30-DARS. VODORODNING OLINISHI. (LABORAТORIYA ISHI №8)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga vodorodni laboratoriyada va sanoatda olinish usullari haqida ilmiy tushunchalar berish. Kipp apparatidan foydalanish malakasini hosil qilish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
Vodorodni laboratoriyada olish va yig‘ish.
Vodorodning sanoatda olinishi.
O‘quvchilarni darsga tayyorgarlik faolligini oshirish uchun quyidagi mashqni bajarish taklif etiladi.
Vodorodning valentligi o‘zgarmas 1 ga tengligidan foydalanib, quyidagi birikmalardagi elementlarning valentliklarini aniqlang: H2S, HBr, BaH2, PH3, SiH4, RbH, CsH;
Vodorodni laboratoriyada olishda ehtiyot bo‘ling!
Uning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Shuning uchun olingan vodorodni toza ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.
Vodorodni laboratoriyada olish.
L
Kipp apparatining tarkibiy qismlari va uning o‘rnini bosuvchi maxsus moslama hamda Kipp apparatining ishlashi
aboratoriyada vodorod rux yoki temirning xlorid yoki sulfat kislota bilan ta’sirlashuvi natijasida olinadi: Zn + 2HCl ZnCl2 + H2
Kipp apparatining tuzilishi.
Kipp apparati hamma vaqt ishlashga tayyor turadi va uni istalgan vaqtda ishdan to‘xtatish mumkin. Apparat B-voronka va A-idishdan iborat, bu idish o‘zaro tutashgan sharsimon va yarim sharsimon ichi bo‘sh shisha idishdir. B-voronka qo‘yilganda shar va yarim shar tutashgan tor qism va voronka uchi orasida tirqish hosil bo‘ladi. Shu tirqishdan tushib ketmaydigan kattalikdagi metall bo‘lakchalari E-tubulus orqali solinadi. Voronkaga kislota eritmasi quyiladi, yarim shar to‘lib, tirqishdan o‘tib metall bo‘lakchalarini ham to‘ldirgach, kislota quyish to‘xtatiladi. Metall bo‘lakchalari va kislota orasida reaksiya boshlanib, gaz pufakchalari chiqa boshlaydi va gaz tubulusga o‘rnatilgan tiqindagi gaz chiqarish nayi-D orqali tashqariga chiqariladi. Тajriba tugagach D-kran berkitiladi. Ajralib chiqayotgan gazning chiqish yo‘li berkilib qolgach, gaz to‘planib, kislotani bosa boshlaydi; kislota voronka orqali yuqoriga ko‘tariladi va metall bo‘lakchalariga tegmay qoladi, natijada reaksiya to‘xtaydi. Idishning sharsimon qismida yana ishlatish mumkin bo‘lgan vodorod gazi saqlab turilishi tajribalar o‘tkazishda qulaylik tug‘diradi.
Sanoatda olinishi.
Vodorod xalq xo‘jaligida ko‘p ishlatiladigan modda bo‘lganligi uchun uni sanoatda olinish usuli bilan ham tanishamiz. Vodorod oddiy modda sifatida tabiatda juda kam uchraydi. Uni sanoat miqyosida olish uchun tabiatda ko‘p tarqalgan birikmalaridan foydalaniladi. Suv va tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metan shu jumladagi moddalardir. Ulardan quyidagicha usullarda vodorod olinadi:
Suvni elektroliz qilish: 2H2O = 2H2 + O2
Metanni konversiyalash:
CH4 + H2O = CO + 3H2 + 206 kJ
(bu reaksiya 425-450C da Ni katalizatori ishtirokida olib boriladi)
CO + H2O = CO2 + H2 – 40 kJ
(bu reaksiya 425-450C da Fe2O3 katalizatori ishtirokida olib boriladi)
Laboratoriya ishi №8 ni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |