Халқаро туризм


Jadval 25 O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimini ta’minlab beruvchi



Download 1,06 Mb.
bet242/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Jadval 25

O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimini ta’minlab beruvchi

asosiy mamlakatlar




Mamlakat

2001 y.

2002 y.

2003 y

2004 y.

1

Yaponiya

6139

1797

709

1794

2

Angliya

3789

2820

492

674

3

Germaniya

9815

7057

1328

2287

4

AQSH

9577

4976

1613

3197

5

Italiya

1422

493

570

825

6

Fransiya

3418

2075

871

1336

7

Eron

5408

4341

3446

3988

8

J.Koreya

4197

2249

350

281

9

Turkiya

6401

9401

4140

5303

10

Hindiston

3271

1094

458

353

11

Isroil

4303

1835

379

581

Manba: Ўзбекистон иқтисодиёти мустақиллик йилларида Тошкент 2007

12.3. O‘zbekistonda xalqaro turizmning hududiy rivojlanish

markazlari
O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, eng avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi markazlar ustida to‘xtab o‘tish o‘rinli. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish orzusida yashaydilar. Ko‘p mamlakatlarda O‘zbekiston o‘zining ana shu shaharlari ila mashhurdir. Bu shaharlarda qad kutargan salobatni qo‘rilish san’ati xorijdan kelgan turistlarni hayratga soladi. O‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol «Sharqning javohirlari» deb atash mumkin.

Samarqand - jahonning eng ko‘hna shaharlaridan biri. U Bobil, Rim, Afina shaharlariga tengdosh. Samarqand xaqidagi eng dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi IV asrga taaluqlidir. O‘sha paytlarda Maroqand nomi bilan mashhur bo‘lgan bu shahar uzunligi 10 kilometrdan ortiqroq bo‘lgan qudratli muhofaza devorlari bilan o‘ralgan edi.

Murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan Samarqand o‘z tarixida bir necha marta gullab yashnadi va xarobalikka ham uchradi. U jahonning har bir shahri kabi jamiyat tarixiy taraqqiyotining obyektiv konunlari asosida shahar sifatida qad kutardi va rivojlandi.

Samarqand – o‘zbek xalq madaniyatining bebaho xazinasi hisoblanadi. Ko‘p shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, sayyohlar uni xaqli ravishda “Jahonning qimmatbaho gavhari”, “Sharq Rimi”, “Qadimgi Sharq Jannati” kabi so‘zlar bilan atashgan.

Go‘zalligi bilan mashxur bo‘lgan Samarqand xaqida qadimgi Gretsiya tarixchilari, sharqshunoslari, salnomachilari ajoyib fikrlarni bildirishgan. Shoirlar, yozuvchilar u xaqda gazallar, qo‘shiqlar aytishgan. Jahon mamlakatlarida sayyohlar va olimlar uni xalq dahosini asrlar sahifasiga muhrlangan ajoyib xalq ustalarining, zukko me’morlarning, betimsol quruvchilarning badiiy va ilmiy tafakkur mutassami sifatida tilga olganlar.

Samarqandning toshdan, yog‘ochdan bunyod etilgan monumental qurilish inshootlari kishilarning ko‘z o‘ngida milliy madaniyatlarning o‘ziga xos tomonlarini yorqin, chuqur ochgan holda butun go‘zalligi va nazokati bilan namoyon bo‘ladi. Ulug‘vor, betakror, nodir arxitektura inshootlari bugungi kungacha saqlanib qolgan bo‘lib, ular oddiy kishilar tarixining ajoyib ijodkorlari qo‘llari bilan bo‘nyod etilgandir. Bu qo‘li gul ustalar asrlar mobaynida o‘lmas asarlar yaratganlarki, ular hozir ham barchani xayratga solib fahrlantirmoqda. Shaharda zarb qilish, zargarlik, shoyi to‘qish va boshqa turli buyumlarning ajoyib ustalari o‘chmas iz qoldirganlar va unda sharqning taniqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari yashab ijod qilgan.

Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Rim, Misr yodgorliklari kabi o‘zining go‘zalligi, nazokati bilan hammani hayratga soladi. Samarqand 2007 yilda o‘zining 2750 yilligini tantanali ravishda bayram qildi. Har yili dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuz minglab sayyohlar ulardan zavq oladi.

Shaharda qadimgi me’morchilik san’atining ajoyib namunalari qatoriga Shohi-Zinda, Go‘ri-Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli (maydoni), Ulug‘bek rasadxonasi va bir qancha arxitektura yodgorliklarini va boshqalarni kiritish mumkin. Eng maftunkor va nisbatan yaxshi saqlangan Shohi-Zinda ya’ni “tirik shoh” ma’nosini anglatuvchi tarixiy ansamblning nozik va nafis chizmalari xar qanday kishini rom etadigan maqbaralar va masjidlardan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda Shohi-Zinda o‘z zamonasini bezab turgan san’at asarining bebaho durdonasidir. Hatto Bibixonim masjidi ham beqiyos ulug‘vorligi bilan ajralib turadi. Bu yodgorliklar kishilarda uchmas taasurot qoldiradi va o‘sha davr qurilish texnikasi va arxitekturasi to‘g‘risida tasavvur beradi. Go‘ri-Amir maqbarasining ulug‘vor gumbazi o‘tmish me’morchilik san’atining namunalaridan biridir. Shaharning shimoliy - sharqiy qismida butun dunyoga mashxur Ulug‘bek rasadxonasi xarobalari hanuzgacha saqlanib qolgan. Rasadxona o‘sha davr uchun mukammal bo‘lgan uskunalar bilan jihozlangan edi. Ulardan faqatgina ulkan sikstantning bir qismi saqlanib qolgan xolos. Hozirda rasadxona qayta ta’mirlangan va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Samarqand markazida yana bir mashxur me’moriy ansambl Registon bo‘lib, u Ulug‘bek, SHerdor va Tillakori madrasalarini birlashtiradi. Ular orasida o‘quv yurti sifatida bunyod etilgan Ulug‘bek madrasasi alohida o‘rin tutadi. Har tomonlama mohiyati katta bo‘lgan bu madrasada ma’lumotlarga ko‘ra ulug‘ mutafakkir olim, taniqli munajjim, matematik, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning o‘zi dars bergan. Ulug‘bek xukmronligi davrida Samarqand o‘rta asrning jahonshuml markazlaridan biriga aylanadi. Uning atrofida Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va shu singari boshqa yirik olim-astronomlar, matematiklar birlashib ilmiy maktab yaratadi. Ulug‘bek tomonidan asos solingan maktablarda diniy ilmlardan tashqari geografiya, tarix, falakkiyot kabi fanlar ham o‘qitilgan. Komusiy olim Ulug‘bekning jahon fani va taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan YUNESKO bosh konferensiyasining 27 sessiyasi uning yubiley-tavallud topgan kunining 600 yilligini dunyoviy qadriyatlar ruyxatiga kiritish va bu sanani 1994 yilda butun dunyoda bayram qilish xaqida qaror qabul qilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 1994 yilni «Mirzo Ulug‘bek yili» deb e’lon qilindi. Shunday qilib, 1994 yil oktabr oyida O‘zbekiston Republikasida YUNESKO bilan birgalikda buyuk vatandoshimiz tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu sana sayyoramizning boshqa hududlarida ham munosib tarzda nishonlandi. Jumladan, Ulug‘bek sharafiga bag‘ishlangan tantanalar Parijda ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda “Ulug‘bek va Buyuk Temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Bu anjuman ishtirokchilari Ulug‘bek yirik mutafakkir olim sifatida tarixdan joy olgani, dunyo fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladilar. Ushbu tarixiy obidalarimiz hozirgi kunda ham o‘zining betakror san’ati bilan butun dunyo turistlarini o‘ziga jalb etib kelmokda. Bu yerga har yili tashrif buyurayotgan turistlar soni yildan yilga ko‘paymokda. Agar o‘tgan yillarda Samarqandga tashrif buyurgan turistlar sonini tahlil qilsak juda yuqori natijalarga erishilayotganligining guvohi bulamiz.

“Buyuk Ipak Yuli”da joylashgan tarixiy va madaniy markazlar orasida Buxoro alohida ahamiyatga ega. Buxoro ham Samarqand kabi ko‘plab sayyohlar e’tiborini tortgan qadimiy arxitektura yodgorliklariga boy, tarixiy jihatdan ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan shahardir. O‘zining 140dan ortiq arxitektura yodgorliklari bilan ma’lum va mashxur bo‘lgan Buxoro O‘rta Osiyoning boshqa har qanday shahardan ko‘ra ko‘prok qadimiy sharq shahri qiyofasini saqlab qolgan. Buxoro shahri Markaziy Osiyo me’morchiligining ming yillik tarixi va asosiy rivojlanish bosqichlarini o‘zida aks ettirgan chinakam yilnomadir. Shahardagi har bir yodgorlik o‘z sukunatida uzoq o‘tmish sirlarini saqlab qolgan. Bu ajoyib shaharning yoshi bir necha o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. Ma’lumki, 1995 yil kuzida Parijda YUNESKO konferensiyasining 28-sessiyasida Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo ko‘lamida nishonlash haqida qaror qabul qilindi va ushbu anjuman katta tantanalar bilan o‘tkazildi.

Uzoq o‘tmishda Buxoro hududidan o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan xalqaro yo‘llar, eng avvalo “Buyuk Ipak Yuli” o‘tgan keng rivojlangan savdo almashuvi Buxoro shahri hududlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratgan. Buxoroni haqli ravishda sharaf manzili, samimiyat ka’basi va mashxur kishilar to‘planadigan joy deb atashgan. Qadimiy Buxoroning ziynati va nodirligi uning betakror arxitektura yodgorliklaridadir.

Qator asrlar davomida Buxoro, Turkiston o‘lkasi shaharlari orasida yetakchi mavqiyeini egallab kelgan. Shahar rivojlanishining bu davri hunarmandchilik, savdo-sotiq, qurilish texnikasi, fan, adabiyot, san’at taraqqiyoti bilan xarakterlanadi. Bu yerda O‘rta Osiyoning taniqli shoirlari Firdavsiy, Rudakiy, butun jahonga mashxur ensiklopedist (qomusiy) olim Abu Ali Ibn Sino va boshqalar yashagan va ijod qilgan. Buxoro musulmon dunyosida alohida o‘rin egallaydi. Buxoroda tarixiy madaniy yodgorliklar juda ko‘p bo‘lib, ular Buxoroni muzey shahar deb atashga imkon beradi.

Musulmon tarixining ajoyib yodgorligi Ismoil Somoniy maqbarasi uzoq yillar davomida saqlanib, bizning kunlargacha yaxshi holatda yetib kelgan. Unda o‘rta asr ilk davri me’morchililigining eng yaxshi yutuqlari o‘z aksini topgan. Bu maqbara kompozitsiyasining oddiyligiga qaramay, arxitektura usullarining rang-barangligi bilan kishini xayratga soladi va xaqli ravishda «Sharq durdonasi» hisoblanadi.

Buxoro shahrini Minorai Kalonsiz tasavvur etish mumkin emas. O‘rta Osiyodagi mashxur arxitektura yodgorliklari orasida eng balandi hisoblangan va 900 yildan ziyodroq ilgari qurilgan bu minora Buxoro qiyofasida alohida mavqiyega ega. Uni ba’zida o‘lim minorasi yoki “Ajal minorasi” deb atashgan. Afsonalarga qaraganda o‘limga xukm etilgan jinoyatchilar va bevafo xotinlarni undan tashlashgan.

Buxoro shahrining markaziy qismida qadimiy qal’a - Ark qad ko‘targan. U muzey shaharning eng ko‘hna arxitektura yodgorligidir.

Shahardagi boshqa yodgorliklar ham katta qiziqish o‘ygotadi. To‘rtta baland minoralari bo‘lgan Chorminor madrasasi, yigirmata yogoch ustunli ayvoni bo‘lgan Baloxovuz masjidi, Abdulazizxon, Mir Arab madrasalari va boshqa turistlar diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Yozgi xon saroyi Sitorai Moxi-Xosa kabi muxtasham binoni gapirib o‘tmaslik mumkin emas. Tarixiy yodgorliklarning shohidlik qilishicha, bu saroy ko‘rilishida ajoyib maxalliy va boshqa joylardan taklif etilgan yevropalik ustalarning ijodiy saloxiyati mushtaraklashib ketgan. Ushbu yodgorlik juda muhtasham ko‘kalamzorlashtirilgan maydonni egallaydi. Sitorai Moxi-Xosa saroyidagi ko‘p imoratlar ichida tantanali qabullar uchun mo‘ljallangan “Oq zol” ayniqsa ajralib turadi.

Buxoro viloyatining ma’muriy, iqtisodiy markazi Buxoro shahrida 240 mingdan ortiq aholi yashaydi. Shaharda qator sanoat korxonalari mavjud. Zarduzlik va shoyi to‘qish xunarlari Buxoroni jahonga tanitgan. Mohir mahalliy ustalar yaratgan buyumlar-badiiy so‘zanalar, ayollar kiyimlari, turli shoyi belbog‘lar, zar do‘ppilar, respublikamizdan uzoq-uzoqlarga ham mashhurdir. Buxoro jahonning qator mamlakatlaridan O‘zbekistonga keladigan turistlarning ko‘pini o‘ziga jalb qiladi. Bu yerga kelayotgan turistlarning o‘tgan yillardagi tahlilini hisoblab ko‘rsak juda ko‘p turistlar, ayniqsa musurmon davlatlaridan kelayotgan sayyohlar ko‘pchilikni egallaydi.

Zamin turistlari diqqat-e’tiborini o‘ziga karatgan, ajoyib tarixiy obidalar markazi bo‘lgan yana bir shahar Xivadir. Shaxar to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlarning ko‘pchiligi bizgacha to‘lik yetib kelmagan.

XVII asr boshida Xiva Xorazm davlatining poytaxti edi. Keyinchalik bu davlat Xiva xonligi degan nomni oldi. Xiva uzoq yillar davomida musulmon madaniyatining muhim markazlaridan biri bo‘lib keldi. O‘sha davrlarda bu yerda turli xil xalq xunarmandchiligi keng rivojlandi.

Shaharning ichki qismini tashkil etadigan Ichan qal’a va Dishon qal’a shaharning ajoyib yodgorliklaridan hisoblanadi.

Ichan qal’a shaharning eng eski qismi bo‘lib, to‘rt tarafdan qal’a devorlari bilan o‘ralgan. Ichan qal’ada qadimgi me’morchilik uchun mos bo‘lgan qator arxitektura yodgorliklari joylashgan. Bu yodgorliklar orasida madrasalar, masjidlar, maqbaralar va yopiq bozorlar o‘rin egallagan.

Dishon qal’ada savdogarlar, xunarmandlar uylari, shuningdek qator masjid va madrasalar qad ko‘targan.

Xiva shahri o‘rtasida ko‘p ustunli Juma masjidi Markaziy Osiyoning eng qadimiy inshootlaridan biri hisoblanadi. Xiva arxitekturasi o‘z shaklining salobatligi va bezaklarining nafisligi bilan kishini hayratga soladi. Shahardagi yodgorliklar maxalliy ustalar va umuman Xorazm me’morlarining yuksak mahorati va muxandislik ishlari kishini o‘ziga jalb etadi.

Xivada 50 mingga yaqin aholi soniga ega bo‘lib, u o‘zining tarixiy obidalari bilan jahonga tanilgan. U turistlar diqqatini o‘ziga tortadigan shaharlar qatoridan o‘rin oladi. Respublikamizning Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Shahrisabz, Termiz kabi shaharlarida ham o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy yodgorliklar anchagina ko‘p.

Hozirgi kunda jahonning turli mamlakatlaridan keladigan ming-minglab turistlar uchun marshrutlar (yo‘nalishlar) belgilangan. «O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi ixtiyorida turistlarga xizmat ko‘rsatadigan qator sayyohlik tashkilotlari (bo‘limlari) mavjud bo‘lib, ular barcha viloyatlarda turizm bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat ustida иш олиб боради.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish