Ijtimoiy-iqtisodiyot



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/33
Sana23.06.2021
Hajmi0,89 Mb.
#99466
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
Kurs ishi Ergashova Maftuna

3.1.1-chizma. 

Respublikada 

qishloq 

xo’jaligi 

rivojlanishning 

asosiy 


makroiqtisodiy ko’rsatgichlari, foizda. 

 

Mamlakatimiz  oziq-ovqat  xavfsizligining  asosiy  tayanchi  bo’lgan  qishloq 



xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshrishga kata e’tibor qaratilmoqda. 

Xususan,  ekin  maydonlari  tarkibini  optimallashtirish,  ishlab  chiqarishga  yangi  va 

ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ekin navlari va chorva mollari zotini, urug’chilik 

va selektsiya  ishlarini  tubdan  yaxshilash borasida keng  qamrovli, shu bilan birga, 

puxta yo’nlgan ishlar amalga oshirildi. 

 

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  mustaqillik  yillarida  qishloq  xo’jaligi 



mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini kengaytirish evaziga emas, 

balki,  asosan  intensiv  rivojlanish,  ya’ni  ekinlar  hosildorligi  va  chorva  mollari 

mahsuldorligini oshirish hisobidan ta’minlanmoqda. 

 

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

Vazirlar 

Mahkamasidagi 

ma’ruzasida 

aytganlaridek, “Qishloq xo’jaligini tarkibiy o’zgartirish natijasida, paxta ekiladigan 

yerlarni  optimallashtirish  va  boshoqli  don  ekinlari,  sabzavotchilik,  bog’dorchilik, 

uzumchilik uchun ajratilgan maydonlarni kengaytirish hisobidan” ekin maydonlari 



10 

 

tarkibida  o’zgarishlar  amalga  oshirilishi    natijasida  2012-2014-yillarda  paxta 



yetishtirish  hajmi  saqlangan  holda,  sabzavot  yetishtirish  16,3  foiz,  poliz  ekinlari-

16,6 foiz va meva yetishtirish qariyb-21 foizga yetdi"

1

 deb ta’kidlab o’tadilar. 



 

Mamlakatimiz  qishloq  xo’jaligida  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilib 

borilayotgan iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil etish asosida ularning quyidagi 

asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 

-  Mulkiy va tarkibiy islohotlar

-  Yerdan foydalanish borasidagi islohotlar; 

-  Suv va suvdan foydalanish munosabatlaridagi islohotlar; 

-  Moliya-kredit, soliq va sug’urta sohasidagi islohotlar

-  Narx-navo tizimidagi islohotlar. 

Agar  sohada  amalga  oshirilayotgan  mulkiy-tarkibiy  islohotlarda,  birinchi 

navbatda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish,  turli  mulk 

shakillaiga,  ega  avvalo  xususiy  mulkchilikka  asoslangan  xo’jalik  yuritish 

shakillarini  joriy  etishga  muhim  e’tibor  qaratilgan.  Iqtisodiy  islohotlarning 

dastlabki  bosqichlaridanoq  zarar  ko’rib  ishlayotgan  shirkat  xo’jaliklarini 

bosqichma-bosqich tugatib, fermer xo’jaliklariga aylantirish borasida yirik tarkibiy 

islohotlar amalga oshiriladi. Bu islohotlar natijasida 1999-2007 yillarda jami 2102 

ta  istiqbolsiz  shirkat  xo’jaligi  bosqichma-bosqich  tugatilib,  ularning  negizida 

158738 ta fermer xo’jaligi tashkil etilgan edi. 

Bu  jarayonda  fermer  xo’jaliklarining  iqtisodiy  samaradorligini  o’stirishga 

imkon yaratuvchi quyidagi omillar e’tibotga olindi: 

-  Fermer  xo’jaliklari  ixtiyorida  bo’lgan  yer  maydonlaridan  yaxlit 

kontrlarda yagona tartibda maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash; 

-  Fermer 

xo’jaliklarining 

qaysi 

sohaga 


ixtisoslashgani 

va 


mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligini e’tiborga olish; 

                                                           

1

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  mamlakatimizni  2014-yilda  Ijtimoiy0iqtisodiy  



rivojlantirish  yakunlari    va  2015-yilga    mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturni  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga 

bag’ishlangan Vazirlar  Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” 17 yanvar 2015-y. № (6194) 




11 

 

-  Suv va boshqa moddiy resurslarni tejaydigan yangi agrotexnologiyalarni 



qo’llashga qulay sharoit yaratish

-  Yiriklashtirilgan  fermer  xo’jaliklarining  kompleks  mexanizatsiyalashuv 

borasidagi moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish; 

-  Zarar  bilan  iwlayotgan  va  o’zini  oqlamayotgan  kichik  fermer 

xo’jaliklarining faoliyatiga barham berish. 

Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida oxirgi yillarda fermer 

xo’jaliklarining soni asta-sekinlik bilan kamayib bormoqda. 

Respublikamizda  qishloq  xo’jaligi  korxonalarining  samarali  faoliyat 

yuritishi  va  rivojlanib  borishi  ko’p  jihatdan  ular  uchun  yaratilgan  shart-sharoitlar 

bog’liqdir.  Bu  borada,  ayniqsa,  qulay  moliya-kredit  va    soliq  mexanizmlarini 

shakillantirish  muhim  o’rin  tutadi.  Islohotlar  davomida  fermer  xo’jaliklarini 

moliya-kredit  va    soliq  mexanizmlari  orqali    qo’llab-quvvatlashning  samarali 

tizimiga asos solindi: 

-  Davlat  ehtiyoji  uchun    xarid  qilinadigan  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini 

yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari uchun imtiyozli kreditlash tizimi yo’lga qo’yildi. 

-  Fermer  xo’jaliklari  uchun  yerlarning  unumdorligiga  bog’liq  bo’lgan 

yagona yer solig’i to’lash bo’yicha imtiyozlar joriy etildi

-  Fermerlarga texnika vositalarini imtiyozli shartlar bo’yicha lizing asosida 

yetkazib berish tartibi joriy etildi; 

-  Fermer xo’jaliklari uchun imtiyozli kreditlash tizimi yaratildi; 

-  Ball  boniteti  past  bo’lgan  yerlarda  paxta  va  g’alla  yetishtiradigan  fermer 

xo’jaliklarining zararini qoplash maqsadida ularga moliyaviy yordam berish tizimi 

joriy etildi; 

-  Irrigatsiya  va  melioratsiya  tizimini  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash  

amaliyotga  tatbiq qilindi. 

Fermer  xo’jaliklari  texnika  vositalarini  imtiyozli  shartlar  bo’yicha  lizing 

asosida xarid qilishi uchun texnika boshlang’ich narxining 15 foizini to’lab, qolgan 

85 foizini 10 yil muddat ichida to’lash imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunda lizingdan 




12 

 

foydalangani  uchun  yillik  foiz  to’lovlari  Markaziy  bank  qayta  moliyalash 



stavkasinint 50 foizidan oshmaydigan qilib belgilandi. 

Agrar  sohada  amalga  oshirilayotgan  narx  islohoti  qishloq  xo’jaligi 

mahsulotlariga  narx  belgilashda  erkin  bozor  munosabatlarini  bosqichma-bosqich 

joriy etishga yo’naltirildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  20  avgustdagi  „Paxta 

narxini shakllantirish mexanizmi to’grisida"gi  PF-3114- sonli Farmoniga asosan, 

davlat  tomonidan  sotib  olinayotgan  paxta  xom  ashyosining  narxini  jahon 

bozoridagi  narxlar  darajasidan  kelib  chiqqan  holda  belgilash  tizimi  joriy  etildi. 

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi 

PQ-1024-  sonli  Qaroriga  muvofiq,  2009  yilda  davlat  byudjeti  parametrlarida 

eksportga  sotiladigan  paxta  tolasi  bo’yicha  20  foizlik  qo’shilgan  qiymat  solig’i 

(QQS)  to’lashdan  paxta  tozalash  korxonalari  ozod  etildi,  natijada  shu  miqdorda 

fermerlarga paxta uchun to’lanadigan xarid narxlari oshirildi. Shu orqali davlatimiz 

tomonidan  paxta  yetishtiruvchi  fermer  xo’jaliklarini  va  tayyorlov  korxonalarini 

rag’batlantirish  ko’zda  tutilgan  bo’lib,  paxta  tolasining  ichki  narxlarini  jahon 

bozoridagi narxlarga tenglashtirish choralari ko’rilmoqda, Shu bilan birga, bugungi 

kunda jahon bozorida paxta tolasi narxlarining birmuncha yuqori ekanini inobatga 

olgan  holda,  narx  bo’yicha  yuzaga  kelgan  ijobiy  farqning  25  foizini  fermer 

xo’jaliklariga  to’lab  berish  bo’yicha  tegishli  tadbirlar  amalga  oshirilmoqda. 

Jumladan,  2011  yil  davomida  fermer  xo’jaliklariga  yo’naltirilgan  ijobiy  farq 

summasi  403  315  million  so’mni  tashkil  etdi.  Bu  holat  jahon  bozorida  qulay 

kon’yunktura  vujudga  kelgan  yillarda  fermer  xo’jaliklarining  barqaror  daromad 

olishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. 

Davlat  tomonidan  sotib  olinayotgan  g’alla  narxlarini  esa  mintaqaviy 

bozorlardagi  narxlardan  kelib  chiqqan  holda  belgilash  tizimi  joriy  etildi.  Boshqa 

qishlok,  xo’jaligi  mahsulotlarining  narxlari  bozordagi  talab  va  taklifdan  kelib 

chiqqan holda, shartnoma asosida belgilanmoqda. 

Keyingi  .yillarda  fermer  xo’jaliklarini  barqaror  rivojlantirish  uchun  qulay 

shart-sharoyitlar  yaratish  maqsadida  hosildorligi  past  bo’lgan  yerlarda  davlat 



13 

 

ehtiyojlari  uchun  xo’jaligi  maxsulotlari  yetishtiruvchi  fermer  xo’jaliklarini  davlat 



tomonidan qo’llab-quvvatlash uchun mablag’lar ajratish amaliyotda qo’llanmoqda. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi “Hosildorligi past 

yerlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtirayotgan fermer 

xo’jaliklarini  qo’llab-quvvatlash  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-725-  sonli 

Qarorida  fermer  xo’jaliklarini  barqaror  rivojlantirish  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratish,  ularga  samarali  va  amaliy  davlat  madadini  ko’rsatish  maqsadida 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetida  hosildorligi  past  bo’lgan  yerlarda 

davlat  ehtiyojlari  uchun  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari    yetishtiradigan  fermer 

xo’jaliklari uchun yordam berish ko’zda tutilgan. 

 

 




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish