Turoperator. Chakana agentlar bilan bir qatorda tovar o‘tkazish kanalida ulgurjichilar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tijoriy vositachilik korxonalari tovarlar (xizmatlar)ni sotib olish va ularni chakana savdo tarmoqlari orqali sotish bilan shug‘ullanadi. Turizm sohasida ko‘proq ulgurji sotuvchi turoperator hisoblanadi. U tashkil etilgan turizm generatoridir. Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o‘rin ajratiladi.