Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


“Ergash gap + bosh gap” qolipidagi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Download 366 Kb.
bet4/5
Sana17.03.2017
Hajmi366 Kb.
#4749
1   2   3   4   5

2.2.2 “Ergash gap + bosh gap” qolipidagi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar

Ega ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘lanib, bosh gapdan keyin kelganda ham, bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi eganing belgisini bildirib kelgan. Masalan: Menga xat yozib tursang, shuning o‘zi kifoya. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 113-bet.) Bu gapda

shuning o‘zi kifoya” bosh gap, ” Menga xat yozib tursang” ergash gap. Bu ergash bosh gapdagi ”shuning” olmoshi bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchining ma’nosini aniqlashtirib kelgan. ”shuning” so‘zi ”ozi” olmosh bilan ifodalangan egaga bog‘lanib kelgan.

Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan shart mayli qo‘shimchasi -sa vositasida bog‘langanda, ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning” kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o‘sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha” kabi olmoshlar qo‘llanadi. Masalan: Siz otangizga qanday muruvvat ko`rsatsangiz, farzandlaringiz ham shunday muruvvat ko`rsatadi. (“O‘qish kitobi” 4-sinf. 154-bet.)



Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi qaratqichli aniqlovchining ma’nosini izohlab kelgan. Masalan: Kimda-kim uni ko‘rishga jur’at qilar ekan, uning kallasini oldiraman («Afg‘on ertalari»). Bu gapda “uning” qaratqich aniqlovchi vazifasidagi olmoshning ma’nosini “Kimda-kim uni ko‘rishga jur’at qilar ekan” ergash gapi aniqlashtirib kelgan.

III BOB. BOSH GAPDAGI MA’LUM BIR BO‘LAKNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLARNI BELGILASH USULLARI
Bosh gapdagi bir bo`lakni izohlaydigan ergash gaplarni belgilash ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchisi, bosh gapdagi izohlanayotgan bo`lakning turiga qarab aniqlanadi. Ikkinchisi, ergash gapli qo`shma gapni sodda gapga aylantirish usuli yordamida aniqlanadi. Agar bosh gapdagi eganing ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, ega ergash gapli qo`shma gap, kesimning ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, kesim ergash gapli qo`shma gap, to`ldiruvchining ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap, aniqlovchining ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap sanaladi.
3.1. Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab ega ergash gapni

belgilash usullari

1. Sizga tarixdan ma’lumki, yigirmanchi yillar mamlakatimizning eng og‘ir va sinovli yillari hisoblanadi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 201-bet) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan ega ergash gapli qo‘shma gap. ”Sizga tarixdan ma’lumki” bosh gapida ega vazifasida keladigan ”shu narsa”- ko`rsatish olmoshi tushib qolgan. ”yigirmanchi yillar mamlakatimizning eng og‘ir va sinovli yillari hisoblanadi”ergash gapi bosh gapda qo`llanmagan eganing ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shuning uchun bu gapni ega ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.

2. Sizga ma’lumdurki, ustod Mirzo Ulug‘bek bu xazinani sal kam qirq yil yig‘mishdir. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan ega ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapdagi “shu” egasi tushurilgan. ”Sizga ma’lumki” bosh gapida ega vazifasida keladigan ”shu”- ko`rsatish olmoshi tushib qolgan. ” ustod Mirzo Ulug‘bek bu xazinani sal kam qirq yil yig‘mishdir”ergash gapi bosh gapda qo`llanmagan eganing ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shuning uchun bu gapni ham ega ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.
3.2 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab kesim ergash gapni

belgilash usullari
Do`nan o`ninchini bitiradigan yilidagi May bayramining farqi shuki, minbarda turgan rayon kattalarini mehnatkash xalq qo`llarida alvon bayroqlar bilan olqishlashardi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 143-bet.) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda ”shu” ko`rsatish olmoshi kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi olmoshning ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni minbarda turgan rayon kattalarini mehnatkash xalq qo`llarida alvon bayroqlar bilan olqishlashgan. Shuning uchun bu gapni kesim ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.

Bu talafotning sababi shukim, biz inongan lashkarboshilar, mislsiz razolatga borib, shahzoda tarafiga qochib o‘tmishlar. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -kim ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda ”shukim” ko`rsatish olmoshi kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi olmoshning ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni talofotning sababini (talofotning sababi ishonilgan lashkarboshilarning shahzoda tarafiga otib ketganligidir) ochib bergan. Shuning uchun bu gapni kesim ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.

Gap shunda ediki, kunduzi ferma mudiri Bo`ronboy Sobit Muqonovning mehmon bo`lib kelishi haqidagi xushxabarni olib kelgan edi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 142-bet.) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda ”shunda edi” ko`rsatish olmoshi+ ”edi” to`liqsiz fe`li kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi ”shunda edi” so`zining ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni ”gap kunduzi ferma mudirining Bo`ronboy Sobit Muqonovning mehmon bo`lib kelishi haqidagi xushxabarni olib kelganligidadir”. Shuning uchun bu gapni ham kesim ergash gapli qo`shma gap deymiz.
3.3 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab to`ldiruvchi ergash gapni

belgilash usullari
Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, ular adabiyot bo‘stoniga dastlabki parvozni xuddi shu tahririyatdan boshlagan edilar. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 201-bet) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Ma`lumki, to`ldiruvchi ergash gapda to`ldiruvchi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanadi. Bu misolimizda ”Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki” bosh gapi tarkibida ”shuni” ko`rsatish olmoshi to`ldiruvchi vazifasida kelgan. ”ular adabiyot bo‘stoniga dastlabki parvozni xuddi shu tahririyatdan boshlagan edilar” ergash gapi esa bosh gapdagi ”shuni” to`ldiruvchisining ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shunga ko`ra bu ergash gapli qo`shma gapni to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.

Davlatpanoh neni lozim ko‘rsalar, biz shunga bosh egamiz . (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap.

Bu misolimizda ”biz shunga bosh egamiz” bosh gapi tarkibida ”shunga” ko`rsatish olmoshi to`ldiruvchi vazifasida kelgan. ”Davlatpanoh neni lozim ko‘rsalar” ergash gapi esa bosh gapdagi ”shunga” to`ldiruvchisining ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shunga ko`ra bu ergash gapli qo`shma gapni ham to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.


3.3 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab aniqlovchi ergash gapni

belgilash usullari
Qishlog`ida maysazorlardagi xarsang toshlarni, qiya tog` etagi, qiyalikdagi sarv kabi yam-yashil archalarni ko`rsa, o`shaning o`zi kifoya edi.. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 118-bet.) Bu misolda ” Qishlog`ida maysazorlardagi xarsang toshlarni, qiya tog` etagi, qiyalikdagi sarv kabi yam-yashil archalarni ko`rsa” ergash gap bosh gapdagio`shaningko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchining ma`nosini izohlab kelgan. Bu ergash gapli qo`shma gapning aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap ekanini bildiradi.

Do`nan shunday yozuvchilarni bilardiki, ularning asarlari kitobxonlar tomonidan sevilib o`qiladi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 142-bet.) Bu misolda ” Do`nan shunday yozuvchilarni bilardiki” bosh gap, bu gapda ”shunday” ko`rsatish olmoshi sifatlovchi aniqlovchi bo`lib kelgan, uning ma`nosini ” ularning asarlari kitobxonlar tomonidan sevilib o`qiladi” ergash gapi aniqlashtirib, izohlab kelyapti.
3.2. Qo‘shma gapni sodda gapga aylantirish orqali ergash gap turini belgilash usullari
Bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarning turini belgilashga bosh gapdagi izohlanayotgan bo‘lakka e’tabor qaratildai. Bosh gapda eganing ma’nosi izohlanayotgan bo‘lsa, ergash gapni eganing o‘rniga qo‘yib, sodda gapga aylantirish orqali aniqlash mumkin.

Ega ergash gapni bosh gapning egasini tushirib qoldirib, uning o‘rniga ergash gapni qo‘yib, uning ega ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Yana shunisi diqqatga sazavorki, “Avesto”da bizning xududimizda qalay, oltin va qo‘rg‘oshin kabi qimmatli qazilma boyliklar mavjudligi haqida ma’lumotlar berilgan. (Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 4-bet) Bu gap ega ergash gapli qo‘shma gap. Bu gapning ega ergash gap ekanini aniqlash uchun gapni soda gapga aylantirib ko‘ramiz: “Avesto”da bizning hududimizda qalay, oltin va qo‘rg‘oshin kabi qimmatli qazilma boyliklar mavjudligi haqida berilgan ma’lumotlar diqqatga sazovor. Ega ergash gapli qo‘shma gap tekshirsh uchun sodda gapga aylantirilganda, ega ergash gap ega va ega tarkibiga aylanib qoladi. Ya’ni bosh gapdagi ”shunisi” egasining o‘rniga tushadi. Bosh gapdagi ega ”shunisi” tushiriladi. Ergash gapning kesimi shu gap tarkibidagi eganing ma’lumotlar aniqlovchisiga aylangan. Shunday tahlillardan so‘ng bu gap ega ergash gapli qo‘shma gap degan xulosaga keldik.

Quyidagi ega ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapi tarkibidagi ega qo‘llanmagan. Masalan: Hammaga ma’lumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o‘lan Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotib hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o‘z vatanlariga qaytib kelurlar. (Abdulla Avloniy) Bu gapning ega ergash gapli qo‘shma gap ekanini aniqlash uchun oldin gapning egasini kesim orqali tiklaymiz. Nima ma’lumki?shu narsa ma’lumki. Bu gapni sodda gapga aylantiramiz: Eng muqaddas diniy yerimiz o‘lan Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotib hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o‘z vatanlariga qaytib kelurlari hammamizga ma’lum. Bosh gapdagi vositali to‘ldiruvchi (hammaga) egalik qo‘shimchasini olib, o‘z vazifasida qolgan. Bosh gapning kesimi sodda gapning kesimi vazifasini bajargan. Ergash gapning kesimi sodda gapning birikmali (qaytib kelurlari) egasiga aylangan va otlashib –i – egalik qo‘shimchasini olgan. Qolgan bo‘laklar, ergash gap kesimi oldidagi o‘rin holi ham o‘z holicha qolgan, o‘zgarmagan. Bosh gap tarkibida tushib qolgan ega – ”shu narsa” bu gapda ham qo‘llanmaydi. Bunday gaplarda ergash gap oldinga o‘tib, qo‘llanmagan eganing vazifasini bajargan.

Kim ko‘p ertaklarni o‘qisa, u o‘zbek xalqining axloq-odobini yaxshi o‘zlashtirib oladi. (”O‘zbek xalq ertaklari” 190-bet.) Bu gapda ergash gap bosh gapga sa shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan. Bosh gap tarkibida ”kim” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan ega qatnashgan. Bu gap sodda gapga aylantirilganda quyidagicha ko‘rinish oladi: Ko‘p ertaklarni o‘qigan o‘zbek xalqining axloq-odobini yaxshi o‘zlashtirib oladi. Bunda shart fe’li bilan ifodalangan ergash gapning kesimi (o‘qisa) fe’lning sifatdosh formasi (o‘qigan ) bilan almashgan va gapning egasiga aylangan. Kesim oldidagi sifatlovchi aniqlovchi va to‘ldiruvchi (ko‘p ertaklarni) o‘zgarmagan. Bosh gapdagi ega ham, ergash gap tarkibidagi ega ham tushub qolgan.

Yuqoridagi ega ergash gaplar bilan sodda gapga aylantirilgan gaplar o‘zaro ma’nosiga ko‘ra sintaktik sinonimiyani hosil qiladi deb berilgan M. Asqarovaning ”Hozirgi o‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar” monografiyasida53.

Bosh gapdagi kesimni izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarni belgilashda bosh gapdagi izohlanayotgan kesimga e’tabor qaratildi. Ergash gap kesimning o‘rniga qo‘yib o‘qish bilan uning kesim ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Qizig‘i shundaki, erkak kishining uylanishi va zurriyodlik bo‘lishi uchun avvalo moddiy va ma’naviy tomondan to‘q, jismonan baquvvat, ruhan va jinsiy benuqson bo‘lishiga e’tibor berilgan. (Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 50-bet) Bu gap kesim ergash gapli qo‘shma gap ekanini aniqlash uchun ergash gapni sodda gapga aylantirib ko‘ramiz: Qizig‘i erkak kishining uylanishi va zurriyodli bo‘lishi uchun avvalo moddiy va ma’naviy tomondan to‘q, jismonan baquvvat, ruhan va jinsiy benuqson bo‘lishiga e’tibor berilishida. Bunda kesim ergash butunicha “shundaki” – bosh gapning kesimi o‘rniga qo‘yiladi va bosh gapning kesimi tushib qoladi. Ergash gapning kesimiga “shunda” kesimidagi –da qo‘shiladi. Ergash gapning kesimi majhullik nisbatida (e’tibor berilishida ) bo‘lib qolaveradi, harakatning bajaruvchisi noma’lum ekanini ko‘rsataveradi. Gapning qolgan bo‘laklari o‘z holicha qolgan.

Bosh gapdagi to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarni belgilashda bosh gapdagi izohlanayotgan to‘ldiruvchiga e’tibor qaratildai. Ergash gapni to‘ldiruvchining o‘rniga qo‘yib o‘qish bilan uning to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: O‘rni kelganda shuni ham aytib o‘tayki, men dorilfununning filologiya fakultetini bitirganman.(Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 198-bet) Bosh gapda qo‘llangan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosi izohlanayotgan bo‘lsa, ergash gapni qo‘llangan to‘ldiruvchining o‘rniga qo‘yish bilan uning to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Men o‘rni kelganda dorilfununning filologiya fakultetini bitirganimni aytib o‘tay. Bu gap to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini sodda gapga aylantirish yo‘li bilan aniqlash mimkin. Bu gap sodda gapga aylantirilganda, bosh gapdagi to‘ldiruvchi – ”shuni” tushub qoladi, uning o‘rniga ergash gap qo‘yiladi. Ergash gapning bir qisimi (filologiya fakultetini bitirganimni) birikmali to‘1diruvchiga aylanadi. Qaratqich aniqlovchi (dorilfununning) o‘z holicha qoladi. Ergash gapning kesimi sifatdoshligini saqlagan holda otlashadi. U I shaxs egalik qo‘shimchasini (-im) va tushum kelishik qo‘shimchasini (-ni) oladi. Bosh gapning kesimi sodda gapning kesimi vazifasida keladi.



Avesto”da keltirilgan dalillar shuni ko‘rsatadiki, zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq ibodatxonalar qoshida maktablar tashkil etilgan. (Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 51-bet) Bu gapning to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini aniqlaymiz: “Avesto”da keltirilgan dalillar zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq ibodatxonalar qoshida maktablar tashkil etilganini ko‘rsatadi. Qora bilan ajratilgan gap qismi to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. ”tashkil etgan” ergash gapning kesimi – tuslangan sifatdosh bilan ifodalangan (III shaxs birlik) kesimi otlashib, III shaxs egalik qo‘shimchasini olib turlangan va tushum kelishikda shakllanib, vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. To‘ldiruvchi ergash gap tarkibidagi boshqa bo‘laklar (zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq ibodatxonalar qoshida maktablar) o‘z vazifasida qolgan. Qachon? - zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq – payt holi; qayerda? -ibodatxonalar qoshida- o‘rin holi; nimalarning? -maktablar (ning) – qaratqich aniqlovchi. Bosh gapning egasi sodda gapning egasi vazifasini bajargan. Bosh gapning egasi va kesimi sodda gapning ham ega va kesimi bo‘lib keladi.

To‘ldiruvchisi tushib qolgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapda ergash gap bosh gapdagi tushib qolgan to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtiradi. Masalan: Bilingki, o‘g‘lonlarim, sizni g‘amdan qutqarur maktab. (Abdulla Avloniy.) Bu to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma ga. Uning bosh gapida ega ham, to‘ldiruvchi ham tushurilgan. Uning tushirilganini kesim orqali aniqlash mumkin. Biling kim? – siz biling. Nimani biling? – shuni biling. Bosh gapdagi vositasiz to‘ldiruvchining (shuni) ma’nosi izohlanayotgan bo‘lsa, ergash gapni tushirilgan to‘ldiruvchini tiklab uning o‘rniga ergash gapni qo‘yish bilan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: O‘g‘lonlarim, sizni g‘amdan maktab qutqarurini biling. Bu sodda buyruq gapga aylandi. Tarkibida undalma ham saqlanib qoladi. To‘ldiruvchi ergash gapnini kesimi fe’l bilan ifodalangani uchun, u sifatdosh shakliga kirib, otlashib, egalik (III shaxs birlik) va –ni (tushum kelishik qo‘shimchasini olib) bosh gapning kesimi oldiga o‘tadi. Ergash gapning kesimi vositasiz to‘ldiruvchiga aylanadi.



Ko‘rib turibsizki, u kishining bolaligi ham siz bilan bizning bolaligimizga o‘xshaydi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 201-bet) Bu gap sodda gapga quyidagicha aylantiriladi: U kishining bolaligi ham siz bilan bizning bolaligimizga o‘xshashligini ko‘rib turibsiz. Bu sodda gapda ega tushib qolgan. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapida ham ega ifodalanmagan edi. Ergash gapda ”bolaligi” ega edi, sodda gapga aylantirilganda, u qaratqich aniqlovchiga aylandi (bolaligining o‘xshashligini). Bir bosh bo‘lakli – egasi qo‘llanmagan sodda gap yuzaga keldi. Ergash gapning kesimiga –lik yasovchi qo‘shimcha va to‘ldiruvchiga xos affikslar qo‘shilib, yoyiq vositasiz to‘ldiruvchiga (bolaligimizga o‘xshashligini) aylangan.

Bosh gapdagi aniqlovchini izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarni belgilashga bosh gapdagi izohlanayotgan aniqlovchiga e’tibor qaratildai. Ergash gapni aniqlovchining o‘rmniga qo‘yib o‘qish bilan uning aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Har bir yoshga shunday tarbiya berish zarurki, u avvalo yaxshi xulq-odobni, yaxshi o‘qishni, so‘ngra yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin. (Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 51-bet) Bu gap sifatlovchi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. Ergash gap bosh gapdagi “shunday” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini izohlagan. Uning aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini tekshirishda bosh gapdagi aniqlovchining o‘rniga ergash gapni qo‘yib ko‘rdik: Avvalo, har bir yoshga yaxshi xulq-odobni, yaxshi o‘qishni, so‘ngra yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tariladigan tarbiya berish zarur. Aniqlovchi ergash sodda gapning aniqlovchisiga aylandi.



Gulxan”imizda qandaydir bir ohanrabo bor ediki, u yoshni ham, keksani ham o‘ziga chorlab turardi. .(Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 199-bet) Bu gap sifatlovchi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. Ergash gap bosh gapdagi “qandaydir” gumon olmoshi bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini izohlagan.

Uning aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini bosh gapdagi aniqlovchining (“qandaydir” ) o‘rniga ergash gapni qo‘yib ko‘rdik: “Gulxan”imizda yoshni ham, keksani ham o‘ziga chorlab turardigan bir ohanrabo bor edi. Aniqlovchi ergash bosh gapning ichiga kirib oldi. Bosh gapdagi vositali to‘ldiruvchidan keyin, ega va kesimdan oldin joylashdi. Ergash gapning “chorlab turardi”kesimi sifatdosh shakliga kirib, gapning sifatlovchi aniqlovchisiga (o‘ziga chorlab turardigan ) aylandi.

Bosh gapdagi bir bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarni sodda gap variantlari bilan ifodalaganimizda, gap tarkibida turli sintaktik o‘zgarishlar yuz beradi. Ayrim bo‘laklar izohlanayotgan bo‘lakka yig‘iq yoki yoyiq holda aylanadi. Ega va kesimlarining ifodalanishi, ergash gapning o‘rinlashishi turlicha bo‘ladi.

UMUMIY XULOSALAR
O‘zbek bolalar yozuvchilari asarlarida qo‘llangan ma’lum bir bo‘lakni izohlovchi qo‘shma gaplar yuzasidan olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:

1. Ergashgan qo‘shma gaplar fikriy, grammatik va intonatsion butunlikdan iborat bo‘lib, ularning tarkibidagi komponentlar biri ikkinchisiga ergashtiruvchi bog‘lovchilar, nisbiy so‘zlar, so‘z birikmalari, fe`lning shart mayli va fe`lning vazifadosh shakllari orqali tobelanib bog‘lanadi.

2. Boshlang`ich sinf ”O`qish kitobi”dagi matnlarda bosh gapdagi biror bo`lakni izohlaydigan ergash gaplarning barcha turlari qo`llangan.

3. ”O`qish kitobi”dagi matnlarda ega ergash gapli qo`shma gapning ergash gapi tarkibida kim, kimki, nima, nimalar, nimaiki, qaysi, qaysi narsa, qaysi kishi, qaysi o`quvchi, har kim”; bosh gap tarkibida “o‘sha,o`shalar, o‘zi, u, shunisi, o`shanisi, o`ziniki, shu narsa, hammasi” so‘zlari kelgan shakllari qo`llangan. Ega ergash gap bosh gapga –ki bog`lovchisi va –sa shart mayli vositasida bog‘langan.

4. Kesim ergash gapli qo`shma gapning bosh gapi kesimi “shuki, shundaki, shundayki, shundaykim, shunchalikki, shumidiki, shundan iboratki, shu bo`ldiki, kimki, pishiq-puxta emaski, bul erurki” kabi so`zlar bilan ifodalangan.

5. Ergash gap bosh gapda to`ldiruvchi vazifasida kelgan “shu narsani, shuni, shunga, unga, undan, shundan, o`shanga, o`shandakabi olmosh bilan ifodalangan to`ldiruvchining ma`nosini aniqlashtirib kelgan.Shuni” olmoshi bilan ifodalangan to`ldiruvchi ko`p qo`llangan.

6. Ergash gap bosh gapda aniqlovchi vazifasida kelgan “qanday, qandaydir, shunday, ne, nima, nechuk” kabi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchining ma`nosini aniqlashtirib kelgan.Sunday” olmoshi bilan ifodalangan aniqlovchi ko`p qo`llangan.

7. Bosh gapdagi biror bo`lakni izohlaydigan ergash gaplarning turini belgilashda ikki xil usuldan foydalanildi:

1) bosh gap tarkibida olmosh bilan ifodalangan bo`lakning vazifasini aniqlash usuli orqali belgilash;

2) bosh gapdagi biror bo`lakni izohlaydigan ergash gapli qo`shma gaplarni sodda gapga aylantirish usulu orqali belgilash.



Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish