Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

 
49-rasm.
Olmaliq boyitish fabrikasida qo‘rg‘oshin-ruxli rudalarni 
flotatsiyalashning kollektiv-selektiv sxemasi 


151 
Ikki marta qayta tozalashdan so‘ng kollektiv boyitma natriy sulfidi 
(100–150 g/t ruda) bilan desorbsiyaga, yuvishga va oxirigacha yanchishga 
yuboriladi.
Yig‘uvchini desorbsiyalash 85 °С da kuchli ishqorli muhitda 
yaxshilanadi, bunda natriy sulfidining sarfi kamayadi va selektiv 
flotatsiyalash ko‘rsatkichlari ortadi. 
Desorbsiyadan so‘ng kollektiv boyitma 83–85 % –0,044 mm 
sinfgacha oxirigacha yanchiladi. Oxirigacha yanchish tegirmoniga 
sfaleritni tazyiqlash uchun natriy sianidi (18–20 g/t), rux kuporosi (100–
110 g/t) va natriy sulfiti (45–46 g/t) beriladi. 
I asosiy qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga ksantogenat (5–6 g/t) beriladi, II 
asosiy qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga –natriy sianidi (7–9 g/t), rux kuporosi 
(45–50 g/t), natriy sulfiti (20–21 g/t) hamda ksantogenat (9 g/t) beriladi. 
Natriy sianididan tashqari barcha reagentlar I nazorat qo‘rg‘oshin 
flotatsiyasiga – rux kuporosi (20–25 g/t), natriy sulfiti (10–11 g/t) va 
ksantogenat (2–3 g/t) beriladi. Qo‘rg‘oshin boyitmasini qayta tozalash 
flotatsiyasi rux kuporosi (25–30 g/t I da), natriy sianidi (5–6 g/t I da va 3–
10 g/t II da) va natriy sulfiti (12–13 g/t I da va 7–8 g/t II da) berilgan holda 
olib boriladi. 
Nazorat qo‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindilaridan mis kuporosi bilan 
faollashtirilgandan va ksantogenat (9–12 g/t) berilgandan so‘ng kollektiv 
rux-piritli boyitma olinadi. 25–30 g/t mis kuporosi va 5–6 g/t ksantogenat 
beriladigan nazorat rux-pirit flotatsiyasidan so‘ng oxirgi (chiqindi saqlash 
omboriga yuboriladigan) chiqindilar ajratiladi. 
Ushbu siklda olingan rux-piritli boyitma oxak, ksantogenat (1–2 g/t) 
va mis kuporosini (1–2 g/t) berish bilan pH 10,5–11,0 da rux flotatsiyasiga 
yuboriladi. Rudada piritning miqdori yuqori bo‘lganda rux flotatsiyasiga 
natriy sianidi (8 g/t gacha) qo‘shiladi. Nazorat flotatsiyasi mis kuporosi 
(2–5 g/t) va ksantogenat (1–2 g/t) berish bilan o‘tkaziladi. Ikki marta qayta 
tozalashdan so‘ng pH 11,5 da rux boyitmasi olinadi. Bunda rux 
boyitmasidagi ruxning miqdori 54–55 % va ajralish 75% ni tashkil qiladi. 
Qo‘rg‘oshin boyitmasida qo‘rg‘oshinning miqdori 50–54 % va ajralishi 83 
% ni tashkil qiladi. 
Oz miqdorda pirit va mis sulfidlari mavjud sulfidli qo‘rg‘oshin-ruxli 
rudalar juda oson boyitiluvchan sanaladi. Bunday rudalarda, odatda, 
sfalerit flotatsiyalashga faol emas va rux kuporosi yoki sianidning oz 
miqdori bilan yaxshi tazyiqlanadi. Sfaleritni faollashtirish mis kuporosi 
bilan amalga oshiriladi, uning sarfi kam hollarda 500 g/t dan oshadi. 
Kollektiv-selektiv sxemalardan foydalanish agregat donadorlik 


152 
xususiyatiga ega bo‘lgan kambag‘al polimetall rudalar uchun juda 
samralidir, bunda dag‘al yanchishda ag‘darma chiqindilarning asosiy 
miqdori ajralib chiqadi, mayin yanchishga faqat kollektiv boyitma 
yuboriladi. Bu esa yanchishga sarflanadigan xarajatlarni ancha kamaytirish 
imkonini beradi. Bundan tashqari, flotatsiyaning kollektiv sxemalarida 
flotatsiya mashinalarining ko‘lami, reagentlar sarfi, foydalanishga 
sarflanadigan (ekspluatatsiya) xarajatlari kamayadi. 
Kollektiv boyitmaga o‘tgan sulfidli minerallar yuzasidan 
yig‘uvchini desorbsiyalash jarayonining albatta qo‘llanilishi flotatsiyaning 
kollektiv-selektiv sxemalarining asosiy kamchiligi hisoblanadi. Ushbu 
jarayon reagentlarni keyingi yuvish bilan yoki uningsiz bo‘tanada 
qattiqlikning miqdorida 60-65% bo‘lganda (ba’zida faollantirilgan ko‘mir 
ishtirokida) natriy sulfidi eritmalari (4–6 kg/t boyitma uchun) bilan 
kollektiv boyitmaga ishlov berishni o‘z ichiga oladi. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish