Давлат қарзи: Профицит, дефицит ва дефицитни қоплаш усуллари


Moliya maqsadlari va funktsiyalari



Download 225,5 Kb.
bet3/7
Sana26.05.2020
Hajmi225,5 Kb.
#56068
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5323496403001935395

Moliya maqsadlari va funktsiyalari

Moliya kredit munosabatlari pul mablag’lari bilan bog’liq munosabatlardir. Bozor iqtisodiyoti asosini tovar pul munosabatlari tashkil etadi. Moliya kategoriya sifatida iqtisodiyotda pul resurslarini hosil etish, ularni taqsimlash va ishlatish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni bildiradi. Har qanday iqtisodiy faoliyat mablag’, pul talab qiladi ishlab chiqarish qaerda bo’lmasin, baribir moliyani yuzaga keltiradi. Gap shundaki, mahsulot va xizmatlar faqat taqsimlangandan so’ng iste’mol etilishi mumkin. Ular qiymat shaklida taqsimlangandan dastlab turli maqsadlarni mo’njallangan pul resurslari hosil bo’ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib, shundan so’ng iste’mol qondiriladi. Masalan, qiymat shaklidagi mahsulot taqsimlanganda uni yaratish uchun sarflangan mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondi shakliga kiradi. Bu esa moliyaviy resursga aylanadi va yig’ilib boradi va unga yangi mashinalar olinib, eskirganlar o’rniga tiklanadi. Ma’lumki, umum jamiyat ehtiyojlari davlat yo’li bilan qondiriladi. Ular jumlasiga atrof muhitni ximoya qilish, mudofaa, ijtimoiy tartibni saqlash, bir qator nomoddiy sohalarni ta’minlash, aholining qatlamlarini ta’minlash va boshqalar kiradi. Mazkur ehtiyojlarning qondirilishi davlatning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq. Ammo bundan moliyaviy faoliyatning zarurligi davlatning mavjudligidan kelib chiqadi, moliyaviy munosabatlarni faqat davlat yaratadi deb o’ylash noto’g’ri. Davlat moliyani yaratuvchi emas, balki uning ishtirokchisidir. Agar moliyaning yaratuvchisi davlat bo’lganda edi, nodavlat moliyasi bo’lmas edi. Aslida bunday emas, davlat ishlaridan tashqarida ham moliya aloqalari mavjud. SHubhasiz, moliya ishtirokchilari har xil, lekin moliyaning moliya qiladigan umumiy asoslari bor. Bu mahsulot qiymatining taqsimlanishidir. Mahsulot ishlatish uchun taqsimlanganda pul shaklidagi moliyaviy fondlar hosil bo’ladi, Ular tabiatdan moliyaviy resurs hisoblanadi, Moliyaviy resurslarni tashkil etishda va ishlatishda ishtirok etuvchilar moliyaviy munosabatlarning sub’ekti hisoblanadi, Moliya ishtirokchilari bo’lmish korxona, tashkilot, fuqaro yoki mahsulot taqsimlanganda olgan xissalariga teng miqdorda pul fondlarini uyushtiradi, bu ma’lum maqsadni ko’zlaydi, ya’ni ishlab chiqarishni o’stirish, aholini ijtimoiy ximoya qilish, davlatni boshqarish, mudofaani mustahkamlash, rezervlar hosil etish kabilarni mo’njallaydi .

Moliyaviy munosabatlar, ular sub’ektlarining moddiy ishlab chiqarish yoki nomoddiy sohada faoliyat ko’rsatishiga qarab, har xil bo’ladi, albatta, ular eng avval, ishlab chiqarishning o’zida, ya’ni korxonada, so’ngra ishlab chiqarish bilan bog’liq turli tuman sohalar o’rtasida, nihoyat, oilada paydo bo’ladi. Moliya munosabatlarining ob’ekti pul resurslari hisoblanadi, lekin ular, albatta, moddiy mahsulotning ma’lum qismining o’zida ifoda etadi.

Moliya munosabatlariga xos bo’lgan belgilar va xususiyatlar moliyaning funktsiyasi - vazifasida ifodalanadi. Moliyaning funktsiyasi - bu moliya mohiyatining xo’jalik faoliyatidagi aniq ko’rinishi, uning ifodasidir. Yuqorida aytganimizdek, moliya mahsulot qiymatining taqsimlash orqali pul fondlarini hosil etish va ularni ishlatilishini bildirar ekan, shunga ko’ra u taqsimlash, rag’batlantirish, ijtimoiy ximoya, iqtisodiy informatsiya funktsiyalarini ado etadi .

Taqsimlash funktsiyasi - moliya vositasida jamiyatda yaratilgan yalpi milliy mahsulot va uning asosiy qismi bo’lmish milliy daromad xo’jalik sub’ektlari o’rtasida taqsimlanib, pul fondlariga aylantiriladi. Ishlab chiqarishning o’zida yuz beradigan taqsimlash birlamchi taqsimlash deb ataladi, uning natijasida birlamchi daromadalar yuzaga keladi: foyda, ish xaqi fondi, ijtimoiy sug’urta uchun ajratmalar, amortizatsiya tashkil topadi. Masalan, ishlab chiqarishda 100 mlrd. so’mlik mahsulot yaratilsa, uning qiymati taqsimlanib, 60 mlrd. so’m amortizatsiya fondiga, 20 mlrd. so’m ish xaqiga, 15 mlrd. so’m foydaga, 5 mlrd. so’m ijtimoiy sug’urtaga ajratiladi.

Amortizatsiya fondi, ishlab chiqarishni qayta tiklashga ketadi, xech kachon u ish xaqi sifatida berilmaydi yoki sug’urta uchun sarflanmaydi. SHuningdek, amortizatsiya vazifasini ish xaqi fondi bajara olmaydi. Birlamchidan so’ng ikkilamchi taqsimlash yoki qayta taqsimlash yuz beradi, bir marta taqsimlangan mahsulot qiymati moliya vositalarida, masalan, soliqlar va har xil to’lovlar yordamida qayta taqsimlanadi. Bunda moliyaning o’ziga xos bulmish byudjet asosiy rolni o’ynaydi. Oldingi misolga qaytsak, taqsimlash tufayli hosil bo’lgan 20 mlrd. so’mlik ish xaqi fondining 5 mlrd. so’mga teng qismi daromad solig’i shaklida, olingan 15 mlrd. so’mlik foydaning esa 8 mlrd. so’mga teng qismi to’lovlar shaklida davlatga tegadi. Davlat o’ziga tekkan 13 mlrd. so’mni qayta taqsimlaydi. Xususan, undan 2 mlrd. so’mni ishsizlik nafaqasiga, 5 mlrd. so’mni mudofaaga, 5 mlrd. so’mni boshqarish ishiga ajratadi va h.k.. daromad qayta taqsimlanganda moliyaviy aloqalar qaytadan ishlab chiqarish va boshqa soxa, turli korxona, tarmoklar o’rtasida, korxona bilan davlat, korxona bilan aholi o’rtasida yuz beradi.

Rag’batlantirish funktsiyasi - moliya vositalari orqali xo’jalik sub’ektlarini iqtisodiy faollikka undashdan iborat. Iqtisodiy rag’batlantirish vositasi taqsimotdir. Masalan, moliyadan pul ajratib, kishilarni bepul o’qitish, davolash, nogironlarga, ko’p bolalilarga nafaqa to’lash ishlab chiqarishni rag’batlantirmaydi, albatta. Ammo, moliyada rag’batlantiruvchi jihat ham mavjud. Bu moliya tizimida ishlatiladigan soliqlar, to’lovlar, subsidiyalar va subvensiyalardir. Soliqdan imtiyoz berilishi korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ketadigan investitsiyani kupaytiradi, ishlovchilarga ko’proq mukofot berishni ta’minlab, ularni yaxshi ishlashga undaydi. Boj pulini kamaytirish orqali eksport rag’batlantiriladi, import qisqartiriladi, kerak bulganda zararni qoplash uchun subsidiya berish korxonani moliyaviy sog’lomlashtirish vositasi bo’ladi.

Ijtimoiy ximoya funktsiyasi - jamiyat a’zolari ma’lum qatlamlarining minimal tirikchilik yuritishini moliyaviy jihatdan ta’minlab turish, ya’ni moliyaviy kafolatlashdan iborat.

Jamiyatda shunday nochor ijtimoiy qatlamlar borki, ular ob’ektiv sabablarga ko’ra, o’zini-o’zi to’la ta’minlay olmaydi (nogironlar, ko’p bolalik qambag’al oilalar, ishsiz qolganlar). Ularning tirikchiligi maxsus tashkil etilgan pul mablag’lari hisobidan, masalan, ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqalar, nogironlar nafaqalari hisobidan ta’minlanadi. Bu mablag’larni nafaqat davlat, balki korxona, tashkilotlar, jamoat birlashmalari o’z mablag’i hisobidan uyushtiradilar. Moliya vositasida aholining ma’lum qatlamlarini faol ximoya etish bilan birga hammaga tegishli bo’lgan, ommaviy ijtimoiy kafolatlar ham bor. Aholi sog’ligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim berish, atrof muxitni sog’lomlashtirish kabi sarflar borki, ular hammani nazarda tutib moliyalashtiriladi.

Iqtisodiy axborot berish funktsiyasi - xo’jalik sub’ektlari va umuman, jamiyat iqtisodiy faoliyatining moliyaviy yakunlari xususida ma’lumot va xabarlar berib turishdan iborat bo’lib, iqtisodiyotni boshqarishda qo’l keladi. Iqtisodiy xolat moliyada o’zining miqdoriy ifodasini topadi. Moliyaviy ko’rsatkichlar orqali ishlab chiqarishning qanday borishini kuzatish mumkin. Moliyaviy fondlar harakatiga qarab ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol bir-biriga naqadar monandligini bilish mumkin. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvoliga qarab, ularning xo’jalik faoliyatning yaxshi yoki yomon ekanligi xususida xulosaga kelish mumkin. Moliyaviy axborotga qarab, tadbirkorlar o’z ishining borishi, o’z sheriklarining ahvoli, raqobatchilar imkonidan ogox bo’ladilar. Tadbirkorlik uchun xolis moliyaviy axborot kerak bo’ladi va uni auditorlik xizmati ta’minlab turadi.

Download 225,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish