VII. Mashg‘ulotni yakunlash: 2 daqiqa.
L: Mana, o‘quvchilar, mashg‘ulotimiz ham nihoyasiga yetib qoldi.
Uyga vazifa
Nuqtalar o‘rniga kerakli(r,l) tovushni qo‘yib o‘qing
1. Erta tongda musiqa yang…adi.
2. Fa..hoddan telegramma o...dik.
3. Shaha…da bir necha bolalar teat…i bor.
4. Oltin kuz ke...di.
- Mashg‘ulotimizdan nimalarni eslab qoldingiz?
- Bugun qaysi tovushlar ustida ishladik? Kayfiyatlarimizni tahlil qilamiz.
Endi har biringiz yig‘ib kelgan gullarni sanaysiz
- O‘quvchilar, men barchangizdan minnatdorman. O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Artikulyattsion mashqlar.
A) Til mashqlari (“Shirin murabbo” yoki “Soatcha” o‘yini).
B) Lab mashqlari (“Kim nay chaladi” yoki “Kim yaxshi kuladi” o‘yini).
C) Jag‘ va tish mashqlari (“O‘rmonda” yoki “Qushlarni boqish” o‘yini).
D) Nafas mashqlari.
Shar, xushtak, mashina puflash, tennis shar puflash.
Do'stlaringiz bilan baham: |