«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani, g f. n., dotsent A. A. Nazarov


-rasm Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi



Download 300,71 Kb.
bet11/22
Sana05.01.2021
Hajmi300,71 Kb.
#54877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
namangan viloyati tadbirkorlik muhitining shakllanishi va rivojlanishini hududiy xususiyatlari

1-rasm
Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi


2016 2017




nodavlat




davlat

















Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari

Ish o‘rinlari yaratilishining hududiy tarkibida, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘g‘on tumanlari ham alohida ajralib turibdi. Mazkur tumanlarda kichik korxonalar va xususiy firmalarni tashkil etish va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga katta ish o‘rinlari yaratilgan. SHuningdek,


42

aholi sonining o‘sishi mehnat resurslari sonini o‘sishiga proportsional ravishda


ta‘sir ko‘rsatadi. Bu esa qishloq joylarida mehnatda bandlik darajasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Viloyat shaharlari asosan sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida shakllanganligi (Namangan, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on, CHust, To‘rag‘o‘rg‘on shaharlari) bilan va sanoat tugunlarini asosan shu hududlarda to‘planib qolganligi hamda qishloq mehnat resurslarining shahar tomon mayatniksimon harakati bilan xarakterlanadi.
Qishloqlarda ishsizlikning yuqoriligiga asosiy sabablar quyidagilardir: mehnat haqqining pastligi, shtatlarning qisqartirilishi, malaka darajasining ish joylari talabiga to‘g‘ri kelmasligi va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarning tugatilishi. SHuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha ishchi kuchining sekinlik bilan ozod etilishi, qayta ishlash sanoati, xizmat ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati kabi jabhalarda yangi ish joylarini tashkil etishda sarmoyalarning yetishmasligi, yangi yerlar o‘zlashtirish miqyosiningyuqori emasligi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali uslublari tadbiq etilishiga e‘tibor berilmasligi va turli mulkchilikni yo‘lga qo‘yishdagi rasmiyatchilik singari to‘g‘anoqlar ishsizlar sonini ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Jumaladan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiy xarakteri nafaqat viloyatda, balki Respublikada ham qishloqlarda ortiqcha mehnat resurslari hosil bo‘lishiga olib kelmoqda.
Mintaqada asosan obikor dehqonchalik rivojlangan bo‘lib, paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari shakllangan. Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 2017 yilda 30.9 % ga teng.
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibida g‘alla maydonlarining kengaytirish xisobiga tarkibiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Istiqlolning dastlabki yillarida mintaqa 390 ming tonna paxta, 104 ming tonna don yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich paxtachilikda 183 ming, donchilikda esa 433 ming tonnaga teng bo‘ldi. Mazkur davrda paxta maydonlari
43

125,4 ming gektardan 87,5 ming gektarga qisqartirilib, donli ekinlar maydoni 23,1 mingdan 95,3 ming gektarga ko‘paydi. Xuddi shuningdek qishloq xo‘jaligini boshqa tarmoqlarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi.


Ma‘lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sabzavotchilik maydoni va yetishtirilgan mahsulot hajmi ushbu davrlarda ortgan. Polizchilik maydonlari esa mustaqillik yillarida qisqartirilgan. Xuddi shuningdek chorvachilik soxasida ham sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ayni chog‘da, viloyat qishloq xo‘jaligida chorvachilik ikkinchi soha hisoblanib, qo‘ychilik va echkichilik, qoramolchilik hamda parrandachilik asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Biroq, mazkur tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishidi aholi xo‘jaliklarining ulushi yuqori bo‘lib, ixtisosolashgan soha hisoblanmaydi. Hozirda hududda go‘sht, sut, tuxum, pilla, jun mahsulotlari yetishtiriladi. 1990 yilda 20,4 ming tonna go‘sht, 75,0 ming tonna sut, 3,4 ming tonna jun, 3,3 ming tonna pilla yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkichlar go‘sht tayyorlashda 132.2 ming, sutda 666.8 ming, pillada 7,1 ming, junda 1.9 ming tonnaga teng bo‘ldi. SHundan go‘shtning 2,3 foizi, sutning 2.5 foizi, tuxumning 33.7 foizi, junning 2.7 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi. Dexqon xo‘jaliklari ulushida go‘sht 97,0 foiz, sut 97.2, tuxum 43.1, jun 92.7 foiz ko‘rsatgichga ega. Qishloq xo‘jaligi korxonalari ulushi esa juda oz miqdorni tashkil etadi.
Etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda don mahsulotlarini yetishtirishda jamiga nisbatan fermer xo‘jaliklarning ulushi 78,8 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 20,4 foizni, qishlo q xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,8 foizni, kartoshka mahsuloti yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 22,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 77,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,1 foizni, sabzavot mahsulotlari yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 20,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 79,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,2 foizni, poliz mahsulotlari yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 26,6 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 73,1 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 0,3 foizni, meva va rezavorlar yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 36,1 foizni,
44

dehqon xo‘jaliklarining ulushi 61,5 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 2,4 foizni, uzum yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 40,2 foizni, dehqon xo‘jaliklarining ulushi 58,7 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 1,0 foizni tashkil etganligini ko‘rish mumkin.


Chorvachilik tarmog‘ida qo‘y va echkichilik son jihatidan ustun turadi.
Mazkur soha hatto Namangan shahri uchun ham xarakterlidir. Ayni chog‘da
CHust, Pop, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on tumanlari ham yuqori
ko‘rsatkichlarga ega. Qoramolchilik bo‘yicha Namangan shahri, CHust, Yangiqo‘rg‘on, Pop, Uchqo‘rg‘on tumanlarining ulushi yuqori darajada.
Mustaqillik yillarida, Namangan viloyati sanoatining to‘qimachilik, paxta tozalash, poyabzal, mebel‘ ishlab chiqarish, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida, bundan tashqari mulkchilik shakllarining o‘zgarishi va korxonalar tashkil etish shakllarida xam tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Sanoatda xorijiy investitsiya asosida qo‘shma korxonalar yuzaga keldi va bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Viloyat sanoat korxonalarida xilma-xil sanoat va halq iste‘moli mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirilishi natijasida
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati yaxshilanib, ularning raqobatbardoshligi ortdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lami kengaydi.
Viloyatda 2017 yilda korxonalar soni 19952 mingtani tashkil etgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Namangan shahrida (40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz) tumanlarida joylashgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, viloyatda iqtisodiy geografik jarayonlar jadal rivojlanmoqda. Ushbu xolat viloyat iqtisodiy geografik vaziyatida jiddiy sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatini yetarli darajada rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu o‘z navbatida quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi: birinchidan, keyingi yillarda respublikada amalga oshirilib kelinayotgan
45

milliy investitsiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning Namangan viloyatida kutilgan amaliy natijalarni berayotganligi;


ikkinchidan, aholining, xususan, kichik biznes egalarining bank, moliya-investitsion kompaniyalar xizmatlariga bo‘lgan ishonchining ortganligi, o‘z mablag‘larini iqtisodiyotga yo‘naltirishga moyillikning o‘sishi;
uchinchidan, mintaqa tadbirkorlik bozorida raqobatbardoshlik muhitining yaxshilanishi, davlat nazorat tizimining sezilarli darajada pasayishi, kichik biznes uchun yangi innovatsion loyihalar, zamonaviy minitexnologiyalar bozorlarining rivojlanishi kichik biznes tomonidan asosiy kapitalga investitsiyalar jalb qilinish hajmining oshishi.
to‟rtinchidan, eng muhimi, mamlakat xukumati tomonidan qilinib, bugungi kunda muvafaqqiyatli olib borilayotgan Namangan viloyati iqtisodiyotini, shu jumladan, real sektor tarmoqlarini, kichik biznes sektorini hamda shaharsozlikni rivojlantirishga qaratilgan mintaqaviy dasturlarning izchil ijrosi o‘z samarasini berishi va x.k.

Download 300,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish