Ma’ruza mashg’ulotlari materiallari 1-mavzu. Mikrobiologiya fani, o’rganish obe’ektlari, vazifasi hamda bo’limlariga tavsif. Reja


-ma’ruza. Mikroorganizmlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi



Download 38,37 Kb.
bet7/7
Sana22.01.2022
Hajmi38,37 Kb.
#400265
1   2   3   4   5   6   7
2-ma’ruza. Mikroorganizmlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Reja

  1. Antoni Van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi.

  2. Mikrobiologiyaning shakllanishida L.Paster, R.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, N.A.Krasilnikov, A.Flemming va boshqalar ishlarining ahamiyati.

  3. Hozirgi zamon mikrobiologiyasi rivojlanishining ustivor yo’nalishlari.

  4. Mikrobiologiyaning O'zbekiston Respublikasida rivojlanishi.


Tayanch iboralar: Mikrobiologiya, bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo’jaligi.
Antoni Van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi.

Mikroorganizmlar kashf qilinmasdan avvalroq ham, inson qatiq, vino tayyorlashda, non pishirishda mikrobiologiya jarayonlaridan keng foydalanib kelgan. Odamzot har xil kasalliklar bilan to’qnash kelgan, o’latlarni boshidan kechirgan. Muqaddas kitoblarda ham bu haqida aytib o’tilgan bo’lib, kasallik oqibatida o’lganlarni yoqib yuborishni, yuvinishni va tozalikga rioya qilishni tavsiya qilingan. Qadim zamonlardayoq shifokorlar va tabiatshunoslar ko’pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlaganlar. Masalan, bizning eramizdan oldin yashagan qadimgi dunyo vrachi Gippokrat (460 - 377 yillarda), Lukretsiy (95 - 55 yillarda) va o’sha davrning boshqa yirik olimlarining ishlarida turli-tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik tabiatga xos ekanligi ko’rsatilgan edi.

15 asrgacha kasalliklarning sabablari kasal tug’diruvchi «miazmalar» (havoda tarqalgan ayrim bug’simon moddalar) deb hisoblashgan. Keyinchalik italiyalik vrach Frakastro (1478-1553 yillar) bir indvidumdan ikkinchisiga o’tadigan «kontagiy»lar mavjudligi haqidagi nazariyani ilgari suradi.

Osiyo xalqlari chechak, lepra (moxov) va boshqa kasalliklar to’g’risida ma’lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (980-1037 ) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanligini va ular suv va havo orqali tarqalishini aytgan edi.

17 asrning 40 yillarida rimlik professor A. Kirxer (1601-1680) kattalashtiruvchi qurilma orqali har xil ob’ektlarni kuzatadi va o’ta mayda «chuvalchanglarni ko’radi». Bu mikroorganizmlar edi. Ammo bu tajribalar tasodifiy kashfiyotlar edi.

Mikroorganizmlarning ochilishi birinchi mikroskopni kashf etilishi bilan bog’liqdir. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy Yansen, so’ngra G. Galiley va K. Drebbelь tomonidan eng sodda mikroskoplar yaratildi va yanada takomillashtirildi.

Mikroorganizmlar haqida yanada ko’proq ma’lumotlar to’plagan shaxs mikrobiologiya tarixining «morfologiya» davrini boshlab bergan gollandiyalik Antoni van Levenguk (1632-1723) bo’ldi (1- rasm).

Levenguk shishadan ziynat buyumlar yasaydigan korxonada ishlar edi. U shisha linzalar yasab, ulardan mayda narsalarni kattalashtirib ko’radigan asbob – sodda mikroskop yasaydi. U o’z mikroskopida ko’lmak suv tomchilarini, tish kiridan tayyorlangan preparatlarni, turli xil organik moddali suvlar (qaynatmalar) ni tekshirib, ular ichida har tomonga qarab harakatlanuvchi tirik mavjudotlarni kuzatadi va ularning rasmlarini chizadi. U shu ko’rgan mavjudotlariga “tirik hayvonchalar” – «Animalkula viva» deb nom beradi. O’z izlanishlari natijalarini u Londondagi qirollik ilmiy jamiyatiga bildiradi. 1677 yili mazkur ilmiy jamiyat Levenguk ishlarini qaytadan tekshirib ko’radi va uning natijalari xaqiqat ekanligini tan oladi.

Keyinchalik u o’z ilmiy izlanishlarini «Anton Levenguk kashf etgan tabiat sirlari» degan kitobida (1695) ta’riflab beradi. Ularni yumaloq, har xil uzunlikdagi tayoqchasimon, bukilgan shaklli mayda mavjudotlar ekanligini tasvirlab beradi.

Rossiyada birinchi mikroskop XVIII asrning 30 - yillarida Ivan Belyaev va Ivan Kulibinlar tomonidan kashf etilgan.

Rus olimi, harbiy vrach D. S. Samoylovich (1744-1805) mikroskopik tekshirishlar yordamida toun (chuma) kasalliginiig qo’zg’atuvchisini tekshirib, odamlarni bu kasallikka qarshi emlash usulini taklif etgan. Uning bu kashfiyoti boshqa yuqumli kasalliklarning sababchisini o’rganish uchun asos bo’ldi. Angliyalik vrach E. Djenner (1749 - 1823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib bergan edi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ancha takomillashtirilgan mikroskoplar yaratildi. Buesa mikroorganizmlarning faqat morfologik tuzilishini emas, balki fiziologiyasini ham o’rganishga imkon berdi. Mikroskopning ixtiro etilishidan boshlab mikroorganizmlar to’g’risida qilingan ishlar mikrobiologiya tarixida 1 davr «Mikrobiologiya rivojlanishining morfologiya davri» deb yuritiladi.

SHved olimi K. Linney (1707-1778) hamma tirik mavjudotlarni bir sistemaga solgan bo’lsa ham, mikroorganizmlarni bir «xaos» (tartibsiz, tartibga solib bo’lmaydigan) guruhga kiritadi.

Mikroorganizmlarning birinchi sistematikasi daniyalik Myullerga (1786) taalluqlidir. U suv va tuproqdagi «animalkullar» ni sistemaga soladi va ularning «infuzoriyalar» deb atadi. Sekin-asta mikroorganizmlarni o’rganish ko’lami kengaya boshladi.

Keyinchalik M.M.Terexovskiy (1740– 1810) ham mikroorganizmlar ustida ishlab «TSarstvo tьmы infuzoriy Linneya» degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (1770). U har xil qaynatmalardagi mikroorganizmlarni o’rgandi. Temperatura, elektr toki va zaxar ta’sirida mikroorganizmlarning halok bo’lishini aniqladi. 1835 yil Erenburg «Infuzoriyalar mukammal organizmlardir» degan mavzuda ilmiy asar yozdi va hamma tuban jonzotlarni 22 ta sinfga bo’ldi va unga infuzoriyalar atlasini kiritib, ularga tavsiflar berdi. Mikroorganizmlarni binar nomenklaturada atadi va barcha bakteriyalarni 3 sinfga bo’ldi.

XIX asr o’rtalarida P.F. Goryainov tomonidan yozilgan «Zoologiya» asarida mikroorganizmlarga ayrim bo’lim ajratildi va u «Infuzoriyalar bo’limi» deb ataldi. SHu vaqtlar F. Kon (1828-1898) va K. Negelilar (1817 - 1891) bakterilardan ba’zilarining tabiatini o’rgana boshladilar.

Mikrobiologiyaning shakllanishida L.Paster, R.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, N.A.Krasilnikov, A.Flemming va boshqalar ishlarining ahamiyati.
Mikroorganizmlarni o’rganishning ikkinchi davri - «fiziologiya davri» - buyuk frantsuz olimi Lui Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. U ko’pgina bijg’ish jarayonlarining, ya’ni spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg’ish hamda boshqa tur bijg’ishlarning biologik mohiyatini aniqladi Har bir bijg’ish jarayonining o’z mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish jarayonlarining ham alohida mikroorganizmlar ta’sirida borishini ko’rsatdi. Lui Paster kuydirgi, quturish, saramas, pasterellyoz, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning buzilishini o’rgandi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi. Kislorodsiz muhitda yashaydigan anaerob bakteriyalarni aniqladi. Laboratoriya amaliyotiga sterillash (mikroblarni nobud qilish) va pasterlash usullarini kiritdi. Aristotelь va Vergiliylarning «O’z - o’zidan tug’ilish» nazariyalarining asossizligini ko’rsatdi. Oziqa muhit yaxshilab sterillansa, unda hech qanday mikroorganizmning paydo bo’lmasligini asoslab berdi. Paster tovuqlar xolerasini o’rganish jarayonida sog’lom tovuqqa kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi yuborilganda tovuqlarning kasallikga chalinmasligini kuzatdi. Xuddi shu ishni u kuydirgi kasalligi bilan kasallangan mollarda ham qaytardi va ijobiy natijalar olishga muvaffaq bo’ldi. Hayvonlarni kuchsizlantirilgan (42-43oS temperaturada o’stirilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. Kuchsizlantirilgan bakteriya kul’turasi bilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi bakteriyasiga qarshi immunitet hosil bo’lishini aniqladi. Paster kuydirgi kasalligini o’rganib «la’natlangan dalalar» sirini ochdi.

Pasterning qutirish kasalligini o’rganish borasidagi ishlari ham o’ta katta ahamiyatga molikdir. U qutirgan itlar so’lagini mikroskop ostida tadqiq qilganda undagi mikroorganizmlarni ko’rishga muyassar bo’la olmadi. Ammo u kasallikni yuzaga keltiruvchi qutirishni «sababi» - hayvonning bosh va orqa miyasida joylashishini aniqladi. Kasallangan quyon miyasini sekin - asta quritib, «kuchsizlantirilgan kasal qo’zgatuvchini» oldi va u bilan hayvonlarni emlab sog’lom hayvonlarni kasallikdan saqlab qolish yo’llarini topdi. Bunday emlashlar, antirabik - qutirishga qarshi emlashlar deyilib, juda keng ko’lamda tarqaldi. Bu ishlar yangi fan - immunologiyaning paydo bo’lishiga asos soldi. Lui Paster Frantsiya meditsina akademiyasiga akademik, Sankt - Peterburg akademiyasiga muxbir a’zo va keyinchalik faxriy akademik qilib saylandi.

Parijda 1888 - yili Paster instituti ochildi. Unda, keyinchalik ko’zga ko’ringan mikrobiologlar ta’lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gamaleya, Xavkin, Sklifasovskiy va boshqalar shular jumlasidandir.

Tuproqda uchraydigan azot to’plovchi mikroorganizmlarni o’rganish atmosfera azotidan foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Akademik V. L. Omelyanskiy bir necha yillar muqaddam mikroblarga shunday ta’rif bergan: «Ular (mikroblar) hamma joyda bor. Ko’zga ko’rinmasdan ular odamning hayot yo’lida hamroh bo’ladilar».

Lekin ba’zi bir mikroorganizmlar oziq- ovqat mahsulotlarni (go’sht, baliq, don, kartoshka va rezavor mevalarni) buzilishiga yoki turli - tuman yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu to’g’rida V.L. Omelyanskiy shunday degan: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman tufayli birqancha viloyatlar xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat ichida yuzlab, minglab odamlarning yostig’ini quritadigan xavfli epidemiyalar paydo bo’lgan». Masalan, vabo, sil, gonoreya, difteriya, kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklar shular jumlasiga kiradi .

V.L. Omelyanskiy o’zining 1909 yilda yozgan «Mikrobiologiya asoslari» kitobida shunday yozadi: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman ta’sirida butun oblastlar qirilib, yuzminglab kishilarning yostig’ini quritdi. Shuning uchun ham bularga qarshi kurash va ularning kelib chiqish o’chog’i aniqlanib mikrobiologiyada yangi davr ochildi».

Mikrobiologiya fani rivojlanishining birinchi bosqichlaridanok olimlar kashfiyotlarini mikroorganizmlarni kasalliklarga qarshi kurashda qullay boshladilar. Rus vrachi D.Samoylovich olimlar o’rtasida birinchi bo’lib Rossiyada uchrab turadigan toun (chuma) epidemiyasining quzg’atuvchisi juda mayda tirik jonivorlar to’g’risida fikr aytgan va murdalarning organlaridan shu kasallik mikroblarini mikroskop yordami bilan topishga uringan. U toun kasalligini «allakanday maxsus va butunlay alohida jonivor» vujudga keltiradi, deb qattik ishongan. Uning boy tajribasiga asoslanib, u tounning oldini olish uchun organizmga uning kuchsizlantirilgan ko’zg’atuvchisini yuborish fikriga keladi. Buning uchun 1770 yilda Samoylovich sog’ayib oyoqqa turgan kasal odamdan zaxarli materialni olib, o’zining organizmiga yuborgan. Ana shu xizmatlari uchun G’arbiy Yevropadagi akademiyalarning faxriy a’zosi etib saylangan.

Yuqumli kasalliklarning paydo bo’lish sabablari tug’risidagi uning fikri kasallikdagi nazariy va amaliy masalalarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Shunga asoslanib yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda E.Jenner (1776 y) sigir vaksinasini shunday yul bilan emlash ustida muvaffaqiyatli tajriba o’tkazdi. Shundan keyin odamzod bu kasallikdan qutulish imkoniyatiga ega bo’ldi.

R.Kox (1843-1910), mikroblarni tekshirish usulini rivojlantirdi. Dastlabki vaqtlarda mikroblarni bo’yamasdan o’z holicha mikroskopda tekshirdi.. Bu usul mikroblarning tuzilishini to’liq aniqlash imkoniyatini bermas edi. Kox mikroblarni anilin buyoqlari bilan bo’yab tekshirish usulini ishlab chiqib mikroorganizmlarni to’liqroq aniqlash usulini topdi. Shu bilan birga Kox mikroblarni alohida-alohida ajratib o’stirish usulini ham osonlashtirib, mikrobning toza kulturasini ajratib olishni muvaffaqiyatli hal etdi. Koxdan avval mikroblarni faqat suyuq ovqatlarda ko’paytirgan edi, bu usul esa bir mikrobning toza kulturasini ajratib olishda juda ko’p qiyinchilik tug’dirar edi. Kox mikroblarni quyuq ovqatda ko’paytirish usulini qulladi, natijada har qanday mikrobdan ham toza kultura olish ancha yengillashdi. Kox mikrobiologiyaga mikrofotografiyani ham kiritdi. U bir qancha kasalliklarni tekshirish natijasida o’sha kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikrobni topdi. Kox sil kasalligini atroflicha tekshirib 1882 yilda uning mikrobini topdi va 1890 yilda tuberkulyozni qo’zg’atuvchi mikrobning ekstrakta tuberkulinni topishga muvaffak bo’ldi. Bu preparat hozirda ham diagnostik ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda.

Misrda 1883 yilda vabo (xolera) epidemiyasi boshlangan paytda Kox u yerga borib kuzatish olib borib u kasallikni ko’zg’atuvchi mikrobni topdi. Mikrobning shakli vergulga o’xshash bo’lganligi uchun unga «vabo» vibrioni deb nom bergan.

So’ngra Kox vabo kasalligining ko’proq uchrab turadigan joyi Hindistonga borib bu kasallikning tarqalish yullarini tekshirdi. Kasallik suv orqali tarqalishini va sog’lom odamga kasal odamdan yaqin aloqa natijasida yuqishini aniqladi.

Mikrobiologiyaning taraqqiyotida Koxning xizmati kattadir, shuning uchun u ham mikrobiologiyaga asos soluvchilardan biri hisoblanadi.

1917 yilda fransuz olimi Do Errel mezis qiluvchi bu bakteriofaglar uy ataluvchi «bakteriyalar yutuvchilar» tomonidan amalga oshishini aniqladi.

Mikrobiologiyaning taraqqiyotida rus va boshqa olimlarning xizmati.

Mikrobiologiya taraqqiyotida rus va boshqa olimlarning xizmati juda kattadir. Bir qancha rus olimlari mikrobiologiyaning muhim tarmoqlarini, masalan, immunitet, viruslar, tuproq mikroflorasi haqidagi asosiy masalalarni birinchi bo’lib hal qilishga erishdilar.

18 asrning 2-yarmida mashxur rus tadqiqotchisi Martin Matveyevich Terexovskiy mikroorganizmlarni o’rganish ishiga prinsipial yangilik kiritdi. U asosan tekshirishning eksperimental metodini birinchi marta qulladi va shu bilan birga faqat mikrobiologiyaning keyingi rivojlanishi uchun emas, balki uning amalda qullanilishi uchun ham asos soldi.

Mikroskopda tekshirilayotgan tanachalar tirik ekanligini isbotlash uchun Terexovskiy tajribalar qilib, ularga turli kuchlanishli elektr toki, tumperatura va ximiyaviy zaharlar ta’sir ettirib ko’rdi.

Rus mikrobiolog olimlaridan dastlabki kishilardan biri bu L.S.Sinkovskiydir (1822-1887). Buning qilgan va o’rgangan obyekti sodda hayvonlar, suv o’simliklari va zamburug’laridir. Sinkovskiy asosan mikroskopik tuzilishidagi sodda hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish siklini atroflicha o’rgangan va shu xulosaga keldiki, o’simliklar dunyosi bilan hayvonlar o’rtasida keskin chegara yuq deydi. Sinkovskiy medisina mikrobiologiyasi bilan ham qiziqib u Rossiyada birinchi marta quturishga qarshi Paster stansiyasi tashkil etdi.

Immunitetning fagositoz nazariyasining asoschisi mashhur rus olimi I.I.Mechnikovdir (1845-1916).

I.I.Mechnikov kasallikni qo’zg’atgan mikrobni organizmdagi leykositlar o’z protoplazmasi bilan o’rab olib, so’ngra mikrobni oshirib, parchalab yuborish hodisasini fan sohasida birinchi bo’lib isbotladi va bu hodisani «fagositoz» deb atadi. Keyinroq fagositoz qilish xususiyati birgina leykositlarda emas, umuman retikul-endotelial (endotelial, qon tomir, epiteliy to’qima) sistemasidagi hujayralarda ham borligi aniqlandi va shuning uchun fagositoz nazariyasini sellyulyar – xujayra nazariyasi ham deyiladigan bo’ldi.

Mechnikov leykositlarning fagositoz qilish xususiyatlarini evolyusion nuqtai nazardan tekshirib, bu hodisani nazariy jihatdan to’g’ri tushuntirdi. Mechnikov Darvinning ta’limoti va Kongeymning yallig’lanish haqidagi nazariyasini chuqur o’rganib, yallig’langan joyning atrofida leykositlar kapillyarlardan chetga chiqishini qiziqish bilan tekshira boshladi. Mechnikov bir xujayrali sodda organizmlar ovqatli moddani protoplazmasi bilan o’rab olib, so’ngra uni ham hazm qilishini, ya’ni fagositoz qilinishini isbotlab va bu xususiyat yuqori taraqqiy etgan hayvonlarning mezodermal xo’jayralaridan saqlanib qolishini aniqladi. Bunday xo’jayralar mikroblarni ham fagositoz yuli bilan oshirib, organizmni mikrobdan muhofaza qilishini isbotladi.

Immunitetning yuzaga chiqishini avvallar faqat gumoral nazariya bilan tushuntirilgan bo’lsa, endilikda fagositar nazariyasi ham vujudga keldi. Mechnikov immunitet masalasida fagositar nazariyani vujudga keltirish bilan birga mikrobiologiyaning boshqa sohalarida ham ancha ishlab mikroblar orasida o’zaro qarama-qarshilik borligini aniqladi va undan foydalanish imkoniyatlarini belgiladi.

1909 yilda Mechnikovni ana shu fagositoz nazariyasini yuqori baholab Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Rossiyada birinchi marta bakteriologik stansiya tashkil etdi. Uning rahbarligida yirik mikrobiologlar: G.N.Gabrichevskiy, A.M.Bezrodka, I.G.Savcheno, L.A.Tarasevich, N.F.Gamaleya, D.K.Zabolotniy va boshqalar yetishib chiqdi.

Vinogradskiy (1865-1955) – tuproqda yashovchi mikroorganizmlarni atroflicha tekshirib nitrofikasiya qiluvchi mikroblarni topdi, tuproq mikroflorasini tekshirish metodlarini rivojlantirib tuproq mikrobiologiyasiga asos soldi. Vinogradskiy oltingugurt bakteriyalari, temir bakteriyalari ustida ish olib bordi va katta ilmiy natijaga erishdi. Vinogradskiy nitrifikasiyalovchi bakteriyalarning sof kulturasini olishga va ular organik moddalar bo’lmagan muhitda rivojlana olishi mumkinligini, hamda karbonat kislotani uglerodi hisobiga o’z tanasining tarkibiy qismini sintez qila olishini isbotladi. Karbonat kislota va suvdan organik modda sintezlanishining bu o’ziga xos jarayeni xemosntez deb ataladi. Bu mikroorganizmlar fiziologiyasida qilingan eng yirik kashfiyotlardan biri hisoblanadi. U o’z ishlarida tuproqda erkin holda yashovchi azot tuplovchi bakteriyalar borligini ko’rsatdi.

1894 yilda bu gruppadagi bakteriyalardan 1 g qand bijgishi uchun 2.5-3 mg atmosfera azotini o’zlashtiruvchi anaerob fiksator Clostridium pasteurianum ni topdi.

D.I..Ivanovskiy (1864-1920) – botanik bo’lib, o’simlik kasalliklarini tekshirish yuzasidan ish olib borgan. Ivanovskiy tamokida uchraydigan «mozayka» kasalligi ustida ishlab, tamokining zararlangan bargidan ezib olingan suvni chinni filtrdan o’tkazadi. Ivanovskiy mikroskopda ko’rinadigan mikroorganizmdan holi bo’lgan bu suv o’zining yuqumlilik xususiyatini saqlab qolishini tajribada ko’rsatdi. Natijada Ivanovskiy chinni filtrdan ham o’ta oladigan haddan tashqari mayda mikroorganizmlar – filtrdan o’tuvchi viruslar borligini isbotladi (1892).

Keyinchalik filtrdan o’tuvchi orasida ko’pgina kasalliklarning qo’zqatuvchilari , masalan, chechak, suvchechak, gripp, ensefalit qutirish va boshqalar borligi aniqlandi. Viruslar hamma bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlardan katta farq qilgani tufayli ularni tekshirish, ko’paytirish usullari ham tamomila boshqachadir. Shu sababdan mikrobiologiya sohasida filtrdan o’tuvchi viruslarni tekshiradigan yangi bo’lim «virusologiya» vujudga keldi.

S.P.Kostichev (1845-1895) – ko’pgina tuproq zamburug’larini batafsil o’rgandi. Bu zamburug’larga ular chirindi moddalar hosil bo’lishda ishtirok etsa kerak deb qaralar edi. U o’zining dastlabki tekshirishlarida turli tuproklarda o’simlik qoldiklari bir xil tezlikda chirimaydi va ularning xar xil qismlari turlicha tezlikda parchalanadi degan xulosaga keldi. Kostichev tuprokda koramtir mahsulotlarning hosil bo’lishida tuproq zamburug’lari faol qatnashadi degan xulosaga keldi, bu ish rus olimlarining chirindi hosil bo’lish mikrobiologiyasiga bag’ishlangan dastlabki ishidan biridir.

V.L.Omelyanskiy – tuproqda anaerob sharoitda sellyulozani parchalovchi juda ko’p mikroflora borligini isbotlashga muvaffiq bo’ldi. Sellyulozani bijg’ituvchi 2 ta qo’zg’atuvchini ajratib olib bu prosess davomida hosil bo’ladigan mahsulotlarni tekshirdi. U 1909 yilda birinchi marta chop ettirgan «Osnovы mikrobiologii» jahon adabiyotida mikrobiologiya sohasida eng muhim kitoblardan biri hisoblanadi.

Rus mikrobiologlari hakida so’zlaganda P.V.Siklinskayani (1859-1923) ko’rsatib o’tish lozim. V.P. Siklinskaya mikrobiologiya sohasida ayollardan chiqqan birinchi rus professoridir. U ichak yullarining mikroflorasini tekshirib, uning tarkibini aniqlagan. Bundan tashqari termofil bakteriyalar borligini va ularning xususiyatlarini ham isbotlagan.

Chirindi moddalar va tuproq strukturasi hosil bo’lishida tuproq mikroorganizmlarining axamiyatini tushuntirishda M.V.Tyurin, M.I.Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini o’rganish sohasida B.L.Isachenko, Ye.N.Mishustin, N.M.Lazarevlar, tuproqdagi va rizosferadagi turli xil bakteriyalarning aktivligini aniqlashda N.N.Xudyakov, N.G.Xolodniy, V.S.Butkevich, N.A.Krasilnikov va boshqa olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan tashqari yirik mikrobiolog olimlardan biri V.N.Shaposhnikovdir. Bu asosan umumiy va texnika mikrobiologiyasi sohasida ko’pgina ish qilgan. Shaposhnikov bijg’ishning «fazasini asoslab bergan. Moy kislotali, sut kislotali, sirka bijg’ishni har tomonlama chuqur o’rganib oziq-ovqatning yuqori ishlab chikarish texnologiyasiga asos soldi.

Mikrobiologiya fanini rivojlantirishda nazariy bilimlarni berishda oliy o’kuv yurtlarida mikrobiologiya kursini uqib kelgan olimlar ham mashxurdir.
Hozirgi zamon mikrobiologiyasi rivojlanishining ustivor yo’nalishlari.
XIX asrda ko’p mamlakatlarda meditsina mikrobiologiyasi rivojlandi. Meditsina mikrobiologiyasining rivojlanishiga nemis olimi Robert Kox (1843 - 1910) ko’p hissa qo’shdi. U sof mikrob kulturasini ajratish uchun qattiq (quyuq) oziq muhitidan foydalanishni taklif etadi. Odam va qoramollarda sil kasalligini qo’zgatuvchisini hamda vabo vibrionini ajratib olishga muvaffaq bo’ldi, mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, immersion sistemani qo’llashni va mikrofotografiyani amaliyotga kiritdi.

I. I. Mechnikov (1845 - 1916) fagotsitoz va uning immunitetdagi ahamiyati haqida to’liq ta’limot yaratdi, chirituvchi va sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning antagonizmini aniqladi va vabo kasalligini o’rganishga o’z hissasini qo’shdi. Rossiyada birinchi bakteriologik stantsiya tashkil etdi. Uning rahbarligi ostida yirik mikrobiologlar: G. N. Gabrichevskiy, A. M.

Mikrobiologiya fanining rivojlanishida Bezredka, I. G. Savchenko, L. A. Tarasevich, N. F. Gamaleya, D. K. Zabolotniy va boshqalar yetishib chiqdi.D. I. Ivanovskiy (1864-1920) alohida rolь o’ynadi. U tamaki barglarining mozaika kasalligini o’rganib, 1892 yilda filьtrlanuvchi viruslarni aniqladi va virusologiya faniga asos soldi.

Tuproq mikrobiologiyasi bo’yicha ham ancha ishlar qilindi. SHlezing va Myunts kabi frantsuz olimlari nitrifikatsiya jarayonini o’rgandi. Tuproqda uchraydigan mikroorganizmlarni va ularning moddalar almashinuvidagi rolini aniqlashda S.N.Vinogradskiyning

(1856 - 1955) hissasi katta bo’ldi. U xemosintez jarayonini nitrifikatorlar, oltingugurt va temir bakteriyalari misolida aniq ko’rsatib berdi. Bu jarayonlarni chuqur o’rganib «Xemosintez» (kimyoviy energiya ishtirokida suv va SO2 dan organik moddalar hosil bo’lishi) jarayonini ochish sharafiga muyassar bo’ldi. Tuproqda erkin holda hayot kechiruvchi anaerob bakteriya klostridium pasterianumni, tsellyulozani parchalovchi bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va ko’pgina yangi metodlarni kiritdi va «Tuproq mikrobiolgiyasi» asarini yaratdi.

M. Beyerink tuproqda uchraydigan erkin azot o’zlashtiruvchi bakteriyalardan azotobakterni aniqladi. G. Gelьrigelь va G. Vilьfor tuproq mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, 1880 yilda tugunak bakteriyalar bilan dukkakli o’simliklar orasidagi simbiozni aniqlab, dukakkli o’simliklarning azot o’zlashtirishi ular ildizidagi tuganaklarga bog’liq ekanligini ko’rsatib berdilar.

Sekin-asta to’plangan materiallar, ayniqsa, nafas olish va bijg’ish jarayonlari ximizmini aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi uchinchi davr «mikrobiologiyaning bioximiya yo’nalishi»ga turtki bo’ldi. Nafas olish va bijg’ish jarayonlarini ximizmini aniqlashda S. P. Kostichev, V. S. Butkevich, V. N. SHaposhnikov va N. D. Irusalimskiylar katta hissa qo’shganlar.

CHirindi moddalar va tuproq strukturasi hosil bo’lishidagi tuproq mikroorganizmlarining rolini tushuntirishda I.V. Tyurin, M.I. Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini o’rganish sohasida B. L. Isachenko, Ye. N. Mishustin, N. M. Lazarevlar, tuproq va rizosferadagi turli xil bakteriyalarning aktivligini aniqlashda N. G. Xolodniy, V. S. Butkevich, N. A. Krasilьnikov, Ye. F. Beryozova, Ya. N. Xudyakov va boshqa olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Keyingi yillarda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shgan olimlar B.F.Perfilьev va D.L. Gabelardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskopiya metodi ko’pgina cho’kindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi.

O’tgan asrning oxiridan boshlab mikrobiologiyaning yana bir tarmogi bo’lgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topdi. G. A. Nadson, B. L. Isachenko, M. A. Yegunov, V. O. Tauson, V. S. Butkevich, A. Ye. Kriss, A. S. Razumov va boshqalar bu tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. G. A. Nadson va uning shogirdi G. S. Filippov 1925 yilda achitqi zamburug’lariga turli nurlarni ta’sir etdirib, ulardan mutantlar oldilar.

Mikrobiologiyaning O'zbekiston Respublikasida rivojlanishi.

Mikrobiologiya juda mayda oddiy ko’z bilan ko’rinmaydigan faqat optik asboblar yordamida yoki elektron mikroskoplar vositasida ko’rinadigan mikroorganizmlarning morfologiyasi, tsitologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi va boshqa xususiyatlarini o’rganadigan fandir.

Yorug’lik mikroskopining kattalashtirishi 3000 martagacha bo’ladi. U 0,1 - 0,2 mkm bo’lgan zarralarni ko’rish imkoniyatini beradi (1mkm(mikrometr) q 10-3mm).

Zamonaviy elektron mikroskoplarning ko’rsatish qobiliyati 0,15 nm (1nm (nanometr) = 10-3mkm = 10-6mm) gacha bo’lib, bunday elektron mikroskoplar ko’rilayotgan namunalar (bakteriyalar, viruslar) va ularning tashkil qiluvchi nozik qismlarini ham ko’rish imkoniyatini beradi. Bunday mikroskoplar o’rganiladigan ob’ektni 750000 martagacha kattalashtiradi. Odatda mikroorganizmlarni optik mikroskopda 1000 - 1500, elektron mikroskopda esa 30000 - 100000 marta kattalashtirib ko’riladi (Mishustin, Yemtsev, 1987). Elektron mikroskop yordamida bakteriya hujayrasining nozik strukturalari – xivchinlar, fimbriylar, pililar, hujayra devori, tsitoplazmatik membrana, tsitoplazmada joylashgan ribosoma, nukleoid, har xil zahira moddalarning shakllari haqida to’liq axborot olishga erishiladi.

Mikrobiologiya - grekcha so’z bo’lib, mikros - mayda, bios - hayot va logos - fan demakdir. Mikrobiologiya mikroorganizmlar - mikroskopik zamburug’lar, suvo’tlari, bakteriyalar, rikketsiyalar, mikoplazma, virus, viroid va prionlarning morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasini o’rganadigan fan.

SHuningdek, mikrobiologiya mikroorganizmlarning inson, hayvon va o’simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatda moddalarning aylanishi, turli yuqumli kasalliklarni qo’zg’atishi, tarqalishi haqida ham ma’lumot beradi.

Mikroorganizmlar olami g’oyat boy va turli - tuman. Eng keng tarqalgan prokariotlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, tsianobakteriyalar (ko’k-yashil suvo’tlari) mansub bo’lib, ular eng sodda va mayda organizmlardir. Ular boshqa tirik organizmlardan farqli bo’lib, ular alohida olam - Rgosariotae olamiga kiritiladi.

Mikrobiologiyaning o’rganish doirasiga ba’zi eukariotlar ham kiradi, masalan, mitsella hosil qiladigan mikroskopik zamburug’lar (bir hujayrali va ko’p hujayrali) kiradi. Ularning ko’p qismini xaltali zamburug’larga kiruvchi bir hujayrali achitqi zamburug’lari tashkil qiladi. Ularni mikologiya chuqur va har tomonlama o’rganadi.

Mishustinning fikricha, mikroskopik tuzilishga ega bo’lgan sodda hayvonlar (protozoalar), suvo’tlaridan yashil suvo’tlari ba’zan mikrobiologiya kursida o’rganiladi. Odatda, sodda hayvonlarni protozoologiya, mikroskopik suvo’tlarini alьgologiya o’rganadi.

Ayrim guruhni hujayrasiz, kimyoviy tuzilishi bilan boshqa mikroorganizmlardan tubdan farq qiladigan viruslar tashkil qiladi. Ular odam va hayvonlarda, o’simliklarda, hasharotlarda, bakteriyalarda, aktinomitsetlarda, tsianobakteriyalarda turli tuman kasalliklarni qo’zg’atadi. Ular tuzilishining o’ziga xosligi va ahamiyatining kattaligi yangi va maxsus fan - virusologiyani paydo qildi.

Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo’jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Mazkur fanlarning yutuqlari o’z navbatida ikkinchi fanga, jumladan, mikrobiologining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo’lishidan qat’iy nazar, tabiatda va jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, oziq-ovqat sanoatida qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirish - sut kislotali bijg’ituvchi bakteriyalarning faoliyatiga bog’liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino, pivo va h.k.) tayyorlash ham achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayonlarga kiradi.Ko’pgina foydali qazilmalarning (torf, toshko’mir, neftь, temir, oltingugurt rudalarining) hosil bo’lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog’liqdir.

CHirituvchi bakteriyalar o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, yer yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni tozalash, ko’mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham mikroorganizmlarning roli katta.

Ko’pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar (biologik katalizatorlar), vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset achitqilari 45 - 50% gacha oqsil sintezlay oladi. Ba’zi bakteriyalar antibiotiklar sintezlaydi: tirotritsin, batsitratsin, subtilin, polimiksin va boshqa birlari esa sirka kislotani sintezlaydi. Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug’lar streptomitsin, aureomitsin, neomitsin, tetratsiklin kabi antibiotiklarni sintezlaydi. Hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan antibiotiklarning 2|3 ulushini aktinomitsetlar sintezlaydi.

Qishloq xo’jaligida, ayniqsa, dehqonchilikda mikroorganizmlar muhim rolь o’ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziqa moddalar to’planadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning hosili ham yuqori bo’ladi.

Tuproqda boradigan jarayonlarning ko’pchiligi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog’liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo’lishi, yerga ishlov berish, yerni o’g’itlash, sug’orish, tuproqda ro’y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalikni yo’qotish, zax yerlarning suvini qochirish, organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog’liqdir.

Mamlakatimizda mikrobiologiya fanining rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalar bilan bog’liq bo’lgan sohalari: oziq-ovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda.

Mikrobiologiyadan sinov savollar

1. 1835 yil Erenburg tomonidan «Infuzoriyalar mukammal organizmlardir» asarida hamma tuban jonzotlarni sinflarga bo’lishi va binar nomenklatura bilan atalishi.

2. Mikroorganizmlarni o’rganishning ikkinchi davri - «fiziologiya davri» - asoschisi buyuk frantsuz olimi Lui Paster (1822-1895) ishlari.

3 Robert Koxning (1843 - 1910)mikrobiologiyaga qo’shgan xissasi. U sof mikrob kulьturasini ajratish uchun qanday oziq muhitidan foydalanishni taklif etadi.



4. S.N.Vinogradskiyning mikrobiologiyaning qaysi soxasida ishladi va uni qo’shgan xissasi.

5. M. Beyerink tuproqda uchraydigan erkin azot o’zlashtiruvchi qanday bakteriyalarni aniqladi.
Download 38,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish