G‘arb falsafasi Reja: Qadimgi yunon-Rim falsafiy maktabi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#208049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
№-3 Маъруза.Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Garb falsafasi

Rene Dekart.Agar F.Bekon YAngi zamonning xususiyati sifatida tabiatni o‘rganishining 

tajribaga  asoslangan  tajribaviy  usulini  ishlab  chiqishni  boshlab  berganligi  bilan,  Gobbs  esa 

tajribaga  asoslanganlikni  chuqurlashtirganligi  bilan  belgilab  bergan  bo‘lsa,  fransuz  olimi  va 

faylasufi Rene Dekart (1596-1650) aksincha, tajribaga aql bergan ma’lumotlarning oddiy amaliy 

tekshirish o‘rnini ajratib, afzallikni aqlga qaratdi. 

YAngi  zamon  ratsionalizmining  asoschisi  bo‘lgan  Dekart  barcha  fanlar  uchun  umumiy 

bo‘lgan  usulni  ishlab  chiqish  vazifasini  qo‘ydiki,  u  ko‘p  hollarda  bilimlar  natijasini  belgilab 

beruvchi  inson  aqlida  borligi  taxmin  qilingan  «tug‘ma  g‘oyalar»  yoki  aksiomalar  deb  atalgan 

narsalarni  taqozo  etar  edi.  Dekart  fikricha,  yulduz  va  sayyoralarning  tizimlari  moddaning 

quyunsimon  harakati  natijasida  tashkil  topadilar.  Dunyoviy  modda  cheksiz,  bir  xil  bo‘lib, 

bo‘shliqqa ega emas va cheksiz ravishda bo‘linishi mumkin.  

Dekart  moddiy  javhar  bilan  bir  qatorda  (uning  tomonidan  uzunlik  sifatida  tushuniladigan) 

Xudoning  va  uning  tomonidan  yaratilgan  ruhiy,  fikrlovchi  javhar  jonning  mavjudiligini  tan 

olishga majbur bo‘ldi. SHunday qilib, Dekart falsafasining alohida xususiyati dualizm edi. 

 Dekart  ratsionalizmi  juda  ko‘plab  o‘z  davomchilariga  ega  bo‘ldiki,  ular  ichida  eng  yirigi 

Niderland  faylasufi  Benedikt  Spinoza  (1632-1667)  edi.  Alohida  olingan  maxsus  javhar 

(substansiya)  sifatidagi  fikr  haqidagi  tasavvurni  rad  etib,  Spinoza  Xudoni  yagona  cheksiz 

javharga qo‘shdi, ya’ni g‘oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o‘z o‘zining sababi 

bo‘lib,  hech  qanday  boshqa  sabablarga  muhtoj  emas.  SHaxs  sifatida  mutlaq  mahrum  bo‘lgan 

Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. YAgona javhar bo‘lgan Xudo -tabiat ikki sifatga  

uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo‘lsa ham, fikrlash qoibiliyati eng oddiy 

ashyolardan  tortib  inson  miyasigacha  tarqalgandinr.  Fikr  Spinoza  tomonidan  tabiatni  o‘z-o‘zini 

idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib chiqadi:  g‘oyalarning  tartib  va 

aloqasi, ashyolarning tartib va aloqasi kabidir.  

Leybnits  (1646-1716)  falsafiy  tizimining  o‘zagi  yagonalik  haqidagi  ta’limot  - 

monadologiyadir.  Dunyo  monadalardan  yoki  ruhiy  unsurlarning  zarrachalaridan  tashkil 

topgandir.  Monadalar  faollikga  ega  bo‘lib,  mustaqildirlar,  ular  uzluksiz  ravishda  o‘zgarishda 

bo‘lib, azob-uqubat chekishga, idrok etishga va ongga qodirdirlar. Monadalarning birligi va bir-

biriga  muvofiqligi  Xudo  tomonidan  «tayin  etilgan  uyg‘unlik»  natijasidir.  Rivojlanish 

darajalariga  qarab  Leybnits  uch  xil  monadalarni  farqlaydi.  Kuyi  darajadagi  monadalarga  faqat 

noaniq  tasavvurlar  xosdir  (jonli  bo‘lmagan  va  o‘simliklar  dunyosi  ana  shunday  holatdadir). 

YUqori  darajadagi  monadalar  his-tuyg‘uga  ega  bo‘lib,  ularga  tayangan  holda  oydinroq 

tasavvurlar  sohibidirlar  (hayvonlar  va  inson).  Ushbu  ikki  monadani  Leybnits  jon  monadalari 

sifatida  ifodalaydi.  Monadalar  o‘zlarining  eng  yuqori  rivojlanish  bosqichlarida 

appersepsiyalarga  (ongga  ega  bo‘lish)  qodir  bo‘ladilar.  Leybnits  ularni  monada-ruhlar  sifatida 

ifodalaydi.  Monadalarning  har  birida  rivojlanish  imkoniyati  mavjuddir.  Har  bir  monada  o‘zida 

o‘z kelajagini ham, o‘zining o‘tmishini ham olib yuradi. 

Djordj  Berkli  (1658-1753)  sub’ektiv  idealizmning  yirik  vakillaridan  biri  edi.  Berkliga 

Lokkning birlamachi va ikkilamchi sifatlar haqidagi g‘oyalari ta’sir o‘tkazgan edi. Ammo Berkli, 

Lokkdan  farqli  o‘larok,  barcha  sifatlarni  ikkilamchi  (ya’ni  sub’ektiv)  hisoblaydi.  Og‘irlik  va 

barcha makoniy xususiyatlar va aloqalar bizning hissiy a’zolarimizning qobiliyatlari bilan ifoda 

qilinadilar.  Berklining  dalilicha,  biror  ashyoning  o‘zi  bizga  katta  ham  ko‘rinishi  (undan  kam 

masofadagi  uzoqlikda)  va  kichik  ham  bo‘lib  tuyilishi  (undan  katta  masofadagi  uzoqlikda) 

mumkin.  Bundan  shu  narsa  kelib  chiqadiki,  katta-kichiklik  va  uzoqlashganlik  turli  his  -  tuyg‘u 

a’zolari vositasida hosil bo‘lgan his - tuyg‘uga tayanuvchi induktiv xulosa asosida paydo bo‘ladi. 

Berkli  nazaricha,  mavjud  bo‘lishlik»  -  «idrok  qilishda»  demakdir.  Ashyolarning  ob’ektiv 

mavjudligini va tashqi dunyo  hodisalarini, va demakki, «modda» tushunchasini Berkli rad etadi. 

Bu tushuncha umumiy bo‘lganligidan qalbakidir, negaki uning asosida shunday taxmin yotadiki, 

go‘yo  biz,  bizning  his  -  tuyg‘ularimiz  mazmunini  tashkil  qiluvchi  ashyolarning  ayrim 




xususiyatlaridan chetga chiqishimiz mumkin va «umuman modda» asosi bo‘lgan bizning barcha 

his - tuyg‘ularimiz uchun umumiy bo‘lgan abstrakt g‘oya tashkil topishi mumkin.  

 Ingliz  faylasufi,  ruxshunosi,  tarixchisi  va  iqtisodchisi  David  YUm  (1711-1776)  Berklining 

zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, YUm ikkilanibroq «bilmayman» deb 

javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning 

his - tuyg‘ularimizning mazmuni bilangina ish yuritadi. YUmning nuqtai nazaricha, to‘g‘ri bilim 

faqat mantiqiy bo‘lishi mumkin, ammo o‘rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli 

va mantiqiy isbot qilish mumkin bo‘lmaganligi sababli tajribadan keltirib chiqariladi. Tajribani 

o‘zini  YUm  «taassurotlar»  oqimi  sifatida  ifodalab,  uning  sabablari  ma’lum  emasligi  va  bilib 

bo‘lmasligini  qayd  etadi.  Tajribani  mantiqiy  asoslab  bo‘lmasligi  omili  shuning  dalilidirki, 

tajribaviy  bilim  ishonchli  bo‘la  olmaydi.  Masalan,  tajribada  biz  biror  voqea  haqida  avval  bir 

taassurotga,  keyin  esa  boshqasiga  ega  bo‘lamiz.  Ammo  ikki  hodisaning  birin-ketin  kelishini 

mantiqiy  jihatdan  isbot  qilib  bo‘lmaydi,  negaki,  birinchi  hodisa  ikkinchining  sababi  bo‘lishi 

mumkin, ikkinchi esa - birinchining oqibati bo‘la oladi.  

XVIII  asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot Ma’rifatchilik panohida amalga oshirildi. Barcha 

ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma’rifatparvarlar edilar. Ularning mashhur vakillari 

orasida  Volter,  Russo,  Didro,  Lametri,  Gelvetsiy  va  Golbax  bor  edi.  Fransiyada 

ma’rifatparvarlarga e’tiroz bildiruvchi sifatida ilohiyotchilar chiqdilar. Ma’rifatparvar-faylasuflar 

o‘z  qarashlarida  mexanistik  shakldagi  moddiyuncha  dunyoqarashni  targ‘ib  qildilar,  garchi 

ularning  ba’zilarining  asarlarida,  masalan,  Didroning  organizmlar  taraqqiyoti  haqidagi 

qarashlarida dialektik unsurlar ham mavjud edi. Didro nuqtai nazaricha, tabiat (materiya) barcha 

narsalarning  sababi  bo‘lib,  o‘z  o‘zicha  yashaydi,  abadiy  mavjud  bo‘ladi,  negaki,  u  o‘zining 

sababidir.  Ayrim  olingan  kishiga  nisbatan  modda  shunday  narsadirki,  his  -  tuyg‘u  a’zolariga 

qandaydir  tarzda  ta’sir  o‘tkazadi;  moddiy  jismlar  esa  atomlardan  tashkil  topgandir. 

Ma’rifatparvarlar  o‘zlarining  birinchi  navbatdagi  vazifalaridan  biri  sifatida  davlat  hokimiyatini 

dunyoviylashtirish, ya’ni cherkovni davlatdan ajratishni maqsad qilib qo‘ygan edilar.. 




Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish