ONG HAQIDA TUSHUNCHA
Obektiv borliq inson miyasida turli xil darajada aks etadi. Ong psixikaning eng Yuksak darajasi bolib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy-tarixiy sharoitda, mehnat faoliyatida boshqa odamlar bilan til yordamida munosabatda bolishi natijasida shakllangan. Ontogenetik taraqqiyot jarayonida ham ong ijtimoiy muhit tasiri ostida faoliyat va muloqot jarayonida shakllanadi.
Ongning mohiyatini toѓri tushunish uchun uning tuzilishini ko‘rib chiqish lozim. Ong quyidagi to‘rt muxim psixologik xarakteristika bilan aniqlanadi.
1. Ongning birinchi xarakteristikasi uning nomida aks ettirilgan: ong, anglash. Inson ongi tevarak-atrof, tashqi va insonning o‘zining ichki dunyosiga oid bilimlar to‘plami, yiѓindisidan iboratdir. Agar inson tashqi olam va o‘zi ichki dunyosi haqida bilimlarni o‘zlashtirish va anglashdek muxim xususiyatdan mahrum bo‘lganda, unda hech qanday bilim va ong shakllanmagan bo‘lar edi. Bizning bilimlarimiz ongning birlamchi asosini tashkil qiladi. Bilimlar turli psixik jarayonlar (bilimlar sezgi, idrok, diqqat va h.k. yordamida ozlashtiriladi, xotirada saqlanadi, tafakkur jarayonida tahlil qilinadi) yordamida ozlashtiriladi va boyitib boriladi. Bilish jarayonlaridan birining buzilishi, kasallanishi (batomom ishdan chiqishi haqida gapirmasak ham boladi) ongning buzilishiga olib keladi.
2. Ongning ikkinchi xarakteristikasi - unda subekt va obekt ortasidagi farq oz ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda inson ozini boshqalardan va tashqi olamdan farqlaydi, unda "men" va "men emas" tushunchasi mavjud. Odam organik olam tarixida birinchi marta undan ajralib chiqdi va ozini tashqi olam, tevarak-atrofdagi muhitga qarshi qoydi. Bunday xususiyatning paydo bolishining natijasi insonning oz-ozini bilishi va ozligini anglashida, oz-ozini baholashida aks etadi. Insongina ozining tashqi olamdan, predmetlardan, boshqa kishilardan farqini, ustunligi va kamchiliklarini anglay oladi. SHunday anglash va taqqoslash kishining shaxs sifatida rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Nafaqat alohida shaxsning, balki millatning, xalqning rivojlanishi ham uning o‘zligini anglashi bilan boѓliq.
3. Ongning uchinchi xarakteristikasi - maqsad quyish va maqsadga yonalganlik bilan belgilanadi. Har qanday faoliyat maqsadini aniqlash ongning funksiyasi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishda maqsad qoyiladi, faoliyat motivlari yuzaga keladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yollari ishlab chiqiladi va sharoitni hisobga olgan holda zaruriy tuzatishlar kiritib boriladi. Malum sabablar tasirida maqsad kozlash yoki uni boshqarish, koordinatsiya qilishdagi buzilishlar ongning buzilishiga olib keladi.
4. Ongning tortinchi xarakteristikasi - unda odamning malum munosabatlari aks etishida. Inson oz atrofida bolayotgan voqealarga, obektiv borliqqa, oz faoliyati va uning natijalariga adekvat munosabatda boladi. Bu munosabat uning his-tuygularida nomoyon boladi. His-tuygular va munosabatlarning ozgarishi, noadekvatligi ongning buzilishidan darak beradi.
Til, ozaro munosabatlar, faoliyat ongning Yuqorida korsatilgan barcha sifatlarining tarkib topishining zaruriy sharoiti hisoblanadi.
Psixologiya fanida "ong" tushunchasi bilan bir qatorda "ongsizlik", "ong osti" tushunchalari ham organiladi va tahlil qilinadi. Ongsizlik psixikaning quyi darajasi bolib, bunda qilinayotgan ishlarga hisobot berilmaydi, xulq-atvor va hatti-harakatlar ongli ravishda boshqarilmaydi. Ongsizlik sohasiga quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqi holatidagi hodisalar (tush korish); ilgari ongli bajarilgan, ammo kop takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan hatti-harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo anglanmaydigan mayllar va h.k. Kasal odam psixikasida yuzaga keladigan bazi patologik holatlar ham ongsizlik hodisalari jumlasiga kiradi: alahlash, gallyusinatsiya va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |