Халқаро туризм



Download 1,06 Mb.
bet252/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Italiya modeli. Italiyada qishloq turizmi ko‘pincha dehqon turizmi deb ataladi va turistik dasturlar asosan 3 mavzuda tuziladi va ishlab chiqiladi:

  1. Tabiat va sog‘liq

  2. An’anaviy gastronomiya

  3. Sport

Qayd qilingan tur mahsulotlar ishlab chiqilgan maxsus, ixtisoslashgan qishloqlar bor. Masalan, K’yaniy, Umbriya va Sitsiliya provinsiyalari faqat «tabiat va sog‘liq» yo‘nalishiga moyil turistlarni qabul qilishadi.

Vinochilik turizmi ham xuddi Fransiyadagidek, turistlar vino tayyorlash uchun bog‘bonga yordam beradi, bog‘bon esa ish haqqiga uzum beradi va uzumni achitish jarayoni, uzumning vinoga aylanish texnologiyasini o‘rgatadi va boshqalar.

Dengiz yoqasiga asosan baliq ovlashga chiquvchi turistlar, Abruppoga – zaytun yog‘iga qiziquvchi turistlar tashrif qilishadi.

Qishloq turizmida joylashish vositalarini tanlash tarkibi quyidagicha: appartamentlarda – 44%, xona – appartamentlarda – 22%, faqat xonalarda – 4 %. Qishloq turizmini rivojlantirishda asosan Yevropa davlatlaridagi modellarni keltirishimizning asosiy sababi shundan iboratki, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘zlarida qishloq turizmini rivojlantirish uchun hozirda asosan qayd qilingan modellarni joriy qilishmoqdalar.

Yeng muhimi shundaki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun hamkorlikda «Qishloq turizmini rivojlantirish strategiyasi va dasturi», «Qishloq turizmi bozorida takliflar va talablarning o‘zgarish istiqbollari»ni ishlab chiqdilar. Ushbu hamkor dasturlar asosida Buyuk Britaniya davlati 1998-yilda qishloq turizmida 350 ming yangi ish o‘rinlarini tashkil qildilar.

Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa modellarini yaxshi o‘rganishimiz, bu modellardan qishloqlarimizda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishimiz, hamda qishloq turizmini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi.

Qishloq turizmi rivojlangan Yevropa davlatlarining tajribalaridan ma’lum bo‘ldiki, ushbu davlatlar qishloq turizmini rivojlantirishga bundan 50 yil oldin kirishgan. Dunyoda qishloq turizmi rivojlanishi bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi Fransiya davlatining qishloq turizmini rivojlantirish modelini, Buyuk Britanya modelini, Germaniya modelini va Italiya modelini qishloq turizmini xalqaro modellar deb tan olishining sababi ham shunda.

Yendi O‘zbekistonda qishloq turizmni rivojlantirish uchun qayd qilingan modellarning qaysi biri o‘ng‘ayroq va qulayroq? Agar bu modellarning tuzilishi va ishlash tamoyillarini o‘rganganimizda ularning barchasini qishloq turizmini rivojlantirishimiz uchun qo‘llash hech qanday muammolarni keltirib chiqarmaydi, shu bilan birga oson ham. Chunki, qishloq turizmini rivojlantirishdagi asosiy manba – turistik resurslarning xilma – xilligi bizda yuqorida qayd qilingan Yevropa davlatlaridagidan ham ko‘p.

Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun, dastlab qishloq turizmini rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini belgilab olishgan, so‘ngra qishloq turizmini rivojlantirishga javob beruvchi, davlat vakolatini olgan tashkilot tuzishgan (masalan, Fransiyada – «Turizm va qishloq yerlari assotsiatsiyasi»; Britaniyada – «Britaniya turistik kengashi» va «Qishloq yerlarini rivojlantirish agentligi»; Avstriyada – «Avstriya fermerlik turizmi assotsiatsiyasi» va boshqalar).

O‘zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishdagi dastlabki bosqichda qishloq turizmini tashkil qilish va boshqarishning tashkiliy – iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Ikkinchi bosqichda esa ana shu tashkiliy – iqtisodiy mexanizmlar asosida qishloq turizmini rivojlantirishning huquqiy – meyoriy qonunlarini ishlab chiqish maqsadli yo‘nalish bo‘ladi. Uchunchi bosqichda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning huquqiy – meyoriy qonunlariga asoslanib qishloqlarimizdagi turistik resurslarimizni ro‘yhatga olishimiz, ularning ta’rif–tavsiflarini tayyorlashimiz, foydalanish imkoniyatlarini hisoblab chiqishimiz, turistik obyektlarda turistik infratuzilmalar va turistik marshrutlar yaratishimiz lozim bo‘ladi.

Yevropa davlatlari qishloq turizmni rivojlanishini bashoratlashda va istiqbolli strategik rejalar ishlab chiqishda doimiy ravishda ijtimoiy so‘rov o‘tkazishadi. Yevropa ittifoqining statistik ma’lumotlari bo‘yicha 30 % aholi qishloq turizmida dam olish istagi aniqlandi.

Ijtimoiy – so‘rov o‘tkazishdan oldin albatta qishloq aholisi o‘rtasida qishloq turizmining mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari bo‘yicha jiddiy tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab qilinadi.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish