345
Oqava suvlarning zararli darajasini kamaytirishning yana bir usuli,
bu jarayonda qo‘llanilayotgan reagentlarni tejamkorligini tejashdan
iboratdir, samarali usullardan yana biri, bu
oqava suvlarni chiqishini
kamaytirish, avariya holatlarining oldini olish va hokazolar kiradi.
Boyitish fabrikalarida oqava suvlarni tozalash bo‘yicha alohida
bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi, ularda oqava suvlarni tozalashning bir qator
usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar misol bo‘ladi:
Oqava suvlarni tindirish.Oqava suvlarni tindirish, bu jarayon 4
soatdan 10 soatgacha davom etib disspers zarrachalar cho‘ktiriladi. Buning
uchun turli organik va noorganik koagulyantlardan foydalaniladi, ularning
vazifasi mayda dispers zarrachalarning to‘plashdan iborat bo‘lib, natijada
jipslashgan zarrachalarni cho‘kish tezligi oshadi va jarayon tez kechadi.
Bunday koagulyantlarga ohakli suv Ca(OH)
2
,
temir sulfati FeSO
4
7H
2
O;
temir xloridi va poliakrilamidlar, uniflok misol bo‘ladi.
Oqava suvlarni kislotadan tozalashda neytrallash usuli qo‘llaniladi,
neytrallash ohak, so‘ndirilgan ohak, dolomit, magnezit, soda va boshqa
reagentlar yordamida amalga oshiriladi.
Sulfat kislotali eritmalarni quyidagi reaksiyalar orqali neytrallanadi:
o‘yuvchi natriy yordamida
neytrallash
H
2
SO
4
+
2NaOH = Na
2
SO
4
+ 2 H
2
O
ohak bilan neytrallash
H
2
SO
4
+CaO + H
2
O = CaSO
4
+ 2H
2
O
so‘ndirilgan ohak bilan neytrallash
H
2
SO
4
+CaCO
3
+ H
2
O = CaSO
4 +
CO
2
+2H
2
O
magnezit bilan neytrallash
H
2
SO
4
+MgCO
3
= MgSO
4 +
CO
2
+H
2
O
Texnik - iqtisodiy hisoblarga asosan yuqoridagi usullarning eng
arzoni so‘ndirilgan ohak Ca(OH)
2
bilan neytrallash hisoblanadi.
Oqava suvlardan metall kationlaridan tozalash ularni suvda
erimaydigan birikmasini, ya’ni gidrooksid va karbonat holatiga o‘tkazilib
cho‘ktiriladi, masalan: ohak va suv tarkibidagi qo‘rg‘oshin
kationlari
quyidagicha tozalanadi:
Pb
2+
+ 2OH
-
= Pb(OH)
2
2 Pb
2+
+2OH
-
+ SO
3
2-
= Pb
2
(OH)
2
SO
3
2 Pb + SO
3
2-
= Pb
2
SO
3
Bu usulda eng arzon va samaradorligi yuqorisi so‘ndirilgan ohakda,
marmar va ohaktoshda amalga oshadi. Rangli va qimmatbaho metallar
rudalarini boyitishda hamda qayta ishlashda nihoyatda zaharli bo‘lgan
sianli eritmalar qo‘llaniladi. Sianli birikmalar inson hayotiga o‘zining
346
salbiy ta’siri jihatidan birinchi o‘rinda turadi, shu sababli oqava suvlarni
sianli birikmalardan tozalash asosiy omillardan bo‘lib, uning bir necha
usullari ishlab chiqilgan. Ya’ni sianidlarni ferro
va ferrotsianidlar kabi
zararsiz birikmalariga o‘tkazish, suvda erimaydigan birikma va kompleks
birikmalar shular jumlasiga kiradi.
Odatda fabrikalarda sianidlarni oksidlovchi sifatida xlorli ohak suvi
CaOCl
2
, kalsiy gipoxlorid (CaOCl)
2
, natriy gipoxlorid, suyuq xlor va
boshqalar qo‘llaniladi. Ularni ta’siri
quyidagi umumiy kimyoviy
reaksiyalar bilan ifodalash mumkin.
2CNO
-
+ 3OCl
-
+ 2H
+
= 2CO
2
+ 3Cl
-
+ N
2
+ H
2
O.
Keyingi yillarda keng qo‘llanilayotgan usullardan biri zararsiz
ferrosianid hosil etish usuldir, bunda asosiy reagent sifatida FeSO
4
·7H
2
O
qo‘llaniladi.
Shuningdek, oqava suvlarni ksantogenatdan tozalashda xlor gazidan
yoki ozondan foydalaniladi [20].
Xulosa
qilib aytganda, oqava suvlarni zararli moddalardan
tozalashning bir qator usullari mavjud bo‘lib, ulardan qanday foydalanish
esa boyitish fabrika ma’muriyati va injener texnik xodimlar tomonidan
tanlangan texnologiyaga bog‘liqdir.