Ekskursiyani tashkil etish va o’tkazish rejasi.
Ekskursiya maqsadi. O’quvchilarda tabiat muzeyibilan yaqindan
tanishtirish.
Ekskursiyaga tayyorlanish.
Ekskursiyani tashkil etishdan avval o’qituvchi ekskursiya uyushtiriluvchi
ob`ekt rahbari bilan suhbatlashib kerakli ma`lumotlarni olishi talab qilinadi. So’ngra
o’qituvchi ekskursiyaga borishdan ilgari o’quvchilar bilan kirish suhbati o’tkazadi.
Bunda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
a) ekskursiyadan ko’zlangan maqsadni aniqlab olish;
b) ekskursiya ob`ektining mohiyatini tasvirlash;
v) o’quvchilarni ekskursiya rejasi bilan tanishirish;
g) o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish;
d) har bir guruhga topshiriqlar berib, nimaga e`tibor berish
lozimligini ta`kidlash;
50
e) ekskursiyani butun tashkiliy tomonini o’quvchilar bilan muhokama qilish.
Ekskursiyani o’tkazish.
O’qituvchi har bir guruhga quyidagi topshiriqlarni beradi.
1-guruh: muzeyning yaratilish tarixi qaqida ma`lumot to’plash.
2-guruh: Muzey faoliyati bo’limlari va tuplangan materiallar haqida ma`lumotlar
yig`ish.
3-guruh: Hozirda va kelajak uchun rejalashtirilgan muzey tadqiqotchilik ishlari
haqida ma`lumotlar to’plash.
Ekskursiya davomida o’quvchilar ekskursiya maqsadiga ko’ra berilgan
topshiriqlar bo’yicha kerakli ma`lumotlarni to’playdilar, muzey ekspanotlari bilan
tanishadilar.
Ekskursiyani yakunlash.
O’quvchilarning har bir guruhi o’ziga topshirilgan vazifalar yuzasidan kerakli
ma`lumotlarni aks ettirgan holatda hisobot beradilar. So’ngra o’qituvchi barcha guruh
hisobotlarini tahlil qilgan holatda ekskursiyani yakunlaydi.
Ekskursiyadan olingan ma`lumotlar asosida «Tabiat muzeyiga sayohat» nomli
devoriy gazeta chiqaradilar. Devoriy gazeta 3 qismdan iborat bo’lib, birinchi bo’limda
muzey tarixi, ikkinchi muzey bo’limlarida tuplangan ekspanotlar, uchinchi bo’limda
muzey oldida turgan kelajakdagi vazifalar va o’zlarining fikr mulohazalari o’z ifodasini
topadi.
Bunda asosiy xulosalar quyidagilar darsdan tashqari ishlar o’quv-
tarbiyaviy jarayonning uzviy davomi bo’lib, ular o’quvchilarning fan asoslarini
puxta egallashlari, bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash hamda amaliy
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishidir.
Darsdan tashqari ishlarning shakl va mazmunidan qat`iy nazar, ular eng
avvalo darsning mantiqiy davomi tarzida uyushtirilishi va o’tkazilishi lozim.
Darsdan tashqari ishlarda mahalliy materiallardan foydalanish katta samara beradi
va o’quvchilarning faolligini oshiradi.
51
Yakka tartibda, guruh va ommaviy shakllarda bajariladigan ishlarni o’zaro
muvofiqlashtirilgan tarzda va fan dasturi hamda o’quv rejasiga muvofiqlashtirilgan
holda amalga oshirilganda ularning ta`lim-tarbiyaviy qimmati ortadi.
Dars materiallari darsdan tashqari mashg`ulotlar uchun asos bo’lib xizmat
qilishi, darsdan tashqari ishlar esa mazmunan darslarning ilmiy-nazariy, ilmiy-
metodik va amaliy tamoyillarini kuchaytirishga bo’ysundirilgan holda bajarilishi
maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi.
3.3.Pedagogik amaliyotda tadqiqotning natijalari
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to’g`risida»gi qonunda o’sib
kelayotgan yosh avlodga mustahkam bilim berish, ularda amaliy ko’nikma hamda
malakalar hosil qilish orqali kasb tanlashga yo’naltirish masalasiga alohida e`tibor
berilgandir.
O’zbekiston maktablarida biologiya o’qitish jarayonida darsdan tashqari
ishlar sistemasi va uni sinf darsi bilan bog`lab borish, shuningdek, uning
o’quvchilar bilim darajasiga, ko’nikma va malakalariga ta`siri hamda uning
samaradorligini aniqlash maqsadida pedogogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish
taqozo etiladi.
Bu pedogogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish uchun individual, guruh va
ommaviy holda o’tkaziladigan mashg`ulot hillaridan foydalaniladi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi tadqiqot
metodlaridan foydalanildi.
1. Dalillarni to’plash metodi. Biologiya ta`limida sinf darsini darsdan
tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishga oid ma`lumotlarni taqlil qilish orqali
tegishli xulosalar chiqarish uchun quyidagilarga amal qildik:
a) Biologiya o’qitishda sinf darslarini darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan
bog`lab borishga oid metodik tavsiyalar, qo’llanmalar va boshqa mavjud
adabiyotlar bilan tanishish va materiallar to’plash;
52
b) ilg`or biologiya o’qituvchilarining ish tajribalarini o’rganish va tegishli
xulosalar chiqarish;
v) Respublikamizda bo’lib o’tgan pedogogik o’qishlarga oid materiallarni
tahlil qilish.
2. Kuzatish metodi. 2014 yil mart-may oylarida Nukus shahar 26 maktabda
bo’lib, biologiya ta`limi bo’yicha biologiya darslari, darsdan va darsdan tashqari
mashg`ulotlar, sinfdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan bog`lab
o’tkazish holatlari o’rganib chiqildi.
3. Suhbat metodi. Đlmiy tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda
biologiya o’qituvchilari bilan suhbatlar o’tkazidim. Bu suhbat davomida e`tibor
asosan darsdan tashqari ishlarning rejalari, darsdan tashqari mashg`ulotlarning
sinfda o’tilgan darslar bilan bog`lab borish muammosiga qaratildi.
4. Pedogogik tajriba-sinov (eksperiment) metodi. Đlmiy tadqiqot
muammolarini hal qilish uchun tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalarini pedagogik
tajriba-sinovdan o’tkazib, ularning samaradorligi aniqlandi.
Đlmiy tadqiqot ishining maqsadiga muvofiq darsdan tashqari mashg`ulotlarni
biologiya darslari bilan uzluksiz bog`lab borishning o’quvchilar bilimi, amaliy
ko’nikma va malakalariga ta`siri va uning samaradorligini aniqlash uchun, belgilab
olingan tajriba-sinov maktablarining biologiya o’qituvchilari bilan hamkorlikda bir
xil o’zlashtirishga ega bo’lgan o’quvchilar guruhi aniqlandi.
Tajriba - sinov ishlarining ikkinchi bosqichida tayyorlangan metodik
ishlanmalarning samaradorligini aniqlash hamda ularning dastlabki yutuq va
kamchiliklarini sarhisob qilishga erishildi. Bajarilgan ishlarga mataxassislarning
munosabatlari aniqlandi. Tashkil etilgan tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilari
bilan keng xajmda va mazmundar o’quv- tarbiya ishlari olib borildi. Bunda asosiy
e`tibor nazariy bilimlarini darsda, amaliy xarakterdagi faoliyatni darsdan tashqari
ishlar vositasida berishga erishdik. Yuqorida tilga olingan maktablarning tajriba-
sinov ishlarini olib boruvchi o’qituvchilariga metodik ishlanmalar va to’garak
rejalari tarqatildi, tegishli metodik ko’rsatmalar berildi.
53
7-sinf bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishda jami bo’lib 24 ta, 8-sinf
bo’yicha esa tajriba va nazorat guruhlarida 21 tadan o’quvchi ishtirok etdi. Jami
pedagogik tajriba-sinovda qatnashgan 7-8 sinf bo’yicha tajriba va nazorat
guruhlarida 36 nafardan o’quvchi qatnashdi. Biologiya ta`limi asosida o’tilgan
darslarning darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishning samaradorligi,
o’quvchilarning bilim darajalari va amaliy faoliyatlari qay darajada ekanligini
aniqlash uchun tajriba va nazorat guruhlarida o’tkazilgan kuzatishlar, suhbatlar,
og’zaki va yozma javoblar, test topshiriqlarining echimlari va eksperimental
muolajalar natijalarining tahlili tajriba guruhlari vakillarining bilim saviyalari,
amaliy ko’nikma va malakalari ancha yuqori ekanligini ko’rsatdi.
Pedogogika va xususiy metodikaga doir qo’llanmalarda tajriba va nazorat
sinf yoki guruhlari o’quvchilarining bilim saviyalarini aniqlash hamda amaliy
ko’nikma va malakalarini taqqoslashga taaluqli turli baholash mezonlari yaratilgan
bo’lib, ulardan dissertant tegishli vaziyatlarda o’z o’rnida foydalandi.
Baholash mezoniga muvofiq tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarining
suhbatda, yozma va og’zaki javoblarda amaliy ishlarni bajarishlarda hamda
hulosalar chiqarishlarda aniqlangan ko’rsatkichlarini baholashga xarakat qildik.
To’g`ri va to’liq javoblarga «5» baho; to’g`ri, ammo to’liq bo’lmagan
javoblarga «4» baho; noaniq bo’lgan javoblarga «3» baho, noto’g`ri javoblarga
«2» baho qo’yish belgilab olindi. Yuqorida bayon etilgan baholash mezoni
bo’yicha qo’yilgan baholardan tashqari 100 ballik sistema bo’yicha test savollariga
javoblar olib tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarining bergan javoblarini
taqqosladik.
Darsdan tashqari mashg`ulotlarning mavzuli rejasiga muvofiq VIII-sinf
Biologiya ta`limida sinfdagi darsni darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan
bog`lashning mazmuni va uning sistemaliligini amalga oshirish orqali uning
uzluksizlik hamda uzviyligini ta`minlashning tajriba-sinov ishlari natijalari asosida
quyidagi fikrlarga keldik.
Biologiya ta`limi dasturi va darsligiga binoan o’quvchilar biologiya fanining
nimani o’rgatishi, Biologiya fanining maqsad va vazifalari, biologiya fanining
54
shakllanishi va uning tarixi, Markaziy Osiyo va O’zbekistondagi olimlarning
biologiya faniga qo’shgan hissalari haqidagi tegishli bilimlarni oladilar.
Keyinchalik esa o’quvchilarga biologiyaning asosiy tushunchalarini va qonunlarini
shakllantirish orqali bilim berish ko’zda tutiladi.
Biologik jarayonlarning tafsilotlari chuqur o’rgatiladi. O’quvchilarning
sinfda olgan bilimlari asosida darsdan tashqari mashg`ulotlarda fizikaviy va
biologik hodisalarga oid amaliy ishlar tashkil qilinishi natijasida, o’quvchilar jism,
modda va ularning xossalari, fizikaviy hamda biologik hodisalarda sodir
bo’ladigan o’zgarishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarib olish imkoniyatiga
ega bo’ldilar.
4-jadval
«Dastlabki Biologik tushunchalar» bobi bo’yicha VIII sinf o’quvchilarining
o’zlashtirish ko’rsatkichlari
Tajriba guruhlari
Nazorat guruhlari
M
ak
ta
b
la
r
O
’q
u
v
ch
il
ar
so
n
i
Ja
v
o
b
la
r
5
4
3
2
S
if
at
t
ax
li
li
5
4
3
2
S
if
at
t
ax
li
li
F
ar
q
i
26
32
42
9
14
4
154 12
5
6
82,2% 90
161 163
15
63,7
%
18,8
5-jadval
"Qushlar sinfi" bobi bo’yicha VII sinf o’quvchilarining o’zlashtirish
ko’rsatkichlari
Tajriba guruhlari
Nazorat guruhlari
M
ak
ta
b
la
r
O
’q
u
v
ch
il
ar
so
n
i
Ja
v
o
b
la
r
5
4
3
2
S
if
at
t
ax
li
l
5
4
3
2
S
if
at
t
ax
li
l
F
ar
q
i
25
39
429 14
15
12
5
81,2
92 159 164 14 60% 21,
55
0
8
6
%
2
Tajriba-sinov maktablarida olingan natijalarning ishonchliligini va ilmiy tadqiqot
ishida ilgari surilgan farazning to’g`riligini tekshirish matematik statistikaning x
2
mezoni (39) asosida amalga oshirildi.
x
2
- mezonini qo’llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirildi:
1. Đkki majmuadan n
1
; n
2
hajmda tanlanmalar olinadi. War bir tanlanma
ob`ektlarining o’rganilayotganlik holatini o’lchov natijalari S kategoriyaga taqsimlanadi.
Ushbu ma`lumotlar asosida 2xS o’lchamda ikki qatorli jadval tuzildi.
1-kat 2-kat ... ... 1-kat ....... S-kat
Tanlanma №1
Q
11
Q
12
...
Q
1i
...
Q
1c
n
1
;
Tanlanma №2
Q
21
Q
22
...
Q
2i
...
Q
2c
n
2
;
Q
11
+Q
21
Q
1c
+Q
2c
n
1
+n
2
=N
Jadvalda Q
1i
= (i=1,2,...,S) - o’rganilayotgan holat bo’yicha i- kategoriyaga tushgan
birinchi tanlanma ob`ektning soni; Q
2i
= (i=1,2,...,S)- o’rganilayotgan qolat bo’yicha i-
kategoriyaga tushgan ikkinchi tanlanma ob`ektning soni.
2. Farazlar qabul qilish.
Nol` asosiy faraz (N) quyidagicha e`tirof etiladi:
Barcha S kategoriyalar uchun R
1i
= P
2i
shart bajariladi;
Al`ternativ faraz (N
1
) esa quyidagicha e`tirof etiladi:
Hech bo’lmasa bitta kategoriya uchun R
1i
= R
2i
shart bajariladi. (i = 1,2,...S) R
1i
- birinchi
majmuadan tasodifiy olingan xossa bo’yicha tuzilgan kategoriyaga taalluqli bo’lish
eqtimoli; R
2i
- ikkinchi majmuadan tasodifiy olingan xossa bo’yicha tuzilgan
kategoriyaga taalluqli bo’lish eqtimoli.
3.Farazning to’g`riligini tekshirish. Buning uchun yuqoridagi jadvalda keltirilgan
ma`lumotlar asosida mezon statistikasining T qiymati quyidagi formulaga binoan
qisoblanadi:
T=1/n
1
n
2
∑
=
+
−
С
i
i
i
i
i
Q
Q
Q
n
Q
n
1
2
1
2
1
2
2
1
)
/(
)
(
.
56
So’ngra jadvaldan erkinlik darajasi V- ga teng bo’lgan x
2
-
taqsimotining x
1-
α
-kritik qiymatini topamiz. Bu erda
α
(al`fa) o <
α
< 1 -
mezonning aniqlik darajasi.
Statistikaning T qiymati x
2
- taqsimotining x
1-
α
kritik qiymati bilan
solishtiriladi.
Ularning tajriba va nazorat sinflari bo’yicha taqsimoti quyida berilgan jadvalda
keltipilgan. 8-sinf bo’yicha tajriba va nazorat sinf o’quvchilarining 10 tadan
savollarga bergan javoblari soni, 9-sinf bo’yicha esa 11 tadan savollarga bergan
javoblari soni jadvalning ikkinchi qismida ko’rsatilgan.
7-jadval
Guruhlar
№
Sinflar
O’quvchilar soni
Tajriba
nazorat
1.
7-sinf
14
744
7440
744
7440
2.
8-sinf
18
744
8184
744
8184
Olingan natijalar quyidagi xulosaga asos bo’ldi: O’tkazilgan pedagogik tajriba-sinov
natijalari Biologiya kursi bo’yicha 7 - va 8-sinflarda o’quvchilarning darsdan
tashqari ishlarini sinf darslari bilan o’zaro aloqadorligini ta`minlash, ular asosida
tayyorlangan dars va mashg`ulotlarning metodik ishlanmalari, ularni o’tkazishdagi
tashkiliy shakllar, foydalanilgan metod va metodik usullar maqsadga muvofiq
ekanligini tasdiqladi. Tajriba sinov natijalari tajriba sinflari o’quvchilarining nazorat
sinflari o’quvchilariga nisbatan nazariy bilimlari va amaliy malakalari ancha yuqori
bo’lganligidan dalolat berdi.
Shunday qilib, darsdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan uzviy ravishda
bog`lab olib borish o’quvchilarning nazariy bilimlari, ko’nikma va malakalarini oshirish
bilan birga ularning amaliy faoliyatlarini shakllantirish qamda rivojlantirishga ham samarali
ekanligini ko’rsatdi.
57
Xulosa qilib aytganda biologiya ta`limida sinfdan tashqari mashg`ulotlar bilan
darslarni bog`lab borishning samaradorligini aniqlash uchun pedagogik tajriba-
sinov ishlarini olib borishda quyidagilar amalga oshirildi:
a) Biologiya o’qitishda darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan sinfda o’tilgan
darslarni bog`lab olib borishda shakllantiriladigan eng muqim biologik
tushunchalar majmuasi tuziladi;
b) Biologiya ta`limida darsdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan
bog`lab
borishning
tashkiliy
shakllari
asosida
uning
barcha
turlari
sistemalashtiriladi;
v) Biologiyadan o’quvchilarning yakka tartibdagi darsdan tashqari ishlarining
mavzuli rejasi tuzildi va shu reja asosida metodik ishlanmalar tayyorlandi hamda
pedagogik tajriba-sinovdan o’tkaziladi;
g) Umumiy o’rta ta`lim maktablarida biologiya o’quv predmetini o’qitishda
o’quvchilarning darsdan tashqari mashg`ulotlari bilan sinfda o’tilgan darslarni
bog`lash nuqtai nazaridan «Yosh Biologlar» to’garagining mavzuli rejasi tuzildi va
unga tegishli mashg`ulotlarning metodik ishlanmalari tayyorlandi hamda
pedagogik tajriba-sinovdan o’tkazildi;
d) Metodik ishlanmalarni tayyorlashda o’quvchilarning barcha hususiyatlari
hisobga olindi.
1.
O’tkazilgan pedagogik amaliyot ishlarining natijalari asosida biologiya
ta`limida o’quvchilarning darsdan tashqari mashg`ulotlari bilan sinf darslarini
bog`lash tadbirlarning mazmuni aniqlandi.
2.
Tavsiya etilgan shakl va mazmundagi tadbirlar hamda ularni amalga
oshirish metodlari va metodik ishlanmalarining maqsadga muvofiq ekanligini
tajriba ishlari tasdiqladi.
3.
Dars bilan uzviy ravishda olib boriladigan darsdan tashqari mashg`ulotlar
yuksak pedagogik samara berishi isbotlandi.
4.
O’tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarining natijalarini tahlil qilish,
o’quvchilarning Biologiya o’quv predmetidan olgan bilimlari, ularda hosil qilingan
58
XULOSA
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishganidan so’ng ta`lim
tizimida ma`lum islohotlar amalga oshirildi. Lekin umumiy o’rta ta`lim
maktablarida o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, ayniqsa, Biologiya
o’qitishni yaxshilash bilan bog`liq ko’pgina muammolar hali-hanuz o’z echimini
kutib turibdi.
Biologiya darslari bilan darsdan tashqari mashg`ulotlarining uzviyligin
ta`minlash borasida ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmagan.
Ayrim maktablarda biologiya bo’yicha darsdan tashqari mashg`ulotlar
ma`lum reja asosida va maqsadga muvofiq olib borilayotgan bo’lsa ham,
ko’pchilik maktablarda tashkil qilingan darsdan tashqari ishlarning shakl va
mazmunida birmuncha kamchiliklar borligi aniqlandi. Ularni tashkil etish va
o’tkazish metodikasining mukammal emasligi ko’pchilik darsdan tashqari ishlar
rejasi yuzaki tuzilganligini bu boradagi kuzatuvlar va tajribalar ko’rsatdi. Bu
kamchiliklarning sabablaridan biri shu masalaga tegishli metodik tavsiya va
metodik qo’llanmalarning etarli darajada emasligi hamdir.
Respublikada o’tkazilgan qator «Pedagogik o’qish»larda qatnashgan ilg`or
o’qituvchilarning shu sohadagi ish tajribalarini keng yoyish masalasiga etarli
e`tibor berilmaganligi aniqlandi.
Biologiya
ta`limida
dars
va
darsdan
tashqari
ishlarning
uzviyligi
ta`minlanmaganligi va ularning samaradorligi past ekanligi kuzatildi.
Biologiya ta`limi jarayonida darsdan tashqari ishlar ma`lum darajada olib
borilayotgan maktablar mavjud bo’lsa ham biologiya o’quv predmetini o’qitishda
darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan sinfda o’tilgan darslarni bog`lash orqali
o’quvchilarga ta`lim-tarbiya berish ob`ektiv va sub`ektiv qiyinchiliklar tufayli
kutilgan natijalarni bermayapti. O’quv-moddiy ta`minot, pedagog kadrlar
salohiyati va ilmiy-metodik majmuadagi kamchiliklar hamda Biologik bilimlarga
bo’lgan ijtimoiy talabning sustligi shular jumlasidandir.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |