Nаzоrаt uchun sаvоllаr:
1.
Flоtаtsiya jаrаyonidа muhit rеgulyatоrlаrining vаzifаsi nimаdаn
ibоrаt?
2.
Flоtаtsiya jаrаyonining tехnоlоgik ko‘rsаtkichlаrigа nimаlаr
kirаdi?
3.
Minеrаl zаrrа yuzаsining ho‘llаnishi dеgаndа nimа tushunilаdi?
4.
Sеlеktiv flоtаtsiya sхеmаsi dеb nimаgа аytilаdi?
5.
Nаzоrаt flоtаtsiyasi dеb nimаgа аytilаdi vа u nimа mаqsаddа
qo‘llаnilаdi?
6.
Tоzаlаsh flоtаtsiyasi dеb nimаgа аytilаdi vа u nimа mаqsаddа
qo‘llаnilаdi?
3.17.
Polimetallik
rudalarni
kollektiv
va
sellektiv
flotatsiyalashning printsipial sxemalari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri selektiv flotatsiyalash sxemalari
Polimetall
rudalarni
boyitishda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
selektiv
flotatsiyalash sxemalari kam qo‘llaniladi. Bu shunday izohlanadiki, ular
qazib olinadigan rudada oksidlanish jarayoniga uchragan, flotatsiyalash
xususiyatlari bo‘yicha mis, qo‘rg‘oshin va rux sulfidlariga yaqin
bo‘lganlarini tanlab flotatsiyalash juda qiyindir. Bu sxema faqat sulfidli
minerallar flotatsiyalanishiga ko‘ra ketma-ket faollashtirish mumkin
bo‘lgan paytda qo‘llanilishi mumkin, bunda avval oson flotatsiyalanadigan
minerallar flotatsiyalanadi, so‘ngra esa faollantirilgandan so‘ng ancha
qiyin flotatsiyalanadiganlari flotatsiyalanadi.
145
To‘g‘ridan-to‘g‘ri selektiv flotatsiyalash sxemasi (47, a-rasm)
«Leyk Djordj» va «Vudlon Maynz» (Avstraliya), «Kid Krik»
(Kanada),«Blek Mauntin» (JAR) fabrikalarida qo‘llaniladi.
а
b
47-rasm.
Mis-qo‘rg‘oshin-ruxli rudalarni flotatsiyalashning asosiy
sxemalari:
а – to‘g‘ridan-to‘g‘ri selektiv sxema; б – kollektiv-selektiv sxema
«Leyk Djordj» fabrikasida piritning miqdori yuqori (20% gacha)
bo‘lgan mayin donador polimetall rudalar qayta ishlanadi. Rudalardagi
sulfidli minerallar, asosan, xalkopirit, galenit, sfalerit, piritlardan tashkil
topgan. Avval mis sulfidlari flotatsiyalanadi, qolgan sulfidlar galenitning
tazyiqlanishining maqbul sharoitlarida sulfit kislota bilan tazyiqlanadi (pH
146
6,2–6,5). So‘ngra, galenitga sulfoksidli birikmalarning tazyiqlovchi
ta’sirini bartaraf etuvchi kuchsiz ishqorli muhitda qo‘rg‘oshin sulfidlari
flotatsiyalanadi. Kuchsiz ishqorli muhit rux va temir sulfidlari
tazyiqlanishini
kuchaytiruvchi
sianid
bilan
hosil
qilinadi.
Rux
sulfidlarining kuchli tazyiqlanishi faqat quyultirilgan bo‘tanani 50 °C
gacha qizdirish, mis kuporosi bilan bartaraf etiladi. Temir sulfidlari ruxni
flotatsiyalash chiqindilarining qumli qismidan ajratib olinadi.To‘g‘ridan-
to‘g‘ri selektiv flotatsiyalash sxemalari «Dalpolimetall» kombinatining
Markaziy boyitish fabrikasida rudalarni boyitish uchun qo‘llaniladi.
Fabrikada Axobinsk, Novo-Monastir va Verxniy konlari rudalari qayta
ishlanadi. Joylashuvi va tuzilishi xususiyatlari bo‘yicha rudalarning bir
nechta turlari mavjud: yertomirli-qoplangan, yirik donador va mayda
donadorli hamda oksidlangan turlari. Bundan tashqari, minerallarning
oksidlangan va sulfidli shakllari miqdoriga bog‘liq holda, ular sulfidlilarga
(Verxniy koni rudalari) va aralash rudalarga (Axobinsk va Novo-Monastir
koni) bo‘linadi. Sulfidli rudalarda 91 % Pb galenitdan; 93 % Zn marmatit
va kleyofandan tashkil topgan. Aralash rudalarda ruxning oksidlangan
shakllari ulushi 28 % gacha, qo‘rg‘oshinning oksidlangan shakllari ulushi
esa 29 % gacha yetadi, ular asosan, serussit va plyumboyarozitdan tashkil
topgan.
Galenit va sfaleritdan tashqari, massiv rudalarida pirrotin va pirit
hamda kam miqdorda arsenopirit, xalkopirit va markazit mavjud.
Saqlovchi jinslar minerallari kvarsdan, karbonatlardan, xloritlar va
seritsitlardan tashkil topgan.
Donador rudalar shunisi bilan ajralib turadiki, bunda turli
yiriklikdagi
sulfidli
minerallar
alevrolitli
gidrotermal-o‘zgargan
slaneslarga, dag‘al donador qumtoshlarga va brekchiyalarga (har xil
burchakli bo‘laklar) donador bo‘lib qoplangan. Galenit donasi o‘lchami 2–
3 mm gacha yetadi. Yertomirli-qoplangan rudalarda rudali tomirlar
ko‘pincha piritdan ko‘ra ko‘proq galenitdan tashkil topgan.
Rudalar qo‘rg‘oshin va ruxning asosiy elementlarning juda notekis
taqsimlanishi bilan hamda sfaleritda xalkopirit va pirrotinning notekis
emulsiyali donadorli qoplanganligi bilan tavsiflanadi. Rudalarda asosiy
qimmatbaho minerallardan tashqari, anglezit, piromorfit, xalkozin,
kovellin, smitsonit va flotatsiya jarayonini qiyinlashtiruvchi temir
gidroksidlari ham mavjuddir.
Qo‘llaniladigan reagent tartibining o‘ziga xos xususiyati – butilli va
etilli ksantogenatlarning o‘zaro 2:1 nisbatidagi aralashmasi va zararsiz
bo‘lgan ko‘pik hosil qiluvchi dimetilftalatning (D-3) hamda oksidlangan
147
minerallarni sulfidlash uchun natriy sulfidi va ammoniy sulfatining
aralashmasini qo‘llash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |