48-rasm.
«Dalpolimetall» kombinatining Markaziy boyitish fabrikasida
qo‘rg‘oshin-ruxli rudalarni flotatsiyalashning to‘g‘ridan-to‘g‘ri selektiv
sxemasi
Aralash rudalarni qayta ishlashda bu reagentlar yanchishning I
bosqichida tegirmonlariga beriladi, bu sulfidlantirish sharoitini ancha
148
yaxshilaydi. Sulfidli rudalarni boyitishda ushbu reagentlar bevosita
flotatsiyaga beriladi.
Qo‘rg‘oshin boyitmasida piritning miqdorini kamaytirish uchun
qo‘rg‘oshin flotatsiyasidan oldin bo‘tana pH=9,0–9,5 muhitda oxak bilan
aralashtiriladi, so‘ngra esa alyuminiy sulfati berish bilan pH ning qiymati
8,3–8,8 gacha pasaytiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri selektiv flotatsiyalashning kamchiligi yanchishga
katta xarajatlar sarflanishi hisoblanadi, chunki barcha ruda qimmatbaho
minerallarni nafaqat bo‘sh jinslari minerallaridan, balki bir-biridan ajratish
uchun zarur bo‘lgan yiriklikkacha yanchiladi.
Bundan tashqari, flotatsiya mashinalari ko‘lami ancha oshadi,
chunki dastlabki rudaning deyarli barcha hajmi flotatsiyaning barcha
sikllaridan o‘tadi. Kamchiliklariga esa reagentlarning ko‘p sarflanishini
kiritish mumkin, chunki ular massasi aytarli darajada kam bo‘lgan
boyitmalar uchun emas, balki dastlabki rudaning butun massasi uchun
qo‘shiladi.
Kollektiv flotatsiya sxemalari
Kollektiv-selektiv
sxema bo‘yicha
(47,
b-rasmga
qarang)
yanchishdan so‘ng 50–60 % gacha – 0,074 mm sinf olinib, sulfidli
minerallar agregatlari bo‘sh jinslar minerallaridan ajralishi sodir
bo‘lganda, bo‘tana kuchsiz ishqorli muhitda (pH = 8,0–8,5) mis,
qo‘rg‘oshin, rux va piritning barcha sulfidlarini kollektiv flotatsiyalashga
yuboriladi. Sulfidli minerallar notekis donador joylashgan hollarda
kollektiv flotatsiyalash 80-85% gacha –0,074 mm sinfgacha yanchilib, ikki
bosqichda o‘tkaziladi.
Sulfidlar kollektiv boyitmaga pH 8,5–9,5 bo‘lganda va yig‘uvchi
sifatida ksantogenatlardan foydalanilganda ajratib olinadi. Agar rudada
rangli metallarning oksidlangan minerallari ozroq miqdori bo‘lsa, unda
ularni sulfidlash uchun yanchish jarayonida tegirmonga oz miqdorda natriy
sulfidi (50–100 g/t) beriladi. Agar sfalerit yetarlicha faol bo‘lmasa, unda
kollektiv flotatsiyaga mis kuporosi (150–20 g/t) beriladi. Rudada piritning
ko‘p miqdori yuqori bo‘lganda yuqori sifatli boyitmalar olish uchun
kollektiv flotatsiyani pirit yaxshi tazyiqlanadigan kuchli ishqorli muhitda
o‘tkazish zarur.
Kollektiv sulfidli boyitma yirikligi bo‘yicha oxirigacha, sulfidli
minerallarning yuzalari ochilishi sodir bo‘lgunga qadar yanchilgandan
so‘ng sfaleritni tazyiqlash bilan mis-qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga yuboriladi,
sfalerit esa mis kuporosi bilan faollashtirilgandan so‘ng rux boyitmasi
ko‘rinishida ajratib olinadi. Rux flotatsiyasi chiqindilari, odatda, pirit
149
boyitmasi hisoblanadi. Mis-qo‘rg‘oshin boyitmasi selektiv flotatsiyalanib
mis va qo‘rg‘oshin boyitmalari olinadi.
Olmaliq
kon-metallurgiya
kombinatining
qo‘rg‘oshin-rux
fabrikasida Oltin-Topkan, Sardoba va Qo‘rg‘oshinkon konlari rudalari
qayta ishlanadi. Ikkita birinchi konlar rudalari donador sulfidli va
yertomirli-donador qoplangan turlarga kiradi. Ularning ozroq qismi yaxlit
(kolchedanli) rudalardan iborat.
Rudali minerallardan sfalerit (2–3 %), galenit (1–2 %) hamda
serussit, smitsonit va kalaminlar mavjuddir.
Xalkopirit sfaleritda emulsiyali donador qoplanganlik ko‘rinishida
oz miqdorda uchraydi. Bo‘sh tog‘ jinslar minerallari kvars va dala
shpatlaridan (30–40 %), piroksenlar va granatlardan (20–25 %),
karbonatlardan (25 %), seritsit va xloritdan (7–8 %) tashkil topgan. Oltin
topkan rudalarining o‘ziga xos xususiyati ularning mayin donadorligi,
sulfidlarning emulsiyali o‘zaro qoplanganligigacha yetib borganligidadir.
Qo‘rg‘oshinkon koni rudalari sulfidli va aralash turdagi rudalarga
kiradi va bo‘sh tog‘ jinslarning oson shlamlanadigan minerallarining –
seritsit va kaolinit (14 %), xlorit (7 %) va karbonatlarning (26–30 %)
yuqori miqdori bilan tavsiflanadi. Sulfidli minerallar mayin va juda notekis
donadorligi bilan ajralib turadi.
Fabrikada flotatsiyaning kollektiv-selektiv sxemasidan foydalaniladi
(49-rasm). Oltin-Topkan va Sardoba konlari rudalari uch bosqichli
maydalash bilan –20 mm yiriklikkacha yuvish va g‘alvirlashga yuboriladi,
so‘ngra esa birgalikda boyitiladi. Qo‘rg‘oshinkon koni rudalari kollektiv
qo‘rg‘oshin-ruxli boyitma olish bilan alohida qayta ishlanadi. Selektiv
flotatsiyalashdan oldin kollektiv boyitmalar birlashtiriladi va ularni
keyinchalik boyitish birgalikda amalga oshiriladi.
Ruda soda (50–80 g/t) va natriy sulfidi (60–65 g/t) ishtirokida 35–
45 % –0,074 mm sinfgacha yanchilgandan so‘ng sikllararo flotatsiyaga
tushadi, u yerga mis kuporosi (75–98 g/t) va butil ksantogenati (15–22 g/t)
beriladi. Sikllararo flotatsiyasi chiqindilari 77–85 % –0,074 mm sinfgacha
yanchiladi va mis kuporosini (35–54 g/t) va ksantogenatni (11–16 g/t)
berish bilan asosiy kollektiv flotatsiyaga yuboriladi. Texnologik
sxemadagi bu siklning o‘ziga xosligi shundaki, bunda II bosqich
yanchishda tegirmondan chiqqan yanchilgan mahsulot tasniflashsiz
birdaniga sikllararo flotatsiyaga tushadi. Nazorat kollektiv flotatsiyasi
natriy sulfidi (35–41 g/t) va ksantogenat (4–8 g/t) ishtirokida o‘tkaziladi.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |