Logografemalar (logogrammalar). Grafemalarning bu tipi tushun- chalarni yoki tushuncha nomi bo'lgan so'zlarni yozuvda ifodalashga asoslanadi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham foydalaniladi. Yozuv tizimining murakkab optik-grafik sistema ekanligi ham shundan.
Rusgrafikasi asosidagi o'zbek yozuvida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi:
Raqamlar — son turkumiga mansub so'zlaming ma’nolarini ifodalovchi logografemalar. Ularo'z navbatida ikki turga bo'linadi:
g'arbiy arab (g‘ubor) raqamlari'. 0, 1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.
Arab raqamlari aslida Hindistonda (V asrga yaqin) kashf etilgan bo'lsa- da, Arabistonga buyuk o'zbek olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan «Arifmetika» asari orqali kirib kelgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropaga (X asrda Ispaniyaga, XII asrda Yevropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Demak, Hindistonda yuzaga kelgan yuqoridagi raqamlarning «arab raqamlari» nomi bilan ommalashib ketishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor;
rim raqamlari — qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar bo'lib, ular quyidagi belgilardan tarkib topgan: I (bir). V (besh). X (o'n), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming). Qolgan raqamlar shu belgilar kombinatsiyasiga asoslanadi: I (1), II (2), III (3), IV (4), V (5), VI (6), VII (7), VIII (8), IX (9), X (10), XI (11), XII (12). XIII (13), XIV (14). 98
XV (15), XVI (16), XVII (17), XVI11 (18), XIX (19), XX (20), XXX (30) XL (40), L (50), LX (60), LXX (70), LXXX (80), XC (90), C (100), CD (400), D (500), DC (600), CM (900), M (1000), MC (1100), MD (1500) va boshqalar.
Rim raqamlari miloddan oldingi 500- yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan.
§. Morfografemalar va simvollar
Morfografemalar so'z tarkibidagi ma'noli qismlarni (morfemalarni) ifodalovchi belgilar. Masalan, defis(chiziqcha) raqamdan keyin qo‘llanganda tartib son tarkibidagi «-nchi» («-inchi») morfemasini ifodalaydi — shu morfema defisining referent bo'ladi: 5-uy (beshinchi uy), 20-xona (yigirmanchi xona) kabi. Biqor, qozon-tavoq, aka-uka kabi juft so'zlarning yozuvdagi shakllarida defis morfografema emas, orfografik belgi vazifasida qatnashadi (juft so'zlarorfogrammasiga tegishli bo'Iganligi uchun).
Simvollar - ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus ideografik belgilar: a) matematik simvollar - V (ildiz), — (oluv), + (qo'shuv), x (ko'paytiruv),: (bo'luv), x (iks), x2 (iks kvadrat), - (davriylik, uzluksizlik), > (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomik simvollar — О (Quyosh), C (Oy), o' (Mars), $ (Merkuriy), Я (Yupiter), 9 (Venera, Zuhra), Ь (Saturn) va boshqalar; d) kimyoviy simvollar — О (oltin), £ (kumush), О (mis), Ь (qo'rg'oshin), $ (simob), o’ (temir) va boshqalar; e) botanik simvollar — A (androtsey, changchilar), О (bir yillik o'simlik),© (ikki yillik o'simlik), h (buta), G (ginetsey, urug'chi), () (gul bo'laklari qo'shilib o'sgan), , i (daraxt), 0 (kuzgi o'simlik) va boshqalar.
§. Diakritik harflar va diakritik belgilar
Diakritik harflar o‘z referantiga (kodlashtirilgan til birligiga) ega bo'lmagan, ammo so'z qismlari yoki fonemalarning o'ziga xos jihatlariga (differensial belgilarga) ishora qiladigan harflardir. Masalan, kirill o'zbek yozuvidagi ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari shunday harflar sanaladi. Qiyos qiling: cypam va суръат, тана va таъна, укол (qattiq «л») — апрель (yumshoq «л») kabi.
Diakritik belgilar bir xil grafik shaklga ega bo'lgan harflardan birini ikkinchisidan farqlash uchun ishlatiladigan qo'shimcha (yordamchi) vositalar — nuqtalar, chiziqcha, ilmoqcha yoki «belbog‘»lar. Ular harflaming ustiga, o'rtasiga, yoniga qo'yiladi: a, a, a , б, о, 6 , б, $, ц, f, \, e, o‘, g‘.
Qiyos qiling: о (o'zbek tilining quyi keng, kuchsiz lablangan unlisi) — o‘ (o'zbek tilining o'rta keng, lablangan unlisi) — Q (o'zbek tilining chuqur til orqa, portlovchi undoshi); g (sayoz til orqa, portlovchi undosh) — g‘ (chuqur til orqa, sirg'aluvchi undosh).
Do'stlaringiz bilan baham: |