14.3. Qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa
davlatlarining dasturlari
Qishloq turizmini rivojlantirishda jahonning ko‘plab davlatlari Yevropa modelidan , dasturlaridan, strategik rejalaridan nusxa olmoqdalar. Chunki, hozirda qishloq turizmi asosan Yevropa davlatlarida mukammal, barqaror rivojlanmoqda. Bunday yutuqlarning bosh sababi shundaki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni, hamdo‘stlikni yaxshi yo‘lga qo‘yganlar. Yevropa hamkorligi natijasida 1990-yilda qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida «Umumevropa «Lider» dasturini» ishlab chiqdilar.
Dasturning loyihalari «Yevropa Ittifoqi» fondidan loyihalashtiradi. Dastur loyihalari bo‘yicha Yevropadagi davlatlarning 2000 ta mintaqasida qishloq turizmi maqsadli strategik reja bo‘yicha rivojlanmoqda. Hozirga kelib ma’lumki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish va undan daromadlar olish bo‘yicha jahondagi mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |