TARIXIY-AN’ANAVIY YOZUV.
So‘zning hozirgi talaffuz me’yoriga mos kelmaydigan, qadimdan o‘zlashib qolgan shaklda yozilishi tarixiy-an’anaviy yozuv deyiladi. Bunda so‘z hozirgi holatiga ko‘ra emas, an’ana tusiga kirib qolgan shakliga ko‘ra yoziladi: Chor Rossiyasi (Цар России), pudratchi (подрятьчик)
Hozirgi imloda tarixiy-an’anaviy yozuv asosida yoziluvchi ba’zi shakllar:
Buyruq-istak mayli (-gin) eski adabiyotimizda qo‘llanib kelgan an’anaga ko‘ra, she’riyat va nasr tilida ba’zan –gil, -g‘il tarzida ishlatiladi: bilgil, ko‘rg‘il.
Maqsad ravishdoshi qo‘shimchasi (-gani) shaklining –gali, -g‘ali, -kali, -qali shakllari qo‘llanadi: o‘ynagali, borg‘ali, ichkali, tutqali.
Hozirgi kelasi zamon sifatdoshi (-ar) oldinlari –ur shaklida qo‘llangan:
Yulduzlar o‘tig‘a berurman bardosh,
Fazolar taftig‘a qilurman toqat.
–mi so‘roq yuklamasi –mu tarzida:
Sevgini tortib bo‘lurmu tosh-u tarozi bilan? (E.Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |