Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi: Ishning mavzusi
Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati
Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.
Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.
Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish.
O‘qituvchi butun dars davomida o‘quvchilarning faoliyatini kuzatib boradi, tegishli maslahatlar beradi. Amaliy ish bajarishda zarur bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalari haqida ogohlantirib, o‘quvchilarning bu qoidalarga qat’iy amal qilishlarini nazorat qiladi.
O‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga imkon yaratib bering.
Uyga vazifa: Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.
Darslikdagi II bob yakunidagi test savollarini yechish.