Халқаро туризм


VIII Bob. XALQARO TURIZM BOZORIDA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR



Download 1,06 Mb.
bet183/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

VIII Bob. XALQARO TURIZM BOZORIDA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati,

faoliyati va shakllari.

8.2. Mehmonxona xo‘jaligida TMKlar.

8.3. Turistik TMKning milliy iqtisodiyotga ta’siri.

8.4. Xalqaro turizmda globallashuv jarayonlari.
8.1. Transmilliy kompaniyalar (TMK) uning mohiyati,

faoliyati va shakllari
BMT xujjatlariga muvofiq, TMKlarga yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan, ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi.

TMK doimiy ravishda tovar eksportidan tortib, xorijda xizmatlarni ishlab chiqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi ishtirokini kengaytirib boradi. TMK to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsilarini joylashtirish yo‘li bilan tashqi ekspansiyani amalga oshiradi. Ular shuningdek ssuda pullari beradi va boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar.

Birinchi yo‘l TMKga ko‘proq turg‘unlik beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar TMKga xorijiy investor qo‘lidagi mablag‘ning saqlanishi ustidan nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalari ta’sis etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan aksiyalarning nazorat paketini sotib oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi (ulushlar), uning faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilishda xissa kam bo‘lsada filialga tegishli bo‘ladi.

Juda ko‘p davlatlardan korxonalarni aksiyalashtirish uchun qo‘shimcha shartlar joriy etilgan. 51% aksiyalarga egalik qiluvchi faqat shu mamlakat fuqarosi yoki huquqiy shaxs bo‘lishi va unda ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bunday tarzdagi cheklovlar ba’zan turizm sohasiga ham tarqatiladi. Lekin ommaviy axborot vositalari yoki harbiy sanoat kompleksiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yhatdan o‘tkazilsalarda, o‘z balansiga ega mustaqil kompaniya hisoblanadi, to‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga tegishli bo‘ladi.

Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi ishtirokini kengaytirishi mumkin. Bu yo‘l birinchisiga qaraganda kam samarali, subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar esa haqiqiy TMK haqida gapirishga imkon bermaydi. Shunga qaramay kompaniya ssuda berishda qarzni to‘lagungacha ssuda oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi bilan unga ssuda foizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan shartnoma imzolaydi.

Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng tarqalgan tajriba, bir necha ishlab chiqarish birliklaridan iborat. Bunday holda ona kompaniya korxona bo‘g‘inlarini kontrakt asosida boshqaradi. Korxona mustaqilligini saqlaydi, turli egalar bo‘lishi, turli manbalardan moliyalashtirilishi mumkin. Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tizimi uning ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash imkonini beradi. Ayniqsa marketing sohasida kuchlarni birlashtirish hisobiga mamlakat va xorijiy adabiyotlarida TMK fanomenini izlohlovchi bir necha nazariyalar ma’lum. Ularning hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum daromad olishni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Ulardan biriga ko‘ra, kapital migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib daromad meyori va foiz stavkalari farqi hisoblanadi. Agar hamma milliy iqtisodiyot birday mablag‘ oqib kelishiga ochiq bo‘lganda edi, foiz stavkalarining xalqaro muvozanatini belgilashni kutish mumkin edi. Kompaniyalarga esa investitsiyani qayerga kiritishning farqi qolmasdi, mablag‘dan foydalanish samaradorligi foiz stavkasidan oshsa bo‘lar edi. Haqiqatda esa har xil tarzdagi cheklovlar mavjud. Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga to‘sqinlik qiluvchi katta yoki kichik darajadagi qaltisliklar bor. Ammo qayerda mablag‘larni erkin quyulishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki tartiblardagidek kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida foyda olish fondi cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKni mamlakatda tengsizligi davom etaveradi. Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘ olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi, investitsiyaning daromadligi, iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi, qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash. TMK fenomeniga ingliz iqtisodchisi J.Danningning internatsional ishlab chiqarish ekletik nazariyasi boshqacha izoh beradi. U uch elementdan iborat bo‘lgani uchun ekletik deb ataladi: firmalarning oligopolistik ustunligi, lokalizatsiya (mahalliy resurslar va sharoitlardan foydalanish) ustunligi, va internalizatsiyalash ustunligi. Jahon bozoriga yorib kirish va unda yashab qolishi uchun kompaniya ma’lum oligopolistik ustunlikka ega bo‘lishi lozim, bu mablag‘ bo‘ladimi, texnologiya yoki boshqaruv mahorati bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q. Ular tufayli X(iks) mamlakatlardan kompaniya U(igrik) mamlakatdagi mahalliy firma ishlab chiqarishidan ishlab chiqarishda ustunlik qila oladi va yuqori daromad oladi.

Ekletik nazariyaning ikkinchi elementi - lokalizatsiya ustunligi. Maksimum foyda olib firma uning resurs potensiali joylashgan mamlakatinikiga tayanadimi yoki mablag‘ importchi mamlakat resursidan foydalanish kerakmi - bir qarorga keladi.

Internatsional ishlab chiqarish tipiga bog‘liq holda kompaniya turli lokalizatsiya ustunligini oladi. Xorijiy kapital bilan xom ashyo qazib olish va materiallar ishlab chiqarishni tashkil etishda TMK mahalliy tabiiy resurslarga egalik qiladi. Importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish (tovarlarni importdan olish o‘rniga ishlab chiqarish)da TMK lokalizatsiya ustunligidan foydalanadi. Shu yo‘l bilan o‘zida ortiqcha molni kamaytiradi va bozorga kirish uchun yo‘l ochadi. Eksport platformasi yaratishda, ya’ni xorijiy kapital bilan jahon bozorida sotish uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni joylashtirishning hal qiluvchi omili arzon ishchi kuchi va davlat tomonidan rag‘batlantirish, masalan TMKga soliq imtiyozlari berish hisoblanadi.

Nazariyaning uchinchi elementi - internalizatsiya (baynalminallashuv) ustunligi. Internalizatsiya tushunchasi shuni bildiradiki, firma uning uchun tashqi operatsiyalarni o‘z tarkibi ichida amalga oshiradi. U yoki bu mamlakatlar iqtisodiyotida joriy qilinar ekan, TMK faoliyatini turlicha tashkil etishi mumkin: yo hammasini korporatsiya doirasida to‘plash, yo bozorda bog‘liq bo‘lmagan sheriklar bilan ish ko‘rish. Internalizatsiya muammolarini hal etish iqtisodiy ekspansiya yo‘lini tanlashga olib keladi - yo tashqi savdo, yoki bevosita to‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni joylashtirish orqali. Har qanday holatda ham internalizatsiya takliflarning barqarorligini ta’minlaydi, ya’ni texnologiyalardan foydalanish va narx ustidan nazorat o‘rnatish imkonini beradi, shuningdek bitimlar tuzishda noaniqliklarni bartaraf etadi. Shunday qilib, kompaniya, oligopoliya, lokalizatsiya va internalizatsiya ustunliklaridan to‘liq foydalanib, TMK bo‘lish uchun hamma asoslarga ega bo‘ladi.

Ayrim mutaxassislar TMK fenomenini mahsulotning hayotiy sikli nazariyasiga tayanib tushuntiradilar. Ularning fikricha, kompaniya o‘z boshqaruvi ostida internatsional ishlab chiqarish tizimi yaratadi, o‘z mahsulotining hayotiy siklini uzaytirish uchun unga «ikkinchi umr» baxsh etadi.

Aytaylik X(iks) mamlakatda qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish bir necha yil avval boshlangan va bugun u o‘tmas mol bosqichida turibdi. Qoloq U(igrik) mamlakat bozorida esa u huddi yangidek qabul qilinadi va joriy etilish bosqichida. Ishlab chiqaruvchi kompaniya U(igrik) mamlakatga mahsulotni eksport qilishni tashkil etishi mumkin. Lekin u yerda ishlab chiqarish liniyasi qurib kata foyda ko‘radi. Sobiq SSSR, Eron, Xindiston hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Italiya va Buyukbritaniya avtomobil kompaniyalari bunga klassik misol bo‘la oladi. Mahsulot hayotiy siklini uzaytirishning bunday yo‘li xizmatlarga qaraganda ko‘proq sanoat tovarlariga qo‘llashga qulayroq.

Turistik biznesni internatsionalizatsiyalash (baynalminallashtirish) ning asosiy sabablari. Milliy chegaralar uchun turizmga kompaniyaning kirishi ko‘p jihatdan oldindan belgilangan o‘ziga xos turistik mahsulotdir. Ta’kidlanganidek, u o‘zida turistlar sotib oladigan xizmatlar va ayrim tovarlarni mujassamlashtirgan. Ularning bir qismi turistlar o‘tadigan mamlakatga taaluqlidir. Boshqasi - u o‘tadigan va tranzit bilan kesib o‘tadigan, boradigan uchinchi mamlakat yo‘lida yotadi. Uning katta qismi (47%) destinatsiyaga to‘g‘ri keladi.

Turistlar sotib oladigan tovarlar va xizmatlar bir-birini to‘ldiruvchi va maqtab taklif qilishlar hisoblanadi. Zarur natijaga erishish uchun ulardan birgalikda foydalanish lozim bo‘ladi. Yetkazib beruvchi biladi, uning mahsulotiga talab boshqa turistik mahsulotlar va xizmatlarga ham talabni bildiradi. Shuning uchun, har bir ishlab chiqaruvchi birinchidan, maksimal daromad olishni ko‘zda tutib turizmning boshqa sohalarida ham o‘z faoliyatini tarqatishga intiladi. Misol uchun, aviakompaniya ishlab chiqarishni integratsiyalash yo‘li bilan turistik xarajatlarda o‘z ulushini 30-35 dan 93% gacha ko‘paytirishi mumkin.

Ikkinchidan, bir necha elementlardan iborat inklyuziv turlarni sotish, eng avvalo kompaniyaga qo‘shimcha qulayliklar olib keluvchi, jumladan, marketingni tejash imkonini beruvchi tashish va joylashtirish. Uchinchidan, turistik oqimlar generatorlari Chunki Negaki ular bu mamlakatlar sayohlik bozori tendensiyalari va talablarini yaxshi bilishadi, turistik markazlardan qabul qilinayotgan mahsulotlarni sotishda bundan foydalanishadi.

Turizm industiriyasi korxonalari o‘z faoliyat doirasini kengaytirar ekan, ko‘pincha bundan sayohlik bozorida mavjud o‘z ulushini ko‘paytirishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsad qilib qo‘ymaydi. Kompaniya sa’y-xarakatlari turizmni bundan keyingi rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratiladi. Bu bilan u faoliyati sohalarida qo‘shimcha imkoniyatlarni qidirib topishga intiladi. Amalda bu xorijiy firmalar aksiyalariga pay ulushlarini qo‘shishni bildiradi. Boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzish keyingi paytlarda ayniqsa turizmda ommalashgan.

Turizmda ishlab chiqarishni internatsionallashtirish tashabbusi ko‘p jihatdan turistlar yetkazib beruvchi mamlakatdan chiqadi. Chunki bu katta foyda keltiradi.

Turizmda ko‘pchilik TMK «Uchlik» deb ataluvchi: AQSH- G‘arbiy Yevropa – Yaponiya mamlakatlarida joylashgan. TMK shtab-kvartirasi geografiyasi shuni tasdiqlaydiki, turistik biznesni internatsionallashtirish turistik oqimlar hosil bo‘ladigan va xorijiy investitsiyalash amalga oshiriladigan mamlakatlarda boshlanadi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish