G’oziyev Odilning O’zbekiston geografiyasi


O’zbekistonda Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar



Download 2,06 Mb.
bet2/17
Sana17.09.2021
Hajmi2,06 Mb.
#176562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
G'oziyev Odil

O’zbekistonda Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar.

Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillari mobaynida qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fermerlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi uchun mustahkam huquqiy asoslar va kafolatlarni yaratib beruvchi Er kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Fermer xo‘jaliklarining yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan yanada oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib borishini, fermer xo‘jaliklari samaradorligi va rentabelligi o‘sishini ta’minlash imkonini beradigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yer maydonlarini maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Qishloqda fermer xo‘jaliklariga barcha zarur xizmatlarni ko‘rsatayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo‘jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili va asosi bo‘ldi, buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga haqiqiy egalik tuyg‘usi mustahkamlandi.

Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga hamda agrar sohani va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlarni hamda ishlab chiqarishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.

Birinchi navbatda gap fermer xo‘jaliklarini yanada takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yer-suv resurslaridan va yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishda, qishloqni jadal rivojlantirish va obodonlashtirishda, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish to‘g‘risida bormoqda.

Shuni e’tirof etish kerakki, hozir amalda bo‘lgan fermerlik harakatini tashkil qilish va boshqarish tizimi, xususan, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyati qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini isloh qilish va uning mahsuldorligini oshirish jarayonlariga hamda fermerlik oldida turgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishga sust ta’sir o‘tkazmoqda.

Hozirgi sharoitda fermerlik harakati oldida turgan jamiyatni demokratlashtirishni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni yanada isloh qilish va liberallashtirish, mamlakat agrar sektorini barqaror va samarali rivojlantirishning, aholi farovonligini oshirishning eng muhim bo‘g‘ini sifatida fermer xo‘jaliklarining roli va ahamiyatini oshirish vazifalarining fermerlik harakati tomonidan ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining g‘oyat muhim vazifalari deb hisoblansin:

-qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil qilishning yetakchi bo‘g‘ini va shakli sifatida fermer xo‘jaliklarining huquqlari, manfaatlari himoya qilinishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash;

-fermerlikni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, fermer xo‘jaliklarining o‘zini o‘zi boshqarish ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish;

-fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, fermerlarning yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jalik xomashyosini kompleks qayta ishlash, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil qilish hamda rivojlantirish hisobiga mexanizatsiyalash darajasi va rentabellikni oshirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirish.

2. Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan fermerlikni rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev):

-ikki hafta muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan Dasturni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;

Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli respublika va hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirsin;

Dasturning amalga oshirilishini har oyda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitishni nazarda tutgan holda, Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqsin.

Belgilab qo‘yilsinki, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalarning rahbarlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi borasida shaxsan javobgar bo‘ladilar.

4. Quyidagilarga:

O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi konferensiyasining uni belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi qaroriga;

fermer xo‘jaliklarining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq bo‘lgan O‘zbekiston Fermerlari kengashini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning fermerlar kengashlarini (keyingi o‘rinlarda – fermerlar kengashlari) tashkil qilish to‘g‘risidagi tashabbusiga rozilik berilsin.

O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlarining eng muhim vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat etib belgilansin:

-fermerlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash hamda ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

-fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar ko‘rib chiqilayotganda;

-fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini ta’minlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;

-ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda tomchilatib sug‘orishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga ko‘maklashish;

-qishloqda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik hamda boshqa masalalar bo‘yicha konsalting markazlari tarmog‘ini, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etish va kengaytirishga ko‘maklashish.

5. Fermerlar kengashlariga fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizalarini taqdim etish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizliklari) ustidan sudga davlat boji to‘lamasdan shikoyat qilish huquqi berilsin.

6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

fermer xo‘jaliklariga yer maydonlarini berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyalari tarkibiga tegishli tuman fermerlar kengashlarining raislari kiritiladi;

fermerlarning tegishli kengashlari fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati masalalariga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda boshqa qarorlar loyihalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqishda faol qatnashadilar.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo`jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti hajmi 2016 yilda 5957,1 mlrd. so`mni tashkil etib, 2005 yilga nisbatan 9,1 martaga o`sishini ta`minladi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 3720,8 mlrd. so`mni (11,9m.), chorvachilik mahsulotlari hajmi 2236,2 mlrd. so`mni (6,9 m.) tashkil etdi. 2010-2016 yillar davomida jami qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror sur`atlarda o`sib bordi, bunda o`sish sur`ati yiliga 5-6 foizni tashkil etdi.




Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish