Xulosa va metodik tavsiyalar
Maktab ta’lim muassasalari o‘quvchilarida uchraydigan artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanish orqali mashqlarni amalga oshirish MTM larda katta ahamiyatga ega.
Shuni hisobga olgan holda, ta’limning yangi shakllarini amalga oshirish bugungi kun talabchan bolalarimizning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga olib keladi. Maktab ta’lim muassasalari o‘quvchilarida uchraydigan nutqiy nuqsonlarni bartaraf etishda logoritmik o‘yinlardan foydalanish va amalda qo‘llash alohida ahamiyat kasb etadi.
Maktab ta’lim muassasalari o‘quvchilarida uchraydigan nutqiy nuqsonlarni bartaraf etishda logoritmik o‘yinlardan foydalanish jarayoni bolalarni izlanishga, topqirlikka, chaqqonlikka, muammoli vaziyatdan oson chiqib olishda yordam beradi.
Maktab ta’lim muassasalari o‘quvchilarida uchraydigan nutqiy nuqsonlarni bartaraf etishda logoritmik o‘yinlardan foydalanish jarayonida logoped har bir guruhda bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlarini yaqindan bilishi hamda shu asosda dars mashg‘ulotini tashkil etishi lozim.
Biz Xovos tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadqiqot ishimizni olib bordik. Maktab ta’lim muassasalari o‘quvchilarida uchraydigan artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishda asosan maxsus tizimdagi mashg‘ulotlar jarayonidan foydalanildi. Malakaviy amaliyot davrida bolalar faqatgina artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanish, logoritmik o‘yinlar va ritmik harakatlarni o‘rganibgina qolmay, balki ularning ma’nolarini ham, kuylanish yo‘llarini ham o‘rganib olishga imkoniyat yaratdik. Masalan: “Tulpor”, “Yomg‘ir”, “Olma pishganda”, “Oppoq qantim”, “Non yopganda”, “Polka” kabi quvnoq raqslar shular jumlasidandir. Bolalarga bu borada lug‘at va mashq daftarchasi tuzdirdik. Dars mashg‘ulotlarida harakat tezligi o‘tkazildi.
So‘z ma’nolari, harakat tezliklari ustida ishlandi. Tadqiqot davomida bolalarni shu so‘zlarni o‘zlarida qanday qabul qilinishini kuzatdik. Turli xil logoritmik mashg‘ulotlardan foydalandik.
- bolaning lug‘ati qancha boy, rivojlangan bo‘lsa, uning nutqi boy bo‘ladi, o‘z fikrini aniq, ifodali, ravon bayon eta oladi;
- bolalar so‘z boyligini oshirish, yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalarni harflar bilan tanishtirish;
- bolalarning bu boradagi malaka va ko‘nikmasiga aniqlik kiritish;
- o‘qishni faollashtirish;
- adabiy til normalariga ham erishiladi;
- so‘z boyligini oshirishga;
- so‘z ma’nolarini tushunib olishga, nutqni va musiqiy harakatni shakllantirishga;
- imlo lug‘ati bilan ishlashga;
- faollikka, so‘zlarni musiqiy ritmga va nutqda to‘g‘ri qo‘llashga erishdik.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bolalar nutq nuqsonlarini bartaraf etishda artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanish jarayonlarida nutq tovushlarini logoritmik mashqlardan, interfaol usullarda o‘rgatish bolalarning qiziqishlarini oshiradi, ularda mustaqillikni, o‘z fikrini to‘liq bayon qilishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |