2.2. Zamonaviy metodlar va amaliy mashg‘ulotda ularni qo‘llash
Professional ta’lim jarayonida, ya’ni maxsus fanlar bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda o’quvchi faoliyati ikki jixatga ega bo’lib, birinchidan, nazariy bilimlar o’zlashtiriladi, ikkinchidan, bu bilimlarni amalda qo’llash bo’yicha ko’nikma va malakalar egallanadi. Ular amaliy kasbiy ta’lim jarayonida birlashadi va bir butun kasbiy bilish, o’zlashtirish jarayonini tashkil etadi.
Kasbiy ta’lim- maxsus tayyorgarlik ko’rgan muxandis-pedagoglar, ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan o’quvchilarning o’zaro ta’sirida avlodlar kasbiy tajribasining uzatilishi va qabul qilib olish jarayoni hisoblanib, u o’zaro aloqador, bir-birini taqozo qiluvchi ikki tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: kasbiy o’qitish va kasbiy o’qish.
Professional ta’lim- ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo’yicha kasbiy kompetentsiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |