Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-jadval Ba’zi bir bakteriyalarning kattaligi



Download 19,33 Mb.
bet10/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

1-jadval
Ba’zi bir bakteriyalarning kattaligi

Bakteriyaning nomi

Uzunligi, (mkm)

Ko’ndalang kesimi, (mkm)

Mikrokokk

0,8

0,5

Streptokokkus laktus

0,8-1,2

0,5-0,8

Atsidofil tayoqchasi

1,5-6,0

0,6-0,9

Pichan tayoqchasi

1,2-3,0

0,8-1,2

Sil kasali tayoqchasi

1,5-3,5

0,3-0,5

Kuydirgi tayoqchasi

4-8

1,0-1,5

Brutsellyoz tayoqchasi

0,5-1,5

0,4-0,6

Bakteriya hujayrasini sxematik ko’rinishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:


tashqi tomondan: kapsula, xivchin, fimbriy, pili;
ichki qismida: tsitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar (qo’shilmalar), ba’zi bakteriyalarda sporalar bo’ladi.
Kapsula. Bakteriyalarning ko’plari kapsula bilan o’ralgan. Ular shilimshiq moddadan iborat bo’lib, mikro – va makrokapsuladan iborat bo’ladi. Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniki esa – 0.2 mkm.dan kichik. Makro – va mikrokapsulaning tashqi tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qavat bo’ladi.
Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid bo’lib, uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin.
Hivchinlar. Bakteriyalar ikki hil xarakatlanadi.
1. Sirpanib – harakatlanuvchi bakteriyalar (miksobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tananing to’lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o’zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum turdagi harakati sodir bo’ladi.
2. Suzib – harakatlanish hivchinlari yordamida amalga ochadi. Masalan, spirillalar va kokklarning ba’zilari.
Bakteriyalar hivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi;
Monotrixlar – bakteriya hujayrasining bir uchida bitta hivchin bo’ladi,
Lofotrix – hujayraning bir uchida bir to’p xivchini bo’ladi,
Amfitrix – hujayraning ikki uchida ikki to’p hivchin bo’ladi,
Peritrix – hujayraning hamma tomoni hivchin bilan qoplangan.
Hivchinlarning soni ham har xil. Spirillalarda 5-30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 ta yoki 3 ta hivchin bo’lib, ular hujayra qutblarida joylashadi. Ba’zi tayoqchasimon bakteriyalar – Proteus vulgaris, Clostridium tetani kabilarda 50 – 100 gacha hivchin bo’ladi. Hivchinlarning eni 10 – 20 nm, uzunligi 3 – 15 mkm. Hivchinlar uzunligi kulьturaning tabiati, oziqa yoki tashqi muhit ta’siriga qarab har xil bo’ladi. Hivchin kimyoviy jihatidan oqsil modda – flagellindan tuzilgan. Hivchin bakteriya hayotida katta rol o’ynaydi. Bakteriyalarni ba’zi bir oziqa muhitlarida hivchinsiz qilib ham o’stirish mumkin. O’sish fazasiga qarab, bakteriyalarning hivchinli va hivchinsiz davrlari bo’ladi. Bakteriya hivchinini yo’qotsa ham yashayveradi. Hivchin bazal plastinkaga yopishgan bo’ladi. Plastinka esa tsitoplazmatik membrana tagida joylashgan. Bazal tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib, hivchinni xarakatga keltiradi. Harakat tezligi temperatura, osmotik bosim va muhit yopishqoqligiga bog’liq bo’ladi. Ba’zi bakteriyalar 1 sekundda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, ba’zilari esa 50 tana uzunligiga teng masofada harakat qiladi. Odatda ular tartibsiz harakat qiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis hodisasi kuzatiladi, bunday harakat xemotaksis – deyilsa, kislorodga nisbatan harakati aerotaksis, yorug’likka nisbatan harakat bo’lsa fototaksis deyiladi.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish