Ijtimoiy-iqtisodiyot


Fermer xo’jaliklarida infratuzilma xizmatlarini tashkil etish



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana23.06.2021
Hajmi0,89 Mb.
#99466
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Kurs ishi Ergashova Maftuna

2.2 Fermer xo’jaliklarida infratuzilma xizmatlarini tashkil etish. 

Respublikamizda  fermer  xo’jaliklarining  samarali  faoliyat  yuritishi  va 

rivojlanib  borishi  ko’p  jihatdan  ular  uchun  yaratilgan  shart-sharoitlarga  bog’liq 

bo’ladi. Fermerlik. rivojiga qulay imkoniyatlar yaratadigan shart-sharoitlar ichida 

infratuzilma xizmatini alohida ajratib ko’rsatish lozim. 

Fermer  xo’jaliklarida  ishlab  chiqarishning  kengayib  borishi  bilan  ularning 

texnik  ta’mirlash,  agrokimyo  va  zoovetrenariya,  moddiy-texnika  ta’minoti, 

mahsulotlarni  saqlash  va  qayta  ishlash,  kommunikasiya  va  aloqa,  mahsulot  va 

axborot  kabi  bir  qator  xizmat  turlariga  bo’lgan  talabi  ortib  boraveradi.  Chunki 

fermer xo’jaliklariga kerakli yer maydonini ajratib berish va ularga yuridik shaxs 

maqomini berish bilangina  ish  bitmaydi.  Ularning to’laqonli  faoliyatini faqatgina 

mukammal  tashkil  etilgan  infratuzilma  bo’limalari  orqaligina  tasavvur  qilish 

mumkin. 


Infratuzilma  iqtisodiy  tizimning  bir  bo’lagini  tashkil  qilib,  u  ishlab 

chiqarishning  bir  maromda  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar 

yaratadi. 

«Infratuzilma»  so’zi  lotin  tilidan  (infrastructure)  tarjima  qilinganda 

«tuzilmadan  tashqarida»  ma’nosini  anglatadi.  Iqisodiy  nuqtai-nazardan 

infratuzilma  mohiyatiga  quyidagi  izoh  ko’prok  mos  keladi:  «inson  xayoti  va 

ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvini ta’minlovchi tovarlar 

va xizmatlar yaratishda o’ziga xos mehat jarayonlari majmuasi». 

Keyingi  yillarda  infratuzilma  yuksak  sur’atlar  bilan  rivojlanib  bormoqda. 

Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarishning o’sish 

sur’atlari  infratuzilmalar  rivojidan  oldinda  bormoqda  va  bu  iqtisodiyotning 

rivojlanishiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. 

G’arb  iqtisodiy  adabiyotlarida  bu  jarayonni  «iqtisodiyotning  servislashuvi 

(inglizcha  «service»  xizmat)  degan  atama  bilan  nomlanmoqda.  Ishlab 

chiqarishning servislashuviga quyidagi omillar ham o’z ta’sirini o’tkazadi: ijtimoiy 

mexnat  taqsimotining  chuqurlashuvi,  aholi  daromadlarining  usishi,  kredit 

resurslariga  bo’lgan  talabning  kengayishi,  ITT  sur’atlarining  o’shishi,  ishlab 



39 

 

chiqarishning  alohidalashuvi  va  diversifakiyasi,  resurslarni  tejashga  asoslangan 



ishlab chiqarishning rivojlanishi va boshqalar. 

 

Infratuzilma  juda  keng  qamrovli  tushuncha  bo’lib,  bu  eng  avvalo  ishlab 



chiqarish jarayoniga kompleks xizmat ko’rsatadigan xizmat turlarini yaratish bilan 

bog’langan.  Fermer  xo’jaligida  ishlab  chiqarishning  yakuniy  natijalari  nafaqat 

bevosita  xo’jalikning  o’z  imkoniyatlariga  bog’liq  bo’ladi,  balki  unga  xizmat 

ko’rsatuvchi  infratuzilma  tarmoqlarining  rivojlanish  darajasi  ham  o’z  ta’sirini 

o’tkazadi. 

 

Infratuzilma bo’linmalarining rivojlanib borishidan fermer xo’jaliklari katta 



mafaat  ko’radi,  negaki  bu  fermerlarni  ishlab  chiqarishga  xizmat  ko’rsatish  bilan 

bilan bog’liq bo’lgan ishlardan ozod etib, ularni kuch-g’ayratini asosiy faoliyatiga 

qaratishga imkon yaratadi.  

 

Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar 



yig’indisidan  iboratdir  deb  qarab  kelingan.  Bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan 

iqtisodiy  tizimning  kirib  kelishi  bilan  infratuzilmaning  ko’lami  kengayib  “bozor 

infratuzilmasi”  va  “institutsional  infratuzilma”  (2.2.1-chizma)  so’zlari  iste’molga 

kirib kelmoqda. 

 

Ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoniga  xizmat 



ko’rsatuvchi tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Uning tarkibiga: 

-  moddiy-texnika ta’minoti; 

-   mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash

-  agrokimyo va zoovetrinaruya xizmati

-  texnik xizmat ko’ratish; 

-  Suv va elektr ta’minoti kabi bo’linmalar kiradi. 

Bizga  ma’lum  bozor  infratuzilmasi  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoniga 

xizmat  ko’rsatmasada,  xo’jalikning  umumiy  faoliyatini  ta’minlashga  xizmat 

ko’rsatadi.  Masalan,  marketing  va  raklama,  axborot-maslahat,  auditorlik, 

investitsion va shu kabi boshqa xizmat turlari xo’jalik faoliyatining turli tomonlari 

samadorligini oshirishga xizmat ko’rsatadi.  



40 

 

Ijtimoiy  infratuzilma  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishchi  va  xizmatchilarga 



normal  mehnat  faoliyati  yaratish  va  ishchi  kuchini  takror  hosil  qilish  uchun, 

shunigdek  fermerlarning  turli  maishiy  xizmat  turlariga  ta’labini  qondirish  uchun 

xizmat qiladi. 

Institutsional infratuzilma o’z navbatida iqtisodiyot rivojlanishining optimal 

makroiqtisodiy  nisbatlarini  qo’llab-quvvatlovchi  va  tartibga  soluvchi  sohalar 

faoliyat turlarini o’z ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib turivchi davlat 

va nodavlat boshqaruv organlari, moliya-kredit tuzilishu va boshqalar kiradi. 

 

Infratuzilmaning  har  bir  turi  ham  fermerlik  rivoji  uchun  muhim  ahamiyat 



kasb  etadi,  ammo  respublikamizda  fermerlik  xo’jaliklarini  shakillantirishning 

hozirgi  bosqichida  asosiy  e’tibor  shubhasiz  ishlab  chiqarish  va  bozor 

infratuzilmalarini yaratish va takomillashtirishga qaratilgan bo’lmog’I lozim. 

 

Bozor iqtisodiyoti xizmat ko’rsatishning u yoki bu sohasida korxonalarning 



monopol  mavqeini  qo’lga  kiritishni  inkor  etib,  faqatgina  sog’lom  raqobat 

kurashiga  tayanib  rivojlanuvchi  ko’p  sonli  korxonalarning  vujudga  kelishining 

rag’batlantiradi. Shu bilan birga mavjud infratuzilma tizimlari yangidan shakillanib 

kelayotgan  xo’jaliklarning  xizmat  turlariga  bo’lgan  ehtiyojlarni  to’liq  qondirish 

lozim. 

 

Ko’pchilik  fermerlarning  agrotexnika  ishlarini  o’z  muddatida  amalgam 



oshirish  uchun  o’z  xususiy  texnika  vositalari  yo’q.  bu  holat  fermerlarga  texnik 

xizmat  ko’rsatadigan  korxonalar  ishini  yanada  jonlantirish  bugungi  kunning  eng 

dolzarb muammolaridan biri ekanligini ko’rsatadi. 

 

Fermer  xo’jaliklariga  texnik  xizmat  ko’rsatish  va  mexanizatsiyalashgan 



ishlarni  bajarishda  mashina-traktor  parklari  (MTP)  katta  rol  o’ynaydi.  MTPlar 

yerlarni  ekishga  tayyorlash,  qishloq  xo’jalik  ekinlariga  ishlov  berish  va  hosilni 

yig’ib  terib  olishga  doir  mexanizatsiyalashgan  ishlarni  xo’jaliklar  bilan 

shartnomalar bo’yicha bajarishga ixtisoslashtirilgan holda Vazirlar Mahkamasining 

1995-yil  24-martidagi  95-sonli  “Qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarish-texnika 

xizmati  ko’rsatish  sohasida  shartnomaviy  munosabatlarni  rivojlantirish  chora 

tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan. MTPlarga qishloq xo’jaligi 



41 

 

ishlarini bajarish bilan birga xo’jaliklarning texnika vositalariga xizmat ko’rsatish 



va  ta’mirlash,  ularga  texnikalarni  ijaraga berishva  yangi texnikalar  keltirib  sotish 

ishlarini ham bajarish huquqi berilgan. 

 

Keyingi  yillarda  MTPlarni  rivojlantrish  yo’nalishida  bir  qator  muhim 



qarorlar  qabul  qilindi  va  amalga  oshirilmoqda.  Fermer  xo’jaliklari  sifatida  qayta 

tshkil  etilayotgan  qishloq  xo’jaligi  korxonalari  hudududa  tashkil  etilayotgan 

muqobil  mashina-traktor  parklari, soliq  solish  shartlari  va  qishloq  xo’jaligi  Tovar 

ishlab  chiqaruvchilariga  ko’rsatilayotgan  xizmatlar.  (yer  haydash,  ekish,  ishlov 

berish,  hosilni  yig’ishtirish  va  boshq.)  uchun  hisob-kitoblar  bo’yicha 

“O’zagromashservis”  uyushmasi  viloyat  birlashmalarining  mashina-traktor 

parklariga tenglashtirildi. 

 

MTPlarning  qishloq  xo’jaligi  texnikalari  parkini  yangilab  boorish  va  qayta 



qurollantirishdan mafaatdorligini oshirish hamda ular bilan qishloq xo’jaligi Tovar 

ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 

2000-yil 28-aprelda Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini 

davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlashga  oid  qo’shimcha  chora  tadbirlar 

to’g’risida”gi qaror qabul qinindi. 

 

Ushbu qarorga muvofiq 2000-2005-yillarda mashina0tarktor parklari qishloq 



xo’jaligi  korvonalarining  (shu  jumladan  fermer  xo’jaliklarining)  buyurtmalari 

asosida texnika xizmati ko’rsatish, bajarilgan ish qiymati uchun qo’shilgan qiymat 

solig’i  to’lashdan  ozod  etilib,  mazkur  imtiyoz  bajariladigan  ish  va  xizmatlar 

narxining  pasaytirishga  yo’naltirilishi  “O’zagromashservis”  orqali  hukumat 

qarorlari  asosida  respublikaga  xorijdan  texnika  vositalari  va  ehtiyot  qismlar 

keltirilganda  boj  to’lovi  (bojxonada  rasmiylashtirish  yig’imi  bundan  mustasno) 

to’lashdan hamda MTPlar qishloq xo’jaligi korxonalariga chet eldan xarid qilingan 

texnikalar va ehtiyot qismalrini sotishda QQSdan ozod etildi. 

 

Bu qishloq xo’jaligi Tovar ishlab chiqaruvchilarga yetishtiriladigan mhsulot 



tannarxini  pasaytirish  imkonini  yaratadi.  “O’zagromashservis”  ma’lumotlariga 

qaraganda  keyingi  yillarda  MTP  DAJlar  tomonidan  fermer  xo’jaliklariga 

ko’rsatilayotgan  ish  va  xizmatlar  miqdori  oshib  bormoqda.  Shu  bilan  birga 



42 

 

ko’pchilik  fermer  xo’jaliklari  MTPlar  xizmatidan  foydalanmaslikga  intiladi. 



Buning  asosiy  sababi  MTP,  DAJlar  tomonidan  ko’rsatilayotgan  ish  va  xizmatlar 

narxining  balandligidadir.  Chunki  ular  chet  eldan  keltirilgan  qimmatbaho 

texnikalar  bilan  qurollantirilgan  bo’lib,  ularga  amartizatsiya  ajratmasi  va  texnik 

xizmat ko’rsatish qiymati balandligi bilan xarakterlanadi. 

Ishlab  chiqarish  infratuzilmasida.  texnika  vositalarini  ta’mirlash  va  ehtiyot 

qismlar bilan ta’minlash xizmati muhim o’rin tutadi. Chunki yil davomida texnika 

vositalarinm  ish  holatida  saqlab  turish,  ularni  ehtiyot  qismlar  bilan  o’z  vaqtida 

ta’minlash  va  kerakli  ta’mirlash  ishlarini  sifatli  bajarish,  fermer  xo’jaliklarining 

normal faoliyat yuritishga yordam beradi. Hozirgacha bizda fermerlarning texnika 

vositalarini ta’mirlovchi va ularga ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi servis xizmati 

yaxshi shakillanmagan. 

Kuzatishlarning ko’rsatishicha, fermerlarning aksariyat ko’pchiligi yengilroq 

remont  ishlarini  o’z  kuchlariga  tayanib  amalga  oshiradilar.  Kapital  remont  talab 

qilinganda esa ko’pincha tanish bilishlar xizmatidan foydalaniladi. 

Fermer xo’jaliklari rivojlanib borishi bilan ularning texnika vositalari bilan 

ta’minlanaganlik darajasi ham o’sib boradi. Bu esa kelgusida fermerlarga texnika 

xizmati ko’rsatuvchi ko’plab servis punktlari tarmog’ini yaratishni talab etadi. 

Keyingi  yillarda  yetakchi  kapitalistik  mamlakatlarda  texnik  xizmat 

ko’rsatish  iqtisodiyotining  eng  rivojlanayotgan  tarmog’iga  aylanmoqda.  Odatda 

texnika  vositalari  ishlab  chiqaruvchi  firmalar  texnik  xizmat  ko’rsatish  ishini 

joylardagi dilerlik korxonalari orqali amalga oshiradi. 

AQShda  qishloq  xo’jaligi  texnikalarini  realizatsiya  qilish,  ta’mirlash  va 

ularga  texnik,  xizmat  ko’rsatish  tizimi  tashkiliy  jihatdan  uch  bug’inga  bo’linadi: 

texnika ishlab chiqaruvchi firma - diler - iste’molchi (fermer). 

Texnika  vositalari  ishlab  chiqaruvchi  firmalarning  90  foizga  yaqini 

texnikalarni sotish, ta’mirlash va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlarini dillerlik 

punktlari orqali ko’rsatadi. 

Albatta,  AQShda  tartib  topgan  texnik  xizmat  ko’rsatish  tizimini  avtomatik 

ravishda  bizning  respublika  sharoitida  ko’llab  bo’lmaydi.  Ammo  texnik  xizmat 



43 

 

ko’rsatishning  bunday  mukammal  tizimi  tajribalaridan  bizning  sharoitda  ham 



foydalanish mumkin bo’lgan ko’pgina tomonlar borki, ulardan oqilona foydalanish 

respublikada fermerlik rivojiga katta hissa qo’shgan bo’lur edi. 

Ishlab  chiqarish  infratuzilmasining  muhim  zvenosi  (bo’g’ini)  agrokimyo 

xizmatidir.  Agrokimyo  xizmati  qishloq  xo’jaligi  korxonalarini  o’g’itlar  va 

o’simliklarni  himoya  qilish  vositalari  bilan  ta’minlash,  kimyoviy  vositalaridan 

foydalanish  samaradorligini  oshirish  yuzasidan  tadbirlarni  amalga  oshirish  va 

tavsiyanomalar  berish  kabi  vazifalarni  amalga  oshiradi.  Shuning  bilan  birga 

xo’jaliklarning  buyurtmalari  bo’yicha  mineral  o’g’itlar  va  boshqa  himoya 

vositalarini  xo’jaliklarga  tashib  berish  va  qo’llash  tadbirlarini  ham  bajarishi 

mumkin. 


Hozirgi  kunda  agrokimyo  xizmatini  amalga  oshirish  bilan  tumanlardagi 

“Agrokimyoservis"  tashkiloti  shug’ullanadi.  "Agrokimyoserviye"  tumandagi 

xo’jaliklarni  kimyoviy  vositalari  bilan  ta’minlovchi  yagona  tashkilot  o’z  xizmat 

sohasidagi  monopol  mavqega  ega.  Bu  esa  fermer  xo’jaliklarining  agrokimyo 

xizmatidan foydalanishdagi tanlov erkinligini yo’qqa chiqaradi. 

Tabiiyki,  mineral  o’g’itlar  va  boshqa  kimyoviy  vositalardan  foydalanishda 

mutaxassislar  xizmatidan  foydalanilmasa,  kutilgan  natijaga  erishish  qiyin.  Mana 

shularning hammasi agrokimyo xizmatini takomillashtirish va sifat jihatidan yangi 

bosqichga ko’tarishni talab qiladi. 

Qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarish  jarayoni  muomala  sohasida 

yakunlanadi.  Shu  tufayli  uning  rivojlanish  darajasi  xo’jalik  faoliyatining  yakuniy 

natijalariga  bevosita  ta’sir  ko’rsatadi.  Hozirgi  paytda  fermerlar  uchun  mahsulot 

sotishga ko’mak beruvchi bir nechta yo’nalishlardagi infratuzilmalar mavjud, ya’ni 

ular mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonalariga, tadbirkor 

xususiy shaxslarga yoki bozorda sotish mumkin. 

Ammo  kuzatishlar  shuni  ko’rsatdiki,  hozirda.  fermerlar  mahsulotini  asosan 

tayyorlov  tashkilotlari  va  qayta  ishlash  korxonalariga.  shuningdek  bozorda 

sotmoqda.  Fermer  xo’jaligining  mahsulotni  realizasiya  qilish  bo’yicha  tayyorlov 




44 

 

tashkilotlari  va  boshqa  korxonalar  bilan  munosabatlari  shartnoma  asosida  amalga 



oshiriladi. 

Hozirgacha bizda xo’jaliklarning mahsulotlarini ma’lum haq evaziga saqlab 

beradigan  sovitgich  ustanovkalariga  ega  omborlar  tarmog’i  shakllanmagan. 

Vaholanki,  rivojlangan  mamlakatlarda  xizmat  ko’rsatishning  bu  turi  keng 

tarqalgan. Maxsus sovitgichlarga ega omborlar tarmog’ini barpo etish bozorni yil 

davomida  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  bilan  bir  maromda  ta’minlab  berish 

imkonini beradi. Shuningdek, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hosilni 

yig’ib  olish  davrida  bozorlarga  talabdan  oshiqcha  mahsulot  pasayib  ketishdan 

o’zlarini bir qadar himoya qila olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 

Fermer 


xo’jaliklari 

uchun 


mahsulot 

sotishga 

ko’maklashuvchi 

infratuzilmalar  ichida  fermer  bozorlari  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Mahsulotni 

bevosita  bozorlarda  sotishniig  fermer  uchun  manfaatli  tomonlari  ko’p.  Chunki 

bunda  u  mahsulotini  o’zi  istagan  narx  bo’yicha  (talab  va  taklifdan  kelib  chiqib) 

sotish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi,  shuning  bilan  birga  bozorda  u  mahsulotni  naqd 

pulga sotishi mumkin. 

Keyingi  yillarda  fermerlarni  ehtiyot  qismlar,  urg’lik,  ko’chatlar  va 

konsentrat  ozuqalar  kabi  moddiy  resurslar  bilan  ta’minlashda  qishloq  joylarda 

tashkil topayotgan do’konlar faoliyatydan foydalanish tajribaga kirib bormoqda. 

Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan dunyodagi Ko’prina mamlakatlar 

tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  fermerlarni  moddiy  texnika  resurslari  bilan 

ta’minlashda  tovar  va  xomashyo  birjalarining  ahamiyati  kattadir.  Birjalar 

fermerlarga  o’z  mahsulotlarini  bozor  konyunkturasi  va  talab-takliflardan  kelib 

chiqib  sotish,  shuningdek  o’zlariga  zarur  bo’lgan  texnika  vositalari  va  moddiy 

resurslarni xarid qilish imkonini yaratadi. 

Birjalarda  mahsulotlarni  moddiy-texnika  resurslariga  barter  asosida 

ayriboshlash  uchun  ham  sharoitlar  mavjud.  Xorijiy  mamlakatlar  birjalarida 

fyuchers  savdosi,  ya’ni  bo’lg’usi  xosil  uchun  oldindan  shartioma  asosida  hak 

to’lab  qo’yish  keng  tarqalgan.  Bundan  bitimlar  fermerlarga  yil  davomida  ishlab 



45 

 

chiqarishni  bir  maromda  tashkil  etish  uchun  oldindan  moddiy  resurslarni  xarid 



qilib qo’yish imkonini beradi. 

Bozor  munosabatlari  takomillashib  borishi  bilan,  fermerlarga  xizmat 

ko’rsatuvi  infratuzilma  tarkibida  birjalar,  yarmarkalar  va  bozorlarning  ahamiyati 

tobora o’sib borishi shubxasiz. Bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan bozor 

infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sifatida yarmarkalarning roli ortib boradi. 

Imkoniyat  darajasida  har  bir  tumanda  tez-tez  yarmarkalar  tashkil  etilib  turilishi 

kerak.  Shuningdek,  tumanlarda  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  bilan  ulgurji  savdo 

qilishga ixtisoslashgan agrobirjalar faoliyatini yo’lga qo’yish yaxshi samara beradi. 

Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibida axborot va maslahat xizmati muhim 

o’rin tutadi. Chunki yetarli axborotga ega bo’lmay turib, xo’jalik samaradorligini 

ta’min  etuvchi  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilib  bo’lmaydi.  Shuningdek  axborot 

xizmati  ishlab  chiqarishni  fan  va  texnikaning  eng  yangi  yutuqlari,  zamonaviy 

texnika  va  texnologiyalar,  ilg’orlar  tajribasi  bilan  ta’minlab  turishga  yordam 

beradi. 


Hozirgi  kunda  fermerlar  har  qachongidan  ham  ko’ra  axborot  va  maslahat 

xizmatiga ko’proq ehtiyoj sezadi. Chunki, ularni zaruriy axborot va maslahat bilan 

ta’minlab  turuvchi  xizmat  turlari  ham  shakllanmagan.  Fermer  xo’jaliklarining 

hajmi  kichikligidan  ularda  agronom,  zootexnik  kabi  bir  qator  kerakli 

mutaxassislarni  saqlab  turish  o’zini  oqlamaydi.  Har  bir  tumandagi  fermer 

xo’jaliklari  uyushmasi  qoshida  ularni  zarur  ma’lumot  va  maslahatlar  bilan 

ta’minlovchi malakali mutaxassislardan iborat xizmat guruhi shakllantiriladi. 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish