Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. Kasbiy tashxis metodikalari to`plamiToshkent, 2003 yil
2.Qoziev E.Q., Mamedov K.K. Kasb psixologiyasi Toshkent 2003 yil
3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik.
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil
6.Goziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
7.Kondakov I.M. Diagnostika professionalno`x ustanovokpodrostkov 1997y.
2-mavzu: Kasbiy psixologiyasining tadqiqot metodlari
R e j a :
1. Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari.
2. Eksperimental,test metodlari.
3. Kuzatish va eksperiment metodi.
4. Diagnostik testlar.
Tayanch so`z va iboralar:Psixologiya, metod, kuzatish, eksperiment, suhbat,diagnostika, test, biografiya, anketa.
Kasbiy psixologiya fani ham malum bir psixologik qonuniyatlarni organadi va ularni amalda qollash boyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Eksperimental tadqiqotlarda psixologiyaning barcha metodlaridan keng qo`llanadi. Bunda tadqiqot mavzusi, maqsadi va xususiyatlardan keli chiqqan holda u yoki bu metod asosida tadqiqotlar tashkil etiladi.
Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma'lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma'lumotlar yig`ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta ob'ektga ta'sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g`ridan-to`g`ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta'sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g`ridan-to`g`ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g`ridan to`g`ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi.
Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o`tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi hulq-atvorlarini o`zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog`chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o`rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni hulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bog`liq holda namoyon bo`lishigina qiziqtiradi. Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o`ziga kerakli tarzda namoyon bo`lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo`lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.B. G. Ananevning nuqtai nazaricha psixologik kuzatish metodlari psixologik ob'ektlar bilan operatsiyalar tizimi va shu bilan birga psixologiya fanining gneseologik obektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo`llash muammosini ko`rib chiqilayotganda (agarda tizimli yondashish talablariga rioya qilganda) ularni psixologik metodlar tizimidagi o`rnini aniqlashdan boshlash kerak. Juda bo`lmaganda beshta darajasini ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |