143
VI bob.
Impulsning saqlanish qonuni
Tayanch tushunchalar: reaktiv harakat, raketa, kosmonavtika.
1. Reaktiv harakat deb nimaga aytiladi? Impulsning saqlanish qonuni asosida reaktiv
harakatni tushuntirib bering.
2. 123–124-rasmlarda tasvirlangan tajribalarni tushuntirib bering.
3. Raketa tuzilishini aytib bering.
4. Raketaning qanday harakatga kelishini tushuntirib bering.
VI BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
1. Nima uchun qo‘limizdagi g‘ishtni bolg‘a bilan ursak, qo‘limiz
qattiq og‘riqni sezmaydi?
2. Ochiq kosmosdagi kosmonavt raketaga boshqalar yordamisiz qay
tib kirishi uchun qanday harakat qilishi kerak?
3. Qirg‘oqda
turib qayiqni turtsak, u suriladi. Nima uchun qayiqda
turib
uni turtsak, u qo‘zg‘almaydi?
4. Jismga bog‘langan iр siltab 0,05 s davomida 20 N kuch bilan
tortilganda, jism joyidan qo‘zg‘almadi. So‘ngra iр shunday kuch
bilan 2 s davomida tortib turilganda, jism joyidan qo‘zg‘aldi. Har
ikkala hol uchun kuch impulsini toping va ularni taqqoslang.
5. Massasi 20 g li tosh 15 m/s tezlik bilan kelib urilsa, deraza oy
nasi sinmaydi. Lekin 100 g li tosh
shunday tezlik bilan urilganda,
oyna sinadi. 20 g li tosh 60 m/s tezlik bilan urilganda ham oyna
sinadi. Har uchala hol uchun jism impulslarini hisoblang va ularni
taqqoslang. Nima uchun birinchi holda oyna sinmaydi?
6. Massasi 100 g li tosh 5 m/s tezlik bilan gorizontal otildi.
Otilish
vaqtida toshning impulsi qancha bo‘lgan?
7. Massalari 1200 kg dan bo‘lgan ikkita avtomobil yo‘lda qarama-qar
shi yo‘nalishda kelib, birbiri bilan to‘qnashib ketdi. Agar ularning
tezliklari mos ravishda 90 km/soat va 120 km/soat bo‘lsa, ular
birbiriga qanday kattalikdagi impuls bilan to‘qnashgan?
Agar shu
avtomobillarning tezliklari mos ravishda 36 km/soat va 54 km/soat
bo‘lganda to‘qnashish paytida impuslari qancha bo‘lar edi? Qaysi
holda to‘qna shish talafoti katta? Nima uchun?
144
Saqlanish
qonunlari
8. Gorizontal sirtda massasi 400 g bo‘lgan sharcha 1 m/s
tezlikda
ikkinchi sharcha bilan to‘qnashdi. Shundan keyin birinchi sharcha
0,4 m/s tezlik bilan o‘z harakatini davom ettirdi. Urilish paytida
birinchi sharcha ning impulsi qanchaga o‘zgargan?
9. 3 m/s tezlik bilan kelayotgan massasi 60 t li temiryo‘l vagoni
tinch turgan 40 t li vagonga tirkaldi. Tirkalgandan so‘ng
vagonlar
qanday tezlik bilan harakatlangan?
10. 4 m/s tezlik bilan yugurib ketayotgan 40 kg massali bola 1 m/s
tezlik bilan harakatlanayotgan 20 kg massali aravachani quvib ye
tib, uning ustiga chiqib oldi. Aravachaning bola bilan birgalikdagi
tezligi qancha?
11. Harakatdagi aravacha ustidagi qumga bir bo‘lak jism kelib tushdi.
Qanday holatda aravacha o‘z harakat yo‘nalishini
saqlagan holda
tezligini kamaytiradi? To‘xtaydi? Orqaga harakat qiladi?
12. 70 kg massali odam 280 kg massali qayiqning bir uchidan ik
kinchi uchiga 5 m yo‘l yurib bordi. Bunda qayiq suvga nisbatan
necha metr masofaga suriladi?
13. Massasi 100 g bo‘lgan sharcha gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlikda
kelib ikkinchi sharchaga urildi va 0,2 m/s tezlikda o‘z harakati
ni avvalgi yo‘nalishda davom ettirdi. Urilish paytida sharchaning
impulsi qanchaga o‘zgargan?
Do'stlaringiz bilan baham: