343
mehnat va mablag` sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun xaritalarni har bir xo`jalikning talabiga
qarab tuzish kerak. Chunki u tuproq xaritasi zarurligini tushunib yetsagina undan foydalanishga
harakat qiladi. Shuni hisobga olib, barcha tuproqlarning oziqa elementlar bilan ta'minlanganlik
darajasini ko`rsatuvchi agrokimyoviy xaritogrammalar tuzish ustida ish olib borilgan. Ularning asosiy
vazifasi tuproqdagi oziqaelementlarining harakatchan miqdorini aniqlab, rejalashtirilgan hosildan
chiqqan holda oldin o`g`it me'yori belgilanardi, keyin esa o`g`itni qo`llash rejasi tuzilardi. O`g`it
qo`llash rejasi brigada, xo`jalik, tuman va viloyat masshtabida tuzilar va xo`jalik yilida mo`ljallangan
hosil olish uchun kerak bo`lgan o`g`itning umumiy miqdori topilar edi.
Shu o`g`itnitayyorlash, bo`lishtirish va o`simliklarga berishni tashkil qilish uchun
«Selxozximiya» birlashmasi tuzilgan edi. Biroq bunday tizimda o`g`it qo`llash jarayoni
kamchiliklardan holi emasdi. Shuningdek, tuproqdagi azotni hisobga olish va xaritogramma tuzish
usuli amalda yo`q edi. Hatto ishlab chiqilgan usullar ham laboratoriyalarda tadbiq qilinishi amrimahol
edi. Natijada azotli o`g`itlar miqdori fosfor miqdoriga nisbatan aniqlanar edi. Bu esa hamma vaqt ham
haqiqatga to`g`ri kelavermaydi, chunki tuproq xossalarining holati o`simlik uchun mo`ljallangan azot
va fosforli o`g`itlar nisbatini ta'minlamasligi mumkin. Bundan tashqari o`simliklar, shu jumladan,
g`o`zaning hamma navlari ham azot va fosforni bir xil nisbatda talab qilmaydi. Ikkinchi eng muhim
kamchiliklardan biri, hosil rejalashtirilganda tuproqning holati, xossalari hisobga olinmas edi. Shuning
uchun doimo mo`ljallangan hosil olinmas va o`g`itlardan foydalanish koeffitsenti juda past edi. Endi
esa, mustaqil yashamoqdamiz. Mustaqillikning o`z shartlari va qonunlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti
tizimi hukm surgan sharoitda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi yangi texnologiyalarni jadal qo`llash
asosida yanada taraqqiy etishi kerak. Olinayotgan hosil miqdori yildan-yilga ortib borishi shart. Bu esa
tuproqlarning ekologik, meliorativ holati, xossalariga bog`liq. Qishloq xo`jalik ekinlarining
hosildorligini ko`tarishga erishishning birinchi va eng asosiy sharti – tuproqni yildan-yilga yaxshilab,
unumdorligini oshirib borishdir.
Tuproqning ekologik va meliorativ holati yomonlashgan bo`lsa, hech qanday agrotexnika usuli
kerakli samarani bermaydi. Shunday ekan, tarixiy dalillar ko`rsatayotganidek, dehqonchilikning, ya'ni
agrotexnika usullarining asosiy yo`nalishi, birinchi navbatda, tuproq holatini yaxshilashga,
unumdorligini oshirishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Tuproq unumdorligi oshgan sari o`simliklar
hosili o`z-o`zidan ortib boradi.
Xulosa qilib atish lozimki-tuproqlarning eng avvalo meliorativ va ekologik holatini yaxshilash
zarur. Undan keyin ularga har yili, albatta ma'lum miqdorda organik o`g`it berib borish kerak. Shu
bilan bir paytda organik o`g`it tayyorlanish yildan-yilga ko`paytirish muammosini yechish lozim.
O`simlik, chorvamollari, qishloq, tuman, shahar chiqindilaridan kompostlar tayyorlash texnologiyasini
ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Har yili berilayotgan organik massa miqdori oshgan sayin tuproq
albatta yaxshilanib boradi. Chunki tuproqning tirik qismi faollashadi, unumdor tuproq hosil bo`lish
jarayoni boshlanadi. Uning tarkibida chirindi, oziqa elementlar miqdori, foydali mikroorganizmlar
soni, tuproqda va atmosferada karbonat-angidrid gazining miqdori ortaveradi. Tuproq donador bo`lib,
uning barcha xossalari yaxshilanadi, suv va havoning tuproqda bir paytda bo`lish imkoni tug`iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: