XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlat oldida mulkchilik islohotlarini o‘tkazishning mustahkam bazasini yaratishni talab qildi. Keyingi yillarda respublikada kichik korxonalar hamma joyda va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Islohotlar chuqurlashgan sari kichik korxonalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kichik korxonalar fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida yangi texnologiyalarga o‘tilayotgan sharoitda o‘z o‘rnini topib olmoqda. Ular yangi axborot texnologiyasi, yangi g‘oyalar bilan ishlashni, ishlab chiqarishni yangilashni ta’minlaydigan butun bir tizimning uzviy unsuri hisoblanadi. Kichik korxonalar, shuningdek yuqori xatar sharoitida ishlab chiqishning maqbul shakli hisoblanadi.
SHunday qilib kichik korxonalar va ularning faoliyati bilan bog‘liq narsa hozirgi zamon ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tashkiliy tuzilmaning eng muhim va uzviy unsurini tashkil etadi.
Mehnat resurslari tez o‘sayotgan va O‘zbekistonda ishlab chiqarish joylashuvidagi o‘ziga xoslik sharoitlarida kichik korxonalarni kreditlash evaziga quyidagi maqsadlarga erishish mumkin:
a) erkin mehnat resurslarini va yangi xo‘jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi natijasida ishlab chiqarishdan bo‘shatiladigan shaxslarni ijtimoiy ishlab chiqarishga ko‘proq jalb qilish;
b) mulkchilik yangi shakllarining paydo bo‘lishi;
v) aholining birinchi navbatda yoshlarning moddiy madaniy va kasb darajasini ko‘tarish;
g) aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishni aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish;
d) aholining xalq iste’moli mollariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish;
e) milliy kasb-kor, hunarmandchilik, badiiy hunarmandchilikni tiklash;
j) kichik va o‘rta shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, umuman har bir mintaqa uchun g‘oyat muhim bo‘lgan xalq xo‘jaligi samaradorligini oshirish.
Kichik korxonalarni qishloq joylarda tashkil etish avvalo mehnat resurslarini jalb etishga imkoniyatlar mavjudligi bilan alohida ahamiyatga ega, chunki qishloqlarda ishchi kuchi ortiqligi shaharlarga nisbatan ancha yuqoridir. Kichik korxonalar uchun muhim bo‘lgan ikkinchi omil bu qishloq xo‘jaligida etishtirilayotgan qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Tadbirkor uchun kichik korxonani qishloq joylarida tashkil etib, qishloq aholisini ish bilan ta’minlab malakasini oshirib borish, yangi texnologiyani ishlab chiqarishda qo‘llash yaxshi samara beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlat oldida mulkchilik islohotlarini o‘tkazishning mustahkam bazasini yaratishni talab qildi. Jumladan, davlat tomonidan lizing munosabatlarini taraqqiy ettirish va kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashda lizingga nisbatan tadbirkorlarga qiziqish uyg‘otishni rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqildi.
Bu masala ayniqsa, agrosanoat, engil va oziq-ovqat sanoati majmualari uchun dolzarbdir. Juda ko‘plab bu sohalarning sub’ektlari hisoblanuvchi korxonalar zarur texnika va asbob-uskunalarni o‘zlashtirish va sotib olish imkoniyatiga doimo ega bo‘lmaydilar. SHu ma’noda lizing tadbirkorligini bu sohalarga jalb qilish va yo‘naltirish zarurati yuzaga keladi.
Lizing qimmatbaho mashinalar, uskunalarni o‘zlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Korxonalarning o‘z mashina narxlarini ta’minlash xarajatlarini qisqartiradi.
Lizingning bu afzalliklarini hisobga olib, lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat va harakatlarni kelgusida ham rag‘batlantirib turish uchun zarur tizimni yaratish lozim bo‘ladi.
Bu masalani hal qilish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblayman:
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlariga lizingning mohiyati va afzallik jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun zarur bo‘ladigan faoliyat majmuasini amalga oshirish zarur.
Lizing faoliyati to‘g‘risida to‘g‘ri ma’lumotlar berilishi natijasida, lizing munosabatlarining keng yuritilishi uchun zarur hisoblangan holat, ya’ni xususiy – yuridik shaxslar tomonidan lizing kompaniyalarning tashkil etilish jarayoni boshlanadi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida xizmat qiluvchi ishlovchilar o‘rtasida o‘z xo‘jaliklarining rivojlanishi uchun lizingni qo‘llaydiganlar paydo bo‘ladilar.
2. O‘zbekistonda va umuman, jahon xo‘jaligida doimiy tarzda ilmiy texnikataraqqiyoti yutuqlari ko‘rgazmalarini tashkil etib turish kerak. Aynan shunday ko‘rgazmalar iqtisodiyot sohalari tadbirkorlari va ishlovchilarini o‘z faoliyatlari uchun zarur bo‘ladigan yangi mukammal texnologiyalar yutuqlari to‘g‘risida ma’lumotlar oladilar va shu asosda ishlab chiqarishni tashkil etib, o‘z daromadlari va foydalarini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
3. Lizing kompaniyalari faoliyatini kengaytirishni xohlovchi tadbirkorlar uchun imtiyozli kredit yo‘nalishlarini ochib berish va bu faoliyatni rag‘batlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |