Халқаро туризм


Jadval 18 Dunyoning eng yirik mehmonxonalar zanjiri



Download 1,06 Mb.
bet185/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Jadval 18

Dunyoning eng yirik mehmonxonalar zanjiri


Kompaniyalar

Shtab-kvartira ning joylash- gan joyi

Nomerlar soni, mingta

Mamlakatg‘

larni qamrab olgan

Asosiy savdo markazi

Sendant Korporeyshn*

AQSH

515

13

Deyz Innz, Ramada, Xovard Jonson, Super 8, Trevelodj, Vingeyt Inn

Bass Xoutelz end Risorts**

Buyukbritaniya

458

87

Xolidey Inn, Xolidey Inn Ekspress,

Inter-Kontinental



Choys Xoutelz Inerneshnl

AQSH

321

38

Komfort Innz end Syuts, Kvoliti Xoutelz end Syuts, Ekonolodj

Marriot Inerneshnl

AQSH

310

52

Marriot Innz end Syuts, Kurtyard

Best Uestern Inerneshnl

AQSH

301

72

Best Uestern

Akkor

Fransiya

289

79

Motel 6, Novotel, Ibis

Starvud Xoutelz end Risorts Uorlduayd ***

AQSH

195

71

SHeraton Xoutelz end Risorts

Promus Xoutelz Korporeyshn

AQSH

189

8

Xempton

Xilton Xoutelz Korporeyshn

AQSH

103

4

Xilton Innz

Xayyatt Xoutelz Inerneshnl

AQSH

82

38

Xayyatt Xoutelz Risorts

* 1997 yil «Xospiteliti Franchayz Sistema» mehmonxona zanjiri hosil bo‘ldi.

** Mehmonxona kompaniyalari «Xolidey Inn», va «Inter-Kontinental Xoutelz end Risorts» egalik qiladi.

*** 1997 yil «Ay-Ti-Ti SHeraton» mehmonxonalar zanjirini sotib oldi.

Manba: А.Ю.Александрова. Международный туризм. М., 2004.
Otellarning turli zanjirlarga qo‘shilish shakllari. Bu korxonani mehmonxona kompaniyasini joylashtirish uchun sotib olinishishi bo‘lishi mumkin. Ular bilan franshiz shartnomalar yoki boshqaruvga kontrakt tuziladi. Ko‘proq integratsiyalashgan mehmonxonalar zanjiri konsolidlashgan va qudratli hisoblanadi. Ular teng huquqli korporativ a’zo korxonalardan iborat bo‘ladi. Ammo mehmonxonalar zanjirining keng tarqalishi va umumjahon tan olinishida franchayzing tufaylidir.

Franshiza mohiyatan savdo markasi prokatini bildiradi. Korporatsiya, xususan mehmonxonalar tadbirkorga yagona standartda ularning nomi ostida o‘z xususiy ishini yuritish huquqini beradi. U franshiza oluvchiga bu faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qiladi. O‘z mavqeyini saqlab qolish maqsadida uni nazorat qilib turadi. Potensial franshiza oluvchini tanlab olish murakkab jarayon. Har bir mehmonxona kompaniyalari bunga o‘z mezonlaridan kelib chiqib yondoshadilar. Ko‘pincha franshiza shartnoma tuzish uchun majburiy shart sifatida korxonaning minimal hajmi (50-150 o‘rin), majud restoran, bar, o‘z korxonasi, basseyn, konferensiyalar va yig‘ilishlar o‘tkaziladigan bino qo‘yiladi. Amerikaning «Xolidey Inn Uorlduayd» mehmonxona zanjirida hal qiluvchi bo‘lib korporatsiyaning otel binosiga bergan ta’rifi standartga to‘g‘ri keladimi yo‘qmi, hisoblanadi. Bir kun kelib bunday testdan o‘tgan franshiza oluvchi yuqori daromadni ko‘zlashi mumkin.

1996 yil Nyu York universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, ishga aloqador turistlarning 3/4 va dam olishga borayotgan turistlarning 2/3 savdo markasidan kelib chiqib, otel tanlaydilar. Mehmonxonalar zanjirida bitta xona daromadi, mustaqil otellarga qaraganda 7 marta yuqori ekanligi hisoblab chiqilgan.

Firma ramzidan tashqari, bosh tashkilot tadbirkorga sinalgan usulda biznes yuritish imkonini beradi. Jumladan, nou-xau, xodimlarni o‘qitishga yordam qiladi va maslahat ko‘magi beradi. Shuningdek reklama kompaniyasi o‘tkazishni o‘z zimmasiga oladi. Mehmonxona korporatsiyalari o‘z a’zolarini bron qilingan o‘rinlar kompyuteriga ulaydi.

Franshiza oluvchi o‘z navbatida mijozga savdo markasiga mos keladigan sifatli xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi. U korporatsiyaga bir martalik kirish badali to‘laydi va bundan tashqari muntazam ko‘shimcha pul o‘tkazib beradi.

Birlamchi badal hajmi har xil bo‘lishi mumkin. «Xolidey Inn Uorlduayt» mehmonxonalar korporatsiyasi bu badalni bir xona uchun 100 dollar, umumiy hisoblanganda 30 ming dollar kam bo‘lmagan holda belgilagan. «Xilton Xoutelz Korporeyshn» - birinchi 100 xonaga 250 dollardan, 100 xonadan yuqorisiga xona uchun 150 dollar qilib belgilagan.

Franshiza beruvchi ayrim kompaniyalar otelni qayta jihozlashni ko‘zda tutadi. Bu uning savdo markasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish uchun qilinadi. Misol uchun, Amerika mehmonxonalar korporatsiyasi «Ay-Ti-Ti SHeraton» agar mehmonxonada 150 dan ortiq xona bo‘lsa 15 ming dollar, unga qo‘shimcha qayta jihozlash uchun har bir xonaga 100 dollar talab qiladi, hammasi bo‘lib 40 ming dollardan oshmaydi.

Kirish badalidan tashqari, franshiza oluvchi joriy to‘lovlar to‘laydi. Amerika mehmonxonalar korporatsiyasi «Xolidey Inn Uorlduayt» bilan franshiza shartnomasi bo‘yicha otel savdo markasidan foydalanganlik uchun bir xona fondi yillik daromadidan 4 % to‘lashga majbur. Franshiza beruvchi o‘tkazgan reklama kompaniyasida ishtiroki uchun yillik daromaddan 1,5%, lekin bu xonaning sutkalik narxining 0,08 dollaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘rinlarni band qilinishi tizimiga ulanganlik uchun yillik daromaddan 1% to‘laydi. Lekin sutkasiga 0,06 dollardan oshmasligi lozim.

Boshqa Amerika mehmonxonalar kompaniyalari o‘zlarining savdo markalarini berishda xona fondidan yillik daromadning 1,5 dan 5% gacha hajmda to‘lovni ko‘zda tutadi. Reklama kompaniyasida ishtirok etganligi uchun odatda yillik daromadning 1 dan 3,5% gacha to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Franshiza munosabatlari tizimi ayrim chegaralanishlarga qaramay, korporatsiya tomonidan qat’iy nazorat bilan bog‘langan. Bu turgan gap uning ishtirokchilariga ustunlik yaratadi. Franshiza beruvchi kompaniya o‘z biznesi chegarasini katta kapital va joriy xarajatlarsiz tez kengaytiradi.

Firma ramzi berish vositasi jahon bozoriga chuqurroq kirib borishga imkon tug‘diradi. Misol uchun «Ay-Ti-Ti SHeraton» Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika, Tinch okeani havzasi, Yaqin Sharq singari hududlaridan jahonning 62 mamlakatlarini qamrab olgan.

Franshiza oluvchiga tizim yangi ishlab chiqarish birligi yaratish, yoki eski profilni o‘zgartirish, bosh tashkilot texnika axboroti va tajribasi tufayli qaltislikni kamaytirishga yordam beradi. Agar AQShda yangi barpo qilingan korxonalar orasida yarimi o‘z faoliyatni 2-3 yildan keyin tugatishini hisobga olsak, 5 yildan keyin bankrotlik darajasi 70% ga yetadi. Franshiza kompaniyalari o‘rtasida esa har yili faqat 4% gina yopiladi.

Franchayzing yirik firmalarning moliyaviy va texnik qudrati, mahorati, operatorning tadbirkorligi, talanti bilan mayda korxonaning maneverligini ta’minlashni ifoda etadi. Uning muvaffaqiyatli rivojlanishi ana shular bilan izohlanadi. Keyingi vaqtlarda franchayzingning klassik modeli o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Ilgari, 20 yil avval, mehmonxonalar franshiza kompaniyalari uncha katta bo‘lmagan firmalar ko‘rinishida edi. Ularda franshiza beruvchilar franshiza oluvchilarga e’tibor bilan qarardilar. Franshiza biznesi sezilarli kengaygach, savdo markalari va xususiy otellar egalari o‘rtasida yirik vositachi kompaniyalar paydo bo‘ldi. Franshiza beruvchilar ko‘pincha bu kompaniyalarni eksklyuziv huquqlar bilan qandaydir territoriyani o‘zlashtirishga undayapti: franshiza oluvchilarni tanlab olish, ularni boshqarish, faoliyatning ma’lum turlari bilan shug‘ullanishga litsenziya berish kabilar. Natijada franshiza beruvchilar va franshiza oluvchilar tobora bir-biridan uzoqlashib bordilar. Ular o‘rtasidagi munosabatlar shafqatsiz tus oldi. Buni qanday oqibatlarga olib kelishini AQSH tez ovqatlanish industriyasi misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Franchayzing tizimi ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar vaqti-vaqti bilan o‘tkir tus olayapti, katta sud aralashuvigacha yetib bormoqda. Odatda bu franshiza beruvchini jalb qilmasdan ko‘rib chiqiladi.

Mehmonxona biznesidagi vaziyat hozircha uncha taranglashgani yo‘q. Ammo uning og‘ir oqibatlarga olib keluvchi holatlari mavjud. AQSH mehmonnovozlik sektorida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, franshiza oluvchilar o‘zini oqlamagan franshiz to‘lovlari darajasining oshirilishi va yetarli emasligidan norozi. Ularning nazarida franshiza beruvchilarning otellar reklamasi bo‘yicha talab qilayotgan to‘lovlari qimmat.

Franchayzing tizimining samarali ishlash bosh sharti undan manfaatdor barcha hamkorliklarning sermahsul faoliyatdir. Shu o‘rinda to‘g‘ri bir falsafiy fikr xayoldan o‘tadi: «Agar mening franshiz oluvchim qoniqsa, demak, ishim olg‘a qarab ketayapti».

O‘zaro teng manfaatli munosabatlarning o‘rnatilishi bozor vaziyatiga mos keladi. Mutaxassislarning bashoratlariga qaraganda, yaqin kelajakda ancha mavqe tushib ketgan davrdan keyin, franshiz biznesi yakengayish sari yuz tutadi. Hatto franshiz beruvchilar soni franshiz oluvchilar sonidan oshishi mumkin. Ayniqsa ikki-uch yulduzli mehmonxonalar bozor segmentida. Bu yerda savdo markalari o‘rtasidagi raqobat juda kuchli bo‘lishi tayin. Ayrim mehmonxonalar kompaniyalari yuksalishni kutib turishmasdan, o‘rta kategoriyali joylashtirish bozorining istiqbolli hududlaridan biri Osiyoga kirib kela boshladi.

Xususan, Amerika mehmonxonalar korporatsiyasi «Xospiteliti Franchayz Sistema» 1996 yil o‘zining savdo markasi «Deyz Innz» ning prokati to‘g‘risida Xitoyda bitim imzoladi. Yuz yillik oxiriga borib u franshiz xonalar sonini Xitoy o‘rta kategoriya otellarida 6 ming birlikkacha yetkazishni rejalashtirgan.

Mehmonxonalar xo‘jaligida xayrli niyatli franshiz beruvchilar qaltis belgiga kelib qoldilar. Franshiza oluvchilar biznesini himoya qilish talab etilganda savdo markasi va xususiy otellar egalari foydasiga xakamlik qilish to‘g‘ri kelib qoldi. Ijobiy o‘zgarishlar ayrim franshiz beruvchilar xulq-atvorida ko‘rinib qoldi. «Xolidey Inn Uorlduayd» o‘zining franshiz beruvchilari bilan hamkorligini mustahkamlash maqsadida mahsus bo‘lim tuzdi. Ular unga har qanday moliyaviy masalalar bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunday qadam kompaniyaning franchayzing tizimida daromad olish va uni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash muammosi tufayli qo‘yildi. Pul ishlab olish maqsadida sotiladigan franshizaning istiqboli yo‘q. Savdo markalari o‘rtasida raqobatning kuchayishi franshiza beruvchini franshiza oluvchi manfaatlari hisobga olingan holda to‘lov tarkibini va hajmini ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Shu bilan birga franshiz oluvchini qo‘llab-quvvatlashini kengaytirishi kerak. Vaqt tizimdan katta xayrixoqlikni talab qiladi.

Keyingi paytlarda muammolar soyasida franshiza mehmonxonalar zanjiri klassik taraqqiyotida keng kooperatsiya asosidagi franshiza korporatsiyalar ajralib turibdi (misol uchun «Xospiteliti Franchayz Sisteme»). Ular bir a’zoga bitta ovoz prinsipi asosida ishlaydilar. Barcha muhim qarorlar ko‘pchilik malakali ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Franchayzing sohasida ko‘proq olg‘a surilgan qism AQSH ning mehmonnovvozlik industriyasidir. «Xospiteliti Franchayz Sisteme» singari yirik mehmonxonalar korporatsiyasi o‘zining xususiy otellariga ega emas. Ularni esa franshizalar shartlari orqali birlashtiradi. Boshqa Amerika mehmonxonalari zanjirida joylashtirishda jahon bozorida qudratli ekspansiyani amalga oshiruvchilar ham franshiza korxonalaridir. AQShda franshiza mehmonnovvozlik industriyasini rivojlantirishda magistral yo‘l siyosatida qaraladi.

AQShdan farqli ravishda Yevropada boshqaruvda kontrakt tuzish amaliyoti keng tus olgan. Mehmonxona menejmentiga ixtisoslangan operator, otel egasi va kompaniya o‘rtasida boshqaruvga kontrakt tuziladi.

Mulkdor tajribasi yoki xohishi yo‘qligi sababli menejerlik vazifasini uddalay olmagan, lekin qo‘shgan mablag‘idan daromad olish ilinjida bo‘lgan vaziyatda o‘z korxonasini professional boshqaruvga beradi.

Kontrakt bo‘yicha ega boshqaruv jarayoniga aralashmaydi va mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan moliyaviy va operatsion qaltisliklarga joriy xarajatlarga javob beradi. Boshqa tomondan, operator, mehmonxonani boshqarishga biror bir huquqni sotib olishsiz kirishadi.Uning moliyaviy javobgarligi cheklangan bo‘lib, ko‘rsatilgan xizmatlari uchun u kafolatlangan mukofot oladi. Mehmonnovozlik industriyasida qachon, kim tomonidan birinchi marta boshqaruvda shartnomadan foydalanganligi to‘g‘risida hozirgacha baxslar to‘xtamaydi. Birovlar uni XX asr boshlarida paydo bo‘lgan desa, boshqalar bunday shartnoma munosabatlari 1950-yillar o‘rtalarida Amerika mehmonxonalar kompaniyalarini xalqaro bozorga chiqqanidan boshlab vujudga kelgan deyishadi. Boshqaruvda shartnomaning keng tarqalishi o‘tgan asrning 70-80 yillariga to‘g‘ri keldi. Bunga otellar qurilishi keng tus olganligi sabab bo‘ldi. Ko‘chmas mulkka yuqori narx sharoitida uni uzoq vaqt ushlab turish, mulkka egalik qilish ozmuncha daromad keltirmadi. Investorlar mehmonxona xo‘jaliklariga ishtiyoq bilan mablag‘ qo‘ya boshlashdilar. Ko‘p hollarda ular yangi ochilgan korxona egasi bo‘lib oldilar. Amerikaning gigant mehmonxonalari «Xilton Xoutelz Korporeyshn», «Ay-Ti-Ti SHeraton», «Mariott Interneshnl» va boshqalar shu tarzda vujudga kelganlar.

Xonalarga ehtiyoj bozori sharoitlarining yaxshilanib borishi talablardan o‘zib keta boshladi otellarning gavjumligi kamaydi va ko‘chmas mulk bahosi tushib ketdi. Raqobat kuchayishining o‘tkir tus olishi mehmonxonalar biznesini susaytirdi. Tadbirkorlar orasida faqat mulkka ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmasligi, undan to‘g‘ri foydalanishni bilish ham zarurligini anglaganlar soni anchagina ko‘paydi. Bunday paytda egalari o‘z korxonalarini operativ boshqarishga ixtisoslashgan kompaniyalariga berish amaliyoti vujudga keladi. Taraqqiyot strategiyasining bu usulini birinchilar qatorida Amerikaning «Xayyatt Xoutelz Interneshnl» mehmonxonalar korporatsiyasi tanlab oldi. Avvaliga u mehmonxonalarni mulk qilib olish huquqi bilan mo‘ljal oldi. Ammo keyinchalik ikkita kompaniya tuzishga qaror qilindi. Birinchisi otellarga egalik qilishi kerak edi. Ikkinchisi esa faqat operativ boshqaruv bilan shug‘ullanishi lozim edi. Vazifalarning taqsimlanishi ijobiy natijalar berdi. So‘nggi paytlarda «Xayyatt Xoutelz Interneshnl» tajribasidan juda ko‘pgina mehmonxonalar guruhlari foydalanishmoqda.

Firmalar rivojlanishi jarayonlarida ularning egalari kapital qo‘yilmalar hajmini oshirib borishadi. Oqibatda moliyaviy qaltislikka duch kelishadi. Kelgusi o‘sish sur’atlari muammo bo‘lib qoladi va, ohir-oqibat professional menejerlik kompaniyalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday kompaniyalarning ikki tipi ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi mehmonxonalar zanjirini tuzadilar. O‘z a’zolari boshqaruvini shartnoma orqali amalga oshiradilar. Misol uchun, Yevropada eng katta mehmonxonalar korporatsiyasi «Akkor» (Fransiya) 22% xonalarni shartnoma asosida boshqaradi.

Ikkinchi tipga esa, mustaqil boshqaruvchi kompaniyalar kiradi. Ular turli mehmonxonalar zanjirlariga xizmat ko‘rsatadilar. Jahonning yuz yetakchi mustaqil operatorlari 3,6 ming otellarda 632,8 ming xonalarni nazorat qilgan. Bular AQShning o‘zida boshqaruvda shartnoma mehmonxonalar industriyasi uchun unchalik xos bo‘lmasada, asosan Amerika kompaniyalari edi. Keyingi yillarda ularning ro‘yxatini «Richfild Xospiteliti Servaysiz» boshqarayapti. Ushbu kompaniya me’moriy jihozlash moddiy-texnika ta’minoti va mehmonxona faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi. U 83 mustaqil otellar, 18 mehmonxonalar zanjiri bilan ish olib boradi (jadval 19).



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish