RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA O‟ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
2.1. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari va tadbirkorlikni
rivojlantirish sharoiti
Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish har bir
hududning ichki imkoniyatlariga bevosita bog‘liqdir. Xususan bunda
hududlarning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari asosiy omillardan sanaladi. Mazkur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mintaqalarda turli tadbirkorlik faoliyatini
shakllanishiga sabab bo‘ladi. Zero, Namangan viloyatining tabiiy geografik imkoniyatlari, aholi joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari, xo‘jalik
ixtisoslashuvining tarixiy geografik asoslari hamda aholi urf odatlari va mentaliteti mazkur tadbirkorlik sohasining rivojlanishiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. SHunga ko‘ra, aholi punktlarida azaliy hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanish o‘ziga xos xususiyatga ega. Tabiiy geografik imkoniyatlariga baho beriladigan bo‘lsa, viloyat yer usti tuzilishiga ko‘ra tekislik, adir, adirorti tekisliklari, tog‘oldi etaklari va tog‘li hududlardan iborat. Rel‘ef tuzilishiga ko‘ra xilma-xillik viloyatning tabiiy va iqtisodiy resurslari salohiyati, ulardan foydalanishda turli xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Viloyatning asosiy suv resurslari manbai daryolar, soylar, suv omborlari, kanallar va yer osti suvlari hisoblanib, ular tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, viloyat hududi yerlarini sug‘orishda keng foydalaniladigan mahalliy suv omborlari ham mavjud. Ularga Kosonsoy (160,0 mln. m3), Qorasuv (6,5 mln. m3), CHortoq (19,0 mln. m3), Ko‘ksereksoy (5,4 mln. m3), Varzik (10,0 mln. m3), Eskier (18,0 mln m3), Beshtol (0,5 mln. m3), Yertikan (12,4 mln. m3), Kengko‘l (2,4 mln. m3), Zarkent (12,5 mln. m3), Qizsoy (0,7 mln. m3) kabi suv omborlari kiradi. Namangan viloyati bo‘yicha 282780 ga sug‘orish maydoni bo‘lib, shu maydonga asosan 18 ta sug‘orish manbalari suv yetkazib beradi. Bunda kanallarning ham ahamiyati katta, jumladan, SHimoliy Farg‘ona, Katta Namangan, CHap qirg‘oq, Katta Farg‘ona, Oxunboboev nomli kanallar viloyat tumanlari yerlarini sug‘orishda asosiy suv manbalari bo‘lib xizmat qiladi. Bu vaziyat mintaqada tadbirkorliknip muhim shakllaridan bo‘lgan
37
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Umuman olganda, viloyat hududida Norin, Qoradaryo, Sirdaryo, shuningdek 23 ta kanal va soylar, 16 ta yirik suv va sel suvlarini yig‘ish omborlari mavjud bo‘lib, ularda yiliga o‘rtacha 6,7 mlrd m3 suv yig‘iladi. SHundan 3,3 mlrd m3 suv qishloq xo‘jaligiga, 13,6 mln m3 sanoat sanoat ishlab chiqarishga, 18 mln m3 suv ichimlik ehtiyoji uchun ishlatiladi.
Viloyat hududi o‘ziga xos geologik tuzilishiga va paleogeografik tarixga ega bo‘lib, hududda turli tabiiy ma‘danlar uchraydi. Viloyat hududida uchraydigan tabiiy ma‘danlarni quyi-dagicha tasniflash mumkin: 1) yoqilg‘i– energetika boyliklari, 2) rudali foydali qazilmalar, 3) qurilish materiallari, 4) gidro-mineral boyliklar.
Mingbuloq va Namangan tumanlarida olib borilgan geologik tadqiqotlar natijasida 1992 yil 2 martda yirik neft zahirasi topildi va Namangan viloyatida neft koni mavjudligi tasdiqlandi. Bu konning ochilishi respub-likamiz mustaqilligini mustahkamlashga, xalqimizning farovon hayot kechirishida muhim omil bo‘lishi tabiiy. Dastlab, 1965 yildan boshlab Chortoq tumani hududida neft qudug‘idan qora oltin qazib olish boshlandi. 1973 yilda Kosonsoy tumaniga qarashli Tergachi qishlog‘idan neft quvurlar orqali Chortoqqa yuborildi. Viloyatda yiliga 15-20 ming tonna atrofida neft qazib olindi. Ishlab chiqarishga keng joriy qilingan hamda respublika miqyosda zahirasi bo‘yicha alohida o‘ringa ega bo‘lmasada, viloyat tog‘ yonba-g‘irlarida joylashgan hududlarda tabiiy gaz va qisman ko‘mir qazilmasi mavjud.
Namangan viloyati hududidan qadim zamonlardan boshlab oltin qazib olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Sanoat ahamiyatiga molik oltin birikmalari Qurama tog‘ining janubiy-sharqida, Chodaksoy havzasida paleozoy erasiga mansub effuziv-otqindi jinslarda keng tarqalgan. Bundan tashqari Varzikda neogen davriga xos qum, toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan mis konlari topilgan. Ayni paytda, ushbu mis konlarini foydalanishga tadbiq qilish respublikamizning boshqa hududlaridagi xuddi shunday konlarga nisbatan bir muncha ko‘proq mablag‘ talab qiladi.
38
SHu bois bu konlar hozirgi paytda foydalanishga tadbiq qilinmagan. Qurilish materiallari, viloyat hududida keng tarqalgan, ular soz tuproq, qum, shag‘al, ohaktosh kabilarga boy. G‘isht va boshqa qurilish materiallari sifatida foydalanib kelayotgan soz tuproq (lyoss)lar viloyatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida uchrasa daryo vodiylarida qum va shag‘allar keng tarqalgan. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida ohaktoshlarning ko‘plab zahiralari joylash-gan. Viloyatda 30 dan ortiq qurilish hom ashyosi konlari mavjud bo‘lib, ularni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan qurilish materiallari sifatida xalq xo‘jaligida foydalanib kelinmoqda. Mazkur konlardan 18 tasi g‘ishtbop lyoss, 2 tasi g‘ishtbop gil, 2 tasi granit bezaktosh, 2 tasi ohaktosh va 6 tasi qum-shag‘al kar‘erlaridir. Ushbu konlar To‘raqo‘rg‘on, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Namangan, Uchqo‘rg‘on tumanlarida ochilgan. Mazkur hududlarda qurirlish sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlar mavjud.
Viloyat hududi shifobaxsh xususiyata ega bo‘lgan mineral buloqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Chortoq, Shaxand, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on mineral suvlari tarkibida oltingugurt, vodorod, yod, radiy hamda minerallashgan ishqorli termominerallar mavjudligi sanatoriy-kurortlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Viloyat mehnat taqsimotida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, yer resurslaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillarida Namangan viloyaida mamlakatimizda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakllariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkillash hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash strategik vazifa sifatida qaraldi.
Iqtisodiy islohotlar davomida Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish dasturining bajarilishini ta‘minlash,
39
mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda fermerchilik harakatini kengaytirish ya‘ni jamoa va shirkat xo‘jaliklari o‘rnida dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish asosida qishloq xo‘jaligida yangi agrar munosabatlarni qaror toptirish ustuvor vazifa bo‘lib qoldi.
Qishloqlarda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish mexanizmini asta-sekin takomillashtirib borishga, xo‘jaliklarning moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlashga, qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga hamda qishloq joylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan xorijiy investitsiya negizidagi sanoat korxonalarini rivojlantirishga turtki berdi. Natijada, mamlakatimizda bo‘layotgani kabi Namangan viloyatida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish sur‘atlaridagi pasayish jarayonlariga barham berildi.
Mamlakat mehnat taqsimotida Namangan viloyati, eng avvalo, dehqonchilik (paxta, pilla, meva, uzum yetishtirish), yengil va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan. U respublika yalpi hududiy mahsulotining 4,2, sanoat mahsulotining 2,7, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 7,9, chakana savdo hajmining 6,1 foizini beradi (Soliev, 2014). Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 10,8 foizini sanoat, 36,8 foizini qishloq xo‘jaligi beradi. Bu yerda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mavjud, ularning rivojlanganlik holati, ixtisoslashuvi va muammolari viloyatning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari, demografik vaziyati va mehnat salohiyati, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ta‘sirida shakllangan
Mintaqaning yer maydoni, uning agroiqlimiy resurslari, soylar va qator irrigatsiya infratuzilmasi ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga xizmat qiladi. Xususan, viloyat hududi, uning qator adirlarini quyoshga ro‘para turganligi ham ijobiy ahamiyatga ega. Bu yerda Shimoliy Farg‘ona kanali, Katta Andijon, Katta Namangan va Katta Farg‘ona kanallari asosiy sug‘orish manbalari hisoblanadi.
40
Bugungi kunda qulay agroiqlimiy sharoit va omillar ta‘sirida mintaqa qishloq xo‘jaligida o‘ziga hos tarmoqlar va hududlar ishlab chiqarishi vujudga keldi.
Viloyatda 235 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 60,9 foiziga teng. Pichanzorlar va yaylovlar ulushi o‘rtacha 39,1 % bo‘lgan holda, uning kattaroq ko‘rsatkichlari Pop va Kosonsoy tumanlarida qayd etiladi. Ekin yerlari 196,2 ming ga ni, ko‘p yillik daraxtzorlar 36,1 ming ga ni, bo‘z yerlar 3,4 ming ga ni, 987 gektarni esa meliorativ qurilish holatidagi yerlar tashkil etadi.
Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jaligining ulushi 36,8 foizga teng bo‘lib, mingaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan. Paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan.
Aholining umumiy soni, shahar va qishloq aholisi, uning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, zichligi va shuningdek demografik jarayonlardagi o‘zgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning qaysi bosqichlarda qanday rivojlanganligi, bugungi holati va iqtisodiy salohiyatini belgilab beruvchi va tadbirkorlikni rivojlantiruvchi omillar tizimida muhim o‘rin tutadi.
Viloyatda 2017 yil holatiga ko‘ra 955,9 ming kishi yoki ularning 35.4 foizi qishloq joylarida, 1743,1 ming kishi yoki 64,6 foizi shahar va shaharchalarda joylarida istiqomat qiladi. Aholining tabiiy o‘sishi 46 602 kishini tashkil etdi .
Viloyatda aholi sonining ortishi bilan uning tarkibida kichik shaharchalar va qishloq aholisi salmog‘ining yuqoriligi bois bunday joylardagi mehnatga layohatli aholi o‘rtasida ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunga bevosita aholi tabiiy o‘sishining yuqoriligi, tarixiy-milliy an‘analarning kuchliligi, ko‘p bolalilik yo‘nalishi saqlanib qolganligi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini sezilarli o‘zgarganligi va qishloqlarda aholining milliy tarkibi ko‘pligi kabi omillar ta‘sir ko‘rsatgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2017 holatiga viloyatda mehnat resurslari soni o‘tgan yilga nisbatan 101,0 foizga ko‘payib, 1549,3 ming kishini yoki umumiy aholini 57,4 foizini tashkil qildi.
41
Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi soni 1022,0 ming kishini tashkil qilgan va 2016 yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan.
2017 yilda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 26849 nafari ishga joylashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich, Namangan (4355 kishi) shahrida, Norin (2426 kishi), Uchqo‘rg‘on (2366 kishi) va CHust (2250 kishi) tumanlarida yuqori daraja qayd etilgan. 2017 yilda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 3768 nafari ishsiz deb e‘tirof etilgan. 2017 yilda viloyatda iqtisodiy faol aholi soni 10081.8 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, mintaqa aholisining 40.3 foiziga teng bo‘lgan. Mehnatda bandlarning 84,7 foizi nodavlat sektr tarmog‘larida faoliyat yuritgan (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |