«D» fonemasi — til oldi-alveolar, sof portlovchi, jarangli, shovqinli undosh, «t» ning jarangsiz jufti. So'z boshida (daryo), o'rtasida (odam), oxirida (ozod) qo'llanadi. So'z boshi (daraxt), intervokal holat (odat), jarangli yoki sonor bilan yondosh holat (gijda, sajda, banda, onda-sonda) bu undosh uchun kuchli pozitsiyadir. Bu pozitsiyada «d» undoshining asosiy ottenkasi qo'llanadi, boshqa holatlar «d» uchun kuchsiz pozitsiya hisoblanadi, bunda jarangli «d»' ningjarangsizlashgan ottenkasi qatnashadi. Masalan: ketdi > ketti (d > t), tushdi > tushti (d > t), asad > a sat (d > t), savod > savot (d > t) kabi. Bular jarangli «d»ning kombinator va pozitsion ottenkalari (allofonlari) sanaladi.
«D» fonemasi qadimgi turkiy tilda so'z boshida qo'llanmagan;
«S* fonemasi — til oldi-dental, sirg'aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh «z»ning jarangsiz jufti. So'z boshida (savat), o'rtasida (qasam), oxirida (olmos) qo'llanadi. Deyarli barcha pozitsiyalarda o'zining asosiy ottenkasini saqlaydi: asbob, asta, osdi, o‘sdi, qafas, asos kabi.
«Z» fonemasi — til oldi-dental, sirg'aluvchi, jarangli, shovqinli undosh, «s»ning jarangli jufti. So'z boshida (zamon, zafar), o'rtasida (bozor, ozod) va oxirida (oz, aziz, mayiz) qo'llanadi. Jarangsiz undosh ta’sirida «s» ga o'tadi: iztirob > istirob, mazkur> maskur kabi. Bundagi «s» jarangli «z» fonemasining jarangsizlashgan kombinator ottenkasi sanaladi («t» va «k»ning ta’sirida bo'lganligi uchun). Ba'zan so‘z oxirida ham biroz jarangsizlashadi: sakkiz > sakkis (z > s), tannoz > tannos (z > s) kabi. Bundagi «s» jarangli «z» fonemasining pozitsion ottenkasi hisoblanadi (so'z oxirida bo'lganligi uchun). Demak, so'z boshi (zamon), ikki unli orasi (go‘zal) va jarangli yoki sonor bilan yonma-yon bo'lgan holat (jonzot, tuzdori) «z» uchun kuchli pozitsiya, boshqa holatlaresa kuchsiz pozitsiya sanaladi.
Qadimgi turkiy tilda so‘z boshida qo'llanmagan.
«L» fonemasi — til oldi-alveolar, sirg'aluvchi, jarangli, sonor tovush. So'z boshida (lagan), o'rtasida (olam) va oxirida (qamaf) qo'llanadi. Orqa qator unlidan so'ng qattiqroq (ol, bol kabi), old qator unlidan so'ng esa yumshoqroq (//, el, bel kabi) talaffuz etiladi. Fe’lning shart mayli va sifatdosh shakllarida («-sa», «-gan» qo'shimchalaridan oldin qo'llanganda) jonli so‘zlashuv nutqida o'zak oxiridagi «I» tushib qolishi ham mumkin: kelsa > kesa, kelgan > kegan kabi.
Qadimgi turkiy tilda «1» fonemasi so'z boshida qo'llanmagan.
«N» fonemasi - til oldi-alveolar, jarangli, sonor, burun tovushi. So'z boshida (nok, narsa), o'rtasida (ona, anor) va oxirida (burun, tutun) ishlatiladi. Lab undoshidan oldin qo'llanganda assimilatsiyaga uchrab, lab- lab «m» tarzida talaffuz qilinadi: shanba > shamba (n > m) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |