1. Metodika darajasi. 2. Metodik qo`llanma darajasi. 3. Metod darajasi. 4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi. 5. Metodologik yondashish darajasi. To`gri «metod» atamasining darajasini hohlagancha ishlatsa bo`ladi, masalan psixofizikada o`rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiognostikada proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi. (birinchi daraja); Yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to`grisida baxs yuritiladi va uning turlichaligi egizaklar metodida (to`rtinchi daraja) ko`rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo`llaniladigan usullarning darajali bo`lishini. G.D.Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo`lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish; 2) metodik qo`llanma; 3) metodik yondashuv S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari» da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko`rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va «ichki» ga bo`lingan, eksperiment labaratoriya ishi, tabiiy va psixologik pedagogik, qo`shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o`rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o`tdi. Tabiiyki, vaqt bu klassifikatsiyaning qirralarini ta'kidladi. Shunday qilib, psixologiyani falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarni psixologik ro`yxatga qo`shilishi bilan ragbatlantirildi.
Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda.
Eksperiment metodi psixologiya fanida eng keng qo`llanadigan asosiy metodlardan biridir. Eksperiment metodi biz, o`rganilishi lozim bo`lgan biror psixik jarayonni laboratoriya sharoitida maxsus vujudga keltirib uni har turli asboblar yordami bilan tekshirish usulini tushunamiz.
Eksperiment metodi ikki turga bo`linadi:
1. Laboratoriya eksperimenti.
2. Tabiiy eksperiment.
Laboratoriya eksperimenti maxsus asboblar bilan jihozlangan laboratoriyalarda o`tkaziladi. Tabiiy eksperiment esa tabiiy faoliyat jarayonida o`tkaziladi. Har ikki eksperiment usuli dastavval umumiy psixologiyaning asosiy metodlari sifatida yuzaga kelgan va bolalar psixologiyasida ham keng qo`llaniladi. Laboratoriya eksperimenti metodining asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda o`rganilishi lozim bo`lgan psixik jarayonlarni (masalan, idrok, diqqat, xotira kabi) qanday sharoitda, qachon yuz berishini kutib o`tirmasdan, tekshiruvchi kishi (eksperimentator) sinalayotgan odamda shu jarayonlarni maxsus tarzda ishga soladi.
Bundan tashqari laboratoriya eksperimenti sharoitida eksperimentator o`rganayotgan har bir psixik jarayoni xohlagan marta ya'ni takror-takror yaxshilab sinab ko`rishi mumkin. Bu - murakkab psixik jarayonlarni tabiatini o`rganishda katta qulaylik tug`diradi. Birinchidan, istalgan psixik jarayonni takror-takror yuzaga keltirib sinchiklab o`rganish, bu jarayonlarni qonuniyatlariini aniqlash imkonini beradi.
Hozirgi kunda odamdagi ayrim psixik jarayonlarning yuz berish tezligi, diqqatning barqarorligi va kengligini, xotirani xususiyatlarini, o`quv hamda malakalarining qonuniyatlarini niq va puxta tekshira oladigan ko`plab maxsus asboblar mavjuddir. Masalan, elektron xronoskop orqali ayrim psixik (aks ettirish - ko`rish eshitish, hid bilish, teri sezgilari kabi) jarayonlarni yuzaga keltirish tezligini aniq o`lchash mumkin. Elektron taxistoskop orqali diqatning xususiyatlarini belgilash mumkin:
partseptometr orqali diqqatning xususiyatlarini belgilash mumkin; audiometr orqali eshitish xossalarini o`rganish mumkin va boshqalar. Umuman hozirgi kunda texnikaning ildam taraqqiyoti munosabati bilan laboratoriya jeksperimentining imkoniyati ortib bormoqda.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki laboratoriya eksperimenti metodi bilan bolalarning psixik jarayonlari o`rganiladigan bo`lsa, eksperimentni tayyorlash va o`tkazishda ularning yoo` xususiyatlari albatta inobatga olinishi kerak. Tekshirish paytidagi topshiriqlar o`yin tarzida va qiziqarli qilib uyushtirish maqadga muvofiq bo`ladi.
Shuni esadan chiqarmaslik kerakki laboratoriya eksperimenti metodi bilan bolalarning psixik jarayonlari o`rganiladigan bo`lsa, eksperimentni tayyorlash v o`tkazishda ularning yosh xususiyatlari albatta inobatga olinishi kerak. Tekshirish paytidagi topshiriqlar o`yin tarzida va qiziqarli qilib uyushtirish maqsadga muvofiq bo`ladi.