Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari


Amalgamatsiya – Gravitatsiya fabrikalari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

Amalgamatsiya – Gravitatsiya fabrikalari. 
Agarda rudada sulfidli 
minerallar ko‘p bo‘lsa, bu holda hamma ruda amalgamaga qo‘shilishi shart 
emas. Simob ortiqcha sarf bo‘lishi mumkin. Agarda ruda tarkibda yirik 
oltin zarrachalari ko‘p bo‘lsagina bu usul samaralidir. (Bunday usulda 
boyitishning sxemasi ko‘rgazmada ko‘rsatilgan).
 
Bunda cho‘ktirish mashinasidan olingan boyitma 5-7 % ni tashkil 
etadi. Uni boyitish stolida qayta tozalash (perechistka) natijasida 0,4 % 
“oltin quymacha” olish mumkin. 
Chiqindini qaytadan tegirmonga qaytariladi, “oltin quymacha” ni 
amalgamalash bochkalarida, amalgamatsiya bilan boyitiladi. 
Simobning mayda tarqoqlanib (pemzovanie) ketmasligi uchun 1t 
ruda hisobidan 300-500g ksantat reagenti qo‘shiladi. Ishlov berilayotgan 
rudaga 1t hisobidan 500-600 g/t simob sarf qilinadi. “Oltin boshoq” dagi 
nodir metallar 99 % ni shu yo‘sinda ajratib olinadi. Agarda ishlov 
berilayotgan rudada mayda zarradagi oltinlar ko‘p bo‘lsa, so‘nggi yanchish 
tegirmondan keyingi tasniflovchi mashina sliviga tivitli tarnov-shlyuz 
o‘rnatiladi. Shlyuz boyitmasi cho‘ktiruvchi mashina boyitmasiga qo‘shib, 
qayta ishlovga birga o‘tkaziladi. 
XX asrdan boshlab, gravitatsiya dastgohlaridan keyin, ishlov 
beriladi berilayotgan xomashyo gidrometallurgiya jarayoni – tanlab eritish 
bilan sinil tuzlarining eritmasidan foydalaniladi. 
Amalgamatsiya usullari. 
Amalgamatsiya jarayoni 2 xil usulda 
amalga oshiriladi:
 
1. Ichki amalgamatsiya, bunda rudani maydalash bilan bir vaqtda 
maydalovchi uskunaning ichida amalga oshiriladi; 


206 
2. Tashqi amalgamatsiya-maydalovchi apparatdan tashqarida 
(odatda-shlyuzlarda, yoki maxsus uskunalar - amalgamatorlar) da amalga 
oshiriladi. 
Ichki amalgamatsiya - oltin ajratib olish uchun yaxshi sharoit 
yaratib beradi, chunki bunda oltin zarrachalarining yuzasi ochilgan zahoti 
simob bilan birikadi. Qayta ishlanayotgan material yanchilganda oltin 
zarrachalarning yangi ochilgan yuzasi parda bilan qoplanmasdan turib, 
simob bilan yaxshi ho‘llanadi. Bu esa oltinning amalgamatsiyasi uchun 
asosiy sharoit hisoblanadi. Ichki amalgamatsiyada maydalovchi uskunaga 
material bilan bir vaqtda simob ham solinadi. 
Solinadigan simobning miqdori va ular orasidagi vaqt materialning 
xususiyatiga (tarkibiy qismi, shakli, kattaligi), undagi oltinning miqdoriga 
va 
jarayonning 
o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq. Amalgamatsiya 
jarayonining bu parametrlari taxminiy tekshirishlar natijasida aniqlanadi 
va sanoat miqyosida ishlayotganda sinovdan o‘tadi. 
Quyilayotgan simobning oltinni miqdoriga nisbati amalda hisobda 
olinadi. Oltin zarrachalari yirikroq bo‘lsa (3-6):1 nisbat, mayda bo‘lsa (6-
10):1 nisbati ishlatiladi. Quyiladigan simobning ma’lum vaqt oralig‘ida 
qo‘shilgan ma’qul, bunda amalgamatsiya jarayoni bir tekis borishiga 
eritiladi. Bundan tashqari simobning bir-biriga birikmaydigan mayda 
zarralarga bo‘linib ketishini (pemzovaniya
)
oldi olinadi. Simob tezligi 
regulirovka qilinadigan maxsus moslamalar yordamida beriladi. Hozirgi 
vaqtda ichki amalgamatsiya o‘tkazish uchun ishlatiladigan eng ko‘p 
tarqalgan apparat amalgamatsion bochkadir. 
Bu uskuna cho‘yan yoki temirdan yasalgan silindr shaklidagi 
korpusdan iborat bo‘lib, uning yarim o‘qi podshipniklarga o‘rnatiladi. 
Bochka elektrodvigatel orqali harakatga keltiriladi. Materialni solish va 
chiqarib olish uchun ikki qarama-qarshi tomonda vintlar yordamida 
mahkamlanadigan qopqoqlar bo‘ladi. Amalgamatsiya boshlanmasdan 
oldin bochkaga material, po‘lat sharlar, suv va simob solinadi. Simobning 
miqdori odatda materialdagi oltin miqdoriga nisbatan 3-10 barobar ko‘p 
bo‘ladi. 
Agar material yetarli o‘lchamgacha maydalanmagan bo‘lsa, simob 
darhol qo‘shilmaydi, bochka katta tezlik bilan aylantirilib, avval material 
yanchiladi, undan keyin simob quyilib, bochka sekin aylantiriladi, 
amalgamatsiya vaqti tajriba yo‘li orqali aniqlanadi. Bu jarayonlar uchun 
o‘rtacha 3-4 soat sarflanadi. Amalgamatsiya oxirida bochkani ichidagi 
mahsulot voronka orqali chiqarib olinadi. 800-1200 mm o‘lchamli 


207 
amalgamatsion bochkada sutkasiga 2,5-5 t boyitma qayta ishlanishi 
mumkin. 
Tashqi amalgamatsiya ko‘pincha amalgamatsion shlyuzlarda 
amalga oshiriladi. Shlyuzlar (tarnovchalar) ketma-ket joylashgan ikkita-
uchta qiya tekislikdan iborat bo‘lib, bu tekislik yuzasiga simob 
ishqalanganda mis list (varaq) to‘shaladi. Mayda qilib yanchilgan oltin 
saqlovchi loyqa (pulpa) tarnovchadan o‘tayotganda erkin holdagi oltin 
zarrachalari tarnovcha ostiga cho‘kadi, simob bilan ta'sirlashadi va 
amalgamaga o‘tadi. 
Shlyuzning to‘g‘ri ishlashi shlyuz qiyaligini to‘g‘ri tanlashga va 
loyiha bilan tushayotgan suvning miqdoriga bog‘liq. Amalda optimal 
qiyalikni 10% dan 21% gacha tanlanadi. 
Tashqi amalgamatsiya jarayoni muvoffaqiyatli o‘tishi uchun mis 
listlar yuzasining holati alohida ahamiyatga ega. Agar bu listlarning 
yuzasida oksidlanish mahsulotlari yig‘ilib qolsa, oltinni ushlab qolish va 
amalgamatsiya to‘xtaydi. Agar list yuzasida mis oksidining yashil dog‘lari 
yoki yuzasining sulfid minerallari bilan ta’siri natijasiga ko‘ra dog‘lar 
hosil bo‘lsa, bu oksid parchalarini sianidning 0,3% li eritmasi va NaOH 
ning 0,5% - li eritmasida eritish va shikastlangan joyini natriyli amalgama 
bilan ishqalash kerak. Yuza kuchli darajada oksidlangan bo‘lsa yoki mis 
listni almashtirish kerak, yoki listni qo‘shimcha ravishda simob bilan 
yaxshilab ishqalash kerak. 
Tarnovcha yuzasidan amalgamani asosiy yuzani ishlatmaslik 
maqsadida rezinka kurakcha yordamida yuzalatib sidirib olinadi. 
Amalgamatsion shlyuzlarning afzalligi: 
1) sodda tuzilishga egaligi; 
2) ishlash usulining soddaligi; 
3) elektro energiya ishlatilmasligi; 
4) simobning kam sarflanishi; 
Kamchiligi: 
1) ish unumdorligining kamligi; 
2) suvning ko‘p ishlatilmasligi; 
3) og‘ir minerallar saqlovchi rudalarni ishlatish mumkin emasligi 
(sulfidlar, barit, nikelit va boshka rudalar). 
Hozirgi vaqtda tashqi amalgamatsiya mustaqil jarayon sifatida 
ishlatilmaydi. Ba’zi paytlarda uni ichki amalgamatsiyadan keyin 
amalgama zarrachalarini tutib qolish uchun yordamchi jarayon sifatida 
ishlatiladi. 


208 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish