Turagentlar. Turizm sektorida turistik mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositachilar faoliyatida asosiy muhim bo‘g‘in bo‘lib turagentlar hisoblanadi. Ular orqali turistik safarlarning kattagina qismini sotish amalga oshiriladi. Bu eng avvalo xorijga sotishda qo‘l keladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qiziqarli sayohat marshrutini o‘ylab topish va ishlab chiqish oson, iste’molchi topish esa qiyinroq. O‘xshash takliflar bilan to‘lib-toshgan bozor sharoitida o‘tkir raqobat kurashi va aholining xarid qobiliyati cheklangani turagentlar zimmasiga og‘ir vazifa – mijozni jalb etish va aynan shu safarga kundirishdir. So‘ngra uning bilan shartnoma tuzish, pul olish, pasport, viza, bilet rasmiylashtirish, vaucher berish, safarga jo‘natish, unga sog‘-salomat qaytishini ta’minlash, oxirida undan ehtimol minnatdorchilik eshitish yuklangan.
Amalga oshiriladigan operatsilar xarakteriga ko‘ra, turagentlar chakana savdogarlar hisoblanishadi. Klassik turagent o‘zining xususiy turistik mashulotlarini yaratmaydi., balki uni olib sotish bilan shug‘ullanadi. U oxirgi iste’molchiga xizmat ko‘rsatadi. Turistlar uning uchun shaxsiy notijoriy foylanuvchilardir.
Turagentlar ikki bosh vazifani bajarishadi. BTT ning belgilab qo‘yganiga ko‘ra, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari axborot xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. Faqat 48 % mijozlargina qayerga safar qilishni xohlashlarini bilishadi, 30 % bu haqda g‘ira-shira tasavvurga ega, 17 % esa umuman hech qanday tushunchaga ega emas. Turagentlar potensial xaridorlarni turistik rayonlar, transport harakati jadvali, joylashish variantlari, amaldagi narxlar bilan tanishtiradi va sayohatga sarflanadigan taxminiy xarajatlarni aniqlashga ko‘maklashdilar. Mijoz bilan yuzma-yuz ishlash, suhbatlar va maslahatlar, shuningdek spravochnik materiallarini yig‘ish va ishlab chiqish juda mehnat talab ish va barcha sarflanadigan vaqtning yarimi va ko‘prog‘ini egallaydi. Bu ulush ayniqsa turagentlar tomonidan dam olish uchun qimmat safarlarni sotishda ortadi.
Turagentning ikkinchi funksiyasi-tashuvchilar, umumiy ovqatlanish obyektlari, joylashish vositalari va turizm industriyasi boshqa korxonalari ko‘rsatadigan turistik xizmatlarni sotish hisoblanadi. Ular o‘zi ichiga har xil vositachilik operatsiyalarini oladi. Turagentlar hamma ko‘rinishdagi transportlarga biletlar sotadi. Otellarda joy band qiladilar va joylashish boshqa bazalarini topadilar. Avtomobillarni ijaraga beradilar, ekskursiyalar buyuradi, chiqish hujjatlarini rasmiylashtiradi. Turistlarni sug‘urtalaydilar, valyuta almashtirib beradi, diskont kartochkalar tarqatadi, turistik adabiyotlar va suvinerlar sotadi, fotoplyonkani ishlab berishadi va h.k. Ayrim turistik xizmatlardan tashqari, turagent safarlarga to‘liq kompleks paketlarni sotadilar. Sanab o‘tilgan operatsiyalar ichida aviabiletlar sotishni alohida e’tiborga olish zarur (chizma 4).
Do'stlaringiz bilan baham: |