«Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi


- Mavzu. Professiografiya. Professiografik tadqiqotlar



Download 5,11 Mb.
bet21/145
Sana30.04.2022
Hajmi5,11 Mb.
#600632
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145
Bog'liq
Buxoro filiali

5- Mavzu. Professiografiya. Professiografik tadqiqotlar.
Reja:
1. Professiografiya (Professiogramma) tarixi: kelib chiqish sabablari, imkoniyatlari, takomillashishi.
2. Professiografiyaning asosiy tamoyillari.
3.Profesiogrammaning tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi. Professiogrammaning psixologik tabiati.
3. Kasbning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari va ularning xususiyatlari, tavsiflari.
4. Professiogramma (professiografiya) ta’rifi va kasbiy talablarga yondoshuvlar rang-barangli.
Tayanch so’z va iboralar: Professiogramma, professiografiya, psixikaning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar. psixikaning funksiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyusion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. instinktlar, ko‘nikmalar, intellektual hatti- harakatlar.
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi ixtisosliklar tomonidan inson oldiga quyiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi.
Kasb - kor (hunar) oldiga quyiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, umumiy xamda xususiy jabxalarni o‘zida aks ettiradi.
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi.
2. Kasb - korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyati uchun axamiyati.
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi.
4. Kasbning ijtimoiy psixologik axamiyati va tavsifi: yoshlarda uning ijtimoiy mavkei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal buyicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari.
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqli kasbiy mahorat aniqlanadi).
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir - choralarning umumiy tavsifi.
7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi.
8. Kasb bo‘yicha mehnat qilishga tibbiy jixatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi.
9. Kasbga psixologik nomutanosibli, yoki kasbiy yaroqsizlik.
10. O’zini o‘zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasbning inson oldiga qo‘yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy texnikaviy va pedagogik jabxalarni kamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orkali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo‘naltirish davlat tadbir - choralari tizimidan iborat bulib inson tomonidan tanlanadi, uz xayot yo‘lining ilmiy asoslanganligini ta’minlashga xizmat qiladi, u turmushda uz o‘rnini aniklaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;
2) kasb - hunar maorifi bilan shug‘ullanish;
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
4) kasb yuzasidan maslaxatlar;
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash);
Mazkur soxada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan bulib u "Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi" deb nomlanib uzining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo‘llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagining muxim bir tomoni - bu xar xil kasb hunar egasiga nisbatan quyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shaxar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga extiyoji buyicha bilimlar mujassamlashganligidir. YAna bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‘naltiriluvchining kunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari buyicha bilimlar umumlashtirilgan bulib kasb tanlashga oid barcha jixatlar majmua xoliga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburagi shaxsning qiziqishi, mayli xoxishi, uzini uzi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni uzida mujassamlashtiradi.
E.A.Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallarning turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar ko‘lami va umumiy xususiyati (ko‘rish eshitish va boshqalar).
2) axborotlarni saklash va qayta ishlash bilan boglik aqliy faoliyatining xususiyati.
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim xarakatlarning tavsifi.
4) ishda mehnat faoliyatida nerv - psixologik zurikish, tanglikning mavjudligi.
5) diqqatni boshqarish zarurati.
6) ishda muvaffakiyatga eltuvchi shaxs sifatlari, fazilatlari.
7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik ko‘rsatkichlar.
Bizningcha Yuqoridagi mulohazalardan tashqari professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq.
1. Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, mutaxassislik, kasb - hunar, lavozim, ishchi o‘rni imkoniyati, mehnatning turdosh xususiyatlari va uning muxim tavsiflarining bayozi).
2. Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar.
3. Mehnat kuroli sifatida nimalar qo‘llanilishi.
4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabxalari.
5. Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi.
6. Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi.
7. Mehnat maxsullarini baholash mezonlari.
8. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
9. Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi.
10. Ishni bajarilishining sharti va sharoitlari.
11. Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari.
12. Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan xamkorlikda?)
13. Mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar.
14. Mehnat faoliyatida masuliyatning va xavf-xatarning qaysi dakikalari (xolatlari) uchrashi.
15. Mehnat uning sub’ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofat, ma’naviy ozuka, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maktov jamoatchilik bahosi va boshqalar).
16. Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga kura qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi.

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish