIYASI
REJA:
14.1.Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv
14.2.Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish
14.3.Mahalliy boshqarishning korporativ modeli
14.4.Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining kontseptsiyasi
14.1.Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv
Mahalliy boshqaruv organlariga xaqiqatdan ham byurok-ratik hokimiyat
izdoshlari rahbarlari sifatida qaraladi. Ammo o’z-o’zini boshqarish organlarini
tashkil qilish juda qiyin. Shunga qaramasdan, mahalliy hokimiyat organlarini
tashkil qilish uchun juda katta ishlar qilindi. Munitsipal ta’lim ma’muriyatining
boshliqlari saylandi, deputatlar kengashi, munitsipal hokimiyat tariqasida
boshqaruv apparati shakl-lanmoqda.
Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini rivojlanti-rishning oddiy bo’lgan
faqat tepadan qarash usuli, o’zini oqlamadi. Shu narsa ma’lum bo’ldiki, mahalliy
xalq o’z muam-molarini echishga jalb qilinishi kerak, buning uchun, ularga
hokimiyat vakolatlarini moddiy va moliyaviy resurslarni berish zarur. Bu holat
ularda mahalliy xo’jalikni rivojlantirishda boshqa bir printsipial motivatsiyani
uyg’otadi, mavjud tabiiy va intellektual resurslardan foydalanishda ratsional
yo’llarni topish mahalliy yashovchilarni oxir oqibat o’zlarini ijtimoiy extiyojlari
uchun aktiv pul ishlab topish yo’liga o’tishga undaydi. Bozor iqtisodiyotni
rivojlantirish orqali zamonaviy ijtimoiy infrastrukturani tashkil qilish kerak.
Hozirda mavjud mahalliy boshqaruv organlarning mahalliy hayot
muammolari bilan bog’liqligi juda yomon. Ular munitsipal mulkni boshqarish,
mahalliy sanoat rivojlantirish bilan bandlar va shuning uchun, mahalliy
yashovchilar shahar, rayon ma’muriyati oldida tilamchi, da’vochi sifatida
namoyon bo’lmoqda.
Bunday vaziyat yana mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari davlat
boshqaruv vertikalining davomiga aylanmoqda, o’zining tub mohiyatini
yo’qotmoqda. Natijada eskirgan mahalliy boshqaruv kontseptsiyasi yuzaga
chiqmoqda, bu esa, o’zining oqlanmaganligi sir emas.
Bunday «yuqori» dan rivojlanish kontseptsiyasi jamiyatdagi krizisni
chuqurlashuvi sababchilaridan biridir, ayniqsa, davlat boshqaruvida.
Vaziyat davlat tomonidan puxta o’ylanmagan ijtimoiy siyosat va uni amalga
oshirish uchun mablag’lar etishmasligi natijasida jamiyatda ijtimoiy norozilikning
kuchayishi shaxarlarning ijtimoiy infrastrukturasini yo’q kiladi. Muammo nafaqat
121
resurslarning yo’qligida balki undan samarali foydalana olmaslikda, rivojlanish
mablag’lari va boshqaruvchilarning yo’qligidadir.
Bir so’z bilan aytganda, munitsipal menejment sohasidagi professionallikning
pastligi zamonaviy boshqaruvda salbiy oqibatlarga - mas’uliyatsizlikni keltirib
chiqishi mumkin. Shuning uchun, mahalliy boyliklardan qoniqarli darajada
foydalanilmaydi. Boshqa bir rivojlanish strategiyasi kerak, ayniqsa jamiyatni
krizisdan olib chiqadigan strategiya kerak.
Strategiya - krizisga qarshi boshqaruvning zamonaviy resursi. Strategiya
(grekcha strategia. strotos voysko + ago- olib boraman) - umuman urush va
kompaniyalarda olib boriladigan juda katta operatsiyalar san’atidir. Hozirgi vaqtda
«strategiya» so’zi tagida boshqaruv hamda jamiyat muammolarini echish bilan
bog’liq boshqaruv san’ati tushuniladi. Rivojlanish strategiyasi jamiyat doktrinasi
va davlat siyosati bilan juda bog’liqdir. Siyosiy maqsadlarda strategiya ularning
bajarilishini, jamiyat hayotining turli sohalarida optimal natijalarga erishish
texnologiyasi ishlab chiqishni ta’minlab beradi. Shuning uchun jamiyat taraqqiy
etishi bilan shaxsiy strategiyalar vujudga keladi. Bular: iqtisodiy, ijtimoiy
moliyaviy, pul-kredit, huquqiy, ma’naviy.
Bunday holatning o’zi tashkilotni strategik maqsadlarini aniqlaydi va bu
faoliyatning alohida elementlarini, funk-tsiyalarini qamrab oladi.
Strategik rejalashtirishning keyingi bosqichi bo’lib maq-sadlarga erishish
uslublarini aniqlash, resurslarni topish hisoblanadi, ya’ni tashkilotni rivojlantirish
kontseptsiyasi tuziladi. Bu kontseptsiya esa rahbariyat uchun strategiya bo’lib
xizmat qiladi.
Bunday muhitni tahlil qilishda turli hil usullar ishlatiladi hamda tashkilotning
ichki holati ham tahlil qilinadi Shu vaziyatdan kelib chiqib, tashkilotning kuchli
tomonlarini, imkoniyatlarini hisobga olib strategiyalar ishlab chiqiladi. Shundan
so’ng, tashkilotchilik qobiliyatlari ishlab chiqiladi: innovatsiyaga qodirligi,
malakaviy potentsial.
Bizning boshqaruvdagi kamchiligimiz (mahalliy regionlar) bo’lib biri, kichik
dasturlar doirasida ishlashimiz va doimiy muammolarimizni bosqichma-bosqich
hal etish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda bizning hamma kamchiligimiz
to’liq ishlab chiqilgan, zamonaviy strategik fikrlardan holi bo’lgan boshqaruv
krizis natijasidir.
Bu doiradagi boshqaruvimiz ilmiy-texnikaviy muhitda nisbatan juda uzoq
vaqt qolib ketgan. Shunga qaramasdan ko’pgina professional boshqaruvchi -
menejerlar paydo bulishdi, o’zlarini amaliyotlarida ular strategik rejalashtirish va
kontseptual usulini keng qo’lladilar. Buning asosida innova-tsiyalashgan ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy texnologiyalarni yaratish va qo’llash vazifasi turibdi.
Mahalliy yashovchilarni yuqori hokimiyatdan mahalliy darajaga olib tushish,
122
o’zlarining muammolarni hal qilish uchun o’zlarini jalb qilish hamda mahalliy
hokimiyatni mustahkamlash - antikrizis rivojlanishining asosiy strategiyasidir.
Asosiy g’oya - mahalliy hokimiyatni kuchaytirish: mahalliy nizomlarni qabul qila
olish, moddiy texnika bazasini yaratish, mahalliy byudjetni, soliq tushumlarini va
boshqalarni mustahkamlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: