Ashurova zarinaning


I. To'ra Sulaymon ijodining obrazliligi



Download 88,44 Kb.
bet2/4
Sana02.08.2021
Hajmi88,44 Kb.
#135630
1   2   3   4
Bog'liq
To'ra Sulaymon

I. To'ra Sulaymon ijodining obrazliligi.

Adabiyotda har bir shoirning, har bir yozuvchining o'z ijodiy uslubi, noodatiy yo'li bo'ladi. Shuningdek har biri turli obraz yaratadi, yoki an'anaviy obrazga o'zgacha tavsif bera oladi.

Badiiy obraz borliqning san'atkor ko'zi ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bo'lgan shaklda ifodalangan aksidir.

To'ra Sulaymon she'rlarida xalqonalik ufurib turibdi. Shoirning xalqqa yaqin sodda va ravon tili, she'rlaridagi xalq kuylariga yaqin ohang, ritm vazn ham uni xalqqa yanada tushunarli va sezimli qiladi. Ularda kuchli hissiyot, shoirning teran o'y va mushohadalari bor. Qanchalik sodda bo'lmasin bu misralar nialarnidir o'rgatadi.

Terak ekdim tol bo'ldi,

Bunday qiziq qayda bor?

Bu qo'lbola qo'shiqni

Ko'ringanga ayta bor,

Tiring-tiring..

Yuqoridagi misrada naqoratdagidek takrorlanuvchi "tiring-tiring" e'tiborimizni tortadi. Xalq tiliga yaqin ushbu so'z taqlid so'z bo'lib, soz ohangini ham eslatadi. Baxshiyona ruh berilgan bu she'rda "tiring-tiring" musiqiy jarang ham bergan.

Ko'kda qushlar qiy-chuvi,

Qish chiqqanga o'xshaydi.

Shoir xalqiga endi

Ish chiqqanga o'xshaydi,

Tiring-tiring...

Ushbu baytda esa shoir tabiatdagi hodisalar bilan insonlar hayotdagi o'xshashlikni bog'laydi. Dastlabki ikki misraga e'tibor qaratamiz. "Ko'kda qushlar qiy-chuvi, Qish chiqqanga o'xshaydi" ya'ni,qushlar qachon qiy-chuvlashib, ko'payishadi, albatta, bahorda, bu bahor kelganini anglatadi. bahorda esa shoirlar uchun ilhom bor. Bu qaynoq ijod yanggi she'rlar degani.

Davradagi pari yo

Paykarmidur yor-yor,

"Yori bormi?" - deb so'rash

Darkormidir, yor-yor, darkormidir?

Ushbu she'r milliy urf-odat va an'analarimizni o'zida mujassamlashtir-gan. "Yor-yor" xalq aytimi bo'lib, shoir undan xalqona ohang berish maqsadida foydalangan. Unda qizlarning orzu-armonlari o'z aksini topgan.

Asl oddiy folklorizmlar To'ra Sulaymonning epik hamda liroepik janrdagi asarlari uchun xosdir. Muallif baxshiyoni termalari, dostonlari hamda hajviyalarida xalq maqollarini asl holicha qo'llaydi. "Jahongashta" dostonida qahramon Odil polvonning qishloqdan bosh olib ketishi oldidan do'st-birodarlarini yig'ib, kengashga chog'langani haqidagi quyidagi tasvirni keltiramiz.

"Odil polvonning men ketaman bu yerlardan bosh olib" degan gapi og'aynilariga og'ir botib, bir xillari ko'ziga yosh olib, biri bilimdonsirab, biri donosirab deyayotir:

- Bosh yorilsa bo'rk ichida, qo'l sinsa yeng ichida. Sirtlon sirini bermas, bo'ri ko'zining qirini.

-Arab yiqilsa oldinga, eron yiqilsa enishga . Mard Xudodan ko'radi, nomard yo'ldoshdan. Sening bu ishing nomardlikka yotadi...

-Har kim o'zi ekkan daraxti ostida o'zi soyalasin . Hovli-joying ham, chorbog'ing ham otadan qolgan arzimas mulking ham o'zingga buyursin. Burgaga achchiq qilib ko'rpaga o't qo'yma..."

O'ynayotgan kampir yo

Kelinchakmi, yor-yor, kelinchakmi?

Toza yerdan chiqqan bir

Boychechakmi, yor-yor, boychechakmi?

Yuqoridagi baytda shoir yor- yor ohangiga hamohang qilib so'z tizadi. Bunda o'zbek ayollariga xos bo'lgan nazokat, joziba boychechakka qiyoslanadi. Muzlagan sovuq yerni yorib ungan go'zal boychechak kabi o'zbek ayollari ham yillarni nazariga ilmas go'zallikka ega.

"Boychechak" timsoliga oid o'zbek xalq qo'shig'i ham mavjudligini eslab o'tish joiz:

To'ra Sulaymon "Qoya "sheri orqali "Tog' " ni mifologik obrazga aylantiradi.

Bu tog'lar tamal toshli,

O'ru qiri quyoshli.

She'rning boshlanishida To'ra Sulaymon dastlab tog' obrazidan o'zgacha sinoat yashirin ma'no qidirmaydi, balki, uni boricha - o'z nigohi bilan tasvirlaydi.

Chor-atrofi yil bo'yi,

Chorvadorlar hay-ho'yi,

She'r maishiy hayotga ham bog'langan. Tog' birinchi navbatta chorvadorlarning manzilgohi. Shoir sodda satrlaridagi bu tasvir xallq diliga yanada yaqin.

To'ra Sulaymon she'riyati o'ziga xosligining asosiy jihati bu xalqonalikdir. Shoir tili xalq tiliga yaqin, yaratgan obrazlari ham oddiy, ammo qishloq ahli. Uning satrlarida soddalik hamda ulug'vorlikning chinakam mushtarakligini his etish mumkin. Shoir She'riyatiga baho berib adabiyotshunos olim Q.Yo'ldoshev shunday deydi:

"To'ra Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan zalvorli fikrlar she'riyatidir."

Shoir ijodida betkay va terskay so'zlari uchraydi. Bu so'zlar joy ma'nosini bildirib, betkay tog'ning quyosh tushib turadigan, terskay- oftob tegmaydigan tarafi. Terskay istilohi shoirning bir she'rida shu tariqa qo'llanadi:

Xeshlarimning bemavrid ko'zlarida yosh ko'rsam,

Bir mard bilan nomardning taqdirin tutosh ko'rsam,

Qaysi bir begunohning ko'zlarida yosh ko'rsam,

Bir betayin kimsaning oyog'ida bosh ko'rsam...

Ko'nglimda armon yotar

Terskaydagi qor misol.

Tog'ning oftob tushmaydigan tarafida yoz bo'yi qor erimay qoldi. Vaqt o'tgani sari bu qor eskirib, kirlanib boradi. Shoir ko'nglida yillar davomida yig'ilgan armonlarni terskayda qolgan qorga qiyos qilish bilan ajoyib san'atkorlik namoyon etgan.

Shoir yana xalqona qilib qabristonni "qo'yindi", "mirshabsiz qo'rg'on", qabrni "oq o'tov", "qora o'tov", "tuynuksiz kulba" deb ataydi:

So'nngi qo'nar "oq o'tovi" angushdek tor bo'lmasin.

Xatarli qafasga qushing tushdimi?

Tuynuksiz kulbaga ishing tushdimi?

Xalqona tasavvurlar asosida paydo bo'lgan mazkur so'z hamda iboralar shoir asarlariga xalqona badiyat bag'ishlaydi. Bunda "qora o'tov"qabrining qorong'u hamda nursizligiga ishora bo'lsa, "oq o'tov insonning so'nggi yo'lda kiyadigan libosi rangiga ishoradir.

To'ra Sulaymon chorva mollarining xalq orasidagi nomlari borasida ham bilimdon edi. "Tarki jamoa"nomli sobiq tuzumning millatimiz madaniyati, urf-odatlariga qarshi siyosati haqidagi asarida chorva mollarining quyidagi nomlarini sanaydi:

"Undan ko'ra birimiz chori, birimiz shishak, juda bo'lmaganda to'xli, tusoq, himmat qilganimiz yo qo'zi qo'y, yo to'pichoq olib kelamiz desalaring-chi!"

Chori, shishak, to'xli, tusoq, to'pichoq-qo'yning yoshi bilan bog'liq atamalar.

Ko'rinib turganidek, tilimizning naqadar boyligini ifodalovchi va ayni paytda kam qo'llanilayotgan ushbu nomlar asar badiyati hamda originalligini oshirishga xizmat qilgan.

Bundan tashqari shoir ijodida qushlar obrazi ko'p uchraydi. To'ra Sulaymon qushlarni hayot tarzi, xalq orasidagi ularga bo'lgan munosabat asosida tasvirlaydi.

In aylanib yashar mayna, qarchig'ay osmon aylanib,

Quzg'un o'lja ilinjida , jig'atoy o'rmon aylanib,

Tustovuq to'qay ichinda, qoraqush zindon aylanib,

Qarqara izg'ir qonsirab tegrangda pinhon aylanib,

Tun oqshom kezar boyo'g'liyomondin yomon aylanib.

"Aylanib nomli she'rida muallif yurtimiz fauna olami uchun xos bo'lgan qushlar tabiatini tasvirlar ekan, bu qushlarga xalq orasidagi salbiy-ijobiy munosabatlarniham singdirib yuboradi. Masalan, boyo'g'li - tunda uchuvchi xosiyatsiz qush; qaldig'och ilonlarga qiron keltiruvchi hamda otlarga qut-baraka olib kiruvchi qush. She'rda barcha qushlar obrazi ma'lum ma'noda shaxs qiyofasiga ishoradir.

To'ra Sulaymon xalq urf-odatlari bilan bog'liq ushbu motivni o'zining "Jahongashta" dostoni syujetiga asos qilib olgan. Doston qahramoni Oybahor eri o'lgach, qaynisi Ernazarga tegishdan bosh tortadi va er uyidan ham, ota uyidan ham bosh olib chiqib ketadi. Muallifning bir qator dostonlari uchun umumiy mavzu - yolg'iz qolgan ayolning farzandi saodati uchun umrini bag'ishlashi haqidagi tasvirlar ushbu dostonning keyingi voqealari uchun umrini bag'ishlashi haqidagi tasvirlar ushbu dostonning keyingi voqealari uchun asos bo'ladi. Biroq xalq udumiga Ernazar emas, Oybahorning, ayol kishining qarshi chiqa olishi zamirida, ma'lum ma'noda ayollarni jamiyatning kuchi sifatida shakllantirish bilan bog'liq siyosiy tuzum qarashlari ta'sirini ham sezish mumkin.

Voqealar davomida Xutbadan keyin tortiladigan "to'qqiz tovoq" o'lan aytishuvi, qizni kuyovga tutib beradigan "poshshoyi vazir" o'yini , tong azonda esa "quda ziyofati", kelinni boshqalarga tanishtiruvchi "bet ochar" "salom soldi" marosimlari hamda ularning o'tkazilshi tartibi haqidagi tasvirlar uchraydi.

Shoirning "gul bir yon, chaman bir yon " nomli she'ri yaratiliboq qo'shiqqa aylanganasarlaridan biri hisoblanadi. She'r madhiya tarzida bitilgan bo'lib muallif uni singlisi Kommunaga bag'ishlagan.

Chaman ichinda bir gul, gul bir yon, chaman bir yon.

Sarvi sanobarmidir?-Soch bir yon, suman bir yon.

Sahar subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon.

Tun pardasin tortsa gar oy bir yon, osmon bir yon.

She'rdagi musiqiy ritmni ta'minlovchi asosiy vosita "bir yon" birikmasi bo'lib, aynan shu vosita orqali she'r strukturasi bir tizimga joylanadi. Tilshunoslikda bir sonining takrori o'zi bog'lanib kelgan so'zlarni ikki yonga ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Asar strukrasi nihoyatda pishiq hamda san'atkorona qurilganligini biz quyida isbotlashga harakat qilamiz.

Tarozining ikki pallasi. Shoir ushbu pallalarga qism hamda bo'laklarni joylashtiradi hamda qismni bo'lakka tenglashtirish orqali mubolag'a san'atining nodir namunasini yaratadi:

Gul- chaman;

Soch-suman;

Oy-osmon.

Chaman ichidagi bir gulning husni chaman chiroyiga teng bo'lsa, gulga qiyoslangan go'zalning sochlari suman- bilan barobar. Qorong'u tushishining obrazli tasviri - tun pardasining yoyilishi go'zal ta'rifi uchun yana bir holatni yaratib beradi, ya'ni, endi olam fusuni tarozining bir pallasi bo'lsa, ta'rif etilayotgan go'zalning husni ikkinchi palla.

To'ra Sulaymon she'riyatida struktura jihatidan bir zanjirga tizilgan san'at namunalari ko'p uchraydi. Ulardan biri "Asragay" deb nomlanuvchi sohibqiron Amir Temur bobomizning haykali poyida bitilgan she'r:

Taqa tuyoqni asragay,

Tuyoq tulporni asragay,

Tulpor Temurni asragay,

Temur Turonni asragay,

Turon Qur'onni asragay,

Turon imonni asragay,

Imon insonni asragay

Inson olamni asragay,

Olamni Olloh asragay.

Ushbu she'r strukturasi quyidagi tarzda o'sib boradi:

Taqa-tuyoq-Temur-Turon-Qur'on-Imon-Inson-Olam-Olloh.

Chinakam xalqona ruh bilan bitilgan ushbu bitiklarda taqadan boshlanuvchi "asrovchilik funksiyasi" olamga borib tutashadi. Mantiqiy zanjirning asosida esa uch tushuncha - inson - olam- Olloh obrazlari yonma-yon qo'yiladi.

Mening bir jaydari falsafamdir shu,

Hargiz iltimosga kuning qolmasin, deb yozadi u. Yoki:

Bozorga o'xshaydi asli bu dunyo ,

Bozorga o'xshaydi so'z ham ma'ni.

Ikkisi ichra ham ko'rmadim aslo,

Molim yomon degan biror kimsani.

U hech qaysi o'rinda o'z fikrini o'zgalarga majburan singdirish yo'lidan bormaydi. Qizig'i shundaki uning xulosalarini o'zimiz o'zlashtiramiz. Chunki, shoirni qiynagan savollar aslida biz uchun begona emas. Bu tuyg'u hammaga birdek taalluqli bo'lgani bois ham shoirning she'rlariga tez oshno bo'lib qolamiz. Tan olaylik, barchamizning ham ko'nglimizda shu kabi kechinmalar mavjud. Dunyoni bilish, tiriklikning mohiyatini anglash - odam bolasini azal-azaldan qiziqtirib keladi. Lekin hammamizning ham ruhiy quvvatimiz, idrok imkoniyatlarimiz, tafakkur qobiliyatimiz shu ishga qodir emas. Zotan, ko'rgan, va zarur ma'no chiqara biladigan iste'dod bo'lishi kerak edi.

To'ra Sulaymon ijodida Alp - pahlavon yigit. Uning tasviri mifik ildizidan biroz yiroqlashgan, o'z davrinining kishisi sifatida chiziladi. Qadim tarix bitiklari bo'lmish xalq eposlarida mislsiz qahramonliklar ko'rsatgan Alpning bugungi tasviri qanday?

Alp- xalq qahramoni. Ham aqliy ham ruhiy, ham jismoniy kamolotga erishgan, ilohiyot olami bilan muloqotga kirisha oladigan kishilargagina xalq bu nomni bergan. Xuddi shunday, To'ra Sulaymon ijodida elning orzu-intilishlarini o'zida aks ettirgan komil inson sifatida Alp obrazi uchraydi.

Har elning o'z muftiysi, qozi kaloni bo'lsin,

Oqinlarining ham o'z aytar o'lani bo'lsin,

Maydon talab erlari, alp, pahlavoni bo'lsin,

Qarg'a, quzg'un qo'nolmas qo'shin, qo'rg'oni bo'lsin...

"Yig'lar II" nomli baxshiyona termasida shoir Go'ro'g'li sultonning avlodlari holiga munosabati tarzida zamondoshlari holiga o'z munosabatini izhor etadi:

Qirqilgan qizlar sochi qayda kokillanmasa,

Or talashib yigitlar maydonga shaylanmasa,

Shoh o'rnida Boyo'g'li o'tirgan qo'rg'on yig'lar,

Ruhi ko'kida chirqirab Go'ro'g'li Sulton yig'lar.

G'oro'g'li obrazi muallif uchuneng baland cho'qqi. U gohida Alpning sifatlarini aytib, xalq o'g'lonlarini barkamolikka chaqirsa, gohida zamondoshlarining ajdodlar tomonidan qanchalar uzoqda ildiz otayotganlarini ko'rib, qayg'ularini ham Alpning tilidan aytadi. Aslida Go'ro'g'li sulton - muallifning o'zi.

Bu olamda oy tanho, muborak quyosh tanho,

Bo'y qizlarning ichida shu bir egma qosh tanho.

Uningdek hech kim menga bo'lmasa sirdosh tanho,

Go'ro'g'li sulton bir yon,

To'ra Sulaymon bir yon.

To'ra Sulaymon Alp obrazi orqali o'z "men"ini ifoda etar, hamda faqatgina tanlagan qahramonning xalq qalbiga yaqinligini nazarda tutmaydi. Balki eng baland nuqtada turib olamga ko'z tashlaydi. Uning bu balandligida xalqona soddalik ulug'vorlik hamda donishmandlik bor.

Xulosa qilib aytganda, To'ra Sulaymon ijodidagi folklorizmlar g'oyatda chuqur asoslarga ega. Shoir umr bo'yi o'zi yashagan hududdagi og'izdan-og'izga o'tib kelayotgan folklor materiallarini to'playdi hamda ulardan ijodiy foydalanish bilan o'z ijodini ham boyitadi.

To'ra Sulaymon asarlari tadqiqi davomida shoirning 200dan ziyod xalq maqollaridan birga xalq maqollariga juda yaqin turuvchi afarizmlar ham kuzatildi. Ushbu maqollarning ko'pchiligi orginalligi, boshqa ijodkorlar asarlarida, hatto folklorshunoslar tomonidan to'plangan xalq maqollari nashrlarida ham uchramasligi bilan alohida ahamiyatga ega.

To'ra Sulaymon ijodida birgina ertak uchraydi. "Xarsang" deb nomlangan ushbu asar bir necha bor qayta nashr qilingan. 1994-yil ertak alohida kitobcha shaklda chop etilgan. Asar she'riy yo'lda yozilgan bo'lib, maishiy ertaklar sirasiga kiradi.

Xalqda farzand davlatga qiyos etiladi. Ertakda ayoli olijanob, mehribon bo'lgan ukaning farzandlari ko'p, davlatmand. Aka esa qalbi qora, xasadgo'y yo'liqqani tufayli farzandsiz . Muallif farzandsiz aka holatini shunday tasvirlaydi:

Qolmadi bosh urmagan,

Sig'inmagan bir yeri.

To'g'ri chiqmas barining

Bashorati, ta'biri.

Halol yurib, halol tur,

Ushalar orzung shunda.

Bir tangriga sig'ingin,

Gapning bari o'shanda.

Alp Yaratgan ibodatlar qilib bir majruh o'g'ilga bazo'r yetishadi. Ertak medium qismida xasadgo'y xotin akaning qalbiga shubha solib, ukaga nisbatan adovat uyg'otadi. (diniy qarashlarga ko'ra Qobil va Hobil o'rtasidagi adovat, ilk qotillikka ham ayol kishi sabab bo'lgan edi). Alam o'tida yongan aka ukaning haqi bo'lgan bug'doyni o'g'irlaydi. Janr an'analariga ko'ra final - yakun ibratli adolat bilan nihoya topadi. Ukaning aka o'g'irlaganidan qolgan boyligi oltinga aylanib, uni yanada davlatmand qiladi, aka xasadgo'y bo'lgani tufayli bor boyligi toshga aylanib qoladi.


Download 88,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish