O`zbekđston respublđkasđ xalq ta’LĐm vazđRLĐGĐ ajđNĐyoz nomđdagđ nukus davlat pedagogđka đnstđtutđ



Download 408,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.02.2020
Hajmi408,78 Kb.
#38876
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabda biologiya darslarini oqitishda asosiy kuzatish va tajribalar ahamiyati


 

2.2. Đshning asosiy natijalari 

Bu  ishning  metodologik  asoslari  asosan  ta`lim  va  tarbiya  xususidagi  Sharq 

mutafakkirlarining  fundamental  mushohadalari,  Prezident va hukumatning  ta`lim-

tarbiya,  xususan,  xalq  ta`limi  sohasidagi  ishlarning  samaradorligini  oshirishga 

qaratilgan  ko’rsatma,  qaror  va  hujjatlari,  O’zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim 

to’g`risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Umumiy o’rta ta`lim 

kontseptsiyasi», «Umumiy o’rta ta`lim maktablarida biologiya predmetini o’qitish 

kontseptsiyasi»,  «Umumiy  o’rta  ta`limning  davlat  ta`lim  standarti»,  «O’zbekiston 

Respublikasi  umumiy  o’rta  ta`lim  maktablari  uchun  biologiya  ta`lim  standarti» 

hamda  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodning  ta`lim-tarbiyasi  muammolari  bo’yicha 

metodist olimlarning ishlari tashkil etadi. 

Tadqiqot ishlarini olib borishda quyidagi metodlardan foydalanildi: 

Biologiyadan darsdan tashqari ishlarga oid tabiiy fanlar qatorida pedagogika, 

psixologiya  va  metodologiya  fanlarining  adabiyotlarni  tahlil  qilish.  Biologiya 

darslari  hamda  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarni  kuzatish  va  ularni  tahlil  qilish.  

Darsdan  tashqari  mashg`ulotlarni  tashkil  etish  bo’yicha  o’qituvchi  va  o’quvchilar 

bilan suhbatlar olib borish, dastlabki izlanish ahamiyatiga molik pedagogik tajriba 

- sinov ishlarini o’tkazish va so’rovnomalarga yozma javoblar olish.  

Biologiya  darlarida  kuzatish  va  tajriba  utkazish  buyicha  ko’rgazmalilik 

metodiga  asoslanib  amaliy  tavsiyalar  yaratish  va  ta`lim-  tarbiya  jarayoni 

samaradorligini  ko’tarish.  Biologiya  ta`limida  darsdan  tashqari  ishlarning  ishlab 

chiqildi. 

Biologiya  fanidan  darsdan    tashqari  ishlarning  maqsadga  muvofiq  shakl  va 

metodlari 

yaratish. 

Biologiya 

kursiga 

aloqador 

bo’lgan 

eng 


muhim 

tushunchalarning 

tizimi 

ishlab 


chiqildi. 

Biologiya 

o’qitish 

jarayonida 

o’quvchilarning  yakka  tartibda  bajaradigan  mustaqil  ishlari  tanlab  olindi  hamda 

"Yosh  biologlar"  «Tabiat    jon  kuyarı»  to’garaglarining    rejasi  tuzilib  sinovdan 

o’tkaziladi.  Đlg`or  pedagogik  texnologiyalar  asosida  biologiya  fani  bo’yicha 


14 

 

darsdan  tashqari  mashg`ulotlarni  tashkil  etish  yuzasidan  ilmiy  asoslangan 



tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Tajriba  ishlari  mening  pedagogik  amaliyot  davrida  Qoraqalpog`iston 

Respublikasi  poytaxti  Nukus  shahar  38  –  maktabda    (Biologiya  o’qituvchilari  

Genjebekova  Zpura,  Sapashova  Ro’za,  Tleuniyazova  Nargiza  ,  metodistlar 

Qutlimurodova Gulzar, Medetov Maqset   kuzatishida ) o’tkazildi. 

Bunda  asosan  quyidagi  natijalar  olindi  biologiya  o’qitishda  darsdan  tashqari 

mashg`ulotlar  bilan  sinf  darslarini  bog`lash  ta`lim-tarbiya  jarayonining 

samaradorligini  oshirishi,  umumiy  pedagogik  jarayon  bilan  biologiya  ta`limini 

mustahkam  bog`langan  holda  olib  borish      o’qituvchilarda      yuqori  darajadagi 

biologik bilim, o’quv va malakalarni shakllantirishga yordam berishi kuzatildi.  

Darsdan    tashqari    kuzatish  ishlarning    dars    bilan    o’zaro  mushtarakligi  

ta`lim    sifatini    yaxshilashga  xizmat  qilishi  aniqlandi.  Darsdan  tashqari  tajriba 

utkazishlarda  yutuqlar  biologiya  kursining  asosiy  maqsad  va vazifalarini bajarish, 

ta`lim  mazmuni  va  uning  shakl  hamda  metodlarining  birligini  ta`minlashda, 

biologik tafakkur va bilimlar tizimini rivojlantirib borishdek didaktik vazifani ado 

etishga,  uzluksiz  biologiya  ta`limini  sifatli  amalga  oshirishga  salmoqli  yordam 

berishiga erishildi. 

Tadqiqot  natijalari  o’quvchilarga  biologiya  fanidan  chuqur  bilim  berish, 

ularda  ko’nikmalar,  malakalar  va  kasbiy  moyilliklar  hosil  qilish  hamda  ularning 

ijodiy  faolligini  oshirishga  yordam  beradi.  Yangidan  ishlab  chiqilgan  darsdan 

tashqari  tadbirlarning  shakl  va  metodlari  hamda  ularning  bevosita  dars  bilan 

aloqadorligini  ta`minlash  o’quvchilarning  Biologiyadan  puxta  bilimga  ega 

bo’lishlarini ta`minlaydi. 

Biologiya o’qitishda dars bilan darsdan tashqari mashg`ulotlarning uzviyligini 

ta`minlash  muammosini  echish  o’qitishning  umumiy  metodologiyasiga  asoslanib 

olib  borilganligi,  tadqiqot  maqsadi  va  vazifasiga  mos  usullardan  foydalanganligi, 

pedagogik  tajriba  natijalarining  samarasini  matematik  statistikaning  x

2

  metodi 



bilan isbotlanganligidan iborat. 

 

15 

 

  



 

III. ASOSĐY QĐSM 

 

3.1. KUZATISH  METODLARI  VA ULAR TARKIBIGA KIRADIGAN 

USLUBLAR. 

Biologiya kursi bo’yicha tashkil qilinadigan darsdan tashqari ishlar juda ko’p 

qirrali  bo’lib,  uning  asosiy  mazmuni,  biologik  tushunchalarni  puxta  o’zlashtirish, 

organizmlar  tuzilish,  morfologiyasi,  anatomiyasi  fiziologiyasini  bilib  olish, 

o’simlik,  hayvonlar,  mikroorganizmlar  olami  shuningdek  odam  organizmi  ham 

biologik  jhatdan  o’rganish  ob`ekti  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  barcha 

organizmlarda  asosiy  biologik    jarayonlarni  o’rganish,  turli  ko’rgazmali  qurollar 

tayyorlash  va  shu  kabi  o’quv-tarbiya  ahamiyatiga  molik  ishlar  majmuasidan 

foydalanish  u`qituvchilarning  biologik  ta`lim  tarbiya  olishida  ahamiyatga  ega 

hisoblanadi. 

  Darsdan  tashqari  ishlar  sistemasidagi  barcha  ish  shakllari  bir-biri  bilan 

bog`lanadi va bir-birini to’ldirib boradi. 

Ta`limning  insonparvarlashuvi  inson  qobiliyatlarining  ochilishi  va  uning 

ta`limga  nisbatan  bo’lgan  turli  tuman  ehtiyojlarning  qondirilishi,  milliy  va 

umumbashariy  qadriyatlarning  ustuvorligining  ta`minlanishi  hamda  o’qitishni 

yuqori saviyaga ko’tarishga xizmat qiladi. 

  "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha 

muntazam  bilim  olishlarini  ta`minlash,  ulardagi  o’zlashtirish  ehtiyojini  qondirish, 

milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  ma`naviy-ahloqiy  fazilatlarni 

tarbiyalash,  mehnat ko’nikmalarini  shakllantirish,  ijodiy  fikrlash  va  atrof-muhitga 

ongli  munosabatda  bo’lish  sifatlarini  kuchaytirish  hamda  inson,  jamiyat  va  tabiat 

munosabatlarini  uyg`unlashtirish  ta`limning  insonparvarlashuvi  printsipi  orqali 

amalga  oshiriladi,  deb  ta`kidlanadi.  (Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  Toshkent 

1998). 


16 

 

  Ta`lim-tarbiya  tizimini  tubdan  o’zgartirish  borasida  qabul  qilingan 



yo’riqnoma  va  me`yoriy  qujjatlarda  kelajak  avlod  haqida  qayg’urish,  sog`lom  va 

barkamol  naslni  tarbiyalab  etishtirish  va  albatta,  o’qitishni  takomillashtirish, 

ta`lim-tarbiya  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyani  keng  joriy  etish, 

ta`limning  shakl  va  mazmunini  talab  darajasiga  ko’tarish  uchun    asosiy  e`tibor 

qaratilgan. 

  Respublikamizda  biologiya  ta`limining  pedagogik  asoslari  va  uni 

takomillashtirish  masalalari  bilan  shug`ullangan  Pratov,  O.Mavlanov  Biologiya 

o’qitish  nazariyasi  va  metodikasi  ixtisosligi  bo’yicha  hozirda  etakchi  biologik 

olimlardan hisoblanadi. (Avazov, 1993; Anorboev, 1970) 

  Biologiya  darslari  va  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarning  turli  jihatlari 

bo’yicha  A.  Azimov,  E.A.Dratva,  A.  Mamajonov,  W.T.Omonov,  M.Đ.Umarov,  J. 

Fayozov,  Sh.  Јuvvatov  va  boshqalar  ilmiy-metodik  tadqiqotlar  olib  borishgan  va 

nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan. Lekin, afsuski, aksariyat hollarda tashkil 

etilgan  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  dars  bilan  uzviy  bog`lanmasdan  alohida-

alohida tarzda sinf darsidan ajralib qolganligi ma`lum. 

  Hanuzgacha  respublikamiz  maktablarida  Biologiya  o’qitish  jarayonida  

darsni  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  bilan  bog`lash  va  uning  samaradorligini 

aniqlashga bag`ishlangan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmagan. Biologiya 

bo’yicha  darsdan  tashqari  ishlarni  ma`lum  sistema  asosida  tashkil  qilish  va  sinf 

darslari bilan bog`lab olib borish muammosini o’rganish natijasida: 

a) darsdan tashqari tashkil etilgan mashg`ulotlar tizimi va to’garak ishlarining 

rejalari ma`lum ilmiy asoslarsiz tuzilganligi; 

b)  o’quvchilarning  muntazam  nazariy  bilim  olishi  va  amaliy  malaka  hamda 

ko’nikmalar hosil qilishi masalasiga jiddiy  e`tibor berilmaganligi; 

v)  ayrim  maktablarda  biologiyadan  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarning  juda 

oz  turlari  olib  borilayotgan  bo’lsa  ham  ularni  sinf  darsi  bilan  chambarchas 

bog`lashga e`tibor berilmaganligi; 

g)  sinfdagi  darsni  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  bilan  bog`lashning 

pedagogik  samaradorligi,  uning  o’quv-tarbiya  ishlari  sifatiga  ta`siri,  Biologiya 


17 

 

o’qitishda  darsni  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  bilan  bog`lash  va  uning 



samaradorligi  masalasining  ilmiy-nazariy  va  ilmiy-amaliy  jihatdan  qay  darajada 

dolzarbligi,  maktab  Biologiya  ta`limi  jarayonida  uni  amalga  oshirish 

muammosining  o’rganilmaganligi    hamda,  bu  borada  o’qituvchilarga  yordam 

ko’rsatish  zarurati  ushbu  mavzuda  tadqiqot  ishlari  olib  borish  zarurligini  taqozo 

etdi va aynan shu tadqiqot ishini tanlash uchun asos bo’ldi. 

  Darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  yolg`iz  bir  maqsadni  ko’zda  tutib 

o’tkaziluvchi  jarayon  yoki  o’quvchilar  vaqtidan  eng  oqilona  foydalanish  vositasi 

emas,  balki  biologiya  o’qitish  jarayonining  tarkibiy  qismi  va  davomi  sifatida 

biologik bilimlarni chuqurlashtirish, biologik  tafakkurni shakllantirish va organik 

dunyoni  bilib  olish  hamda  undan  amalda  foydalanish  ko’nikma  va  malakalarini 

egallashga yordam beradigan omil hamdir. 

  O’rta 


maktabda 

biologiyadan 

o’tkaziluvchi 

darsdan 


tashqari 

mashg`ulotlarning afzalligi shuki, ular: 

  a)  o’quvchilarni  maqsadga  muvofiq  o’qitish,  ularni  keng  qamrovli  bilimga 

ega  qilish,  ularda  ilmiy  biologik  dunyoqarash  asoslarini  shakllantirish,  hamda 

ularning    mantiqiy  mushohada  yurita  oladigan  va  biologik  ishlab  chiqarish 

asoslarini  teran  tasavvur  qila  oladigan  shaxslar  darajasigacha  ko’tarilishi  uchun 

zarur  bo’lgan  biologik  ma`lumotlarni  olishi  va  malakalarni  egallashiga  yordam 

beradi; 


  b)  Biologiyaga  qiziquvchi  o’quvchilarning  biologik  eksperimentga  bo’lgan 

talablarini  qondirish  hamda  ayrim  nazariy  masalalarni  amaliyotga  bog`lab  hal 

qilishga ko’maklashadi; 

  Darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  maktablardagi  umumiy  pedagogik 

jarayonning muhim tarkibiy qismiga aylansa, ,iologiya o’qitish jarayonida sinfdan 

tashqari mashg`ulotlar mantiqan va mazmunan sinf darsi bilan bog`lab olib borilsa, 

dars  va  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarda  o’quvchilar  tajribalar  va  laboratoriya 

ishlarini bajarishning texnikasi va metodikasini egallagan hamda bu borada tegishli 

bilim,  ko’nikma  va  malakaga  ega  bo’lsalar,  ,iologiyadan  darsda  olingan  nazariy 

bilimlar  sinfdan  tashqari  mashg`ulotlardagi  ularning  amaliy  faoliyatlarida 



18 

 

muntazam  ravishda  mustahkamlanib  borilsa,  ,iologiya  o’qitishni  takomillashtirish 



maqsadida  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarning  yangi  va  o’ziga  xos  variantlari 

ishlab  chiqilsa,  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarni  sinf  darsi  bilan  uzviyligini 

ta`minlab,  dars  va  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarda  predmetlararo  aloqa  keng 

miqiyosda  yo’lga  qo’yilsa  Biologiya  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarning  bilim 

saviyasi yuqori bo’lishi ta`minlanadi. 

 

3.2.   BĐOLOGĐYADA DARSDAN TASHQARĐ ĐSHLARNĐ DARS 



BĐLAN BOG`LASH AFZALLĐKLARĐ 

 

Hozirgi davrda  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  jamiyatning  yashash  va  faoliyat 

ko’rsatish  uslubini  tubdan  o’zgartirish,  milliy  va  demokratik  jamiyat  barpo  etish 

jarayoni sodir bo’lmoqda. Shu bois, shaxsning shakllanishi, uning milliy o’zligini 

anglash  muammosi  o’ta  dolzarb  bo’lib  qolmoqda.  Yosh  avlodga  ta`lim-tarbiya 

berish  berish  jarayonini  takomillashtirish  uchun  umumjahon  pedagogikasida 

erishilgan yutuqlar bilan birgalikda milliy pedagogikamizning o’ziga xos jihatlarini 

ham  asos qilib olish zarur. 

  Shu 

asnoda, 


oliy 

darajadagi 

qadriyatlarimiz 

bo’lmish 

Sharq 

mutafakkirlarining  ta`lim-tarbiya  metodlaridan  ijodiy  tarzda  foydalanishimiz 



zaruriyati tuQilmoqda. 

  Sharq  qomusiy  olimlari  pedagogika  muammolariga,  ta`lim-tarbiyaning 

maqsadi,  mazmuni,  shakl  va  uslublariga  doimo  jiddiy    e`tibor  bilan  qaraganlar. 

Ular  har  qanday  shaxsning  aqliy  mehnat  jarayonida  shakllanishiga  qat`iy 

ishonganlar. 

  Masalan,  Al-Kindiyning  fanlar  klassifikatsiyasiga  muvofiq  ta`limda 

muntazamlik  va  muammolilik  doimiy  etakchi  bo’lishi  shartligi  ta`kidlanadi. 

Farobiyning  ilmiy  ishlari  mantiqidan  ta`lim  ommaviy  va  umumiy  xarakterda, 

barcha  uchun  majburiy  bo’lishi  zarurligi  anglashiladi.  Beruniy  esa  ta`limning 

muhim  masalasi  –  ta`lim  jarayonida  bolalarni  amaliyotda  sinalgan  ishonchli 

dalillar  bilan  qurollatirishdir,  deb  hisoblaydi.  Uning  ta`kidlashicha,  ta`lim 


19 

 

ko’rsatmali,  maqsadli,  muayyan  tartibga  asoslangan  bo’lmog`i  lozim  va 



ko’rsatmalilik ta`limni aniq, yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash, 

mushohada yuritishni o’stiradi (Rasulov, Omonov, 1984; Gofurov, Tolipova 

1992, 2002: Sayidaxmedov, 2005: Yo’ldoshev, 2004: Dinglee,1949). 

  Đbn  Sinoning  ta`kidlashicha,  inson  narsa  va  hodisalarning  tashqi  jihatlarini, 

ko’rinishini  o’rganib,  uni  yanada  chuqurroq  bilishga  intiladi.  Narsalarning  aslini 

yoki ularning suratini ko’rish orqali kishida ular haqida ma`lum bir tasavvur hosil 

bo’ladi,  deb  o’z  fikrini  bayon  qilgan  edi.  (Abu  Ali 

bn  Sina  i  estestvenn e 

nauki, 1987. 19 b). 

  Mutafakkirlarning  fikricha,  har  qanday  pedagogik  jarayon  o’quvchilarning 

ongli  faoliyatini,  ularning  mantiqiy  mushohada  yuritishini  faollashtiruvga 

yo’naltirilgandir.  Chunki  anglashilmagan  hodisalar  anglashilgan  hodisalar  orqali 

tushuniladi,  tajriba  asosida  esa  yangilik  o’zlashtiriladi.  (Avazov,  1993; 

Anorboev, 1970).  

  Respublikamiz  mustaqillikka  erishishi  bilan  uning  ijtimoiy-iqtisodiy, 

ma`naviy-ma`rifiy va siyosiy hayotida ulkan o’zgarishlar yuz berdi. Shu jumladan, 

maorif  sohasida  ham  ta`lim-tarbiyani  yuqori  saviyaga  ko’tarish  uchun  tub 

burilishlar  yasaldi.  Ayniqsa,  bu  borada  «Ta`lim  to’g`risida»gi  va  «Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi»  haqidagi  qonunlarning  qabul  qilinishi  muhim  voqea 

bo’ldi.  (Karimov  Đ.A.  O’zbekiston  XXI  asr  bwsag`asida:  xavfsizlikka  taqdid, 

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent, O’zbekiston, 1997, -37). 

  Ta`lim  va  tarbiyaning  insonparvar  demokratik  xarakterda  ekanligi, 

ta`limning  uzluksizligi  va  izchilligi,  umumiy  o’rta,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta`limining  majburiyligi,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limining  yo’nalishlarga 

egaligi,  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kollejida  o’qishni  tanlashning 

ixtiyoriyligi,  ta`limning  dunyoviy  xarakterda  ekanligi,  davlat  ta`lim  standartlari 

doirasida  ta`lim  olishning  ochiqligi,  ta`lim  dasturlarini  tanlashda  yagona  va 

tabaqalashtirilgan 

yondashuv 

mavjudligi, 

bilimli 

va 


iste`dodlilarni 

rag’batlantirishning  yo’lga  qo’yilganligi,  ta`lim  tizimida  davlat  va  jamoat 



20 

 

boshqaruvining  uyg`unlashtirilishi  kabilar  ta`lim  sohasidagi  islohotlarning  o’zbek 



modeli uchun o’ziga xos jihatlardir. 

  «Ta`lim  to’g`risida»gi  qonun  umumiy  o’rta  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar 

ta`limi  standartlari  orqali  sifatli  ta`lim  olish,  shuningdek,  ta`lim  va  kasb-hunar 

tayyorgarligining  shakllari  va  turlarini  tanlash,  uzluksiz  malaka  oshirib  borish  va 

zarurat  bo’lganda  tegishli  qayta  tayyorgarlikdan  o’tish  huquqini  va  keng 

imkoniyatlarni kafolatlaydi. 

  Yurtboshimiz Đ.A. Karimov ta`kidlaganlaridek,   «Ta`lim 

to’g`risida»gi 

qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  tasodifan  paydo  bo’lgani  yo’q-bu 

aynan  shu  xalqimizning  qon-qoniga  singigan  ma`rifat  qonuniyatining  davomidir 

(Barkamol avlod orzusi, 2000)  

Ta`lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini 

ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib 

ongni  o’zgartirib  bo’lmaydi.  Ongni,  tafakkurni  o’zgartirmasdan  turib  esa  biz 

ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib  bo’lmaydi (Qurbonov 

SH, Saidov K, Aqliddinov R, 2000)   

Biologiya fani va uni o’qitish jarayonini yaxshilash maqsadida turli xil o’quv 

qo’llanmalari,  reja  va  dasturlar,  metodik  adabiyotlar  yaratilmoqda.  (Abdusamatov 

va boshq., 2001, Jo’raev, 1993: 2002; Zakaznova , 1986). 

 O’zbekiston Respublikasida davom etayotgan ta`lim tizimini isloh qilishning 

asosiy  yo’nalishlarida  yosh  avlodga  fan  asoslarini  chuqurroq  o’rgatish  va  shu 

bilimlarni  amaliyotda  qo’llash  malakalarini  hosil  qilish  maktablarning  muhim 

vazifasi ekanligi qayd etiladi. Bu vazifalarni hal qilish o’qitishni takomillashtirish, 

xususan,  sinfdan  tashqari  mashg`ulotlarda  turli  didaktik  vositalardan  yalpi 

foydalanishni taqozo   etadi. (Abdusamatov, 2001).  

Biologiya  o’qitishda  natural  ob`ektlar  (moddalarning  namunalari)  Biologik 

eksperiment jihozlari, tasviriy va simvolik qo’llanmalar (Biologik eksperimentlarni 

belgilari  va  Biologik  formula  yozilgan  kartochkalar),  jadvallar,  texnika  vositalari, 

asboblar, apparatlar kabi didaktik vositalar keng qo’llaniladi. 


21 

 

Ko’rsatmali 



didaktik 

vositalar 

o’quv 

jarayoni 



qatnashchilarining 

faollashuviga,  o’quvchilarning  mustaqil  ishini  to’g`ri  va  to’liq  tashkil  etishga 

ko’maklashibgina  qolmay,  balki  uquv  va  malakalar  hosil  qilishning  ham  asosiy 

quroli hisoblanadi. 

Didaktik  vositalardan  birgalikda  foydalanishda  o’qituvchi  ma`lum  bir  o’quv 

materialini  takrorlash  yoki  o’rgatishda  turli  vositalardan  foydalanish  qancha  vaqt 

olishi,  shuningdek,  ko’rsatmali  vositalar  bir-birini  takrorlamasligi  va  bir-birini 

to’ldirishiga e`tibor beradi. 

Masalan,  biror  biologik  ishlab  chiqarishni  o’rganishda,  avval  uning  suratini 

ko’rsatish  ishlab  chiqarish  apparatlarining  tashqi  ko’rinishi  haqida  tasavvur  hosil 

qilsa,  undan  keyin  namoyish  qilinadigan  shu  ishlab  chiqarish  sxemasi 

apparatlarning  ichki  tuzilishini  ancha  yaqqol  ko’rishga  imkon  beradi  (Dorfman 

Ya.G. Lavuaz`e, 1743-1794, 1962: Dratva, 1969) 

A.  Tolipovning  ilmiy  tadqiqot  ishi  o’rta  maktab  biologiya  kursini  o’qishda 

biologik  eksperiment  va  tasvirli  ko’rgazmali  qurollarning  ahamiyati  xususida 

bo’lib,  biologiya  o’qitish  jarayonida  ma`lum  mavzu  yuzasidan  yoki  ma`lum  bob 

tugagandan  keyin  o’tkaziladigan  biologik  eksperiment  va  tasvirli  ko’rgazmali 

vositalar  o’quvchilarning  biologik  tushunchalarni  oson  o’zlashtirib  olish 

imkoniyatini yaratishi qayd etilgan.  

A.V.  Gottning  «Texnik  vositalardan  foydalanib  o’tkaziladigan  darsdan 

tashqari mashg`ulotlarning o’quv-tarbiya jarayonidagi roli» nomli dissertatsiyasida 

darsdan  tashqari  mashg`ulotlarning  mazmuni  va  shakllari  xususida  ma`lumot 

berilib, darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil etish yo’llari ta`kidlanadi. Darsdan 

tashqari  mashg`ulotlarda  texnik  vositalardan  oqilona,  o’z  o’rnida  va  to’g`ri 

foydalanish  o’quvchilarning  ta`lim  olishlari  bilan  birga  tarbiyaviy  tomonlardan 

ham  juda  yaxshi  yordam  berishi  ilmiy  asosda  ochib  berilgan  (Dorfman  Ya.G. 

Lavuaz`e, 1743-1794, 1962: Dratva, 1969)  

A. Azimov «Biologik eksperiment-o’rta maktab o’quvchilarida biologiyaning 

nazariy  tushunchalarini  rivojlantirish  vositalaridan  biri  sifatida»  nomli 

qo’lyozmasida  amaliy  ishlarning  biologiya  ta`limidagi  roli  va    o’quvchilarning 



22 

 

o’zlari  bajaradigan  tajribalarni  analiz  qilib,  tajriba  asosida  xulosa  va  natijalarni 



yig`ish, nazariyaning amaliyotga bog`lab berilishiga e`tiborni qaratadi. [7]. 

M.Đ.  Umarovning  dissertatsiyasida  «Paxta  kimyosi»  maxsus  fakul`tativ 

kursini  tashkil  etish  va  uni  O’zbekiston  maktablarida  o’qitish  metodikasi  ilmiy 

asosda  ishlab  chiqilgan.  Bu  mashg`ulotlarda  paxta  kimyosi,    g`o’zaning 

kimyoviyviy  komponentlari,  ularni  kompleks  qayta  ishlash  kabi  tushunchalarni 

o’quvchilar  ongiga  singdirishga  e`tibor  qaratiladi

  (

Abdusamatov

2001


Tolipova 

J.O. G’afurov. A.T.

2002



Sayidaxmedov.N.

, 2005). 

O’rta  maktab  zoologiya  kursini  o’qitishda  sinfdan  tashqari  ishlarni  izchillik 

bilan  tashkil  etish,  ularning  shakllari,  ularni  dars  bilan  bog`lash  haqida  bo’lib, 

zoologiya bo’yicha tashkil qilinadigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni, 

mahalliy  hayvonlarni  o’rganish  va  ularni  muhofaza  qilish,  zararkunanda 

hayvonlarga  qarshi  kurash,  foydali  hayvonlarni  boqish,  parvarish  qilish  hamda 

ularning  hayotini  o’rganish  borasida  tajriba  va  kuzatishlar  olib  borish  kabi  o’quv 

tarbiya  molik  ishlarini  o’z  ichiga  olgan.  Zoologiya  kursini  o’qitishda  sinfdan 

tashqari  mashg`ulotlarning  tashkiliy  shakllari  xilma-xil  bo’lib,  ularni  zoologiya 

kursini o’qitishda sinfdagi dars bilan bog`lab olib borishni amalga oshirish tufayli 

o’quvchilar  mahalliy  materiallarni  chuqurroq  o’rganish  imkoniyatiga  ega 

bo’lishlari  ta`kidlash mumkin.  Tabiiy  fanlarni o’qitish  amaliyotida darsni  darsdan 

tashqari  ishlar  bilan  bog`lash  masalalarini  birinchi  marta  tadqiq  qilish  evaziga 

yaratilgan ilmiy ishlar anchagina. 

Tadqiqotchi  va  olimlarning  bu  boradagi  ilmiy  ishlari  tahlili  kuyidagi 

xulosalarga  olib  keladi,  ya`niy  o’quvchilarning  dars  va  sinfdan  tashqari  tashkil 

qilingan  mashg`ulotlarga  qiziqishini  tarbiyalashga  aloqador  turli  uslublar  tavsiya 

etiladi, bular: 

1. O’quvchilarning biologiya bo’yicha bilim saviyasi va ijodkorligini  aniqlab, 

ularga  darslik  bo’yicha  va  qo’shimcha  adabiyotlardan  topshiriqlar  berish  orqali 

ularda ushbu mashg`ulotlarga havas uyg`otish. 

2. Mashg`ulotlarga qatnashib, chuqur bilimga ega bo’lishlari tufayli kelajakda 

egallashlari lozim bo’lgan sohalarga qiziqishlarini orttirish. 


23 

 

3.  Dars  va  sinfdan  tashqari  mashg`ulotlarda  turli  xil  o’quv–tarbiyaviy 



tadbirlarni tashkil etish orqali o’quvchilarning bilish faolliklarini kuchaytirish. 

Bunday  mustaqil  ishlarni  bajarishda  nazariy  bilimlarni  qo’llay  olish,  turli 

biologik masalalarni echish, turli yo’nalishdagi amaliy muolajalarni bajarish, o’quv 

adabiyotlari bilan ishlash hamda biologiyaga oid ommaviy tadbirlarni o’tkaza olish 

ko’nikmalarini  shakllantirish  (ishni  reja  asosida  tashkil  etish,  atrofdagilarga 

yordam  berish,  natijalarni  birgalikda  muhokama  etish)  asosiy  rol`  o’ynaydi. 

O’quvchi  yoshlarning  diqqatini  tortish  maqsadida  alohida  o’ziga  xos  va  betakror 

vazifalar  bilan  omixta    o’quv  tadbirlarini  qo’llash  mumkinligiga  urg`u  berish 

lozim. 

4.  Keng  ko’lamli  o’qitish  uslublaridan  foydalanib  –  ma’ruza, 



seminar,  konsultatsiya,  zachyot  va  o’yinlar  tarzidagi  mashg`ulotlarni 

tashkil etish orqali o’quvchilarning qiziqishlarini rivojlantirish mumkinligi 

aytilgan  (Abdusamatov, 2001. 

 «Biologik  viktorinalar»  nomli  risolada  o’rta  maktablarda  biologiya  fanini 

puxta  o’qitish,  ta`lim  jarayonini  qiziqarli  uyushtirish,  sinfdan  tashqari 

mashg`ulotlarni  mazmunliroq  o’tkazish  vositalaridan  biri  sifatida  ma`lum 

mavzular  bo’yicha  Biologik  viktorinalar  o’tkazish  maqsadga  muvofiqligi 

ta`kidlanadi.  Viktorina  savollariga  javob  berish  o’quvchilarda  fikrlash  qobilitini 

rivojlantiradi va hozirjavoblikni orttiradi, javoblarga aloqador tajribalarni o’tkazish 

orqali ularda amaliy mashg`ulotlarni bajarishning o’quv va malakalari shakllanadi. 

«Maktabda  biologiya  darslari»  jurnalida  chop  etilgan  qator  maqolalarda 

biologiya  haftaligini  o’tkazish  o’quvchilarning  olgan  bilimlarini  kengaytirish  va 

ularni  biologiyaga  doir  tajribalarini  mustaqil  bajarishga  o’rgatish,  taniqli 

biologiyagar  olimlarning  hayoti  va  ilmiy  faoliyatlari,  biologiyaning  turmush 

hamda ishlab chiqarishda tutgan o’rni bilan tanishtirish, qolaversa, o’quvchilarning 

kelajakda biologiya sohasiga aloqador kasb-korlarni egallashlari uchun omil bo’lib 

xizmat qilajagi ta`kidlanadi (Sayidaxmedov.N., 2005  Yo’ldoshev J.G’.2004).  

Biologiya bo’yicha sinfdan tashqari ishlarni yoritishga bag`ishlargan metodik 

qo’llanmada  Biologiyadan  sinfdan  tashqari  tarzda  o’tkaziladigan  mashg`ulotlar 


24 

 

to’g`risida atroflicha ma`lumot olish mumkin, ammo bu ishlarni bevosita sinf darsi 



bilan  bog`lash  xususida,  ya`ni  darsdan  tashqari  mashg`ulot  bilan  sinf  darsini 

uzviyligini  ta`minlash  va  uning  o’quvchilar  bilim  saviyasiga  ta`siri  haqida  jiddiy 

ma`lumotlar mazkur asarda o’z aksini topmagan. (Anorboev, 1970) 

 Đlmiy  va  metodik  adabiyotlar  taxlili  shuni  ko’rsatadiki,    to’garak 

mashg`ulotlarini asosan 4 guruhga ajratish mumkin: 

1.  Muntazam  shug`ullanish  uchun  tuziladigan  to’garaklarning  vazifasi 

o’quvchilarni  fanga  jalb  qilish,  ularga  moddalar  bilan  ishlashning  texnikasi  va 

metodikasini o’rgatishdan iborat. 

2.  Maktab  o’quv  dasturiga  muvofiqlashtirilgan  to’garaklarning  vazifasi  esa 

darsda olingan bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat bo’lib, ular darsning bevosita 

davomi sifatida amalga oshiriladi. 

3. O’quvchilarning amaliy faoliyatlariga yo’naltirilgan to’garaklar. 

4. Ma`lum bir biologik eksperiment yoki jumboqli tajribani ilmiy asoslashga 

qaratilgan  to’garaklarning  dasturi  maktab  o’quv  dasturidan  ajralgan  holda 

biologiyaning  alohida  bir  bo’limini  chuqur  o’rganish  uchun  tuziladi  va  ishlar  shu 

yo’nalishda tashkil etiladi (Anorboev, 1970). 

 Ma`lumki, moddiy olamda son-sanoqsiz biologik hodisalar yuz berib turadi. 

Ularni  tabiiy  sharoitda  kuzatish  bilan    jarayonlarning  mohiyatini  tushunib  etish 

ancha mushkul. Ma`lumki, biologik jarayonning sodir bo’lishi bir vaqtning o’zida 

bir  necha  xil  sabablarga  bog`liq  bo’lib,  ularning  qaysi  biri  qanday  ta`sir 

etayotganini darhol anglab olish ancha qiyindir. 

Bunday  sharoitda  biologiya  darslari  va  darsdan  tashqari  o’tkaziladigan 

tajribalar  alohida  ahamiyatga  molik.  Biologik  tajriba  o’quvchilarda  nazariy 

bilimlarni  mustahkamlaydi  ekologik  e`tiqodni,  mehnatga  to’g`ri  munosabatni 

shakllantiradi, o’quvchilarni ilmiy izlanishga chorlaydi. 

Shuning  uchun  maktablarda  biologiya  o’qitishning  amaldagi  dasturida 

biologik  tajribalarga  katta  o’rin  berilgan.  Lekin  mavjud  qo’llanmalarda  berilgan 

tajribalar  biologik  hodisa  va  jarayonlarning  tub  mohiyatini  tushunib  olish  uchun 

etarli emas. 


25 

 

Darsdan  tashqari  ishlarni  tashkil  etish  va  o’tkazishning  u  yoki  bu  jihatlarini 



yoritish maqsadida yozilgan manbalar ham bunday tadbirlar metodikasini to’la aks 

ettirmaydi.  Biologiya  to’garaklari,  kechalar,  uy  eksperimentlari,  biologiyagarlar 

klubi  va  jamiyati,  olimpiada  va  ekskursiyalar  shu  jumladandir  (Avazov,  1993; 

Anorboev,  1970;  Dorfman  Ya.G.  Lavuaz`e,  1743-1794,  1962:  Dratva, 

1969) 

Bu qo’llanmalarning aksariyatida  o’quv rejasiga muvofiq  o’tkazilishi lozim 



bo’lgan  amaliy  mashg`ulotlarning  aksariyatini  bajarish  yo’llari  batafsil  yoritilgan 

bo’lsada, ularda biologiya bo’yicha darsdan tashqari mashg`ulotlarni qaysi sistema 

asosida  hamda  qanday  tashkil  etish  va  ularni  sinf  darsi  bilan  qay  tarzda  bog`lash 

haqida hech qanday fikr bildirilmagan. 

Biologiya o’qitish jarayonida darsdan tashqari mashg`ulotlarning mazmun va 

mohiyatini  darslikdagi  mavzular  va  Biologiya  amaliyoti  bilan  bog`lash  hamda 

Biologiya  ta`limining  ekologik  tamoyilini    kuchaytirgan  holda  o’quvchilarga 

ekologik ta`lim-tarbiya berish masalalari mazkur dissertatsiyaning asosiy predmeti 

sifatida tadqiq etildi. 

Đ

nsonning tabiatga ta`siri juda qadim zamonlardan boshlanib, borgan sari orta 



bordi. Đlmiy - texnika inqilobi, xo’jalik faoliyatini noto’g`ri yuritish, aholi sonining 

ortishi  natijasida  havo,  tuproq  va  suvning  ifloslanishi  beqiyos  oshdi 

(Abdusamatov,2001) 

Natijada  ekologik  muammolar  hozirgi  zamonning  keng  miqyosdagi  ijtimoiy 

muammolaridan  biriga  aylandi.  Biologiya  va  uning  texnologiyasi  geobioekologik 

inqirozning  echimini  topishda  qudratli  omil  bo’la  oladi.  (Tolipova  J.O.  G’afurov. 

A.T., 2002). 

 Darvoqe,  insoniyat  va  jamiyatning  sivilizatsiyasi  Biologiya  fani  va  sanoati 

evaziga sodir bo’lganki, endi bu borada inson uchun ortga qaytish uchun yo’l yo’q  

S.M.  Fayzullaevning  ilmiy  ishida  predmetlararo  aloqa  muammosining 

metodologik  asoslari  va  uning  adabiyotlarda  yoritilish holati keltirilgan.  VII-XI – 

sinf  fizika  kursining  bir  necha  mavzulari  ekologik  mazmundagi  materiallar  bilan 

boyitilgan.  Fizika  darslarini  fanlararo  aloqadan  foydalanib  turli  shakllarda 


26 

 

o’tkazishga  harakat  qilingan.  Lekin  bu  darslarda  o’quvchilarning  bilishi  lozim 



bo’lgan  ekologik  bilimlar  mazmuni,  ularning  xususiyatlari  va  ulardan  oqilona 

foydalanish masalasi ochib berilmagan (Yo’ldoshev J.G’.2004)  

Sh. 

Avazovning 



nomzodlik 

ishi 


qishloq 

maktablari 

yuqori 

sinf 


o’quvchilarining  darsdan  tashqari  ekologik  o’lkashunoslik  faoliyati  jarayoni  va 

ularning 

ekologik 

tarbiyasi 

samaradorligini 

oshirishga 

bag`ishlangan 

(Sayidaxmedov.N., 2005). 

Keyingi  yillarda  biologiya  o’qitish  nazariyasi  va  metodikasining  ko’pgina 

umumiy  va  xususiy  masalalariga  bag`ishlangan  tadqiqotlar  bajarilgan  bo’lsada, 

darsdan  tashqari  ishlarni  dars  bilan  bog`lab  borish  haqida  hech  qanday  maqola 

e`lon qilinmagan. (Tolipova J.O. G’afurov. A.T., 2002).  

Bundan  tashqari,  bir  qator  maktablardagi  biologiya  o’qituvchilarining  ish 

tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki: 

Ayrim  maktablarda  biologiyadan  to’garak  tashkil  etilib  ish  yuritayotgan 

bo’lsa ham, o’qituvchilarning ma`lum reja asosida sinfdan tashqari ishlarni tashkil 

etishga  etarli  e`tibor  bermayotganligi  tufayli  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  sinf 

darsidan qandaydir darajada ajralib qolgan. 

O’quvchilarga  biologiya  kursini  o’rgatish  bilan  birga  darsdan  tashqari  ishlar 

muntazam amalga oshiriladigan tizim  asosida tashkil etilmagan. O’quvchilarning 

sinfda  olgan  bilimlari  bilan  bog`liq  holda  mustaqil  va  kollektiv  bo’lib 

o’tkaziladigan  turli  tajribalar,  amaliy  ishlar  va  qo’shimcha  nazariy  materiallarga 

etarli darajada e`tibor berilmayapti 

Biologiya kursi materiallari mazmuniga mos tarzda Biologik ishlab chiqarish 

jarayonlarini  kuzatish  va  o’rganish  maqsadida  turli  Biologik  korxonalarga 

ekskursiyalar  faqat  ayrim  maktablardagina  tashkil  etilgan  bo’lib,  ularda  ham 

ekskursiyalar  yuzaki  uyushtirilmoqda  va  sinfda  olingan  nazariy  bilimlarga  uzviy 

ravishda bog’lanmasdan qolib ketmoqda. 

Respublikamizda  darsdan  tashqari  ishlarni  yaxshi  yo’lga  qo’ygan  Biologiya 

o’qituvchilarining  ish  tajribalarini  o’rganish,  umumlashtirish  va    ommlashtirish 

ham qoniqarsiz ahvoldadir. 


27 

 

Ayrim maktablarda biologiya to’garaklari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa ham 



ulardagi  to’garak  ishining  rejasi  ma`lum  sistemaga  tushirilmagan  va  qat`iy 

izchillikka ega emas. 

Biologiyadan  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarda  ekologik  yo’nalishdagi 

pedagogik faoliyatga e`tibor berilmayapti. 

O’quvchilarning biologiya kursiga oid bo’lgan turli ilmiy, ilmiy-ommabop va 

maxsus  adabiyotlarni  o’qib,  o’z  bilimlarini  chuqurlashtirishlariga  kam  e`tibor 

berilmoqda. 

Darsdan  tashqari  ishlarni  tashkil  etish  va  ularni  sinf  darslari  bilan  bog`lash 

o’quvchilar  faolligini  oshirishning    eng  asosiy  omili  bo’lib,  u  o’quvchilar  bilim 

doiralarining  kengayib  borishi,    amaliy  ishlarni  bajara  olish  ko’nikma  va 

malakalarini  hosil  qilishi  hamda  tabiatga  muhabbat  va  ekologik  e`tiqodni 

shakllantirishga olib keladi. 

  Biologiya ta`limida sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o’tkazish orqali 

o’quvchilarga  ta`lim  tarbiya  berish  masalasi  biologiya  ta`limi  metodikasida, 

metodik  qo’llanmalarda,  ilmiy-tadqiqot  ishlari  va,  maqolalarda  o’z  ifodasini 

topgan.  Biz  biologiyadan  sinf  darslarini  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  sistemasi 

bilan  bog`lab  borishni  amalga  oshirish  va  uning  samaradorligini  aniqlash  uchun 

rejani  umumiy  o’rta  ta`lim  maktablarining  Biologiya  ta`limi  dasturini  hisobga 

olgan  holda  tuzdik.  Umumiy  o’rta  ta`lim  maktablarida  Biologiya  o’quv  predmeti 

o’quvchilarga  ta`lim  va  tarbiya  beruvchi  o’quv  predmetlaridan  biri  hisoblanib,  u 

biologiya fani asoslarini o’rgatadi. 

Biologiya  ta`limining maqsad va mazmuni sinf darslarida, darsdan va sinfdan 

tashqari  mashg`ulotlarda  biologiya  fani  asoslaridan  chuqur  bilim  berish,  amaliy 

ishlarni  bajarish  orqali  uquv,  ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilishdan  iboratdir. 

O’quvchilarga biologiya o’quv predmetidan puxta bilim berish va ularning amaliy 

faoliyatlarini  rivojlantirish  omillaridan  biri-sinf  darslari  bilan  darsdan  tashqari 

mashg`ulotlarning uzviyligini ta`minlashdan iboratdir. 

  To’plangan va o’rganilgan tajriba shuni ko’rsatadiki, sinf darslarini darsdan 

tashqari  mashg`ulotlar  bilan  bog`lab  amalga  oshirishda  asosiy  e`tibor 


28 

 

o’quvchilarning  mustaqil  ishlash  faoliyatlarini  rivojlantirishga  qaratiladi.  Bu 



ishlarni  tashkil  qilish  va  olib  borishda  o’qituvchining  rahbarligi  va  uning  aniq 

yo’llanmasi muhim o’rinni egallaydi. 

  Umumiy  o’rta  ta`lim  maktablarida  biologiya  predmetini  o’qitish  jarayonida 

sinfda o’rganilgan darsni darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab olib borish 

hamda  ularning  samaradorligini  oshirishda  bunday  tadbirlarning  mazmuni  va 

tashkiliy  shakllarini  aniq  belgilab  olish  muhim  ekanligini  nazarda  tutgan  holda 

maqsadni  amalga  oshirishga  harakat  qildik.  Umumiy  o’rta  ta`lim  maktablari 

biologiya  ta`limining  maqsadi  pedagogikaning  muhim  tarmog`i    hisoblangan  

didaktik    tamoyillarga    asoslangan    holda  o’quv-tarbiya  jarayonida  o’quvchilarni 

qurshab turgan va amalda sodir bo’ladigan biologik jarayonlarning qonuniyatlarini 

ular ongida shakllantirish orqali ularning bilish faoliyatini faollashtirish natijasida 

biologiya fani asoslaridan nazariy bilim olishlari, amaliy ko’nikma va malaka hosil 

qilishlarini ta`minlashdan iboratdir. 

  Shunday  qilib,  umumiy  o’rta  ta`lim  maktablarida  biologiya  o’qitishda 

darsdan  tashqari  mashg`ulotlarni  sinf  darslari  bilan    bog`lashning  maqsad  va 

mazmuni, asosan quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: 

  1.  O’quvchilar  ongida  modda  va  uning  tuzilishi,  xossalari,  olinishi  va 

ishlatilishiga  mansub  bo’lgan  Biologik  tasavvur  va  tushunchalarni  shakllantirish 

orqali ularning tabiiy-ilmiy va Biologik bilim olishlarini ta`minlash. 

  2.  Biologik  jarayonlar  va  ularning  sodir  bo’lish  qonuniyatlarini  o’quvchilar 

ongiga singdirish. 

  3.  O’quv  ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilish  orqali  biologiya  eksperimenti 

texnikasi va metodikasini egallashlariga erishi. 

  4. O’quvchilarda ekologik va estetik tafakkurni shakllantirish. 

  5.  Vatanga,  jamiyatga,  tabiatga  va  biologiya  faniga  bo’lgan  g`oyaviy 

e`tiqodni rivojlantirish. 

  Umumiy  o’rta  ta`lim  maktablaridagi  biologiya  kursi  va  uning  o’quv 

predmeti  o’quvchilarni  olamning  umumilmiy  manzarasi  bilan  tanishtirish  va 



29 

 

ularning  barkamol  tarbiyasini  amalga  oshirish  uchun  keng  imkoniyatlariga  ega 



ekanligini hisobga olgan holda mazkur tadqiqotni rejalashtirdik va bajardik.  

  Biologiya  bo’yicha  darsdan  tashqari  ishlarning  samarali  variantlari  va  turli 

shakllaridan foydalanildi. Darsdan tashqari ishlar turli shakllarda tashkil qilinsada, 

ularning  mazmun  va  maqsadi  o’quv-tarbiya  masalasiga  qaratilishi  lozimligi 

ko’pgina metodik qo’llanmalarda o’z ifodasini topgan. 

Biologiya  o’qitish  metodikasida  darsdan  tashqari  ishlarning  quyidagi 

shakllariga to’liq to’xtalib va guruhga ajratishga bo’ladi. 

        1.Guruh tarzidagi ishlar. 

        2.Ommaviy ishlar. 

        3.Umumiy foydali mehnat. 

        4.Yakka tartibdagi ishlar. 

Fikrimizcha,  biologiya  bo’yicha  sinfdan  tashqari  ishlarni  sistemalashtirishda 

«osondan  qiyinga,  oddiydan  murakkabga»  qoidasiga  amal  qilish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Biologiyadan  tashkil  qilinadigan  sinfdan  tashqari  mashg`ulotlarni  tashkiliy 

shakllari haqida fikr yuritib ularni 3 guruhga bo’lishga buladi: 

a). Guruh bo’lib ishlash. 

b). Yalpi bo’lib ishlash. 

v). Yakka-yakka bo’lib ishlash. 

Muallif  har  qaysi  tashkiliy  shaklga  qisqacha  izoh  bergan  holda  o’z  fikrini 

bildiradi.  Bundan  tashqari  mazkur  darslikda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlar 

haqida umumiy ma`lumotlar ham berilgan. Bunda biologiyadan sinfdan tashqari va 

maktabdan tashqari ishlar bo’yicha metodistlarning fikrlari tahlil qilingan.  

Sinfdan  tashqari  ishlar  majmuasidan  iborat  yana  bir  qo’lanmada  esa  yosh 

biologlarning  jamiyatlari,  biologiya  haftaliklari,  o’quvchilar  konferentsiyalari, 

mavzuli  kechalar,  biologik  musobaqalar,  biologiya  muzeylari,  biologik  o’yinlar 

kabi tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish tavsiyalari berish mumkin. 

Yuqorida  nomlari  qayd  etilgan  usullardan  tashqari  ham  juda  ko’p  sonli  va 

taniqli  metodist  olimlar,  atoqli  biolog  olimlar  va  tajribali  o’qituvchilar,  biologiya 


30 

 

o’quv  predmeti  va  boshqa  o’quv  predmetlari  bo’yicha  sinfdan  tashqari  va 



maktabdan  tashqari  ishlarni  tashkil  qilish  va  uning  o’quv-tarbiyaviy  ahamiyatini 

ochib  berishda  o’zlarining  katta  hissalarini  qo’shganlar.  Ammo  shuni  aytish 

lozimki, biologiya darslarini sinfdan tashqari ishlar bilan bog`lab borishda uzviylik 

va  uzluksizlikni  ta`minlash,  ularning  mazmuni,  tashkiliy  shakllari,  sistemaliligi 

haqida fikr deyarli ochib berilmagan. 

Đ

lmiy  tadqiqotimizning  maqsadiga  muvofiq  biologiya  darslarini  darsdan 



tashqari  mashg`ulotlar  bilan  bog`lab  borishda  3  ta  tashkiliy  shakl  bo’yicha 

ishladik. 

1) O’quvchilarning yakka (individual) ishlari; 

2) O’quvchilarning guruhiy ishlari; 

3) O’quvchilarning ommaviy ishlari. 

Sinfdan tashqari ishlar sistemasidagi ayrim ish shakllari o’ziga xos mazmunga 

ega  bo’lishi  bilan  birga  ular  bir-birini  to’latib  boradi.  Darsdan  tashqari  ishlarning 

yuqorida bayon etilgan shakllari bo’yicha va ularni dars bilan o’zaro bog`lab olib 

borilganda  ishning  mazmuniga  ko’ra  turli  metod  va  metodik  usullardan 

foydalanildi.                                                     



31 

 

2-rasm Yakka tartibda o'qitish



 

 

 



 

O’qitish  -  o’qituvchi  uchun  ham,  o’quvchi  uchun  ham    aktiv  faoliyatdan 

iborat  bo’lib,  u  o’quvchilarning  kuzatuvchanlik  va  fikrlash  qobiliyatini 

rivojlantiradigan,  har  bir  bajarilgan  ishdan  xulosa  chiqarib  oladigan  va  jamiyatga 

foyda keltirish ruhida tarbiyalaydigan jarayondir. 

  O’quvchilar o’z tevarak atrofidagi ob`ektiv olamni tadqiq qilmaydilar, balki, 

uni o’z ixtiyorida mavjud bo’lgan ilmiy ma`lumotlar asosida sistemaga solingan va 

umumlashtirilgan holda o’rganadilar. 

  O’quvchilar  o’zlari  o’rganadigan  modda  va  jarayonlarning  aksariyatiga 

hayot  va  kunadlik  turmushda  ko’p  marta  duch  keladilar  hamda  bunday  narsa  va 

hodisalarni  birlamchi  tarzda  tasavvur  hosil  qiladilar.  o’qituvchi  o’quvchilarning 

hosil  qilgan  tasavvurlarini,  aniq  tushunchalar  va  real  bilimlar  darajasigacha  o’sib 

etishini  ta`minlamog`i  lozim  va  bunda  o’qitishning  turli  metodlari  va  usullaridan 


32 

 

foydalanib  ishlaydi  .  Bu  esa,  o’quvchilarga  bilishning  asosi  bo’lgan  fiziologik 



jarayonlar  mexanizmlari  yordamida  o’quv  materialini  to’la  idrok  etishlari  va 

anglab olishlariga imkon beradi. 

 

Biologiya ta`limi jarayonida o’qituvchining vazifasi o’quvchilarda moddalar 



va  ularning  tuzilishi,  xossalari  va  boshqalarga  oid  vujudga  keltirilgan  tuyg`ularni 

idrok darajasiga ko’tarish, ularning o’zaro bog`liqligini ta`minlash orqali umumiy 

tafakkurga aylantirishdan iboratdir (Yo’ldoshev J.G’.2004)  

  Biologiya  o’qituvchisining  faoliyati  tabiatdagi  modda  va  hodisalarning 

o’zaro  bog`liq  ekanligini  tabiatning  uzluksiz  ravishda  o’zgarib  turishi  va 

rivojlanishi,  miqdor  o’zgarishlarining  sifat  o’zgarishlariga  o’tishi,  qarama-

qarshiliklar  birligi  va  kurashi  to’g`risidagi  g’oyalarni  o’quvchilarga  singdirish 

orqali  tabiatni  o’zgartirish  va  undan  maqsadga  muvofiq  foydalanish  borasida 

Biologiya va uning sanoati bebaho ahamiyatga ega ekanligini uqtirishdan iboratdir. 

Biologik  ta`lim  va  tarbiya-olamning  ob`ektivligini,  tabiatning    moddiyligini, 

moddiy  dunyoning  abadiyligini,  olamni  bilib  olish  va  tirik  hamda  jonsiz  tabiatni 

o’zgartirish  mumkinligini  o’rganish  demakdir.  Uning  g`oyaviy-nazariy  tamoyili 

o’quvchilarda amaliy o’quv va malakalar hosil qilish bilan uzviy bog`lanib ketadi. 

Bu esa, o’z navbatida, o’qituvchi biologiya o’qitish jarayonida o’quvchilarni: 

a) organizmlarni bilib olish va ular bilan birga ishlay bilishga; 

b) Biologik hodisalar va qonunlarni  kuzatish va ularni izohlab berishga; 

v) Laboratoriya jihozlari bilan ishlay olishga; 

g) Ma`lum darajada biologik tajribalarni o’tkazishga; 

d) Biologik og`zaki va yozma nutq (til) dan foydalanishga; 

e) Biologiyadan mashq, masala va test topshiriqlarini  yechishga; 

j)  Biologik  bilimlar  manbalari  (kitoblar,  ilmiy  va  ommabop  risolalar, 

ma`lumotnoma va jamlanmalar, ko’rgazma va tarqatma materiallar) dan foydalana 

olishga sekin-asta o’rgatib borishi kerak  (Sayidaxmedov.N.

, 2005)  

  Biologiya  ta`limi  jarayonida  o’quvchilarning  darsdan  tashqari  ishlarini  sinf 

darslari  bilan  bog`lab  borish  orqali  o’quvchilarning  bilish  va  anglash  faoliyati 

faollashtiriladi,  ikkita  faoliyatning  o’zaro  uyg`unligi  natijasida  o’qitish  amalga 


33 

 

oshiriladi.  O’qituvchi  va  o’quvchilar  faoliyatining  uyg`unlashishi  natijasida 



o’quvchining bilish faoliyati rivojlanib borishi sodir bo’ladi, bu esa o’z navbatida 

o’quvchi shaxsining har tomonlama rivojlanib borishini ta`minlashga olib boradi.  

Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish  - 

har  bir  dars  yoki  mashg`ulotlarda  uzviylik  va  uzluksizlikni  ta`minlagan  holda 

o’quv  jarayonini  amalga  oshirish  imkonini  beradi.  Bunda  o’quv  materiallarining 

mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  o’qituvchi  bitta  metoddangina  foydalanib 

qolmay,  balki  omixta  yoki  ikki-uchta  metoddan  uyg`unlashtirilgan  holda 

foydalanishi  samarador  bo’ladi.  Demak,  o’quv  materiallarining  mazmuni  bilan 

foydalaniladigan metodlar o’rtasida o’zaro uzviylikni ta`minlash lozim.  

  Pedagogikada,  umuman  metodik  qo’llanmalarda  ta`lim-tarbiya  metodlarini 

turlicha  toifalashtiradilar.  Bu  toifalashtirishda,  pedagogikada  aytilgandek, 

metodlarni  bir-biriga  zid  holda  emas,  balki  ta`lim  jarayoniga  har  tomonlama 

ko’maklashish imkonini beradigan simbiotik majmua yaratilishi kerak.  

Yuqorida  bayon  etilgan  fikrlarni  rivojlantirib  va  sohaning  atoqli  metodist 

olimlari  merosiga  ijodiy  munosabat  bildirib,  ilg`or  tajribalarni  o’rganish  va 

kuzatuvlarimiz  xulosasi  o’laroq,  hamda  pedagogik  tajriba-sinov  natijalari  asosida 

ularni  quyidagi ikki guruhga ajratishni lozim topdik. 

1.  Bayon  qilish  metodlari  (so’zlab  berish,  suhbat,  hikoya,  lektsiya, 

ko’rsatmalilik). 

2.  O’quvchilarning  mustaqil  ishlash  metodlari  (laboratoriya  ishlari,  amaliy 

mashg`ulotlar,  Biologiyadan  masalalar  echish,  ko’rgazmali  qurollar  tayyorlash, 

kitoblar bilan ishlash, kuzatishlar olib borish, test savollari tuzish va h.k.). 

Bayon qilish metodining so’zlab berish va lektsiya o’qish kabi variantlari bir-

biriga  juda  yaqin  bo’lib,  bu  metodlar  orqali  o’quvchilarga  yangi  ma`lumotlar 

beriladi,  ma`lum  bo’lmagan  o’quv  materiallari  bayon  qilinadi.  Bu  monologik 

yondashuvdan iboratdir. 

Suhbat 

metodidan 



biologiya 

ta`limida 

keng 

foydalaniladi 



desak 

yanglishmaymiz. Chunki ko’p yillik tajriba va pedagogik tajriba- sinov ishlarining 

natijalari  suhbat  metodidan  foydalanish  o’quvchilarning  faolligini  oshirishga, 


34 

 

fikrlash  qobiliyatini  ortib  borishiga,  o’tilgan  mavzularning  yangi  o’tilishi  lozim 



bo’lgan  mavzular  bilan  uzviyligini  amalga  oshirish  orqali  taqqoslash,  xulosalar 

chiqarish  imkonini  berishini  ko’rsatdi.  Bu  jarayonda  biz  mashg`ulot  va 

topshiriqlarning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  tegishli  metod  va  metodik 

usullardan  foydalangan  holda  tajriba-sinov  ishlarini  olib  borishga  harakat  qildik. 

Yuqorida  bayon  etilgan  va  ta`lim  jarayonida  qo’llaniladigan  metodlar  turlicha 

bo’lib,  ulardan  bayon  qilish,  amaliy  va  mustaqil  ishlash  metodlarini  bir-biriga 

taqqoslagan  holda  fikr  yuritishni  lozim  topdik.  Amaliy  va  mustaqil  ishlash 

metodlari  Biologiya  o’qitishda  o’qituvchi  hamda  o’quvchilarning  faoliyatiga 

nihoyatda  bog`liq  bo’lib,  ularning  faol  ishtirok  etishlarini  taqozo  qiladi.  Bunda 

dialogik yondashuv ustunlik qiladi. 

Amaliy  metodda  o’quvchilarning  sinfda,  uyda,  Biologiya  laboratoriyasidagi 

ishlari  haqida  fikr  yuritilsa,  mustaqil  ishlash  metodida  ham  shu  ishlar  haqida  fikr 

bildiriladi.  Amaliy  metodda  ham,  mustaqil  ishlash  metodida  ham  o’qituvchi 

ishning  mazmuni  va  maqsadiga  qarab  o’quvchilarga  yo’llanma  yoki  topshiriq 

beradi.  O’quvchilar  esa  o’qituvchi  ko’rsatmasiga  muvofiq  ish  bajaradilar. 

o’qituvchi  ishni  uyushtirish,  bajarish  va  yakunlash  davrida  faol  rahbarlik  qilsa, 

o’quvchilar ham ishni bajarishda va yakunlashda faol qatnashadilar. 

Demak,  o’qituvchi  va  o’quvchilarning  faol  faoliyatiga  bog`liq  holda  har 

qanday shakldagi amaliy ishlar bir butun holda shakllanadi va yuzaga chiqadi.  

Sinfdan  tashqari  ishlarning  sinfda  o’tilgan  darslar  bilan  bog`lashda 

foydalaniladigan bayon qilish metodining ikkinchi varianti hikoya metodidir. 

Bunda o’qituvchi mashg`ulot mavzusiga oid bo’lgan ma`lumotni qo’shimcha 

adabiyotlardan  foydalanib  hikoya  qilib  beradi.  Masalan,  «Tabiatda  suv  va  uning 

ishlatilishi» haqidagi ma`lumotlar hikoya metodi bilan beriladi. Shuningdek, bayon 

qilish metodining uchinchi turi lektsiyadan ham keng miqyosda foydalaniladi. 

Biologiya  bo’yicha  darsdan  tashqari  ishlarni  tashkil  qilish  va  ularni  sinfda 

o’tilgan  dastur  materiallariga  bog`lash,  dasturdagi  bilimlar  tizimiga  qo’shimcha 

nazariy  bilim  berish  hamda  amaliy  malaka  hosil  qilish  va  ta`lim-tarbiya  ishlarini 

yaxshi  yo’lga  qo’yuvchi  omillardan  biri  mustaqil  ishlar  metodi  hisoblanadi. 


35 

 

Mustaqil ishlar metodi ham sinfda o’tilgan mavzularni darsdan tashqari ishlar bilan 



bog`lashda  qo’llaniladigan  muhim  metodlardan  biri  hisoblanib,  o’quvchilar 

faoliyatini  rivojlantiradi.  Mustaqil  ishlar  metodi  o’quvchilar  tomonidan 

bajariladigan darsdan tashqari ishlarning deyarli hamma shakllariga daxldor bo’lib, 

mashg`ulotlar va topshiriqlarning samarali o’tkazilishida katta yordam beradi.  

O’quvchilar  bajaradigan  mustaqil  ishlarning  qaysi  turi  bo’lmasin, 

o’qituvchining  bergan  yo’llanmasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  har 

qanday tanlangan va rejalashtirilgan mustaqil ish umumpedagogik qoidalarga rioya 

qilingan holda o’quvchilarning qiziqishiga muvofiq bo’lishini ta`minlashni taqozo 

qiladi.  

Biologiya  ta`limida  o’quvchilarning  darsdan  tashqari  mustaqil  ishlariga 

kitoblar  bilan  ishlash,  biologik  asboblar  yasash  va  ular  yordamida  tajribalarni 

o’tkazib,  kuzatishlar  olib  borish,  turli  ko’rgazmali  qurollar  tayyorlash,  biologiya 

kabinetida,  uyda,  laboratoriya  xonasida  tajriba  ishlarini  olib  borish,  ekskursiya 

davomida  yig`ilgan  materiallarni  qayta  ishlash,  turli  amaliy  ishlar,  har  xil 

mavzularda ma`ruzalar tayyorlash va boshqalar kiradi. 

Yuqorida  bayon  qilingan  fikrlar  va  tajriba-sinov  natijalaridan  kelib  chiqib, 

biologiya  o’quv  predmetini  o’qitish  jarayonida  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarni 

tashkil  qilish  va  o’tkazishni  sinf  darslari  bilan  bog`lab  borish  jarayonida  bayon 

qilish  va  mustaqil  ishlash  metodlaridan  uyg`unlashgan  holda  foydalanish  ta`lim-

tarbiyaning ko’pgina vazifalarini samaradorli hal qilish imkonini beradi. 

Barcha  o’quv  predmetlari  qatori,  biologiya  o’quv  predmetini  ham  o’qitish 

jarayonida  biologik  tushunchalarni  shakllantirish  orqali  o’quvchilarga  nazariy 

bilim berish bilan birga, ularda amaliy ko’nikma va  malakalar hosil qilish ko’zda 

tutiladi.  Biologiya  kursini  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarning  bilim  doiralarini 

kengaytiruvchi,  amaliy  ishlarni  bajara  olish  ko’nikma  va  malakalarini  hosil 

qiluvchi,  fanga  bo’lgan  qiziqishlarini  oshirib  boruvchi  omillardan  biri  -  darsdan 

tashqari ishlardir.  Bunday ishlar sistemasini tashkil qilish va uni uzluksiz ravishda 

metodik tadqiqotlar olib borish aynan dolzarb vazifa bo’lib hisoblanadi. 



36 

 

  Biologiya  bo’yicha  darsdan  tashqari  ishlarning  maqsadi  va  vazifasi 



umummaktab  ta`lim-tarbiya  ishlarining  maqsadi  va  vazifalari  asosida  belgilanadi. 

Biologiya bo’yicha darsdan tashqari ishlarni sistemali va izchil tashkil qilib borish, 

o’quvchilarning  sinfda  olgan  bilimlari  bilan  darsdan  tashqari  ishlarni  mazmunan 

bog`lab  borish  natijasida  o’quvchilarning  puxta  bilim  olishlari,  ular  amaliy 

faoliyatlarining rivojlanishi ta`minlanadi. 

  Yuqoridagi  fikrni  nazarga  olib  ilmiy  tadqiqotimizning  maqsadidan  kelib 

chiqqan holda, biologiya ta`limi jarayonida darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish 

va  sinfdagi  dars  bilan  bog`lab  borishni  amalga  oshirish  uchun  uni 

sistemalashtirishga va asosiy mazmunini aniqlab olishga e`tiborni qaratdik. 

  Respublikamizda  bo’lib  o’tgan  qator  pedagogik  o’qishlar  dasturi,  ilmiy  – 

pedagogik  adabiyotlar  materiallari,  chop  etilgan  metodik  qo’llanmalar,  ilg`or 

pedagogik  tajribalarni  o’rganish  va  tahlil  qilish  natijalari  asosida  quyidagicha 

xulosa chiqarsak, yanglishmagan bo’lamiz: 

  1.  Bo’lib  o’tgan  Respublika  pedagogika  o’qishlarida,  chop  etilgan  metodik 

qo’llanma  va  jurnal  sahifalarida  biologiyadan  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar 

haqida  fikr  yuritilgan  bo’lsa  ham  dars  va  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarning 

sistemasi  va  ularning  uzviyligiga  erishish  haqida  etarli  darajada  axborot 

berilmagan.  Shuning  uchun  bu  borada  biologiya  o’qitish  jarayoniga  sezilarli 

darajada salbiy ta`sir ko’rsatilmoqda. 

  2.  Biologiya  bo’yicha  darsdan  tashqari  ishlarda  xilma-xillik,  tizimlilik, 

to’laqonlilik  va  qiziqarlilik  eng  muhimi,  didaktik  maqsadga  muvofiqlik 

etishmaydi.     

  3.  Yuqorida  bayon  etilgan  kamchiliklar  tufayli  maktablarda  biologiya 

bo’yicha  tashkil  qilingan  darsdan  tashqari  ishlarning  ta`lim  jarayonidagi  mavqei 

deyarli  sezilmaydi  va  ularning  ta`lim  –tarbiyaviy  ahamiyati  kun  sayin  pasayib 

ketmoqda. 

  4. 

Biologiya 



ta`limi 

bo’yicha 

o’quvchilarning 

darsdan 


tashqari 

mashg`ulotlarini  sinfda  o’tilgan  darslar  bilan  bog`lab  borishga  tegishli  bo’lgan 

alohida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan. 


37 

 

Biologiya  bo’yicha  ko’p  qirrali  bo’lgan  darsdan  tashqari  ishlarni 



sistemalashtirish va ularning majmuasi haqida fikr yuritar ekanmiz, ular bir-biriga 

bog`langan,  bir-birini  to’ldirgan  hamda    dars  bilan  bir  butun  holda  shakllanishini 

nazarda tutamiz.  Yuqorida  sinfdan  tashqari  ishlar  yuzasidan  berilgan  tahlilda 

ta`kidlaganimizdek, biologiya ta`limi bo’yicha darsdan tashqari ishlarni 3 ta asosiy 

shaklda tashkil qilish va sinfda o’tilgan darslar bilan bog`lab borishga amal qildik: 

  a) yakka tartibdagi ishlar; 

  b) guruhiy ishlar; 

  v) ommaviy tarzdagi ishlar. 

Biologiya  ta`limi  jarayonida  yakka  tartibda  olib  boriladigan  sinfdan  tashqari 

ishlar  o’quvchilar  tomonidan  alohida-alohida  tarzda  bajariladi.  Yakka  tartibdagi 

darsdan tashqari ishlarga biologiyaga qiziqqan ayrim o’quvchilargina jalb qilinadi. 

Bu mashg`ulotlarni uzluksiz olib borish orqali uning samarali bo’lishini ta`minlash 

uchun maxsus mashg`ulot rejasi tuzib chiqildi. Bu haqda dissertatsiyaning keyingi 

bobida fikr yuritamiz. 

  Guruhlar  tarzida  bajariladigan  ishlarni  uyushtirish  va  o’tkazishda 

o’qituvchining  pedagogik  salohiyati  muhim  o’rinni  egallaydi.  Biologiya 

predmetini  o’qitish  jarayonida  darsdan  tashqari  ishlarni  o’tilgan  darslar  bilan 

bog`lab  borishning  asosiy  va  an`anaviy  shakli  –  «Yosh  biologlar»  to’garagidir. 

Odatda  yakka  tartibda  ish  olib  borilgan  bir  guruh  biologiya  faniga  qiziqqan 

o’quvchilardan  to’garak  tashkil  qilinadi.  Biologiya  o’qitishda  tashkil  qilinadigan 

darsdan  tashqari  ishlarni  dars  bilan  bog`lab  olib  borishning  mazmunidan  kelib 

chiqqan  holda  to’garak  mashg`ulotlarining  rejasi  tuzilib,  shu  reja  asosida  ish  olib 

borishga harakat qildik. Bu haqda dissertatsiyaning ikkinchi bobida batafsil bayon 

qilingan. 

  Darsdan  tashqari  ishlarning  ommaviy  shakli  maktabning  deyarli  barcha 

hamma  o’quvchilarini  qamrab  olish  imkoniyatini  beradi.  Ommaviy  ishlarda 

faqatgina  Biologiya  kursini  o’qiyotgan  o’quvchilar  ishtirok  etib  qolmay,  balki 

boshqa  o’quvchilar  ham  ishtirok  etishlari  mumkin.  Bunday  tadbirlarning  ta`lim-



38 

 

tarbiyaviy samarasi hususida ilmiy-metodik adabiyotda uzil-kesil va tugal fikr shu 



choqqacha aytilmagan. 

Bu  bob  buyicha  kuyidagi  o’mumiy  xulosalarga  ega  bulamiz,  ya`ni 

O’zbekiston  Respublikasi  o’z  mustaqilligiga  erishganidan  so’ng  ta`lim  tizimida 

ma`lum  islohotlar  amalga  oshirildi.  Lekin  umumiy  o’rta  ta`lim  maktablarida 

o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, ayniqsa, biologiya o’qitishni yaxshilash 

bilan bog`liq ko’pgina muammolar hali-hanuz o’z echimini kutmoqda. 

Biologiya  darslari  bilan  darsdan  tashqari  mashg`ulotlarning  uzviyligini 

ta`minlash borasida ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmagan. 

Biologiya  o’qitish  jarayonida  darsdan  tashqari  ishlarning  uzviyligi 

ta`minlanmaganligi va ularning samaradorligi past ekanligi kuzatildi.` 

Ayrim  maktablarda  biologiya  bo’yicha  tajriba  maydonchalari.  Eksperiment 

dala maydonlari, laboratoriya jihozlari yetishmaydi. 

Ayrim  makablarda  darsdan  tashqari  mashg`ulotlar  ma`lum  reja  asosida 

maqsadga  muvofiq  olib  borilayotgan  bo’lsa  ham,  ko’pchilik  maktablarda  tashkil 

qilingan darsdan tashqari ishlarning shakl va mazmunida bir muncha kamchiliklar 

bor.  


Ularni  tashkil  etish  va  o’tkazish  metodikasining  mukammal  emasligi  hamda 

ko’pchilik  darsdan  tashqari  ishlar  rejasi  yuzaki  tuzilganligini  bu  boradagi 

kuzatuvlar va tajribalar ko’rsatdi. 


Download 408,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish