O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi» kasbi bo’yicha



Download 7,03 Mb.
bet21/35
Sana24.01.2017
Hajmi7,03 Mb.
#988
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35

Fanning vazifalari: O`quvchilarni kasbiy malakalarini egallash va kasbiy faoliyatda qo`llashda musiqiy bilimdonlikning zaruriy asoslarini tarkib toptirishdan iboratdir. Fanning nazariy, amaliy mavzularining o`qitishning uslublarini keng qo`llash, tez, oson o`zlashtirib, uzoq vaqt yodda saqlashlariga yordam beradi. Unda musiqa savodining asosiy mazmunlari qamrab olinib, ko’proq bog’cha musiqa repertuarlari misolida o’rganiladi. Bog’chada o’tiladigan mashg’ulotlar musiqa bilan chambarchas bog’liq bo’lgan holda muntazam o’tib boriladi. Musiqa savodidan olingan bilimlar musiqa fanlari amaliyotida qo’llanishi, solfetjio qilib qo’llash, ashula aytish metodini davom ettiradi. Ushbu fanni o`tishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: O`quvchilarning milliy musiqani idrok etish malakalarini o`stirish.

  1. Qo`shiq kuylash malakalarini o`stirish.

  2. Musiqiy-nazariy savodxonlikni o`stirishni shakllantirish.

  3. O`quvchilarning musiqiy – ritmik faoliyatlarini shakllantirib borish.

Talabalarda yuqori ko`nikmalarni shakllantirish dars jarayonida nazariy va amaliy mashg`ulotlar, musiqa vositasida bajariladi.

Fan bo`yicha o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar.

Bilimlar: O’quvchilarning musiqaviy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, musiqa haqida tushuncha berish.

- Boshlang’ich nazariy bilim berish. Musiqaviy tovushlar va ularning xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo`lish.

- Nota savodini o’rgatish, notalar joylashuvi va cho’zimi xususida malakalarini hosil qilish.

- Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasiga madaniy, ma’naviy-yetuk shaxs etib tarbiyalashda go’zallik qonuniyatlari asosida xizmat qilishini his ettirish.

- Musiqaviy tovushlar yozilishi, musiqa haqida tushunchaga ega bo’lishga o`rgatish.

- Boshlang’ich nazariy bilim berish

- O’quvchilarni san’at turlari va janrlari bilan tanishtirish, ularga musiqani ko’nikma malakalarida qo’llashga o`rgatish.

- Yakka va jamoaviy kuylashni bilish, bolalar cholg’u asboblarida chalishga o`rgatish.

- O’quvchilar o’z ustida ishlashlari mustaqil musiqani chala bilish, ijod qilish va qo’shimcha malakani rivojlantirish.

- Musiqa savodidan olingan bilim va malakalardan qo’shiq kuylash, shuningek ritmik raqs harakatlarini musiqa ostida bajarishda qo’llash.

Boshlang`ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochiligi, ashula, хor, ansambl, orkеstr va simfonik orkеstrlar faoliyati, musiqiy sahna asarlari, хalq musiqasi va profеssional musiqa, bastakorlar va kompozitorlar ijodini, o`zbеk хalq cholg`u asboblarini bilishni, mashhur o`zbеk хalq sozanda va хonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralar, musiqa janrlari, ustozona, mumtoz musiqa, qardosh va jahon хalqlari musiqasi, maqom va shashmaqom, o`zbеk milliy musiqasi kabi mavzular asosida milliy musiqa madaniyatimizni o`zlashtirishni nazarda tutadi.

Ko’nikma: Musiqa savodidan olingan bilim ko’nikma va malakalar qo’shiq kuylash, shuningdek ritmika raqs musiqa tarbiyasi metodikasi darslarda qo’llanib, undan amaliy malakalar hosil etib kuylashni bolalar musiqa asbobida chalishni raqsga tushishni o`rgatib boorish. Har bir fan o`zining mustaqil o`quv rejalariga ega bo`lib, ayni holda bolalar kuy qo`shiqlaridan keng foydalanib,mashg`ulotlar jarayonoda boshqa musiqa fanlaridanbilim malakalarini amaliyotda qo`llashi lozim.

Musiqa ta`limidan Davlat ta`lim standartlari asosidagi yangi ta`lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan ularda kuzatuvchanlik, хotirani mustahkamlash, obrazli tassavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta`minlaydi.



Malaka:

- O`quvchilar guruhlarida shaxslar aro munosabatlarni o`rganish malakasiga ega bo`lish.

- Faoliyat turlarini farqlay bilish va o`zining ichki imkoniyatlarini hisobga olish.

- Musiqa asosida turli yoshdagi bolalarda individual munosabatda bo`lish.

- Mavzu asosida mustaqil izlanish axborot kommunikatsion texnologiyalari, internet saytlari, ommaviy axborot vositalaridan (gazeta, jurnal, tele ko’rsatuvlar, konsertlar, teatrlar) foydalana olish.

- Мaliyotda bolalar bilan musiqa asosida shug`ullana olish nmalakalariga ega bo`lish kerak.



Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog`liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.

Musiqa fani boshqa fanlar bilan uzviy bog`liqdir.Musiqani san`atning bir turi deb oladigan bo`lsak u adabiyot, tarix, tibbiyot, jismoniy tarbiya, matemetika, estetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlar bilan chambarchas bog`liqdir. Musiqa ta`limining asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malaka bilan birgalikda iqtidorini o`stirish, urf-odat, odob-axloq qoidalariga mos keladigan musiqa asarlarini, axloqiy ko`nikma va malakalarini, ehtiyoj va initlishlarini ijrochilik mahorati orqali tarkib toptirishdan iborat.Bu fan pedagogika fanlari qatoriga kirib,u mustaqil fan sifatida o`quv rejaga kiritilgan.Musiqa fani o`sib kelayotgan yosh avlodni nafosat tarbiyasi ruhida tarbiyalash, bolalarning ma`naviy-ruhiy dunyosini kengaytirish uchun xizmat qiladi



Fanni o`qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.

O`qituvchi ma`lumotlarni to`plashi, tanlashi va qayta ishlashi, nazariy va amaliy jihatlarini ko`rib chiqishi, o`rganilgan axborotlardan pedagogik faoliyatda foydalanishi lozim. U shundagina o`quvchining bilim faoliyatini faollashtira oladi. Natijada nazariy bilish, amaliy ko`nikma va malakalariuni shakllantiradi.O`quvchilarning ushbu fanni samarali o`zlashtirishlarida zamonaviy pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish, yangi information-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, darslarni o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Darslarni tashkil qilishda “Aqliy hujum”, Tushunchalar tahlili”, Charxpalak”, “Bumirang”, “Blis-o`yin”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “BBB” metodlaridan foydalaniladi. O`quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishning mohiyatini anglab yetish, musiqani his etish, to`g`ri tinglay bilish o`quv tarbiyaviy jarayonini loyihalash malakalarini mavjudligi har bir pedagog uchun zarurdir.


Fan mavzulari bo’yicha o’qitish rejasi tarkibi




Fan bo’limlari, mavzusi nomi

Hammasi

Umumiy yuklama

Darsturlari bo’yicha soatlar taqsimoti

Jami

Nazariy

Amaliy

Labaratoriy

Seminar

Kurs ishi

Mustaqil ish

I.

Kirish. Boshlang’ich musiqa savodi.

























1.

MTM va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari

2

2

2
















2.

Tovush. Musiqiy tovushlarning xususiyati. Ilk yosh guruhlarida musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

2

2




2













3.

Nota. Notalarning nota chizig’ida joylashuvi va notalar cho’zimi. Ilk yosh guruhlarida qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

4

2

2













2

4.

Tovushqator va registr. Ilk yosh guruhlarida musiqiy – ritmik harakatlar.

4

2

2













2

5.

Musiqa ifoda vositalari. Musiqiy kalitlar haqida tushuncha. Ilk yosh guruhlarida musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

2

2




2













6.

Musiqada tovushni uzaytiruvchi belgilar. Ilk yosh guruhlarida bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish. (Qo’ng’iroqcha va shiqildoqcha)

2

2




2













7.

Musiqada dinamik belgilar. Ilk yosh guruhlarida bayram musiqiy ertaliklarini tashkil etish. (Yangi yil ertaligi)

4

2




2










2

8.

Musiqada alteratsiya belgilar.

MTM kichik guruhlarida musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.



2

2

2
















9.

Lad haqida umumiy tushuncha. Major va minor ladi. MTM kichik guruhlarida qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

4

2




2










2




Jami:__26__18__6__12'>Jami:__26__18__8__10'>Jami:

26

18

8

10










8

II.

Musiqa janrlari. Xalq ijodiyoti. Bastakorlar ijodida bolalar musiqasi.

























10.

O’zbek xalq kuylari. Kichik guruhlarda musiqiy – ritmik harakatlar va musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

2

2




2













11.

O’zbek xalq qo’shiqlarining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati. Kichik guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish. (Surnaycha va doiracha)

4

2




2










2

12.

Marosim va mavsum qo’shiqlari. Kichik guruhlarda bayram musiqiy ertaliklarini tashkil etish.

4

2




2










2

13.

O’zbek xalq cholg’ulari bilan tanishtirish. MTM o‘rta guruhlarda musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

4

2




2










2

14.

O’zbek xalq cholg’ukari orkestri. Zarbli va torli cholg’ular guruhi. MTM o‘rta guruhlarida qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

2

2




2













15.

Dirijyorlik harakatlari. O‘rta guruhlarda musiqiy – ritmik harakatlar va ta’limiy o’yin faoliyati.

2

2




2













16.

Jahon musiqasi. Opera va balet haqida tushuncha. O‘rta guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish.

4

2

2













2

17.

Jahon kompozitorlari. V.A.Motsart P.I.Chaykovskiy. MTM katta guruhlarda musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

2

2

2
















18.

O’zbek bolalar kompozitorlari. Sh.Yormatov, N.Norxo’jayev, A.Mansurov. Katta guruhlarda qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

2

2

2



















Jami:

26

18

6

12










8

III.

MTM da musiqiy mashg’ulotlarni tashkil etish uslublari va turlari.

























19.

MTM da musiqa mashg’ulotining ish rejasi. Katta guruhlarda musiqiy – ritmik harakatlar va musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

4

2

2













2

20.

Raqs elementalari va musiqiy ritmik harakatlarning vazifalari. Katta guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish.

4

2




2










2

21.

Qo’shiq kuylash faoliyatini to’g’ri tashkil etish uslublari. MTM tayyorlov guruhlarda musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

2

2

1

1













22.

Musiqiy ta’limiy o’yin jarayonida musiqiy diqqat va musiqiy tafakkurni rivojlantirish. Tayyorlov guruhlarda qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

2

2




2













23.

Guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishni o’rgatish. Tayyorlov guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishga o’rgatish va musiqiy ta’limiy o’yin faoliyati.

4

2




2










2

24.

MTMda musiqaviy faoliyatni tashkil etishda tarbiyachining roli. Musiqa rahbariga qo’yiladigan talablar.

4

2

1

1










2

25.

MTMda bolalar xor jamoalarini tashkil etish

2

2

2



















Jami:

22

14

6

8










8

J a m i :

74

50

20

30










24




  1. Kirish. Boshlang’ich musiqa savodi.

1. MTM va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa tarbiyasining tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Musiqa savodi asoslarini o’rganishda musiqa asarlarining nazariy va amaliy o’zlashtirishi uchun yordam beradi. Unda musiqa savodining asosiy mavzulari qamrab olinib, ko’proq bog’cha musiqa asarlari misolida o’rganiladi.



2. Tovush. Musiqiy tovushlarning xususiyati. Ilk yosh guruhlarida musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish.

Musiqaviy tovushlar va ularning xususiyatlari haqida tushuncha. Boshlang’ich musiqaviy bilimini berish. Musiqaviy tovushlar yozilishini tushuntirish. Musiqa tinglashda bolalarni ohangni eshitish orqali tasavvur qilishga o’rgatish.



3. Nota. Notalarning nota chizig’ida joylashuvi va notalar cho’zimi. Ilk yosh guruhlarida qo’shiq aytish faoliyatini shakllantirish.

Notalarning nomlanishi, nota chizig’ining yozilishi va unda notalarning qanday joylashuvi haqida ma’lumot beriladi. Butun, yarim, chorak, nim chorak nota cho’zimlari tushuntiriladi. Qo’shiq aytish jarayonida qad-qomatni to’g’ri tutish, o’gizni to’g’ri ochish qoidalari o’rgatiladi.



Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish